1-Mavzu: 1-Mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixika va ongning taraqqiyoti. Reja



Yüklə 75 Kb.
səhifə1/3
tarix28.12.2022
ölçüsü75 Kb.
#97971
  1   2   3
1-Mavzu Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. (2


1-Mavzu:
1-Mavzu. Psixologiya fanining predmeti va rivojlanish tarixi. Psixika va ongning taraqqiyoti. 


Reja.
1. Umumiy psixologiyaning predmeti, vazifalari. psixologiya tabiiy va ijtimoiy ilmiy fan sifatida psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari
2. Psixologiya fanining predmeti haqidagi tasavvurlar taraqqiyotining asosiy bosqichlari.
3. Psixologiyasining tuzilishi, psixologiya sohalari psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o’rni.
4. Psixologiya fanining taraqqiyoti tarixi. Psixologik bilimlarning rivojlanish bosqichlari. Psixologiya fanining yirik ilmiy yo’nalishlari va maktablari.
5. Zamonaviy psixologik tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlari, ularda to’plangan bilimlarning amaliyotda qo’llanishi.


Tayanch so’z iboralar: psixologiya, psixika, hayotiy psixologik bilimlar, ilmiy psixologik bilimlar, miya va psixika, ong va ongsizlik.

Psixologiyaning predmeti. «Psixologiya» so’zi ikkita grekcha so’zlardan, «psyuxe» - jon, ruh va «logos»- ta’limot, ilm so’zlaridan iborat bo’lib, an’anaviy ma’noda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha xodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmeti har birimizning tashqi olamni va o’z – o’zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, xodisalar, xolatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo’yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixikadir, deb ta’rif berishadi. Psixika - bu inson ruhiyatining shunday xolatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, ya’ni bilishimiz, anglashimizni ta’minlaydi. Lekin bu qisqa ta’riflardan psixikaga aloqador jarayonlar ongning aks ettirish shakllari ekan, degan yuzaki xulosaga kelish noto’gri bo’ladi. Chunki inson psixikasi va uning ruhiy olamiga aloqador xodisalar va jarayonlar shu qadar murakkab va xilma - xilki, biz ba’zan o’z – o’zimizni ham tushunmay qolamiz. Shuning uchun ham odamlarning bilimdonligi nafaqat tashqi olamda ro’y berayotgan ob’ektiv xodisalar mohiyatiga aloqador bilimlar majmuiga ega bo’lish bilan, balki hayotda munosib o’rin egallashi, o’z ichki imkoniyatlari va salohiyatlaridan samarali foydalangan xolda faoliyatini oqilona tashkil etishning barcha sirlaridan bohabar bo’lish, o’ziga va o’zgalarga ta’sir ko’rsatishning usullarini bilish va ulardan o’z o’rnida unumli foydalanishni nazarda tutadi. Psixologik bilimdonlikning murakkabligi aynan shundaki, atrofimizdagi narsalar va xodisalarning mohiyatini bevosita xis qilib bilishimiz mumkin, lekin psixik hayotga aloqador bo’lgan jarayonlarni, o’zimizda, miyamiz, ongimizda ro’y berayotgan narsalarning mohiyatini bilvosita bilamiz. Masalan, o’rtoqlarimizdan biri bizga yoqadi, doimo bizda yaxshi, ijobiy taassurot qoldira oladi, lekin uning u yoki bu xatti - harakatlarini bevosita ko’rib, baxolab, tahlil qilolsak-da, unga nisbatan xis qilayotgan mehrimizni, uzoq ko’orishmay qolg’animizda uni soginayotganligimiz bilan bog’liq xisni bevosita ko’rib, idrok qilish imkoniyatiga ega emasmiz. Aynan shunga o’xshash xolatlar psixologiya o’rganadigan xodisalar va xolatlarning o’ziga xos tabiati va murakkabligidan darak beradi va ularni boshqa turli xodisalardan farq qiladi.


Mutaxasiss olimlar psixologiya fanini fan sifatida shakillanishini bir necha davrlarni o’z ichiga olishini ko’rsatib beradilar. Psixologiyani fan sifatida yuzaga kelish bosqichlarini quyidagi sxemada ko’rish mumkin.

4- bosqich

Psix psixologiya -psixikaning mexanizmlarini, faktlari vaqonuniyatlari haqidagi fan sifatida.

Ilmiy Psixologiyaning zamonaviy bosqichi.

3-bosqich

Psixologiya-inson xulq atvorini o’rganuvchi fan sifatida

XX asrda paydo bo’lgan. Psixologiyaningmaqsadi- insonning konkret xulq atvorini inson munosabatlari va xatti harakatlarini nazorat qilish va kuzatishni xazarda tutadi.

2- bosqich

Psixologiya–ong haqidagi fan sifatida

XVII asrda tabiy fanlar paydo bo’lishi bilan yuzaga kelgan, Bu vaqtda fikrlash, istash –ong deb olindi. Asosiy metod sifatida insonni o’zini- o’zi kuzatish jarayoni olindi.

1- bosqich

Psixologiya-ruh haqidagi fan sifatida

Psixologiyaga bunday ta’rif 2300 yil ilgari berilgan. Ruh deb inson hayotidagi barcha tushunib bo’lmaydigan narsalar qabul qilindi.




Shunday qilib, psixologiya fani o’rganadigan jarayonlar va xodisalar murakkab va xilma-xildir. Ularni o’rganishning ikki jihati bor: bir tomondan, ularni o’rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson ham. Oxirgi jihati xususida shuni aytish mumkinki, bu xodisalar bevosita bizning o’zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavhum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o’zaro bir - birlari bilan bog’liq va umumiy qonuniyatlar va prinsiplarga bo’ysinadi. 1 - rasmda psixik jarayonlarning namoyon bo’lish shakllari, ular o’rtasidagi o’zaro bog’liqliklar aks ettirilgan.


1 - Rasm

Yüklə 75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə