1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə12/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Tashkilot ehtiyojlariga – korxona maqsadi, amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan rejalar, imkoniyatlar va inson resurslarini boshqarish imkoniyati kiradi. 


Shaxsiy ehtiyojlar esa har bir insonda o‘ziga xos bo‘lib, boshqa
xodimlarnikidan farq qilib turadi. Ayrim xodimlar xavfsizlikka intilishadi, 
boshqalarini maosh, ayrimlari obro‘-e‘tiborga qiziqsa, ba‘zi birlari o‘zini yanada
takomillashtirishga intiladi. Tashkilot va xodim manfaatlarining mosligi tashqi 
ishchi muhitga bog‘liq. Tashkilot va xodim ehtiyojlarini ifoda etuvchi doiralar
hech qachon bir-biriga mutlaqo mos tusholmaydi, ammo rahbar ularning o‘zaro 
mos kelish darajasini iloji boricha ko‘paytirishga intilishi lozim. Ba‘zi hollarda
korxona manfaati xodim ehtiyojiga zid keladi va ikki doira bir-biridan uzoqlashadi. 
Lekin rahbarning vazifasi iloji boricha bunday holni surunkali darajaga olib
bormaslik va har qanday sharoitda bu doiralarni bir-biriga yaqinlashtirish yo‘l-
yo‘riqlarini izlab topishdan iboratdir. Demak, xodimning yetakchi ehtiyojini
aniqlash rahbar oldida turgan vazifa bo‘lib hisoblanadi va aniqlangan ehtiyoj 
mazmuniga ko‘ra aynan shu xodimga mos keluvchi vazifani, bajarishga moyilligi
bo‘lgan tadbirni topib berish ushbu shartning asosini tashkil etadi. Aynan shu 
mazmundagi bir qancha psixologik ta‘limotlar borki, ular haqida bir muncha
chuqurroq bilimga ega bo‘lish, xodimlarga individual yondoshuvni yanada 
takomillashtirishga va ularni faollikka undashning yanada samarali uslublarini
qo‘llashga asos yaratadi.


3.A.Maslouning motivasiya nazariyasi. 
A.Maslouning motivlar iyerarxiyasi haqidagi ta‘limotiga binoan, insondagi 
dolzarb ehtiyojga taalluqli motivda o‘z aksini topadi va shunga muvofiq harakatni
keltirib chiqaradi. Bu ta‘limot bo‘yicha, insonda mavjud hamma ehtiyojlar va 
shunga mos motivlar beshta asosiy guruhga kiritilishi mumkin:
1.Fiziologik ehtiyojlar; 
2.Xavfsizlikka bo‘lgan ehtiyojlar;
3.Ijtimoiy ehtiyojlar; 
4.Tan olinish ehtiyojlari;


5.O‘z-o‘zini takomillashtirish.


A.Maslou bo‘yicha ushbu guruh ehtiyojlar quyidagi ko‘rinishga ega bo‘lishi 
mumkin (2.1-chizmaga qarang):
2.1-chizma. 

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə