1– Ma’ruza. Yengil atletika va uni o‘qitish metodikasi fanining maqsadi, vazifalari hamdaturlari rivojlanishining tarixiy tavsifi reja



Yüklə 26,13 Kb.
səhifə2/4
tarix11.12.2023
ölçüsü26,13 Kb.
#144941
1   2   3   4
1-MA\'RUZA

1.3. FANNING MAQSAD VA VAZIFASI.


Maqsadi: Oliy ta`lim muassasi talabalarining yengil atletika fani bo‘yicha bilim, ko‘nikma, malakalarining shakllantirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, hayotning turli jabhalarida yengil atletika vositalaridan samarali foydalanish. Yengil atletikaning rivojlanish tarixi haqida ma`lumot berish, talabalarni yengil atletika sport turlarining texnikasi bilan tanishtirish, ularni yengil atletika bo‘yicha musobaqalar o‘tkazishda hakamlik qilish qoidalarini o‘rgatib borishdan iborat.
Vazifasi: Maqsadga erishish quydagi vazifalarni hal etishni ko‘zda tutadi.Talabalarda yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanini o‘tkazishda bo‘lajak mutaxasislarga yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil qilish, yengil atletika mashqlarni bolalarning yoshiga mos holda tanlash, jismoniy sifatlarni rivojlantirish va o‘tkazishga o‘rgatishdan iborat.
Shuningdek talabalarni yengil atletika va uni o‘rgatish metodikasi fanining maqsad va vazifalari bilan tanishtirish, yengil atletikada qo‘llanadigan turli usullar bilan amaliy tanishtirish, hakamlik qilish malakalarini shakllantirish, yengil atletika turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazish usullarini va nizomlarini tuzishga o‘rgatish va ma`lumotlarga ega qilishdan iborat.


1.4. QADIMGI ZAMONDA YENGIL ATLETIKANING RIVOJLANISHI


Yengil atletika mashqlarining kelib chiqish tarixi juda qadim zamonlardan boshlanadi. Odamlar yurish, yugurish sakrash va uloqtirishni tabiiy zarur harakatlar sifatida qadim zamonlardan beri mehnatda va kundalik hayotda qo’llab kelganlari ma’lum. Ammo ularning jismoniy tarbiya vositasi sifatida va sportning bir turi sifatida rasm bo’lganiga qadar ko’p ming yillar o’tdi. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida engil atletika mashqlari odamlarning mehnat faoliyati bilan bog’liq edi. Ular insoniyat quldorlik jamiyatiga o’ta boshlashiga yaqin jismoniy tarbiyada ma’lum darajada mustaqil bo’la boshladi. Eng boy va uzoq umrli bunday sport to’rini topish qiyin. Yengil atletika tarixini va o’tmishini bilish bu engil atletikadir. Yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish buning hammasi inson bilan birga tug’ishgandir. Birinchi o’yin va musobaqalar engil atletikadan boshlangan. Arxeologik qazilmalardan ko’rinib turibdiki, eramizdan oldin Osiyoda, Afrika, eski Misrda va yaqin Sharqda hamda Uzoq sharq o’lkalaridagi mamlakatlarida yengil atletika bilan shug’ullanganliklaridan so’z boradi. Uning qizil yulduzi qadimiy Gretsiya shaharlaridan yondi. Yurish, sakrash va uloqtirish Greyiyada anchagina rivoj topdi. Jismoniy mashqlarning boshqa turlari qatori ular harbiy jismoniy tayyorgarlikda katta o’rin egalladi va qabilalar hamda diniy bayramlarining muhim qismini tashkil etadigan bo’ldi. Bunday tantanalarning eng ahamiyatlisi olimpia o’yinlari hisoblanadi. Rivoyatlar, qissalar va boshqa madaniyat yodgorliklari, o’yin o’ziga xos jismoniy mashqlar ko’p bo’lganligidan dalolat beradi. Ko’p manbalarda xalq turmushida tez yugurish, yugurib kelib uzunlikka sakrash, tosh uloqtirish va uchkurash mavjud bo’lgani ko’rsatiladi.
Gretsiya olimpia shaharchasi, Zevs xramm oldida stadionlar, gimnastlar, polestri jismoniy tarbiya to’garaklari o’z ishini boshladi. Usha davrdagi urush yillari qabila-qabila bo’lib urishadigan greklar stadionlarda ippadromlarda kelib shug’ullanib bir- birlari bilan urushlari ham to’xtab qoldi.
Birinchi Olimpiada o’yini 776 yil, eramizdan oldin bo’lib o’tdi. Uning dasturidan o’rin olgan bir xil yugurish, ya’ni bir stadiy (192 m 27 sm) yugurish bo’lib, bu yugurishni Greklar "Dromos" deb ataganlar, 724 yil eramizdan oldingi XIV olimpiadasida ikki xil yugurish (ikki aylanish) "diaulos"deb ataladi. Uning uzunligi esa 385 m ga teng bo’ladi. Start beruvchini "geroldom" deb atagan. Kim oldin, signaldan oldin chiqib yugursa startyor qattiq jazolagan. XIV Olimpiadasida uzoq masofalarga yugurishni "dolikos" (24 xil aylanish) deb ataganlar. 708 yil eramizdan oldingi XVIII olimpiadada besh kurash "Pentatlons" ya’ni u yugurish, otish va sakrashdan iborat edi. Shunday qilib qadimgi Gretsiyada engil atletikaning hamma turlari keng qo’llanila boshladi. Ularning tayyorgarlik ko’rishlari hozirgi zamondagidek oldin va kuchli tayyorgarlik ko’rar edilar. Start berilib, qoidasi bo’yicha yugurar edilar. Har bir sportchi o’z yo’lkasi orqali yugurar edilar. g’oliblarni aniqlashda yarim final va final yugurishlar bo’lar edi. Uzunlikka sakrash ham olimpiada o’yinlariga kiritilgan. Greklar disk va kopeni 3 kg dan 5,5 kg gacha uloqtirar edilar. Sparta shahrida jismoniy tarbiya bilan shug’ullanadigan sparta maktabi ochilgan u yerda mashg’ulotlar harbiycha o’tar edi. Faqatgina kuchli janglarni tarbiyalar edilar; Ular etti yoshdan shunday usullarda tarbiyalab voyaga etkazar edilar. Afina shahrida boshqacha usulda tarbiyalar edi. Bu yerda ilm va fan bilan birgalikda sport bir xil tus olgan edi. 16 yoshdan gimnaziyalarda ko’p vaqtlarini jismoniy tarbiyaga ajratiladi. Bu esa ularni musobaqada aktiv qatnashganlari, greklar kuchli sportchilar etishtirib berar edilar. Oxirgi asrlarda eramizdan oldingi yillarda sportchilarning "profitsional" yo’nalishlar ya’ni "gladiator" majburiy yugurishlarda odam o’ldirishga majbur qilar edi.
Gretsiyada olimpia o’yinlarining to’xtab qolish sabablari quyidagicha, Rimliklar qo’l ostiga o’tib ketishi "kollonozmdir" 393 yil eramizdan oldin rim imperatori Feodesey 1 buyrug’i bilan olimpiada o’yin bayrami qilindi. XVIII asrlarda yana engil atletika rivojlana boshlaydi. Olimpia o’yinlariga qiziqish uyg’ona boshladi. Greyiya olimpiadasi haqida o’z ta’ssurotlarini nemis olimlari, jismoniy tarbiya ustozlari I.M.Gute-Muts (1759-1830) yilda va G.Fit (1785-1846) usullarda o’z ta’ssurotlarini aytishdilar. Shavqatsiz eksplutastiya bo’sh vaqt va kerakligiga moddiy sharoit bo’lmaganligi sababli xalqga jismoniy mashqlarning taraqqiyot darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Shu sabab o’rta asr davrida hamma vaqt xalq jismoniy mashqlar an’anaviy o’yin kulgilar harakterida bo’lib, faqat bayram kunlari o’tkazilar edi. O’rta asrlarda yugurish sakrash va uloqtirish dastlab jismoniy tarbiya gimnastika sistemasiga kiritilar, kundalik hayotda qo’llanilar edi. Lekin bu engil atletika sporti tashkil topishiga muhim ta’sir ko’rsata olmadi. Chunki gimnasika sistemasida bu mashqlarning asosiy bo’lmay, ikkinchi darajali edi. Xalqning bu mashqlar bilan shug’ullanishi esa mehnatkash ammo imkoniyati chegaralangani uchun engil atletika taraqqiyotiga to’la ta’sir ko’rsata olmadi. Yugurish sakrash va uloqtirish mustaqil jismoniy mashq sifatida va engil atletika sportining muhim elementlari sifatida XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil topa boshladi. Bunga yoshlarning keng qatlamlari o’rtasida bunday mashqlarga qiziqish o’sganligi: burjuaziya ham o’z hukmronligini kuchaytirish vositasi sifatida, jismoniy tarbiyaga ko’proq qiziqa boshlagani sabab bo’ladi. Burjuaziya kapitalistik korxonalari uchun jismoniy baquvvat ishchilarga va bosqinchilik armiyasi uchun soldatlarga muxtoj edi. Bunga eski gimnastika sistemalar allaqachonlar to’la yordam berolmay qolgan edi. Burjuaziya an’anaviy xalq o’yin kulgilaridan olingan atletik mashqlarga e’tibor bera boshladi. Bular orasida takomillashish jarayonida sportga yugurish, sakrash va uloqtirish tusini olib, engil atletika sporti tarbiyaga kiradigan yugurish, sakrash va uloqtirish mashqlari ham bor edi.



Yüklə 26,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə