1-mavzu: bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining maqsad va vazifalari



Yüklə 249,13 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix10.04.2023
ölçüsü249,13 Kb.
#104938
  1   2   3
11 MAVZU AMALIY



1-MAVZU:BOLALARNI 
 
MAKTABGA 
TAYYORLASH 
METODIKASI FANINING MAQSAD VA VAZIFALARI 
(2-amaliy) 
Reja 
1. Bolalarni maktabga jismoniy tayyorlash. 
2. Bolalarni maktabga shaxsiy (ruhiy) tayyorlash.
3. Bolani maktabda o‘qishiga axloqiy-irodaviy tayyorligi. 
Amaliy ta’limiy faoliyatning maqsadi: 
6-7 yoshli bolaning maktab 
ta’limda tayyorligini aniqlashda maktabgacha yoshdagi bolalar ta’lim-tarbiyasi 
bilan shug‘ullanuvchilar asosiy shart hisoblanib – bolaning maktabga tayyorligi 
maktabgacha va maktab davridagi hayot tarzi hamda faoliyati uchun ko‘prik 
vazifasini o‘tashini, oila yoki maktabgacha ta’lim tashkilotidagi ta’lim-tarbiya 
sharoitlarida maktab ta’limiga tayyorlash zarurligini hisobga olishlari lozim. 
 
Talimning vositalari
: tayanch matn, markerlar, ekspert topshiriqlar. 
Talimning metodlari
:

«Tushunchalar tahlili» metodi,



aqliy hujum, blits,
so`rov. 
Kutilayotgan natija:
bolalarni maktabga tayyorlash metodikasi fanining 
maqsad va vazifalari haqida tushunchaga ega bo‘ladi. 
Kichiq ma’ruza:
Maktabgacha yoshdagi bolaning maktab ta’limiga o‘tishi hamisha uning 
hayoti, axloqi, qizikishi va munosabatlarida anchayin jiddiy o‘zgarishlarni 
yuzaga chikaradi. Shuning uchun bolani maktab ta’limiga tayyorlash, uni uncha 
qiyin bo‘lmagan bilim, tushuncha, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtirish 
kerak buladi. 
Etakchi mutaxassislarning fikriga ko‘ra «Maktabga tayyorgarlik» 
tushunchasi bolani maktabga tayyorlashning quyidagi yo‘nalishlarini o‘z ichiga 
oladi: 

jismoniy, 

shaxsiy (ruhiy), 

aqliy 

maxsus tayyorgarlik. 
Bolalarni maktabga jismoniy tayyorlash. 
Jismoniy tayyorgarlik bolaning sog‘lomligi, harakat ko‘nikmalari va 
sifati, qo‘l mushaklari va ko‘rish motorikasiga muvofiqligi rivojlanganligi bilan 
izohlanadi. Shaxsiy tayyorligi, atrof-muhitga, kattalarga, tengdoshlariga, 
o‘simliklar dunyosiga, tabiiy hodisalarga, shaxsiy madaniyatni shakllanganligini 
nazarda tutadi. Aqliy tayyorgarlik bola obrazli va mantiqiy fikrlashi, 
tasavvurining, odamiylikning, bilimga qiziqishning, mustaqilligining, o‘zini-o‘zi 
nazorat qilishga, hamda o‘quv faoliyatini kuzatish, eshitish, eslab qolish


solishtirish kabi asosiy turlarini bilishni o‘z ichiga oladi. 
Bolaning maktabda ta’lim olishi samarasi uning ona tilini bilishiga va 
nutqni qanchalik rivojlanganligiga ko‘prok bog‘liq bo‘ladi. Chunki butun o‘quv 
faoliyati shularga, ya’ni nutqiy mantiqiy rivoji, bolaning kattalarning yordamisiz 
mustaqil fikrlashi, til rivojlanganligi yutuqlarida erkin foydalana olishi, hikoya 
qilish, mulohaza yuritish, o‘z tasavvurini izohlay olish, tushunarli qilib bayon 
etish kabi omillar asosiga ko‘riladi. Shuningdek, bolaning maktabda ta’lim 
olishi uchun amaliy intellekt rivoji ya’ni, uning namunani chizish, aytib 
turiladigan bayoniy topshiriqni bajarishi ham muhim sanaladi. Va nihoyat, 
maxsus tayyorgarlik bolani savodxonlikka o‘rgatish va uning maktabning 1 sinf 
o‘quv dastur materialini yetarli darajada egallash haqidagi tushunchasini 
shakllantirishni nazarda tutadi. 
Bolalarni maktabda o‘qtishning samaradorligini ko‘p jihatdan ularning 
tayyorgarlik darajalariga bog‘liq bo‘ladi. Maktabda o‘qishgao‘qishga 
tayyorgarlik – maktabgacha ta’lim tashkiloti va oilada maktabgacha tarbiya 
yoshidagi bolaga qo‘yilgan talablar orqali aniqlanadi. Bu talabalarning o‘ziga 
xos tomoni o‘quvchining yangi sotsial psixologik o‘rni, u bajarishga 
tayyorlangan boshlash lozim. Yangi vazifalardan kelib chiqadi. 
Maktabga kirish bola hayotidagi odatiy turmush tarzi, atrofdagilar bilan 
munosabat sistemasining o‘zgarishiga aloqador muhim davrdir.
Bola hayotida birinchi bor markaziy o‘rinni ijtimoiy ahamiyatga ega 
bo‘lgan o‘quv faoliyati egallaydi. Unga odatiy bo‘lgan erkin o‘yin faoliyatidan 
farqli ularoq, endi ta’lim majburiy bo‘ladi va birinchi sinf o‘quvchisidan 4 ta 
jiddiy munosabat talab qilinadi Ta’lim faoliyatining yetakchi turi sifatida 
bolaning kundalik hayot jarayonini qayta ko‘radi: kun tartibi o‘zgaradi, erkin 
o‘yinlar vaqti qisqaradi. Bolaning mustaqilligi va uyushganligi, uning 
ishchanligi va intizomlilikka talablar jiddiy ravishda ortadi. Maktabgacha 
yoshdagi bolalikka nisbatan o‘quvchining o‘z xatti-harakati, majburiyatlarini 
bajarishga shaxsiy ma’suliyati ancha-muncha ortadi. 
Bolalarni maktabga tayyorlash, birinchidan bolalar maktabgacha ta’lim 
tashkilotida tarbiyaviy ishni maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni umumiy, 
har tomonlama rivojlantirishning yuqori darajasini ta’minlaydigan, ikkinchidan 
bolalarni maktabning boshlangich sinflarida o‘zlashtirishlari lozim bo‘lgan 
o‘quv fanlarini egallashga maxsus tayyorlashni ta’minlaydigan qilib tashkil 
etilishini nazarda tutadi. Shunga ko‘ra zamonaviy psixologik-pedagogik 
adabiyotda (A.V.Zaparojets, A.A.Venger, G.M.Lyamina, G.G.Petrogenko, 
J.V.Taruntaeva va boshqalar) tayyorgarlik tushunchasi bola shaxsining 
rivojlantirish sifatida aniqlanadi va ikkita o‘zaro bog’langan jihatlarda: 
«Maktabga o‘qishga umumiy psixologik tayyorgarlik» va «Maxsus 


tayyorgarlik» tarzida ko‘rib chiqiladi. 
Maktabga umumiy tayyorgarlik MTTning maktabgacha yoshdagi 
bolalarni har tomonlama tarbiyalashga oid davomli, maqsadga muvofiq ta’lim-
tarbiyaviy ishning muhim yakuni sifatida namoyon bo‘ladi. 
Maktabga umumiy tayyorgarlik bolaning maktabga borish vaqtiga kelib 
aqliy, ma’naviy, estetik va jismoniy rivolanishda erishgan shunday darajasidirki, 
u bolaning maktab ta’limining yangi sharaoitlariga va o‘quv materialining ongli 
egallashga faol kirib borishlari uchun zarur asosni yaratadi. 
Umumiy tayyorgarlik bola maktab ta’limiga o‘tish davriga kelib 
erishadigan psixik rivojlanishning muayyan darajasi bilan ifodalanadi. 

Yüklə 249,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə