1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlar va ularni o’ziga xosliklari



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə4/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)

2 Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlar va ularni o’ziga xosliklari
Reja :
1. Pedagogik-psixologik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi

2. Pedagogi-psixologik fanlar sohalarining o'ziga hos hususiyatlari.

Tayanch tushunchalar: Shaxs, didaktika, umumiy va maxsus, tarbiya nazariyasi, umumiy psixologiya, maktabgacha ta’lim pedagogikasi, pedagogik-psixologiyaning tarixi, ta’limni boshharish, pedagogik mahorat.

1.Pedagogik-psixologik fanlar tizimi va ularning o'zaro aloqasi

Pedagogika (yunoncha paidagogike bo’lib, paidagogos «bola» va «etaklayman») ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini o’rganadigan fan. Pedagogi-psixologik ijtimoiy fanlar tizimiga kiruvchi fan sanalib, yosh avlod hamda kattalarni milliy istiqlol g’oyalari asosida tarbiyalash, unga ta’lim berish muammolarini o’rganadi.

Pedagogik-psixologiya fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni haratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o’qituvchi va o’qituvchi faoliyatlari, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari va hokazo muammolarni tadqiq etadi.

Ta’lim o’z mohiyatiga ko’ra umumiy va maxsus kabi turlarga ajratiladi. Umumiy ta’lim har bir shaxsning kamol topishi hamda u tomonidan hayotiy faoliyatni tashkil eta olishi uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni berishga yo’naltiriladi. Umumiy ta’lim asosida o’zlashtirilgan ma’lumotlar kelgusida shaxsning kasbiy tayyorgarligini ta’minlashga imkon beruvchi maxsus ta’lim olishi uchun asos bo’ladi. Maxsus ta’lim – o’zida mutaxassislik xususiyatlarini namoyon qilib, shaxsga muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish borasida nazariy bilimlarni berish asosida amaliy ko’nikma hamda malakalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Ta’lim, shuningdek, turli darajadagi ta’lim dasturlarini amalga oshirishiga ko’ra maktabgacha ta’lim, umumiy o’rta ta’lim, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi, oliy ta’lim, oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash hamda maktabdan tashhari ta’lim kabi turlarga bo’linadi.

Tarbiya nazariyasi – pedagogi-psixologikning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayoni mazmuni, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish muammolarini o’rganadi.

Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o’stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoharashini tarkib toptirish jarayonidir.

Ijtimoiy tarbiya aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, iqtisodiy, huquqiy, ekologik va jinsiy tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi.

SHaxs kamolotini ta’minlash, uning intellektual, ma’naviy-axloqiy hamda jismoniy jihatdan rivojlanishiga erishishda turli yosh davrlari, har bir davrning o’ziga xos jihatlari, shuningdek, bolaning fiziologik, psixologik holatini inobatga olish maqsadga muvofiqdir. SHu bois yaxlit pedagogik jarayon muayyan turkumni tashkil etuvchi pedagogik fanlar tomonidan o’rganiladi. Ular quyidagilardir:

1. Umumiy pedagogi-psixologik – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish masalalarini o’rganadi.

2. Maktabgacha ta’lim pedagogi-psixologiksi – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni tarbiyalash, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

3. Boshlang’ich ta’lim pedagogi-psixologiksi – boshlang’ich sinflar o’quvchilarini tarbiyalash, ularga ta’lim berish, ularning o’ziga xos psixologik hamda fiziologik xususiyatlarini tadqiq etish, shuningdek, ularni intellektual, ma’naviy-axloqiy va jismoniy jihatdan kamolotga yetkazish masalalarini o’rganadi.

4. Korrektsion (maxsus) pedagogi-psixologik – rivojlanishida turli psixologik va fiziologik nuqsonlari bo’lgan bolalarni tarbiyalash va o’qitish bilan bog’liq muammolarni o’rganadi.

O’z navbatida korrektsion pedagogi-psixologik tarkibiga maxsus pedagogi-psixologik va psixologiyaning turli sohalari kiradi. Ular quyidagilardir:

1. Surdopedagogi-psixologik va surdopsixologiya – eshitish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

2. Oligofrenopedagogi-psixologik va oligofrenopsixologiya – aqli zaif bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

3. Tiflopedagogi-psixologik va tiflopsixologiya – ko’rish qobiliyati buzilgan bolalarni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

4. Logopediya va nutqiy buzilishlar psixologiyasi – nutqi, shuningdek, motorli-harakatlanish doirasida murakkab nuqsonlar bo’lgan bolalar (ko’r, soqov va kar bolalar)ni rivojlantirish, o’qitish va tarbiyalash masalalarini o’rganadi.

2. Metodika – xususiy fanlarni o’qitish xususiyatlarini o’rganadi.

3. Pedagogi-psixologik tarixi – ta’lim va tarbiyaning yuzaga kelishi, taraqqiy etishi, muayyan tarixiy davrlarda yetakchi o’rin egallagan pedagogik fikrlar taraqqiyoti masalalarini o’rganadi.

4. Pedagogik texnologiya – ta’lim va tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llash, texnologik yondashuv asosida ta’lim va tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish muammolarini o’rganadi.

5. Pedagogik mahorat – bo’lajak o’qituvchilarning kasbiy mahoratlarini oshirish, takomillashtirish muammolarini o’rganadi.

9. Ta’limni boshharish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo’lga qo’yish, boshharish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash masalalarini o’rganadi.

10. Ijtimoiy pedagogi-psixologik – ijtimoiy munosabatlar jarayonida pedagogik g’oyalarning tutgan o’rni va roli, shaxsni kasbiy va ijtimoiy faoliyatga yo’naltirish muammolarini o’rganadi.


2.Pedagogik-psixologik sohalarining o'ziga hos hususiyatlari

Kadrlar tayyorlash milliy modeli tarkibiy qismlaridan biri bo‘ lgan shaxsni har tomonlama kamolga yetkazish, yuksak ma’naviy va axloqiy sifatlarni tarbiyalash, unda kasbiy ko‘ nikma va malakalarni shakllantirishda pedagogik turkum fanlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyatga ega.

Pedagogik turkum fanlari nafaqat ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini ta’minlashda, o‘ qituvchi va o‘ quvchilar o‘ rtasidagi munosabatlarni qaror toptirishda, balki tinglovchilarda barkamollik sifatlarini shakllantirish borasida ham katta imkoniyatlarga ega. Bu imkoniyatlar quyidagilar bilan tavsiflanadi:

- har tomonlama rivojlangan, barkamol shaxsni shakllantirish pedagogik-psixologik fanining ham asosiy maqsadi ekanligi;

- pedagogi-psixologik fanlarining mazmuni ham har tomonlama rivojlangan barkamol shaxsning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olgan holda uning aqliy, nafosat va jismoniy rivojlanishi, ijodiy qobiliyatlarining namoyon bo‘ lishi, unda insonparvarlik munosabatlarini tarkib toptirishga yordam beruvchi zarur shart-sharoitlar yarata olishi;

- ta’lim va tarbiya qonuniyatlari hamda tamoyillari birligi, o‘ zaro uyg‘ unligini ta’minlash asosida barkamol shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy maqsadni to‘ la amalga oshirish mumkinligi.

Pedagogik turkum fanlari bo‘ yicha ishlab chiqilgan Davlat ta’lim standartlarida barkamol shaxsni shakllantirishga yo‘ naltirilgan ta’limga qo‘ yiluvchi talablar belgilab berilgan. Mazkur standart talablariga muvofiq “Pedagogik-psixologiya”, “Pedagogi-psixologik tarixi”, “Pedagogik texnologiyalar” va “Pedagogik mahorat” o‘ quv fanlari bo‘ yicha yaratilgan dastur va darsliklar barkamol shaxsni shakllantirishda katta imkoniyatlarga ega.

Biroq barkamol shaxsni shakllantirish borasida o‘ qituvchilarning muayyan tayyorgarlikka, tinglovchilarning esa tasavvur va nazariy bilimlarga ega emasliklari bois pedagogik amaliyotda bu imkoniyatlardan samarali foydalanilmayapti.

Shu sababli pedagogik ta’lim jarayonini davr talablari va mavjud ijtimoiy-ta’limiy ehtiyoj asosida tashkil etish uchun asosiy yo‘ nalishlarni belgilab olish zaruriyati yuzaga kelmoqda. Eng avvalo, ijodiy yondashuv asosida o‘ zlashtirilishiga erishish hamda ularni o‘ ylashga, fikr yuritishga, ijodiy faoliyat yuritishga undashda samarali bo‘ lgan ta’lim metodlarini tanlash, pedagogik ta’lim jarayonini maqsadga muvofiq loyihalashtirish talab etiladi. Ta’lim jarayonini loyihalashda milliy ta’lim bilan birga xorijiy ta’lim tajribalaridan ham izchil foydalanish kutilgan natijalarni qo‘ lga kiritishga yordam beradi.

. “Pedagogik-psixologik fanlar nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat” hamda “Pedagogik texnologiya” o‘ quv fanlari bo‘ yicha mashg‘ ulotlar maxsus loyihalar asosida ilg‘ or pedagogik texnologiyalar yordamida tashkil etilganda kutilgan natijani beradi. Mashg‘ ulotlarda asosiy e’tibor tinglovchilarning ichki imkoniyatlari va qobiliyatlarini ularning amaliy faoliyatlarida to‘ la namoyon bo‘ lishini kafolatlovchi rivojlantiruvchi ta’lim xarakterini kasb etishiga qaratilishi lozim.

Barkamol shaxsni shakllantirishda samarali tashkiliy-pedagogik shakl, metod va vositalarni qo‘ llash boy milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslanadi. Shuningdek, tarbiya jarayonida innovatsion metodlarni qo‘ llash samarali natijalarga erishishga imkon beradi. Innovatsion metodlar tinglovchilarda voqealar rivojini oldindan ko‘ ra bilish, o‘ zini real voqelikda anglash, kelgusi hayot yo‘ lini to‘ g‘ ri belgilash, axloq, e’tiqod, ishonch va axloqiy qadriyatlar mohiyatini to‘ g‘ ri anglash, turli ijtimoiy vaziyatlarda to‘ g‘ ri qaror qabul qilish qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.

Tinglovchilarni kuzatish, bahslashish, ishontirish, mulohazalarni umumlashtirish, xulq-odob ko‘ nikmalarini o‘ zlashtirishga imkon beruvchi treninglar jumladan, “Tanqid qilish madaniyati”, “Konsensus va konfrantatsiya” (“Kelishuv va ziddiyat”) treninglari, o‘ yin, shuningdek, ma’naviy-axloqiy tarbiyada hamkorlik texnologiyasi kabilar pedagogik jarayonga yangicha yondashishni ta’minlaydi.

“Pedagogik-psixologik fanlar nazariyasi” o‘ quv fani bo‘ yicha amaliy mashg‘ ulotlarda “Aqliy hujum”, “5x5”, “Klaster”, “Qarorlar qabul qilish texnologiyasi”, ”Tafakkur cho‘ qqisi” va “Qora quti” kabi interfaol metodlar, rolli va ish o‘ yinlaridan maqsadga muvofiq foydalanish kutilgan natijalarni beradi..

Masalan, “Pedagogi-psixologik nazariyasi va tarixi” o‘ quv kursi bo‘ yicha amaliy mashg‘ ulotlarning birida O‘ zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Barkamol avlod – O‘ zbekiston taraqqiyotining poydevori” asari asosida kadrlar tayyorlash milliy modelida barkamol shaxsni shakllantirishga qo‘ yiluvchi talablar va ularga muvofiq ta’lim jarayonini tashkil etish masalalari muhokama etilishi mumkin.

“Mustaqil, erkin fikrli barkamol shaxsni shakllantirish – ijtimoiy-ta’limiy ehtiyoj” mavzusida uyushtirilgan muhokamada esa tinglovchilarning ijtimoiy tarbiya jarayoni maqsadi va vazifalari, mazmuni haqidagi nazariy-pedagogik bilimlarini mustahkamlashga asosiy e’tibor qaratiladi. Muhokama chog‘ ida Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Unsurul Maoliy Kaykovus, Abudrahmon Jomiy, Alisher Navoiy, Abdulla Avloniy kabi Sharq mutafakkirlarining barkamol shaxs tarbiyasi borasidagi qarashlari umumlashtiriladi, barkamol shaxsning shakllanishiga ta’sir etuvchi omillar aniqlanadi. Barkamol shaxsni shakllantirishda juda samarali sanaluvchi omillar – oila, ta’lim mazmuni (shu jumladan, ta’lim muassasalari), milliy qadriyatlar, ommaviy axborot vositalarining barkamol shaxs kamolotidagi muhim o‘ rni va roli tahlil etiladi.

Shuningdek, “Shaxsning ma’naviy-axloqiy sifatlarini shakllantirish” mavzusida amaliy trening tashkil etish mumkin. Treningda tinglovchilarga shaxs qiyofasida aks etuvchi fuqarolik hamda kasbiy sifat (xislat)larning ro‘ yxatini tuzish va ularni ahamiyatlilik darajasiga ko‘ ra tartiblash (raqamlash) vazifasi topshiriladi. Javoblar tahlilida, tinglovchilar tomonidan quyidagi sifat (xislat)larning barkamol shaxs qiyofasida aks etishi muhimligiga e’tibor qaratiladi:

- vatanparvarlik va milliy g‘ urur, iftixor tuyg‘ usiga egalik;

- davlat ramzlari (gerb, bayroq, madhiya)ga nisbatan chuqur hurmat bildirish;

- millat va jamiyat taraqqiyoti yo‘ lida mehnat qilish hamda ularning taqdiri uchun mas’uliyatli bo‘ lish;

- maishiy turmush madaniyatiga ega bo‘ lish;

- milliy qadriyatlarni ijtimoiy-milliy ahamiyatini chuqur anglash va ularni asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga yetkazishga g‘ amxo‘ rlik qilish;

- halol, rostgo‘ y, mehr-shafqatli bo‘ lish;

- g‘ ayratli, tashkilotchi va tashabbuskor bo‘ lish;

- faoliyatda qat’iyatli, xushmuomala va tartibli bo‘ lish;

- mustaqil va o‘ z nuqtai nazarini erkin ifodalay olish;

- muomala madaniyatini egallay olish;

- vaqtdan unumli foydalana bilish.

Tinglovchilar tomonidan topshiriq bajarilgach, ularga barkamol shaxs qiyofasida aks etuvchi va tinglovchilar tomonidan ikkinchi darajali deb baholanuvchi sifat (xislat)larni belgilash vazifasi topshiriladi. Bu topshiriqni bajarish jarayonida tinglovchilar tomonidan quyidagi sifat (xislat)lar qayd etilishiga etibor qaratiladi: insonparvarlik, adolatlilik, iymon-e’tiqodlilik, qanoatlilik, donolik, saxiylik, mehr-oqibat, yaxshilik, nafs me’yori, do‘ stlik, vijdonlilik, intizomlilik, iltifotlilik, to‘ g‘ rilik, kamtarlik, hayo va iffat.

Quyida “Aqliy hujum”, “5x5”, “Klaster”, “Qarorlar qabul qilish texnologiyasi”, ”Tafakkur cho‘ qqisi” va “Qora quti” kabi interfaol metodlar vositasida tashkil qilish mumkin bo‘ lgan amaliy mashg‘ ulotlar uchun savollarni keltiramiz:

- Milliy-ma’naviy tiklanish nima?;

- Madaniy islohotlar nimalar?;

- Diniy bag‘ rikenglik deganda nimani tushunasiz?;

- Ekstremizm va aqidaparastlik nima? Uning oldini olish uchun nimalarga e’tibor berish kerak?;

- Barkamol shaxs deganda kimlarni tushunasiz?;

- G‘ oyaviy bo‘ shliq nima va bu bo‘ shliqning yuzaga kelishiga sabab bo‘ luvchi omillar nimalardan iborat?;

- Milliy g‘ oya nima? U fuqaro ongida qanday aks etishi lozim?;

- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning asosiy maqsadi nima? Barkamol shaxsni shakllantirish imkonini beruvchi ijtimoiy shart-sharoitlar nimalardan iborat?;

- Kadrlar tayyorlash milliy modelida “shaxs” tushunchasiga qanday ta’rif berilgan va unga nisbatan qanday talab qo‘ yilgan?;

- Qanday shaxs pedagogik faoliyatni tashkil etishga munosib bo‘ la oladi?;

- Ta’lim muassasalarida rahbar qanday o‘ rin tutadi va u qanday xislatlarga ega bo‘ lishi zarur?;

- Mumtoz ta’limiy-axloqiy asarlarda komil inson qiyofasi qanday tasvirlangan?;

- Abdulla Avloniyning “Turkiy guliston yoxud axloq” asarida qanday ijobiy sifat va salbiy illatlar haqida so‘ z yuritilgan?

Mazkur tarbiya shakl va metodlari tinglovchilarning nazariy bilimlarni qay darajada o‘ zlashtirganliklari va faoliyatida qo‘ llash imkoniyatlarini namoyon etishga yordam beradi.

“Pedagogik-psixologik fanlar nazariyasi” va “Pedagogi-psixologik fanlar tarixi” kabi o‘ quv fanlari bo‘ yicha o‘ quv rejasiga muvofiq o‘ quv materiallari o‘ rganilgandan so‘ ng yozma ishlar shaklida yakuniy nazorat tashkil etiladi va natijalar tahlil qilinadi.

Yakuniy nazorat uchun “Pedagogi-psixologik fanlar nazariyasi va tarixi” o‘ quv kursi bo‘ yicha dasturda qayd etilgan mavzular, shuningdek, ijtimoiy-ta’limiy ahamiyatini inobatga olgan holda qo‘ shimcha mavzular bo‘ yicha savollar tuziladi. Qo‘shimcha mavzular bo‘ yicha yakuniy nazorat uchun savollarni tuzishdan ko‘ zlangan maqsad – tinglovchilarda ma’naviy-axloqiy sifat (xislat)larning shakllanganlik darajasi (chunonchi, dunyoqarashning boyligi, ijtimoiy-g‘ oyaviy onglilik darajasi, shuningdek, erkin fikrlay olish qobiliyati) baholashdan iborat .


Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə