1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə13/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

1.Fiziologik ehtiyojlarga – inson organizmining biologik butunligini
ta‘minlovchi zaruriyat mujassamlashgan: ovqatlanish, dam olish, uy-joy, jinsiy 
ehtiyojlar va hokazolar. Ushbu sanab o‘tilgan ehtiyojlarni qondirishning asosiy
shartlaridan biri yetarli miqdordagi pulga ega bo‘lishdir. Shunday qilib, moddiy 
boyliklar, maosh, ijtimoiy imkoniyatlar – asosiy fiziologik ehtiyojlarni qondirish
usulidir. 


2.Xavfsizlikka bo‟lgan ehtiyoj – hayotni, salomatlikni saqlash, ertangi
kunga ishonch, nafaqa bilan ta‘minlanishga ishonish va x.k. 


3.Ijtimoiy yakdillikka bo‟lgan ehtiyoj. Insonning biron jamoa orqali qabul
qilinishi, uning tan olinishi, unga nisbatan o‘zgalarning diqqat-e‘tibori va mehr-
muhabbatning mavjudligi.

4.Hurmat va obro‟-e‟tiborga ehtiyoj. Kimligini tan olinishi va tashkilotga
kerakligini, atrofdagilarda o‘ziga nisbatan hurmatni his etish, yuksak mavqyega 
ega bo‘lish.
Hurmat qilish ehtiyojlari 
Ijtimoiy ehtiyojlar
Xavfsizlik va kelajakka ishonch ehtiyojlari 
Fiziologik ehtiyojlar 

Yuksalish


ehtiyojlari 
1-jihatda
2-jihatda 



5.O‟z-o‟zini takomillashtirish ehtiyoji. O‘z qobiliyatini yanada namoyon
qilish, ularni rivojlantirish, ijodiy faoliyatda bo‘lish, o‘z hayoti mazmunini anglab 
yetishga intilish.
A.Maslou fikricha, yuqori pog‘onadagi motivlar 1 va 2 pog‘onadaga 
ehtiyojlar yetarli ravishda qondirilgandan so‘nggina o‘z faolligini namoyon etadi.
Rahbar o‘z itoatidagi xodimga xos dolzarb ehtiyojni bilgan taqdirdagina unga mos 
munosabat turini qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Demak, qondirilgan ehtiyoj faoliyatga turtki bo‘ladi va dolzarb ehtiyoj esa 
faoliyatni boshqaruvchi asosiy zahiradir. «Odamlarga pul kerak bo‘lsa ham, lekin
ular bajarayotgan ishlaridan qoniqishni va bu bilan faxrlanishni xohlaydilar». 
Yuqoridagi motivlar iyerarxiyasi haqidagi A.Maslou ta‘limoti tashkilot
xodimlari xulqini tushunishga, ularni maqsadli yo‘nalishda boshqarish uchun zarur 
sharoitlarni yaratishda ancha qo‘l keladi. Tan olinish ehtiyojini tashkilot miqyosida
qondirish xodimni tashkilot hayotiga, boshqaruv qarorlariga jalb etish orqali 
amalga oshirilishi mumkin. Aynan shu ehtiyoj insonni o‘z kasbining mohir ustasi
bo‘lishga undaydi, uni yetuk mutaxassis sifatida boshqalar tan olishi uchun 
yetakchi omil bo‘ladi.
Maslou fikricha o‘z-o‘zini takomillashitirsh ehtiyoji ayrim kimsalargagina 
tegishli, chunki ko‘pchilik odamlar birlamchi va quyi ehtiyojlarni qondirish
g‘amida bo‘ladilar. 
Quyida bayon etiluvchi D.Makkeland ta‘limoti esa yuqoridagi A.Maslou
nazariyasi bilan qisman hamohang va bu ta‘limot mazmuni ko‘proq rahbarlarga 
oid xulqni tushunishga imkon beradi. D.Makkeland ta‘limotiga binoan u yoki bu
rahbar o‘z boshqaruv faoliyatini quyidagi ehtiyojlardan birontasi doirasida amalga 
oshirishi mumkin:


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə