Taqrizchilar:
Maxmudov M.I. - Buxoro muhandislik-texnologiya instituti «Energoaudit»
kafedrasi mudiri, t.f.d., prof.
Irisov F.J. – ―Uz Test‖ DUK Buxoro filiali boshqaruvchisi
4
So„z boshi
Fanni o‗qitishdan maqsad - ―Standartlashtirish asoslari‖ fanining maqsadi
respublikamiz korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va
xavfsizligini oshirish masalalarini hal etish uchun va texnik me‘yoriy huquqiy
aktlarni ishlab chiqishda, O‗zbekiston Respublikasi standartlashtirish va texnik
jihatdan tartibga solish tizimlarini takomillashtirish bo‗yicha olgan bilimlarini
amaliyotga qo‗llash, standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish sohalarida
talabalarda bilim va ko‗nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Ushbu fan talabalarga standartlashtirishning asos bo‗luvchi tamoyillarini,
standartlashtirish bo‗yicha tan olingan xalqaro va hududiy standartlashtirish
tashkilotlari hamda sanoanti rivojlangan mamlakatlarning standartlashtirish bo‗yicha
milliy idoralari va umumiy tan olingan xalqaro tamoyillar va texnik jihatdan tartibga
solishning tartib va qoidalari to‗g‗risida bilimlarni shakllantiradi.
―Sandartlashtirish asoslari‖ faning ahamiyati xalqaro savdo tizimiga
O‗zbekiston Respublikasining ingeratsiyalashuvi bilan aloqador standartlashtirish,
metrologiya, sertifikatlashtirish va metrologik ta‘minotning o‗sib borishi byicha
bakalavrlarni tayyorlashda undagi ko‗riladigan masalalar bilan etiborlidir.
Fan 5310900 – «Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menedjmenti»
yo‗nalishining boshqa fanlari bilan uzviy bog‗liqdir. ―Standartlashtirish asoslari‖
fanini o‗zlashtirish natijasida talaba:
bilishi lozim:
Standartlashtirish bo‗yicha xalqaro tashkilotlar (ISO, MEK) va Butunjahon
savdo tashkiloti (BST) qoidalari va me‘yorlariga muvofiq standartlashtirish va texnik
jihatdan tartibga solishning asosiy tamoyillarini;
O‗bekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga
solish tizimlarining qonuniy asoslarini;
texnik me‘yoriy huquqiy aktlar (TMHA) (texnik reglamentlar, davlat
standartlari, korxna standartlari, texnikaviy shartlar)ning turlari va ularga qo‗yilgan
talablar;
savdodagi texnik to‗siqlar (STT) va sanitar hamda fitosanitar tadbirlar bo‗yicha
BST Kelishuvining asosiy qoidalarini;
O‗zbekiston Respublikasining standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga
solish tizimlarining elementlarini;
standartlashtirishning asosiy usullari va ulardan mahsulotni yaratishdagi barcha
bosqichlaridan foydalanishni;
5
o‗zaro almashinuvchanlikni ta‘minlash tamoyillari va ularning turlarini;
ko‗nikmaga ega bo‗ladi:
korxona va tarmoqlarda standartlashtirish va texnik jihatdan tartibga solish
bo‗yicha ishlarning zamonaviy holatini tavsiflash va tahlil qilish;
standartlashtirish usullarini amaliyotga qo‗llash;
O‗zbekiston Respublikasining TMHAlaridan, mahsulotlarga majburiy
talablarni o‗rnatishda xorijiy mamlakatlarning yetakchi tashkilotlari standartlari,
hududiy va xalqaro standartlardan samarali foydalanish;
tasavvurga ega bo‗ladi:
standartlashtirish bo‗yicha xalqaro, hududiy va milliy tashkilotlarning
tuzilmasi va faoliyatlari to‗g‗risida;
O‗zbekiston Respublikasi TMHA va xalqaro standartlarni ishlab chiqish
tartibari to‗g‗risida;
o‗zaro o‗rin bosuvchi davlat standartlari va uyg‗unlashgan yevropa standartlari
to‗g‗risida;
barcha davlatlarda texnikaviy qonuniy aktlar me‘yorini uyg‗unlashtirish
to‗g‗risida.
Fanni o‗qitishda mashg‗ulot turlarining bajarilish tartiblari mavzular ketma-
ketligini va mutanosibligini saqlagan holda amalga oshirilishiga alohida e‘tibor
berilishi lozim. Nazariy materiallar o‗quv adabiyotlariga asoslanib olib boriladi.
Amaliy mashg‗ulotlarini misollar yechish, hamda me‘yoriy hujjatlarning tuzilishi,
bayon etilishi va rasmiylashtirilishi kabilar tashkil qiladi.
|