1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə1/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v


Mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari



1-MAVZU: BOSHQARUV PSIXOLOGIYASI FANINING PREDMETI, 

MAQSADI VA VAZIFALARI

Reja: 

1.Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. 

2.Boshqaruv ilmining nazariy tarixiy asoslari. 

3.Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o’rni. 

4.Boshqaruv jarayonini tashkil etishning psixologik omillari. 

1.Boshqaruv psixologiyasining predmeti va vazifalari. 
Ko‘rib o‘tganimizdek, boshqaruv psixologiyasi boshqaruv maqsadi va 
vazifalarni amalga oshirish davomida boshqaruv sub‘yekti va ob‘yekti o‘rtasida
yuzaga keluvchi munosabatni talqin etadi. Mazkur munosabat tizimining tashkiliy 
qismlari o‘zaro itoatdaligi bilan xarakterlanadi.
Tizim ichida amal qiluvchi itoat tamoyili boshqaruv psixologiysi fanida 
subordinasiya deb ataladi va bu ibora orqali tizimning markazlashganligi nazarda
tutiladi. Subordinasiyadan kelib chiquvchi munosabatlar tashkilot xodimlari 
xulqida itoat va ijro etish shakllarini nazarda tutadi. Ammo, boshqaruv amaliyoti
nafaqat rahbariyat va itoatdagi xodimlar munosabati, balki bir darajada turuvchi va 
toifasi jihatidan barobar tashkilot a‘zolari o‘rtasidagi munosabatlarni ham
o‘rganadi. 
Tizimning
bunday

qismlari


o‘rtasidagi 
munosabatlarni
o‘zaro

muvofiqlashtirish,


ular

o‘rtasidagi


hamjihatlik 
shakllarini
yanada

mukammallashtirish koordinasiya tadbirlarida namoyon bo‘ladi.


Boshqaruvdagi subordinasiya va kordinasiya munosabatlari tashkilot 
miqyosidagi vertikal va gorizontal aloqalarni ajratish zaruratini tug‘diradi. Demak,
vertikal aloqalar o‘zaro itoatdagi xodimlar o‘rtasida yuzaga keluvchi 
munosabatlardan iborat bo‘lsa, gorizontal aloqalar o‘zaro koordinasiyani, ya‘ni
tizimning teng va mustaqil qismlari o‘rtasidagi munosabatlarni nazarda tutadi. 
Bundan tashqari, boshqaruv munosabatlari o‘zining rasmiy va norasmiy
ko‘rinishiga ham ega.
Rasmiy munosabatlar xizmat majburiyatlariga asoslanadi, norasmiy
munosabatlar esa tashkilot miqyosida xizmat qiluvchi xodimlar o‘rtasidagi 
ixtiyoriylik va o‘zaro xohishga tayanadi. Shu munosabat bilan, boshqaruv
psixologiyasinig asosiy vazifalaridan biri yuqorida ta‘kidlangan munosabatlarni 
yanada mukammallashtirishdan iboratdir.
Boshqaruv 
psixologiyasining
boshqa

turkum
vazifalari 


boshqaruv
metodlarini shakllantirish bo‘lib, ushbu tadbir tashkilotning samarali faoliyatini 
ta‘minlash maqsadidagi ta‘sir etish imkoniyatlarini ishlab chiqishdan iboratdir
Tashkilot personaliga ta‘sir etish uslublarini uch guruhga bo‘lamiz: ma‘muriy, 
moddiy va ma‘naviy shakllarda ta‘sir etish. Bularning har birida ma‘lum
psixologik mazmun namoyon bo‘ladi va boshqaruv psixologiyasi, fan sifatida, bu 
choralarning xodimga ta‘sirchanlik imkoniyatini tadqiq etadi.
Bunday ta‘sir etish tadbirlari orasida xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni 
bajaradigan mehnatga ishtiyoq uyg‘otish masalasiga katta e‘tibor qaratiladi.


Boshqaruv ob‘yektiga ta‘sir etish uslublariga ko‘ra, uning bevosita va bavosita


ta‘sir shakllari ajratiladi.
Boshqaruv psixologiyasi fanidagi asosiy tushunchalardan biri, boshqaruv
sub‘yekti va ob‘yekti masalasidir. Bevosita boshqaruv jarayonini ko‘z oldimizga 
keltirsak, boshqaruv sub‘yekti sifatida rahbarni, ob‘yekt tarzida esa xodimni va
mehnat jamoasini tasavvur etishimiz mumkin.
Biroq, rahbar o‘z faoliyatini tashkil etishi va o‘z-o‘zini boshqarishi uni
nafaqat boshqaruv sub‘yekti, balki ob‘yekt sifatida ham tushunish zaruratini 
qo‘yadi. Rahbarning kasbiy mukammallashuvi, o‘z-o‘zini boshqarish malakalarini
egallashi, tashkilot va xodimlar boshqaruvidagi asosiy mavzulardan biriga 
aylanadi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, boshqaruv psixologiyasining 
predmeti sifatida, boshqaruv jarayonidagi inson faoliyati qabul qilinadi


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə