1. Mavzu : Pedagogik-psixologik fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari Reja


– mavzu. Mavzu : Pedagogik-psixolgik fanlarni o'qitish jarayoni yahlit tizim sifatida



Yüklə 187,99 Kb.
səhifə6/11
tarix02.04.2022
ölçüsü187,99 Kb.
#84996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1 (1)

4– mavzu. Mavzu : Pedagogik-psixolgik fanlarni o'qitish jarayoni yahlit tizim sifatida.

Reja :
1. Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.

2. Ta'lim jarayonining tuzilishi.


Tayanch tushunchalar: An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuv, tizim ,ko’nikma ,malaka.
1.Pedagogik-psixologik fanlarni o'qitish jarayoni mohiyati va uning vazifalari.
Pedagogi-psixologik fanlar bugungi kunda ma‘lum bir yuksalish bosqichiga ko‘tarilmoqda. Buning albatta, ob‘ektiv sabablari mavjud. Tarbiya maqsadining har bir davrda turlicha bo‘lishi ijtimoiy tuzum, mafkuraviy harashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq. Ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy rivojlanish davomida tarbiya maqsadiga erishish jarayoniga nisbatan pedagogik yondashuvlar ham turlicha bo‘lgan. Demak ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, uning amalga oshirish jarayoni nazariy va amaliy jihatdan takomillashib borishi bilan pedagogik-psixologik fanlar zamonaviy tus ola boshlaydi. Bizning zamonaviy pedagogik-psixolog fanlarimiz bugungi kunda aynan shunday holatni boshdan kechirmoqda.

Milliy mustaqillik qo‘lga kiritilishi bilan istiqbol yo‘llarimiz, milliy g‘oya va mafkuramiz aniq qilib belgilab olindi. Biz o‘z ta‘limi-tarbiyaviy maqsadimiz va vazifalarimiz, uni amalga oshirish dasturlarimizni belgilab oldik. Prezidentimizning ma‘naviy mafkuraviy, barkamol avlodni voyaga etkazish borasida bir qator asarlarida ushbu yo‘nalishdagi davlat siyosati ustivor masala ekanligi bir necha bor ta‘kidlab o‘tiladi. Bobokalonlarimizning azaliy orzulari, milliy va umumbashariy qadriyatlari, ma‘naviy yodgorliklar zamonaviy pedagogi-psixologikning maqsadi va vazifalarini shakllanishiga asos bo‘lmoqda. Davlatimiz tomonidan qabul qilinadigan “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi”da ushbu maqsad yoritib berilgan. Zero, zamonaviy pedagogi-psixologikning bosh maqsadi ham etuk, yuksak malakali, ma‘naviyatli, ma‘rifatli, mustaqil fikr yurita oluvchi, raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashdan iboratdir. Ko‘zlangan maqsadga erishish uchun uzluksiz ta‘lim tizimi tubdan isloh qilinmoqda. Ta‘lim jarayoniga tabaqalashtirilgan yondashuv, o‘quvchilarni turli kasb-xunar kollejlari, akademik litseylarda taxsil olishlarini ta‘minlash zamonaviy pedagogi-psixologik fani oldiga yuksak vazifalarni qo‘ymoqda. Masalan, ushbu o‘quv muassasalari uchun davlat ta‘lim standartiga muvofiq keluvchi o‘quv dasturlarini va darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish bugungi kun talablariga javob bermog‘i lozim. Har biri turli variantlarda bo‘lsagina, maqsadga to‘g‘ri xizmat qila oladi.

O‘quv –tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ham an‘anaviy usullardan farqli o‘laroq, yangicha pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish va ta‘lim jarayonida qo‘llash zamon talabidir. Milliy dasturda bu masalaga alohida e‘tibor berilgan. Albatta, ilg‘or pedagogik texnologiyalar bizning fanimizga endigina kirib kelmoqda. Aslida esa ta‘limga texnologik yondashuv masalasi rivojlangan demokratik xorijiy davlatlard bundan 30-yillar muqaddam paydo bo‘lgan va ular bu sohada katta yutuqlarni qo‘lga kiritgan.

Bugungi kunda biz pedagogi-psixologik sohasidagi ilg‘or texnologiyalarni kengroq va chuqurroq o‘zlashtirishimiz, ularni o‘z mintaqamizga mos holda qayta ishlab chiqishimiz kerak bo‘ladi. Pedagogik texnologiya tushunchasiga hozirgi kunda turlicha ta‘riflar berilmoqda. Muhimi shuki, pedagogik texnologiya ko‘zlagan maqsadga kafolatlangan natija sifatida erishishni ifodalovchi jarayondir.

II. Pedagogik-psixologik fanlar amaliyotida turli yondashuvlar qo‘llaniladi. An‘anaviy yondashuv, tizimli yondashuv, texnologik yondashuv, funktsional, kompleks, faoliyatli yondashuvlar shular jumlasidandir.

An‘anaviy yondashuv. Uning asosiy xususiyati-o‘qituvchi ma‘lum axborotni, gapirib beradi, tushuntiradi, tinglovchi esa bu blimni xotirasida saqlaydi. “Bilim” tushunchasi xotirada saqlanadigan axborot ma‘nosida tushuniladi. Tulabada bilim bor-yo‘qligi imtihonda shu axborotga doir berilgan savolga yoddan bergan javobiga harab aniqlanadi. Bunda bilim degani asosan esda qoldirishning natijasidir, u ko‘pina yuzaki bo‘lshi ham mumkin. Bunday bilim xotirada uzoq saqlanmaydi. Tinglovchi savol berilganda eslashi ba‘zan eslay olmasligi ham mumkin.

An‘anaviy o‘qitish usulida ta‘lim maqsadi dastur talabiga binoan aniq ifodalanmaydi, tinglovchining o‘zlashtirish darajasi, sifati haqida muallim aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi.

An‘anaviy ta‘lim mamlakatimizning o‘quv yurtlarida keng tarqalgan, uning turli jihatlari pedagogi-psixologik, metodika fanlarida ishlab chiqilgan, katta tajriba to‘plangan. An‘anaviy ta‘lim usulini takomillashtirish sohasida izlanishlar davom etayotir. Lekin uning ob‘ektiv imkoniyatlari cheklangan. Mamlakatiimzda amalga oshirilayotgan ta‘lim sohasidagi islohotlar, tez sur‘atlar bilan rivojlanayotgan fan –texnika talablari-ta‘lim usuli bilan jamityaning raqobatbardosh, yuqori malakali kadrlar tayyorlash, barkamol avlodni shakllantirishga bo‘lgan ehtiyoji o‘rtasida nomutanosiblikni vujudga keltirdi. Uni ta‘limda boshqa yangi yondashuvlarni qo‘llash yo‘li bilan hal etish lozim.

III.Tizimli yondashuv. Tizim so‘zi- tuzilma, qismlardan tuzilgan, birikka yaxlit narsa yoki hodisa ma‘nosini anglatadi. Tizim tushunchasi va so‘zi, boshqa ma‘nolarga ham ega . masalan, tizim-ip, sim kabilarga terilgan narsa; Tizim-shoda (bir tizim, marvarid bir shoda marjon kabilardir). Shuningdek, kibernetik tizim, axborotlar tizimi, ijtimoiy munosabatlar tizimi, harakatlar tizimi, pedagogik tizim kabi tushunchalar shaklida ham qo‘llaniladi. Tizim tushunchasi odatda ayrim belgilariga ko‘ra turlarga ajratiladi: moddiy narsalar tizimi; mavxum tushunchalar, faraziyalar, nazariyalar, ilmiy bilimlar tizimi kabilar.

Tizimli yondashuv ilmiy bilish metodologiyasi va pedagogik amaliyotning bir yo‘nalishi sifatida universal tavsivga ega, pedagogi-psixologikda keng qo‘llaniladi, ta‘lim-tarbiyaga ham pedagogik tizim sifatida harash lozim.

“Tizimli yondashuv” tushunchasi ko‘pincha “tizimli metod”, “tizimli tahlil usuli” tushunchalari bilan uzviy bog‘liq holda qo‘llaniladi. Chunki tizimli taxlil usullari ham ob‘ektni yaxlit tizim sifatida o‘rganishni nazarda tutadi. Tizimli yondashuv, ayniqsa tuzilish- vazifasiga ko‘ra bajariladigan tahlilga juda yaqin. Tizimli tahlilning ob‘ekti yaxlit narsa yoki hodisa (tizim) hisoblanadi, u, birinchidan, ob‘ektning turli qismlarini; ikkinchidan, qismlarning o‘zaro bog‘liqligini; uchinchidan, tizimning chegaralarini va to‘rtinchidan, tizimning atrof-muhit bilan bog‘liqligi, aloqadorligini nazarda tutadi.

Tizimli yondashuv bir qancha qoida-printsiplar majmuidan foydalanadiki, ular tadqiqotchilik va amaliy faoliyatda yuqori natijalarga erishish imkonini yaratad. Bunday qoida-printsiplar qatoriga, jumladan, quyidagilar kiradi: mavxumlikdan yaqqollikka harab borish: analiz bilan sintezning, matiqiylik bilan tarixiylikning birligi; ob‘ektiv bog‘lanishlar va o‘zaro ta‘sirlarning turlichaligi; ob‘ektning tuzilishi vazifalari va kelib chiqishi haqidagi tasavvurlarning birligi va boshqalar.

Pedagogik tizim. Inson bolasini barkamol shaxs, biror kasb egasi sifatida shakllantiruvchi yaxlit ijtimoiy-pedagogik hodisa bo‘lib, uning tarkib pedagogik jarayonning ob‘ektlari va sub‘ektlari, shakl-usullari, ular o‘rtasidagi munosabatlar o‘zaro ta‘sirlar, ularni boshharishdan iborat. Pedagogi-psixologikda keng va tor (jmns va tur) tushunchalarini o‘z ichiga oladi; pedagogi-psixologik-fan; pedagogi-psixologik-o‘quv predmeti; pedagoglik-inson faoliyatining bir sohasi sifatida keng tushunchalardir. Ularning har biri ma‘lum qismlardan tuzilgan tizim hisoblanadi. Pedagogi-psixologik fan sifatida ayrim belgilarga ko‘ra bir necha qismlardan tuzilgan tizimdir. Pedagogik fanlar tizimiga-pedagogi-psixologik nazariyasi va tarixi; o‘qitish nazariyasi va metodikasi; maxsus pedagogi-psixologik; jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi; madaniy ma‘rifiy ilar pedagogi-psixologiksi, ijtimoiy pedagogi-psixologik kabilar kiradi.

Shuningdek, ta‘lim-tarbiyaning maqsadi, shakl-usullari tizimi; ta‘lim-tarbiyaning yo‘nalishlari, turlari, tizimi; uzluksiz ta‘lim tizimi; ta‘lim muassasalari tizimi; pedagogik ixtisosliklar tizimi; o‘quv vazifalari, o‘quv axborotlari tizimi kabilar pedagog tizim tarkibiga kiradi.

V1. Texnologik yondashuv. Texnologiya yunoncha so‘z bo‘lib, texne-mahorat, san‘at, logos-tushuncha, ta‘limot ma‘nolarini anglatadi. Texnologiya tushunchasi-tayyor mahsulot olish uchun ishlab chiharish jarayonlarida qo‘llaniladigan usul va metodlar majmui; shunday usul va metodlarni ishlab chiharuvchi va takomillantiruvchi fan sifatida ta‘riflanadi. Ishlab chiharish jarayonlarining tarkibiy qismi bo‘lgan amallar- materiallarni qazib olish, tashishi, tahlash, saqlash va boshqalar ham texnologiya deyiladi. Texnologiyaga ishlab chiharish jarayonlarini tasvirlash, ularni bajarish bo‘yicha qo‘llanmalar, texnik qoidalar va talablar, grafiklar ham kiradi. Sanoat ishlab chiharish sohasida yuzlab texnologik loyihalar (jarayonlar) yaratilgan. Ular, agar texnik hujjat talablariga amal qilinsa, ishni kim va qaerda bajarganidan qat‘iy nazar, mahsulot sifati va natijasi kafolatlanadi.

Ta‘lim ishiga texnologik yondoshuv:

-o‘qish-o‘qitish jarayonini o‘zaro uzviy bog‘liq etaplar, fazalar, amallarga ajratish, bo‘lishni;

-ta‘limda mo‘ljallangan natijaga erishish uchun bajariladigan xarakatlarni muvofiqlashtirish, ketma-ket, bosqichma-bosqich amalga oshirishni;

-loyihalashtirilgan ishlar, amallarni barchasini birdek bajarishni nazarda tutadi.

Bu yonashuv asosan reproduktiv ta‘limga xosdir. Reproduktiq ta‘lim tipik vaziyatlarda biror ish –harakatni oldin bilib olingan qoidalar asosida bajarishdir.

Reproduktiv darajasi, uchun pedagogik texnologiya usulida ta‘lim takror ishlab chiqiladigan konveyrli jarayon sifatida tashkil etiladi, undan kutiladigan natija ham mufassal tasvirlanib, aniq qayd etiladi. O‘quv materiali aniq ifodalangan o‘quv maqsadiga mos qayta tuzib, ishlab chiqiladi, ayrim bo‘lak (qism, modul)Larga ajratiladi, o‘quv materialini o‘rgatishning alternativ yo‘llari nazarda tutiladi, har bir bo‘lakni o‘rgatish test yordamida nazorat etilib, xato, kamchiliklar tuzatilib to‘g‘rilab boriladi. O‘quv ishi etalonda ko‘rsatilgan natijaga erishini nazarda tutadi. Bu bolalarni qiziqtirish musobaqa va o‘zaro yordamlashishni inkor etmaydi. Ta‘lim reproduktiv xarakterda olib borilgani uchun ham bu usul bilim, ko‘nikma va malakalarning zarur minimumini egallashda ko‘proq samara beradi. Texnologik yondashuvni qo‘llash qo‘yilgan o‘quv maqsadlarga erishishni kafolatlaydi.

U.Tadqiqiy –ijodiy yondashuv. Bu yondashuv ta‘limning maqsadi tinglovchida biror muammoni echish qobiliyatini o‘stirish, yangi bilim (tajriba)ni mustaqil o‘zlashtirish, harakatning Yangi usullarini topish, shaxsan tashabbus ko‘rsatishni ko‘zda tutadi

Tadqiqiy yondashuv faoliyatning ijodiy, aktiv xarakteri bilan bog‘liq.

Bu yondashuvda tinglovchining o‘quv-bilish faoliyatiga pedagog rag‘batlantiruvchi usulda rahbarlik qiladi, bolaning shaxsiy tashabbusiini qo‘llab-quvvatlaydi, bola bilan hamkorlik qiladi, tinglovchining fikr va qiziqishlarini oldingi o‘ringa qo‘yadi. Tadqiqiy yondashuv bo‘yicha ham pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.

Pedagogik-psixologik fanlar nazariyasi va amaliyotida an‘anaviy yondashuv o‘z imkoniyatlarini sarflab bo‘ldi, tizimli, texnologik va tadqiqiy yondashuvlar istiqbolga ega. Texnologik , tizimli va tadqiqiy yondashuvlardan har birining ta‘lim tizimida o‘z o‘rni bor va o‘z joyida qo‘llanilishi lozim.

Rivojlangan mamlakatlarda ta‘limning turli darajalari o‘quv (reproduktiv, mahsuldor, tadqiqiy-ijodiy) pedagogik texnologiya variantlari ishlab chiqilgan.

Keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan ta‘lim islohotlari ta‘limning ilg‘or texnologiyalarini o‘rganish va o‘quv-tarbiya jarayoniga joriy etishni taqazo qiladi. Bu o‘z navbatida pedagog xodimlardan ta‘lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va O‘zbekistonning milliy, ma‘naviy-madaniy xususiyatlari, tarixiy ilg‘or an‘analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo‘llash va rivojlantirishni talab etadi.

Texnologik yondashuv mavjud an‘anaviy o‘quv jarayoniga faqat kompleks tarzdagina emas, pedagoglar tomonidan o‘zgartirilishi, metodik qo‘llanmalar, o‘quv-moddiy baza yaratilishiga harab bosqichma-bosqich ayrim elementlari amalga oshirilaverishi ham mumkin. Bu birinchi navbatda pedagogik texnologiyaning muhim qismi-pedagogik predmetlar va mavzular bo‘yicha ta‘lim maqsadlarini aniqlash usullariga taalluqlidir.

Pedagogik tadqiqotchilar ta‘lim-tarbiya hodisalarini o‘rganganda ma‘lum darajada bu yondashuvlarni qo‘llaydilar. Amaliyotchi pedagoglar ham bundan mustasno emas. Agar har bir yondashuv nimaligini anglab, o‘z o‘rnida, maqsadga muvofiq tarzda unga amal qilinsa, o‘quv-tarbiyaviy ishlar samaradorligini ancha yuqori bo‘lar edi.

Shunday qilib pedagogik texnologiyalar hozirgi davr ta‘lim jarayoni yangi sifat ko‘rsatkichlariga olib chiqishi mumkin bo‘lgan metodlar tizimiga aylandi. Jahondagi rivojlangan davlatlarning tajribasi ilg‘or pedagogik texnologiyalarga asoslangan holda o‘quvchi-yoshlarning bilim olishiga bo‘lgan qiziqish va ehtiyojlarini qondiribgina qolmasdan, yuqori malakali mutaxassislar etishtirib berish vazifalarini ham hal etmoqda.

2.Ta'lim jarayonining tuzilishi.

Ta’lim tizimli bilim olishning eng muhim va ishonchli usulidir. Ta’limga ikki tomonlama aloqa (ta’lim olish va ta’lim berish), shaxsni har tomonlama rivojlantirish va boshqa xususiyatlar xosdir. Ta’lim, shuningdek, o’ziga xos xususiyatlar ham ega. Ta’lim o’qituvchi tomonidan boshhariluvchi o’ziga xos anglash jarayonidir. O’qituvchining yo’naltiruvchi sifatidagi roli o’quvchilarning aqliy va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishni ta’minlovchi bilim, ko’nikma va malakalarni to’liq o’zlashtira olishlarida ko’rinadi.

Ta’lim o’qituvchining o’quvchilar bilan muloqoti jarayoni ham sanaladi. U o’quvchilarga o’quv materiali mazmunini tushuntirib beradi, savol va topshiriqlar beradi, ularning faoliyatini nazorat qiladi, xato va kamchiliklarini aniqlaydi, yo’l qo’yilgan xatolarni to’g’rilaydi, qanday ishlash lozimligini qayta ko’rsatadi. Har qanday ta’lim o’zida o’qituvchi va o’quvchining faoliyati, ya’ni, o’qituvchining o’rgatish hamda o’quvchining o’rganishga yo’naltirilgan faoliyati, boshqachai aytganda to’g’ridan to’g’ri, bevosita va nisbiy munosabataks etadi.

Ta’lim jarayonida o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro muloqat yuzaga keladi. “Muloqot” tushunchasi “ta’lim” tushunchasidan ko’ra keng ma’noga ega.

Ta’lim o’quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularning bilish qobiliyatlarini o’stirish, ularda amaliy ko’nikma va malakalar, shuningdek, dunyoharashni shakllantirishga yo’naltirilgan jarayondir.

Ta’lim va ta’lim jarayoni (didaktik jarayon) sinonim tushunchalar emas. Jarayon bu yaxlit pedagogik hodisa, pedagogik faoliyatning tarkibiy qismi sifatida ta’lim tizimining muayyan holatini o’zgartirish hisoblanadi. Jarayon mohiyatini V.P.Bespalko tomonidan taklif etilgan quyidagi formula asosida to’laqonli anglash mumkin:

DJ q M Q O’fQB

Bu yerda; DJ – didaktik jarayon;

M – o’quvchilarning o’qish (ta’lim olish) motivatsiyasi;

O’f –o’quvchilarning o’zlashtirish faoliyati;

B –o’quvchilarning bilish faoliyatlarini boshharish.

Ta’lim jarayonining yaxlit tizim sifatidagi tavsifi. Ta’lim jarayonining “yaxlitligi” “tizimliligi” va “majmuaviyligi”ni bir xilda talqin etish mumkin emas. Biroq, ta’lim jarayonining yaxlitligi uning tizimliligi bilan uzviy bog’liq.

Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) o’zaro bog’langan ko’plab elementlar (tarkibiy qismlar) o’rtasidagi mustahkam birlik va o’zaro yaxlitlikdir. Demak, ta’lim yaxlit tizim sifatida ko’plab o’zaro bog’liq quyidagi elementlarni o’z ichiga oladi: ta’lim maqsadi, o’quv axborotlari, o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari, uning shakllari, pedagogik muloqot vositalari, shuningdek, ta’lim jarayonini boshharish usullari.

Ta’lim jarayoni yaxlit tizim sifatida quyidagicha namoyon bo’ladi (4-chizma):

Barcha tarkibiy qismlarning o’zaro birligi va yaxlitligi sifatida namoyon bo’luvchi ta’lim jarayonining negizini o’qituvchi va o’quvchilarning ta’limiy faoliyatlari tashkil etadi.

Ta’lim funktsiyalari. “Funktsiya” tushunchasi “ta’lim vazifalari” tushunchasiga yaqindir. Ta’lim funktsiyasi ta’lim jarayoni mohiyatini ifoda etadi, vazifasi esa ta’limning komponentlaridan biri hisoblanadi.

Didaktika ta’lim jarayonining quyidagi uchta funktsiyasini ajratib ko’rsatadi: ta’lim berish, rivojlantirish va tarbiyalash.

Ta’lim berish funktsiyasi ta’lim jarayonining o’quvchilarda bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat. Ta’lim natijasi sifatida bilimlarining to’laligi, chuqurligi, tizimliligi, anglanganligi, mustahkamligi va amaliy xususiyat kasb etishi muhimdir. Bu kabi holatlar ta’lim jarayonining metodik jihatdan to’g’ri tashkil etilganligini ifodalaydi.

Ta’lim jarayonida o’quvchilarda ular tomonidan o’zlashtirilgan nazariy bilimlar asosida hosil qilingan amaliy ko’nikma va malakalarning shakllanishi ham alohida ahamiyatga ega.

Ko’nikma – shaxsning muayyan harakat yoki faoliyatni tashkil eta olish qobiliyati.

Malaka deganda muayyan harakat yoki faoliyatni bajarishning avtomatlashgan shakli tushuniladi. Umumiy ko’nikma va malakalarga og’zaki va yozma nutqni bilish, axborot materiallaridan foydalana olish, o’qish, manbalar bilan ishlash, referat yozish, mustaqil ishini tashkil etish kabilar kiradi.

Ta’limning rivojlantiruvchi funktsiyasi ta’lim jarayonida bilimlarni o’zlashtirish jarayonida o’quvchining rivojlanishi sodir bo’lishini ko’rsatadi. Rivojlanish quyidagi yo’nalishlarda sodir bo’ladi: nutqi rivojlanishi, fikrlashi, shaxsning sensorli va harakatlanish sohalari, emotsional-irodaviy va ehtiyoj-sababli sohalari rivojlanadi. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim shaxsni har doim rivojlantiradi, lekin o’qituvchi va o’quvchining shaxsiy har tomonlama rivojlanishiga haratilgan maxsus o’zaro munosabatlarida rivojlantirish funktsiyasi yanada samaraliroqdir.

Ta’limning o’quvchi shaxsini rivojlantirishga yo’naltirilganligi “rivojlantiruvchi ta’lim” tushunchasi bilan ifoladanali. XX asr 60-yillaridan boshlab rivojlantiruvchi ta’limni tashkil etishga nisbatan turli yondoshuvlar yuzaga keldi.

Bularning hammasi ta’limni tashkil etish faqat bilimlarni shakllantirishga emas, o’quvchini har tomonlama rivojlantirish (birinchi navbatda, aqliy rivojlantirish, aqliy faoliyat usullari, analiz qilish, taqqoslash, turlarga ajratish va boshqalarni kuzatish, xulosa chiharish, ob’ektlarning muhim belgilarini ajrata bilish, faoliyat maqsadi va usullarini aniqlashni bilishga o’rgatish, uning natijalarini tekshirishni bilish malakasini rivojlantirish)ga xizmat qilishini anglatadi.

Ta’lim jarayoni tarbiyalovchi xususiyatga ham ega. Tarbiya va ta’lim o’rtasidagi bog’liqlik ob’ektiv va qonuniy hisoblanadi. Biroq shaxsni ta’lim jarayonida tarbiyalash tashqi omillar (oila, mikromuhit va boshqalar)ning ta’siri tufayli qiyin kechadi.

Tarbiyalash funktsiyasi. Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati turli ijtimoiy tuzum hamda sharoitda ham yaqqol namoyon bo’ladi. Tarbiyalash funktsiyasi ta’lim mazmuni, shakli va metodlarining mohiyati bilan belgilanadi va o’qituvchi hamda o’quvchilar o’rtasidagi munosabatlarni tashkil etish jarayonida yetakchi o’rin tutadi. Ta’lim jarayonida shaxsning ma’naviy-axloqiy va estetik tasavvurlari, xulq-atvori va dunyoharashi shakllantiriladi.

Ta’limning tarbiyalovchilik xususiyati, eng avvalo, ta’lim mazmunida aks etadi. Biroq, shuni ham e’tiborda tutish kerak-ki, barcha o’quv fanlari ham birdek tarbiyalovchilik imkoniyatiga ega emas. Gumanitar va estetik fanlarning bu boradagi imkoniyatlari yuqori.

Ta’lim jarayonida tarbiyaning ikkinchi omili o’qituvchi va o’quvchilarning munosabatlari, sinfdagi psixologik muhit, o’qish jarayoni ishtirokchilarining o’zaro munosabatlari, o’quvchilarning idrok etish faoliyatlariga o’qituvchining rahbarligi hisoblanadi. Zamonaviy pedagogi-psixologik o’qituvchi va o’quvchilar o’rtasidagi munosabatning eng qulay usuli sifatida demokratik usulini e’tirof etadi. Bu usul ta’lim jarayonida o’quvchilar shaxsini hurmat qilish, ularning xohish-istaklari, qiziqishlarini inobatga olinishini anglatadi.

1.O'qitish va o'qish jarayonlari tavsifi, o'quv jarayonida ularning o'zaro bog`liqligi.

O`quv jarayonining mohiyati davlat ta‘lim standarti fan bloklarida ko`rsatilgan bilimlarni yuqori darajada o`zlashtirib olish, zarur malaka, ko`nikmalarni egallashdan iborat. Tinglovchi bilimlarni o`qib, tushunib, anglab esda saqlashi, gapirib (yozib) bera olishi, ularni tahlil qila olishi, boshqa o`quv topshiriqlarini bajarishda va amaliyotda qo`llay olish malakalarini ham egallashi zarur.

O`quv jarayonining muhim vazifalaridan biri yoshlardagi aqliy qobilyatni o`stirish, tug`ma iqtidor (iste‘dod) kurtaklarini rivojlantirish, ularni barkamol shaxs, raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllantirishdan iborat .

Inson hayotida o`qish-o`rganish jarayoni umr bo`yi davom etadigan ijtimoiy – pedagogik hodisa. Demak, o`quv yurtida ta‘lim olish davrida tinglovchi o`z bilimlarini muntazam oshira borishga tayyorlanishi, mustaqil o`qib – o`rganish malaka va ko`nikmalarini hosil qilishi lozim. Maktabda o`quv jarayoni – tinglovchi bilan o`qituvchining hamkorlik faoliyatidir. Tinglovchi - o`quv jarayonining subyekti, o`qituvchi ta‘lim jarayonining boshqaruvchisi (menejeri) hisoblanadi.

2. Pedagogik-psixologik fanlar, psixologiya fanlari erishgan zamonaviy yutuqlarga binoan istalgan o`quv (didaktik) jarayoni, jumladan oliy ta‘lim muassasasidagi o`quv jarayoni ham, to`rtta bir-biri bilan uzviy bog`liq qism (komponent)dan tuzilgan yaxlit pedagogik jarayondir: 1-motiv-maqsad (M.M.); 2-tinglovchining o`quv-biluv faoliyati (O`.F); 3-o`zlashtirish faoliyatini boshqarish (B); 4-ta‘limning natijasi (N).

Demak, oliy maktabda o`quv jarayoni (O`.J)ni matematika tilida quyidagicha ifodalash mumkin. O`J=M.M+O`.F+B+N .

3. O`quv jarayoni qismlaridan har birida qanday maqsad (o`quv vazifasi)ni bajarish nazarda tutilganiga qarab, ta‘lim-tarbiya jarayonining turli texnologiyalari hosil bo`ladi. Bunday texnologiyalar soni juda ko`p bo`lishi mumkin. Ta‘lim-tarbiya vazifasini bajarish qulay bo`lishi uchun mavjud texnologiyalardan qaysi birini tanlash ma‘lum mezonlar asosida amalga oshiriladi. Shuni esda tutish lozimki, ta‘limning maqsadi (o`quv-biluv vazifasi) va o`quv jarayoni o`zaro bir-biriga aynan mos bo`lishi kerak ya‘ni har bir didaktik maqsadga ma‘lum bir ta‘lim-tarbiya jarayonida (darsda) erishish mumkin va har bir darsda erishish mumkin bo`lgan o`quv vazifasi qo`yilishi zarur.

4. Pedagogik texnologiyani amaliyotda qo`llash paytida moslik va jadallik printsiplariga rioya qilinadi.

Moslik printsipi – ta‘lim-tarbiya jarayonini tinglovchining bilim o`zlashtirish qobilyati, xotirasi va aqliy kuchlari o`sishiga mos kelishini nazarda tutadi. Bilim oluvchining o`qishga bo`lgan xohish va qiziqishi moslik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi.

Jadallik printsipi – o`quv-biluv vazifasini tezroq va yuqoriroq darajada ro`yobga chiqarishni, oz vaqt va kam kuch sarflab, ko`proq samaraga erishishni nazarda tutadi. Tinglovchining bilim o`zlashtirish tezligi jadallik printsipining ko`rsatkichi hisoblanadi.

1. Motiv – kishini biror ish-harakatni bajarishga undovchi ichki ruhiy kuch, da‘vat, turtki hisoblanadi. Motiv atamasi ehtiyoj, intilish, mayl, qiziqish kabi ma‘nolarni ham anglatadi. Pedagogik, psixologik adabiyotlarda ta‘kidlanganidek, agar o`quv ishi (o`quv- biluv vazifasi) tinglovchi uchun biror shaxsiy va ijtimoiy qimmatga ega bo`lsagina, kishida unga qiziqish, motiv uyg`onishi va ta‘limning maqsadi tinglovchining o`z ehtiyojiga aylanishi mumkin. Professor – o`qituvchilar tinglovchida o`qishga motiv hosil qilishga intilishlari, ta‘lim jarayonini mavjud motivlarni hisobga olib va rivojlantirib tashkil etishlari, boshqarishlari zurur.

2. Biror ish-harakatga, faoliyatga motiv hosil qilish – bu, murakkab ruhiy jarayondir. Motivlarni shakllantirish malakasi individual - shaxsiy xususiyatga ega bo`lib, ta‘limning maqsadi, shart-sharoiti, vaziyati bilan o`qishni tashkil etish shakllari, usullari mutanosibligini taqozo qiladi.

3. Tinglovchida bilim egallashga intilish (motiv) uyg`otish - ilg`or, ijodkor o`qituvchilarga xos xususiyatdir. Kishida o`qishga motiv hosil bo`lgani (mavjudligi)ni ko`rsatuvchi muhim belgilardan biri – o`quv topshirig`ini bajarishga tezda va astoydil kirishib ketishi, o`qishga bo`lgan qiziqishining barqarorligidir. Tinglovchining bilim olish motivlari kuchli yoki kuchsiz bo`lishi mumkin. Motivlar o`z-o`zidan paydo bo`lavermaydi. Motiv hosil qilishning turli yo`llari, usullari mavjud.

4. Motiv hosil qilishning oddiy usullaridan biri – o`quv mashg`uloti yoki darslikdagi matnning qiziqarliligidir. “Qiziqarli fizika”, “qiziqarli himiya”, “mo`‘jizasiz mo`‘jiza” kabilar bunga misol bo`la oladi. Demak, tinglovchida shu fanni o`rganishga motiv hosil bo`lishi uchun professor-o`qituvchi, avvalo, o`quv mashg`ulotini qiziqarli, faol shakl-usullarda tashkil eta bilmog`i lozim.

5. O`quv mashg`ulotlari jarayonida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish yoki shu fanni, mavzuni o`rganishda tinglovchi uchun shaxsiy qimmatli, ahamiyatli o`quv-biluv vazifalarini qo`ya bilish – motiv hosil qilish yo`llaridan biridir.

Tinglovchi o`zi tanlagan kasbini chuqurroq, puxtaroq egallashi, kelajakda raqobatbardosh mutaxassis, jamiyatda obro`li kishi bo`lishi uchun bu predmetni yaxshi, mukammal egallashi zarurligini anglashi ham motiv hosil qilishning muhim usullaridan hisoblanadi.

6. Ta‘limning maqsadi real, aniq va diagnostik bo`lishi – motiv hosil qilishning muhim omillaridan hisoblanadi. O`qitish va bilim o`zlashtirishning maqsadi mavhum, noaniq bo`lsa, tinglovchi o`qishga, bilim egallashga qiziqmay qo`yadi.

2.O'quvchilarning bilish faoliyati va uning tuzilishi

O’quvchilar o’quv idrok etish faoliyatlarini boshharishga o’rganib olish uchun bilimlarni o’zlashtirish jarayoni tuzilishini yaxshi tasavvur etish, o’quvchilar tomonidan bilimlarning egallash bosqichlarini bilishi zarur: idrok etish, o’quv materialini anglab yetish, mustahkamlash, amaliy faoliyatida bilimlarini qo’llash.

Birinchi bosqich idrok etish hisoblanadi. Psixologiyadan ma’lumki, idrok etish aniq maqsadga yo’naltirilgan anglash jarayoni bo’lib, u tanlash xususiyatiga ega. SHuning uchun birinchi navbatda o’quvchilarga mavzuni, ya’ni, ularning nimani o’rganishlari (masalani qo’yish)ni tushuntirib berish kerak. SHu asosida o’quv materiali bilan dastlabki tanishish amalga oshiriladi. U haqiqiy mavjud yoki hayoliy predmet, hodisa, vaziyatlarni kuzatish, mumkin bo’lgan tajribalarni o’tkazishdan iborat bo’ladi. Birinchi bosqich o’quvchi qaysi hodisa va voqealarni, predmetlarni o’rganish haqida yetarlicha tasavvurga ega bo’lganida va o’quv masalasini tushunib yetganda yakunlanadi.

Ikkinchi bosqich – o’quv materialini anglab yetish. U ma’lumotlarning nazariy jihatlarini ajratib olish va analiz qilishdan iborat. Bunda asosiy mazmunni topish, tushunchani ajratib olish, ularning belgilarini asoslab berish, tushuntirish materialini xususiyatini aniqlab olish, misollar va tushuntiruvchi dalillar to’plamini o’rganib chiqish kerak. Bu vaziyatda bilimlar o’rtasidagi tizimlilik muhim ahamiyatga ega. Unda o’quvchi eng asosiy, ikkinchi darajali hamda qo’shimcha, tushuntiruvchi elementlarni ajratib ko’rsatsin. O’quvchi o’quv masalasini yechish usulini tushunsa, bilimlar o’rtasidagi tizimni anglab yetsa ushbu bosqich yakunlangan sanaladi.

Uchinchi bosqich – eslab qolish va mustahkamlash. Bu bosqich o’zlashtirilgan bilimlarini uzoq vaqt davomida saqlab qolishdan iborat. Unda idrok etish faoliyati ko’proq mashqlar, mustaqil reproduktiv va ijodiy masalalar xususiyatiga ega bo’ladi. Nazariy material, tushuncha, qoida, isbotlar turli xil mashqlarda takrorlanadi. O’qituvchi o’quvchilar topshiriqlarni tushunib bajarishlarini kuzatib borishi kerak. Ular matnlarni mexanik ko’chirib olishlari, topshiriqlarni bajarishlari, qoida va tushunchalarni chuqur anglab yetmay bajarishlari mumkin. Bosqich yakunida o’quvchilar nazariy materiallarni biladilar va ulardan mashqlarni bajarish, masalani yechish, teoremani isbotlashda foydalanishni biladilar. Ularda o’quv malakalari va ko’nikmalari shakllantirilgan bo’ladi.

To’rtinchi bosqich bilim, ko’nikma va malakalarni amaliy faoliyatda qo’llashdan iborat bo’ladi. Bilimlarini qo’llash o’rganilayotgan materialning mazmuni xususiyatiga harab faoliyat turli shakllari va ko’rinishlarida amalga oshirilishi mumkin. Bu o’quv mashqlari, laboratoriya ishlari, tadqiqot topshiriqlari, maktab yer maydonidagi ishlar bo’lishi mumkin. Bilimlarni egallab olish bosqichlari sxematik ko’rinishi quyidagichadir:

Bilimlarni egallash bosqichlari

bilimlarini qo’llash

mustahkamlash

anglab yetish

idrok etish

Ta’limning gnoseologik asoslari. O’quv jarayonini mantiqiy qurilishi ta’lim mazmunining xususiyatlari va gnoseologik jihatlariga bog’liq.

Gnoseologiya (yunoncha – «gnosis» («gnoseos»)- bilim, ong, o’rganish, logiya –fan, ta’limot) – bilish, ilmiy bilimlarning shakllanishi, xususiyatlari, qonuniyatlari, uslublari, ilmiy tafakkur shakllari, shuningdek, insonga xos bo’lgan borliqni anglash qobiliyati haqidagi nazariya, ta’limot.

Ijtimoiy taraqqiyot tarixida insonning atrof-muhitni bilishi umumiy tuzilishiga va bosqichlariga turlicha yondoshishlar ma’lum. Ana shu yondoshishlar o’quv jarayonini qurish va ta’lim mazmunini tushunish mantiqini belgilab beradi.

Muhammad al-Xorazmiy (IX asr) bilish nazariyasi rivojlanishiga katta hissasini qo’shgan. U birinchi bo’lib koinot ob’ektlarining harakatlari hamda yerdagi nuqtalarining joylashishini jadval ko’rinishida aks ettirib, tajriba-kuzatish va tadqiqotlar metodlarini ilmiy jihatdan asoslab berdi, yagonalikning birligi tamoyili, shuningdek, alohida va umumiy, induktsiya va deduktsiyalarning mohiyatini aniqlashtirdi; matematik masalalarni yechishning algoritmik metodini ishlab chiqdi. Bu metoddan bugungi kunda ham foydalanib kelinmoqda.

Al-Kindiy (IX asr) ilmiy bilishning uch bosqichli kontseptsiyasini ilgari suradi. Alloma insonning bilishini: sezgiga oid va ratsional bilish tarzida ikkiga ajratadi. Sezib bilishning predmeti va ob’ekti barcha jism va moddiy narsalar hisoblanadi. Kindiyning fikricha, sezib bilish aql uchun muhim materialni beradi.

Faqatgina aql tashqi dunyo haqida haqiqiy bilim va tushunchani ishlab chiqishga qodir, - deb hisoblaydi Kindiy.

Abu Nasr Forobiy (X asr) Kindiy g’oyalarining mohiyatini aniqlashtiradi. Biror narsani bilishga intilgan inson avvalo uning ma’lum holatini o’rganadi, o’zlashtirganlarini o’zlashtirilishi zarur bo’lgan bilimlarga yo’naltiradi. Alloma fanlar klassifikatsiyasi, shuningdek, bilish faoliyatini tashkil etishga oid tavsiyalarni ishlab chiqadi. YAxshi nazariyotchi bo’lish uchun deydi, - Abu Nasr Forobiy, - qaysi fan bilan shug’ullanishidan qat’iy nazar quyidagi uchta shartga amal qilish kerak:

1. fan asosida yotuvchi barcha tamoyillarni yaxshi bilishi;

2. ushbu tamoyil va ma’lumotlar asosida zarur xulosani chiharishi, ya’ni, mulohaza yuritish qoidalarini bilishi kerak;

3.


xato nazariyalarni isbotlab berish va boshqa mualliflar fikrlarini tahlil qilishni, shuningdek, haqiqatni yolg’ondan ajratish va xatoni tuzatishni bilishi zarur.

Abu Rayhon Beruniy Beruniy (XI asr) bilishni uzluksiz, to’xtovsiz davom etadigan jarayon sifatida tushunadi. Allomaning fikricha, insoniyat borliqning haqiqiy mohiyati, hozircha noma’lum bo’lgan jihatlarini kelajakda bilib oladi.

Abu Ali ibn Sinoning (XI asr) bilish nazariyasida sabab haqidagi ta’limot alohida o’rin oladi. U sabablarni aniq, sezish asosida anglanadigan va yashirin, tashqi holatlarini tahlil etish asosida tushuniladigan sabablarga ajratadi va hodisaning mohiyati uning yuzaga kelish sabablarini aniqlash yo’li bilan anglanishi mumkin deb hisoblaydi. Alloma ushbu gnoseologik qoidani o’zining tabiblik amaliyoti, kasalliklarni ularning simptomlari bo’yicha va dorilar ta’sirini kuzatish asosida aniqlagan.

CHex pedagogi YA.A.Komenskiy XVII asrda ta’lim jarayonining mohiyatini ilmiy asoslashga urindi. Alloma tomonidan ilgari surilgan ta’limning tabiiyligi g’oyasi ta’lim jarayoni, uning tuzilishi, tamoyil va metodlari tabiat qonunlariga muvofiq belgilanishini ta’kidlaydi.

YA.A.Komenskiyninng tabiatga bog’liqligi haqidagi g’oyasi – g’arb olimlarining ta’lim jarayonining gnoseologik asoslarini ochib berish, moddiy dunyo qonunlarining o’quv jarayoniga ta’sirini ko’rsatib berishga urinishlaridan biridir.

XVIII asrda frantsuz olimi Jan Jak Russo ham insonning tabiat va jamiyatdagi o’rni haqidagi falsafiy dunyoharashlar asosida ta’lim mohiyatini ochib berishga urinib ko’rgan. Olimning fikricha, ta’lim jarayonining mohiyati bolaning atrof-muhitni bilishi tabiatidan kelib chiqadi. Bola tabiat qo’ynida, qishloq joylarda rivojlanishi kerak.

Bolaning atrof-muhit mohiyatini tez anglashini xususiyatini hisobga olib ekzistentsiolizm (yunoncha «existetia» - mavjudlik) vakillari ta’lim mohiyatini quyidagicha ifoda etadilar: maktabning asosiy maqsadi intellektini rivojlantirish emas, balki bolani emotsional tarbiyalashdir.


Yüklə 187,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə