1-mavzu: Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni. Pedagogikaning metodologik muammosi va tadqiqot metodlari. Reja



Yüklə 19,91 Kb.
səhifə1/2
tarix06.04.2022
ölçüsü19,91 Kb.
#85102
  1   2
1-mavzu Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni.


1-mavzu: Barkamol shaxsni shakllantirishda pedagogikaning o’rni. Pedagogikaning metodologik muammosi va tadqiqot metodlari.


Reja:

  1. Pedagogika ijtimoiy fan sifatida.

  2. Pedagogikaning rivojlanish bosqichlari

  3. Pedagogikaning obyekti, predmeti maqsadi va vazifalari.

  4. Pedagoglik kasbining paydo bo’lishi va demokratik jamiyatda pedagoglik kasbining o’ziga xosliklari. Sharq va G’arb mutafakkirlarining pedagoglik kasbiga doir fikrlari.

  5. Pedagogning shaxsiy va kasbiy sifatlari.

1. Pedagogika tarbiya haqidagi fan sifatida tarbiyaning mohiyatini tushunishni, uning qonuniyatlarini ochib berishni va shu orqali inson manfaatlari uchun tarbiya jarayonlariga ta‘sir etishni nazarda tutadi. Shuningdek, ta‘lim sohasidagi bilimlarni, pedagogik faoliyatga aloqador qonun va qonuniyatlarni ham o’rganadi, tahlil qiladi va bevosita bo’lajak o’qituvchilarni pedagogik faoliyatga taryorlaydi. Demak pedagogika fani o’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalash uchun ta‘lim-tarbiyaning mazmuni, umumiy qonuniyatlari va amalga oshirish yo’llarini o’rgatuvchi fandir. Pedagogik mahoratga erishish uchun aynan pedagogika faniga oid bilim, ko’nikma va malakalarni egallashgina emas, balki psixologiya fanini ham chuqur o’rgangan kishidagina pedagogik faoliyati davomida pedagogik mahoratga erishish mumkin. Tarbiyalash g’oyat nozik san‘at bo’lib, unga jiddiy yondoshmoq darkor. O’z ishining mohir ustasi bo’lgan pedagog-bu yuksak darajada madaniyatli, o’z fanini chuqur biladigan, fanning yoki san‘atning tegishli sohalarini yaxshi tahlil eta oladigan, tarbiyalash va o’qitish uslubiyotini mukammal egallagan mutaxassisdir». Bu ta‘rifni yaxshi tushunib, uning ma‘no mohiyatini tahlil etadigan bo’lsak, ushbu ta‘rifda pedagogik mahorat tushunchasi mazmuniga kiradigan quyidagi masalalarni ajratish mumkin bo’ladi:

2, Ijtimoiy pedagogika fani bundam 200 ming yil oldin x,am mavjud bo‘lgan. Faqat unda bu fan pedagogikaning tarkibida bo‘lgan. Pedagogik sotsiologiya fanniing ilk ko‘rtaklari Yevropa va Osiyoda yozilgan. Bu fan asosan 820-829 yillardan boshlab rivojlangan, albatta fan bo‘lib emas. xozirda ped.sotsiologiya fan sifatida kiritilgan. Pedagogik sotsiologiya sotsiologiya fanining tarmogi sifatida. Har bir fan aniq bir haqiqatdan “o‘sib chikadi”, uning aksini ifodalaydi. Ilmiy bilimlar amaliy faoliyatidan uzilgan xolda rivojlana olmaydi. Aynan amaliyot istalgan fanning manbayi hisoblanadi. Boshqa tomondan, barcha amaliy faoliyat ham agar ilm fan yutuqlariga asoslangan bo‘lsa yanada samarali bo‘ladi. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida ham, amaliy faoliyat muhiti sifatida ham farqlaydilar, aslida ular bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq. Amaliy faoliyat - bu ijtimoiy pedagogikaning aniq bir bola yoki bolalar guruhi bilan olib boradigan ishidir. Ijtimoiy–pedagogik ish O‘zbekistonda davlat va jamoat tashqilotlari faoliyatida alohida o‘rinni egallaydi. «Milliy g‘oya–bizning g‘oya», «Istikbolimiz–istiqlolimiz», «Tafakkurimizni o‘zgartirgan o‘n yil» mavzularidagi tadbirlar bunga misol bo‘la oladi. Jamoat tashqilotlari, madaniyat, maorif, san’at muassasalari faoliyatiga tegishli bo‘lgan ma’naviy –ma’rifiy shakldagi ishlar ham shular jumlasiga kiradi. Ularning faoliyati targ‘ibot va tashqilot ishlarining ko‘lamini kengaytiradi,o‘sayotgan avlod tarbiyasida yangi imkoniyatlar ochadi. Ma’naviy muassasalar yana bir muhim vazifa bajaradi. Gap odamlarning jamoa bo‘lib ma’naviy hayot kechirishni tashqil etish ustida bormokda. Bu vazifa inson va jamiyatning bilish extiyojini kondirish, ularning faoliyatida uchraydigan hodisalarni, mehnatini, turmushini, bo‘sh vaqtini chukur mushoxada qilish bilan uzviy bog‘liqdir.Ijtimoiy pedagogika o‘quv fani sifatida ham oldinga chiqishi mumkin. O‘quv fani - bu umumta’lim yoki maxsus ta’lim muassasalalarida o‘rganiladigan predmetdir. O‘zbekistonda ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi o‘ziga xos xususiyatga ega - fan, ilmiy bilimlar sohasida maxsus amaliy faoliyat hamda o‘quv fani sifatida. qadim antik davrlardayok bolani himoya qilish maqsadida o‘z ijtimoiy pedagogik tarbiyaga oid muammolarni oldinga surganlar. Eramizdan avvalgi 7-6 asrlar Markaziy Osiyo xududida jahon dinlari orasida eng kadimgi din zardushtiylik dini xukumronlik qildi. Bu din insoniyatga katta ta’sir qildi, ya’ni insonni birinchi o‘ringa olib chikdi. Zardushtiylar muqaddas kitobi “Avesto” (olovga siginish) o‘z erasining o‘ziga xos komusiy asari deb hisoblash mumkin. Zardusht dinda axloqiy me’yorlar asosi (axloqiy mezonlar) uchlikka tayangan edi. “Avesto”da - inson yaxshi fikrlarga ega bo‘lishi, faqat yaxshi so‘zlar va savob ishlar qilishi lozim deb yozilgan (xulk atvor)1.

3. Insonni dunyoga kelishi, faqattug’ilishidan iborat tabiiy-biologik hodisa emas, balki tug’ilgandan keyin o’z zamonasining taraqqiyotidarajasiga ko’tarilishi, mavjud ijtimoiy-tarixiy tajribani egallashi, jamiyatda o’z o’rnini belgilab olishi, tarixiy jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishi, ya’ni tarbiya olishi kerak. Bu jarayonda katta avlod õziningyashash, kurash va mehnat tajribasini, bilim va malakalarini kichik avlodlarga bera boshlaydi, ya’ni yangi tug’ilgan odam bolasining rivojlanishi, shakllanishi va voyaga etishi jarayoniga rahbarlik qilingan, boshqarilgan. Bu tarbiya deb atalmish ijtimoiy hodisa orqali amalga oshirilgan. Jamiyat rivojlangani sari etuk, barkamol shaxslarni etishtirish ehtiyoji hamortib borgan hamda o’zgarib, yangilanib, jamiyatga xizmat qilgan. Insoniyat jamiyatning turli bosqichlarida ta’lim-tarbiya muassasalarini yaratish, yosh avlodlarni o’qitish va tarbiyalash sohasidagi tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga tadbiq qilish jarayonida Pedagogika fani paydo bo’la boshladi. Pedagogika ta’lim-tarbiyaning maqsadi va vazifalari, davlat ta’lim standartlari, ta’lim va tarbiyaning usullari, tashkil etish shakllari, umuman uning qonuniyatlari haqidabilim, ma’lumot beradigan fanga aylandi. Tarbiyani eng avvalo insonning o’ziga qaratilganligi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan butun dunyo hamjamiyati tan olgan, qadamba-qadam amalga oshirilayotgan “o’zbek modeli”da juda to’g’ri belgilandi. Dunyoda birinchi bor insonni diqqat-e’tibori uni o’zligini anglashga qaratildi. O’zligini anglash birinchidan, uning ozod, erkin, nodir, ulug’ siymoligini anglash va o’zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bõlisa, ikkinchidan uning o’ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma’naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Yuqorida sanab o’tilgan ikki sifat komil inson sifatning asosini tashkil etadi. Chunki komil inson sifatlarini tarbiya sohasidagi ilmlarni xulosalab, mujassamlashtirilsa, ular asosan uchta:
1. ezgu niyat, fikr:
2. ezgu so’z, xushmuomala:
3. ezgu ish, ezgu faoliyatdan iboratdir.
Shu yuqoridagi uch sifat o’qitishning, ta’lim-tarbiyaning bosh maqsadidan iboratdir. Bu bosh maqsad insonlarda, yoshlarda, mutaxassislarda komillik sifatlarini takomillashtirish, yoshlarni zamonaviy, axloqiy-amaliy o’quv, malaka, ko’nikmalar bilan qurollantira borish, mutaxassislarda har bir sohaga mos ilm, bilim, ko’nikmalar hosil qilishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining zamonaviy fan asoslarini kengayganligini ko’rsatadi.
Pedagogika fanining predmeti, o’qitishning ta’lim-tarbiyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo’lganligi uchun uning metodologik asoslari maqsad va vazifalari dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg’unligi qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.

4. Pedagoglik  kasbi,  lining  paydo  bo‘lishi  va  ravnaq  topishi.  Pedagoglik 


kasbining  shakllanishi  kishilik  taraqqiyoti  tarixi  bilan  uzviy  bog'liq.  Terib-
termachlab kun kechirgan ibtidoiy davr kishilari bolalarni o'zlari bilan ergashtirib 
yurib,  ularga  ov  qilish,  turli  daraxt  mevalarini  terish,  o'simliklarning  ildizini 
kovlab  olish,  suv  manbalarini  izlab  topish  kabi  harakatlarni  amalga  oshirishni 
o'rgatganlar.  Bunday  harakatlar  qabila  (urug')ning  tajribali  kishilari  yoki  keksalar 
tomonidan  amalga  oshirilgan.  Oddiy  kundalik  ehtiyojlarni  qondirish  yo'lida  olib 
borilayotgan  xatti-harakatlar  asosida  yoshlarga  mavjud  tajribalar  asosida 
ma'lumotlarni  berib,  ularda  amaliy  ko'nikmalarni  shakllantirganJar.  Turli 
tovushlarni  chiqarish  yordamida  atrofdagilarni  yaqinlashayotgan  xavfdan  ogoh 
qilishni  bolalar  kattalarning  namunalari  asosida  o'zlashtirganlar.  Nutq  va  yozuv 
paydo bo'lgunga qadar bu kabi harakatlar imo-ishoralar asosida amalga oshirilgan. 
Kishilik  tarixida  tub  inqilobni  sodir  etgan  nutq  va  yozuvning  paydo  bo'lishi, 
shuningdek,  urug'  jamoasi  tomonidan  bajariladigan  mehnat  faoliyatining  turli 
sohalarga  ajralishi  yoshlarga  nisbatan  munosabatning  ilg'or  (progressiv)  xarakter 
kasb etishiga imkon berdi. 
Turli tabiiy ofatlar ta'siridan himoyalanish, kishilar hayotiga xavf solayotgan 
kasalliklarni  davolash,  hayot  kechirish  uchun  yetarli  oziq-ovqatlarni  jamlab 
olishga  bo'lgan  tabiiy  ehtiyoj  yoshlarga  hayotiy  tajribalarni  ma'lum  mehnat 
faoliyati  yo'nalishida  yetarlicha  bilimga  ega  bo'lgan  kishilar  tomonidan  berilishi 
maqsadga  muvofiq  ekanligini  ko'rsatdi.  Natijada  bolalarga  hayot  tajribalarini 
o'rgatuvchi  kishilar  guruhi  shakllandi  hamda  bolalarga  ma'lum  yo'nalishlar 
bo'yicha bilimlarni berish maxsus ajratilgan joylarda tashkil etila boshlandi. 
Dastlabki  maktablar  qadimgi  Sharqda  (Vavilon,  Misr,  Hindistonda)  paydo 
bo'lib, ularda bolalarga ma'muriy-xo'jalik boshqaruvi asoslari o'rgatilgan. 
Antik  davrda  maktablar  Sparta,  Afina  va  Rim  tarbiya  tizimining  muhim 
tarkibiy qismi sifatida faoliyat olib borganlar. 
Qadimgi  Yunonistonda  bunday  joylar  akademiya  deb  nomlangan. 
«Akademiya»  so'zi  afsonaviy  qahramon  Akadema  nomidan  kelib  chiqqan. 
Eramizdan  avvalgi  IV  asrda  Afina  yaqinidagi  Akadema  nomi  bilan  nomlanuvchi 
joyda Platon o'z shogirdlariga ma'ruzalar o'qigan bo'lib, keyinchalik ta'lim tashkil 
etiluvchi  maskan  ham  shunday  nom  bilan  atala  boshlagan.  Qadimgi  Rim  va 
Yunonistonda bolalarga bilim berish faylasuflar zimmasiga yuklatilgan. 
Jamiyatning  tabaqalanishi  natijasida,  quldorlik  tuzumida  bolalarni  ta'lim 
maskanlariga  olib  borish  va  olib  kelish  vazifasini  qullar  bajarishgan  va  ular 
«pedagog»  deb  nomlanganlar.  Ushbu  tushunchaning  ma'nosi  «bola  yetaklovchi» 
demakdir.  Sharq  mutafakkirlari  va  G'arb  pedagoglari  jamiyatda  pedagoglik 

Yüklə 19,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə