1-mavzu. Auditga umumiy tavsif. Nazorat savollari



Yüklə 18,54 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü18,54 Kb.
#151077
1-mavzu. Auditga umumiy tavsif. Nazorat savollari


1-MAVZU. Auditga umumiy tavsif.
Nazorat savollari:



  1. Audit deganda nimani tushunasiz?

  2. Audit dastlab qachon va qayerda paydo bo’lgan? O’zbekistonda qachondan boshlab auditorlik tashkilotlari faoliyat yuritilmoqda?

  3. Auditning ahamiyati nimada?

  4. Auditning oldiga qanday maqsad va vazifalar qo’yilgan?

  5. Audit nechta shakl va turga bo’linadi?

  6. Auditning taftishdan farqi nimada?

  7. Auditorlik faoliyatining predmeti deganda nimani tushunasiz?

  8. Auditda qanday tekshiruv metodlaridan foydalaniladi?

  9. Auditorlik faoliyatining asosiy printsiplari nimalar?

  10. Auditning ob’ekti nima, sub’ektlari kimlar?

  11. Qanday audit majburiy audit hisoblanadi?

  12. Qanday audit tashabbusli audit hisoblanadi?

  13. Audit fanining iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi?

  14. «Audit» fanining predmetining mohiyati nimalarda aks etadi?

  15. «Audit» fanining ob’ektini qanday izohlaysiz?

  16. Audit fanining iqtisodiy fanlar bilan aloqadorligi?

  17. «Audit» fanining ob’ektini qanday izohlaysiz?

  18. «Audit» fanining qanday metodlari mavjud?

  19. «Audit» fanida qanday xususiy usullar qo’llaniladi?

20. Auditorlik tashkilotlarining qanday professional xizmatlari mavjud?
MAVZU BO‘YICHA MASALALAR
1-Masala. «A» xususiy firmasi 2020 yildan boshlab aktsiyadorlik jamiyati bo’lib qayta ro’yxatdan o’tdi. 2020 yilda jamiyatning bajarilgan ishlari xajmi 25000000 so’mni yillik ish xaki fondi 2,5 mln so’mni va jami byudjetga to’lovlari 3 mln 200 ming so’mni tashkil etdi.
Topshiriq: 2020 yil uchun yillik hisobot auditorlik tekshiruvidan o’tkazilishi shartmi?
2-Masala. «XXX» qo’shma korxonasi 2022 yilning oktyabr oyida «Inter-audit» auditorlik firmasiga analitik hisobni tiklab berish yuzasidan murojaat qildi. Shartnoma asosida xizmat ko’rsatilib, pul to’landi. 2023 yilning mart oyiga kelib «XXX» qo’shma korxonasi xuddi shu auditorlik firmasiga 2022 yil uchun yillik hisobotni tasdiqlab berish yuzasidan qayta murojat qildi.
Topshiriq: Auditorlik firmasi ushbu taklifni qabul qila oladimi?
3-Masala. Auditorlik tashkiloti «A» va «B» firmalaridan auditorlik tekshiruvini o’tkazib berish yuzasidan taklif oldi.
«A» firmasi besh yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan bo’lib, majburiy auditorlik tekshiruviga tortilmaydi. Soliq inspektsiyasi tomonidan o’tkazilgan xujjatli tekshiruv vaqtida «A» firmasiga katta miqdorda jarima sanktsiyasi qo’yilgan. Agarda firma ushbu jarimani to’lasa, uning moliyaviy barqarorligi yo’qoladi. Shu sababli firma auditorlik tashkilotiga Ushbu moliyaviy jarimani kamaytirib berish uchun tekshiruv o’tkazib berish taklifi bilan chiqdi va auditorlik tashkilotiga ushbu xizmat uchun bir million so’m to’lashini ma’lum qildi.
«B» firmasi majburiy auditorlik tekshiruviga tortiluvchi tashkilot hisoblanadi. Faoliyatining uchinchi yilida firma auditorlik tashkilotini o’zgartirib, yuqoridagi auditorlik tashkilotiga murojaat qildi. «B» firmasi auditorlik tekshiruvi uchun sakkiz yuz ming so’m to’lab berishini ma’lum qildi.
Auditorlik tashkilotida xodimlar soni cheklangan bo’lib, bir vaqtning o’zida ikkala taklifni qabul qila olmaydi. Ikkala taklifni qabul qilishi uchun chetdan xodimlar jalb qilishi kerak bo’ladi.
Topshiriq: Auditorlik tashkiloti ikkala taklifni qabul qila oladimi? Agar bitta bo’lsa qaysi taklifni qabul qilishi kerak?
Yüklə 18,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə