1-ma’ruza 1-Mavzu: Kiri sh Qurilishni va qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish asoslari



Yüklə 118,5 Kb.
səhifə3/5
tarix23.02.2023
ölçüsü118,5 Kb.
#101401
1   2   3   4   5
1- ma\'ruza (1)

Ta’minotchi - o‘zining mahsuloti bilan qurilishni ta’minlovchi korxona tashkilot va muassasalardir. Ularga avvalo qurilishni materiallar, tuzilmalar va yarimtayyor mahsulotlar (g‘isht, sement, ohak, shifer, yog‘och-taxta, linoleum va x.k.) bilan, mashina - mexanizm va asbob uskunalar bilan ta’minlovchi korxona va tashkilotlar kiradi. Qolaversa, qurilishga ishchi-xizmatchilar, ya’ni mutaxassis kadrlar tayyorlab etkazib beruvchi kasb-hunar kollejlari, Oliy ta’lim muassasalari xam qurilish ta’minotchisi xisoblanadilar.
Tadqiqotchi sifatida qurilishda ishtirok etuvchi muassasalar qurilish sohasidagi kamchiliklar va muammolarni ilmiy tadqiq qilish yo‘li bilan echib berish, qurilish me’yorlarini asoslash va ilmiy-texnik taraqqiyot negizida qurilish uchun yangi texnika va texnologiyani yaratish bi­lan shug‘ullanadilar. Ular asosan ilmiy-tadkiqot muassasalari bo‘lib, barcha qurilish ishtirokchilari uchun o‘zaro shartnomaga muvofiq xizmat ko‘rsatadilar.
1.4.Qurilish ishlab chiqarishini o’ziga xos (spesifik) qonuniyatlari. Kapital qurilishni tashkil etish asoslari.

Qurilish ishlab chiqarishi – bevosita qurilish maydonida bajarilishi ishlab chiqarish jarayonlarining majmuasidir. Bu jarayonlar majmuasiga qurilishning tayyorlov va asosiy davrlarida bajaruvchi bir qator qurilish-montaj va maxsus ishlarning turlari kiradi. Qurilish ishlab chiqarishning, ya’ni ma’lum izchillikda bajarilgan va o‘zaro bog‘langan ishlar majmuasining, natijasi - yakunlovchi qurilish mahsuloti hisoblanadi. YAkunlovchi qurilish mahsuloti qatoriga foydalanish uchun tayyorlangan yangidan qurilgan alohida bino va inshootlar, ularning majmuasi hamda kengaytirish yoki boshqa maqsadlarda qayta qurilgan yoki ta’mirlangan bino va inshootlar ham kiradi.


Qurilishning sermehnat deyilishiga sabab, bitta qurilish mahsulotini yaratish uchun o‘nlab, yuzlab ishchi-xizmatchilarning mehnati sarflanadi. Ular bir-biridan tubdan farq qiluvchi ko‘plab turdagi mehnat jarayonlarida ishtirok etadilar. Ba’zida kaptal qurilish sohasida bitta yirik ob’ektni qurib foydalanishga topshirish uchun bir necha yillar zarur bo‘ladi.
Qurilishning serashyo ekanligiga esa unda ishlatiladigan xom ashyo turlarining xilma-xilligidadir. Xalq xo‘jaligining deyarli barcha sohalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar qurilishda u, yoki bu maqsadlarda ishlatiladi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Xususan, mashinasozlik sanoati qurilishni mashina va mexanizmlar bilan, metallurgiya armatura, prokat va metall tuzilmalar bilan, kimyo sanoati lok - bo‘yoq, linoleum kabi ashyolar bilan ta’minlaydi va x.k. Faqatgina qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmog‘ining sement, ohak, gips, temirbeton tuzilmalar, g‘isht, shifer kabi yuzlab mahsulotlari qurilish uchun o‘ta zarur bo‘lishi yuqoridagi fikrimizning yaqqol dalilidir.
Qurilish ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri, uning xilma-xil sharoitlarda amalga oshirilishidir. Qurilishning turli tabiiy va iqlimiy sharoitlarda, ochiq havoda olib borilishi ishlarni tashkil qilishda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘diradi, qurilish jarayonlarini bajarish texnologiyasiga qo‘shimcha talablar qo‘yadi.
Qurilish ishlab chiqarishining o‘ziga xos xususiyatlari qatoriga ishlab chiqarish siklining davomiyligi bilan birga yakunlovchi qurilish mahsulotining hajmiy-rejalash va konstruktiv echimlarining xilma-xilligini ham kiritish mumkin.



Yüklə 118,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə