1 мъаруза ўЎҒғҚқҲҳ


Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#161122
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94
1 ìúàðóçà ¢¡

4.3 Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini 
aniqlash tamoyillari 
Hozirgi 
bosqichda 
mamlakatimiz 
iqtisodiyotining 
rivojlanishida 
standartlashtirishning o‗rni va ahamiyati oshganligi munosabati bilan ―maqbul 
darajada tartiblashtirishga qaratilgan faoliyat‖ni, ctandartlashtirish ta‘rifida 
ko‗satilganidek, har tomonlama texnik-iqtisodiy asoslash to‗g‗risidagi masala dolzarb 
bo‗lmoqda. 
Bundan standartlashtirish samaradorligining asosiy yunalishlari kelib chiqadi: 
– ilmiy-texnikaviy jarayonni tezlashtirish; 
– ishlab chiqarish samaradorligini, mehnat unumdorligini, shu jumladan 
muhandislik va boshqaruv faoliyatini oshirish; 
– mahsulot sifatini oshirish va uning maqbul darajasini ta‘minlash; 
– mahsulotga talablarni mamlakat mudofaasi ehtiyojlari bilan bog‗lanishni 
ta‘minlash; 
– eksportni kengaytirish uchun sharoitlarni ta‘minlash; 
– iqtisodiyot boshqaruvini tashkillashtirishni takomillashtirish; 
– mahsulotni loyihalash va ishlab chiqarish doirasida ixtisoslashtirishni 
rivojlantirish; 
– barcha turdagi boyliklarni tejash; 
– axoli sog‗ligini saqlash va ishlovchilar mehnatining xavfsizligini ta‘minlash; 
– atrof muhitni muhofaza qilish; 
– xalqaro iqtisodiy, texnik va madaniy xamkorlikni rivojlantirish.
Tejamkorlik manbalari mahsulotning xayotiy siklining barcha bosqichlarida 
aniqlanadi. Asosiy manbalar quyidagilardan iborat: 
Ishlab chiqish (loyihalash) bosqichida: 
– standart texnik hujjatlardan ko‗p marta foydalanish, standart shartli grafik
tasvirlarni qo‗llanish, standart hisoblash usullaridan foydalanish va h.k. hisobiga 
ishlab chiqish (loyihalash) ga mexnat sarfini kamaytirish; 


111 
– loyihalar sonini kamaytirish, ishlab chiqiladigan texnik hujjatlar birlik 
sonlarini qisqartirish; 
– tajriba nus‘halarni tayyorlash va sinashga sarflarni kamaytirish. 
Ishlab chiqarish bosqichida: 
– ishlab chiqariladigan buyumlar nomenklaturasini qisqartirish, birxillashtirish, 
seriyalikni oshirish; 
– materiallarni sarflash me‘yorlarini kamaytirish; 
– jihozlarni qayta sozlashga mehnat sarfini kamaytirish;
– sotib olinadigan standartlashtirilgan tarkibiy qismlarga va butlovchi 
buyumlarga xarajatlarni kamaytirish; 
– ishlab chiqarish jarayonlarida mehnat sarfini kamaytirish; 
– buyumlarning sinashga ajratib olinadigan sonini kamaytirish va sinovlarni 
arzonlashtirish; 
– brakni kamaytirish; 
– buyumni tamg‗alash va joylashga xarajatlarni kamaytirish; 
– jihozlardan foydalanishni yaxshilash; 
– ishlab chiqarish siklining davom etish vaqtini qisqartirish; 
– mehnatning xavfsizligini oshirnsh. 
Foydalanish(iste‘mol qilish) bosqichida: 
– ekspluatatsion sarflarni qisqartirish (xom ashyo, yoqilg‗i, materiallar va 
asboblar sarfini kamaytirish va h.k.); 
– extiyot qismlar, asbob va moslamalarni kamaytirish; 
– ta‘mirlash va texnik xizmat ko‗rsatishga mehnat sarfini kamaytirish; 
– foydalaniladigan jihozlarning ish unumini oshirish; 
– mahsulot tafsilotlari (xossalari) ni yaxshilash; 
– mahsulotni tashish va saqlashda uning saqlanuvchanligini oshirish; 
– transport vositalaridan foydalanishni yaxshilash; 
– omborxonalardan foydalanishni yaxshilash; 
– foydalanishda mehnat xavfsizligini oshirish. 
Tashqi savdo sohasida: 
– eksportga chiqariladigan mahsulot hajmini oshirish; 
– sifati yaxshilangan eksportbop mahsulotga narxni oshirish; 
– sotib olinadigan import mahsulot hajmini kamaytirish.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda quyidagi atamalar va 
ta‘riflar qo‗llaniladi: 


112 
Moddiy ifodalangan yillik tejam – mahsulot xayotiy siklining barcha 
bosqichlarida moddiy va mehnat boyliklarining o‗zgaruvchan ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha, standartni joriy qilishgacha va joriy qilingandan keyin bir yilga hisoblab 
topiladi. 
Narxda ifodalangan yillik tejam – Standartni joriy qilishgacha va joriy qilgandan 
keyin mahsulotni loyihalash, ishlab chiqarish, muomala va foydalanish (iste‘mol 
qilish) ga xarajatlar o‗rtasidagi bir yilga xisoblangan farq. 
Yillik iqtisodiy samara – Narxda ifodalangan yillik tejam va standartni ishlab 
chiqishga va joriy etishga yillik xarajatlar o‗rtasidagi farq. 
Ishlab chiqarish xarajatlari – mahsulotning ma‘lum turini ishlab chiqarishga 
jonli va ilgarigi mehnat sarflari. 
Asosiy kapital xarajatlar – Ishlab chiqarish fondlarining yangisini yaratish, qayta 
tuzish (rekonstruksiya qilish) va amaldagi ishlab chiqarish fondlarini kengaytirishga 
sarflangan xarajatlar. 
Keltirish koeffitsienti – Turli vaqtlardagi sarflar keltirish koeffitsienti yordamida 
bir hisobiy yilga keltiriladi. 
Keltirish me‘yori – Keltirish koeffitsaentini aniqlash uchun qo‗llaniladi, 0,1 ga 
teng o‗zgarmas kattalikdan iborat. 
Me‘yoriy foyda – Kapital mablag‗lar iqtisodiy samaradorligi me‘yoriy 
koeffitsientining kapital mablag‗lar hajmi ko‗rsatkichiga ko‗paytmasiga teng bo‗lgan 
keltirilgan harajatlarning tashkil etuvchisi. Me‘yoriy foyda kapital mablag‗lar 
summasidan foiz hisobidagi chegirma kabi aniqlanadi. 
Kapital mablag‗larning iqtisodiy samaradorligi me‘yoriy koeffitsienti – 0,15 ga 
teng o‗zgarmas kattalik bo‗lib, kapital mablag‗larning har bir so‗mi kamida me‘yoriy, 
ya‘ni kamida 15 tiyin foyda keltirishi lozimligini ifodalaydi. 
Aylanma fondlar – Ishlab chiqarishda foydalaniladigan mehnat predmetlari 
(xom ashyo, materiallar, yoqilg‗i, yonilg‗i va b.). Aylanma fondlar har bir ishlab 
chiqarish siklida ishlatiladi va o‗zlarining tabiiy shakllarini yo‗qotadi. Ularning narxi 
darhol tayyorlanadigan mahsulotga ko‗chadi. 
Aylanma mablag‗lar – Korxonaning hali sotilmagan tayyor mahsulotda, 
bankdagi hisobida, g‗aznasida, hisoblarida turgan mablag‗lari. Aylanma mablag‗larga 
aylanma fondlar va muomala fondlari kiradi.
Asosiy fondlar – Ko‗p ishlab chiqarish sikllarida ko‗p marta qatnashuvchi, 
bunda o‗zining tabiiy shaklini saqlab qoluvchi mehnat vositalari (binolar, inshoatlar, 
uzatish qurilmalari, mashina va jihozlar, transport, asbob, ishlab chiqarish asbob-


113 
uskunalari, ishchi va mahsuldor xayvon, ko‗p yillik ekinlar, o‗rmonzorlar va suvli 
yerlar). 
Keltirilgan xarajatlar – Tannarx va me‘yoriy foyda yig‗indisidan iborat. 
Ishlab chiqarish fondlari – Ishlab chiqarish vositalari, asosiy fondlar va aylanma 
fondlarni o‗z ichiga oladi. 
Kapital mablag‗larning iqtisodiy samaradorlik hisobiy koeffitsienti – yillik 
tejamning standartni ishlab chiqish va joriy etishga bir yilga keltirilgan xarajatlariga 
nisbati. 
Mahsulotning tannarxi – Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari. 
Kapital mablag‗larning qoplanish muddati – qo‗shimcha kapital mablag‗ -
xarajatlarning yillik tejamga nisbati. 
Vaqt omili – Turli vaqtlardagi xarajatlarni keltirish koeffitsienti yordamida bir, 
xisobiy yilga keltirish. 
iqtisodiy samaradorlik – Iqtisodiy natijalarga erishish maqsadlari va vositalarini 
bir butun qilib birlashtiruvchi, maqsadga yunaltirilgan tizimlarning mukammal 
ishlashini ifodalovchi tushuncha. 
Tejam – Boyliklarni tejab-avaylab sarflaganda olinadigan foyda. 
Iqtisodiy samara – Topshiriqdagi maqsadga erishishga ketgan xarajatlarni 
chiqargandan keyin qolgan tejam. 
Standartlaltirishning samaradorligini aniqlash yangi texnikani joriy etishdan 
ko‗riladigan iqtisodiy samarani aniqlash umumiy formulalariga asoslangan. Umumiy 
holda hisoblarda to‗rtta asosiy ko‗rsatkich qo‗llaniladi: 
I Kapital mablag‗lar. Kapital mablag‗larning yillik hajmining o‗zgarishi ΔK 
quyidagi formula bo‗yicha aniqlanadi: 
,
1
2

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə