1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


) muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə14/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

1) muvaffaqiyatga erishish ehtiyoji – raqobatdosh doirada g‘alaba
qozonish;


2) hissiy bog‟liqlikni ifodalovchi ehtiyojlar – o‘zgalar bilan iliq-issiq,
do‘stona munosabatlarning mavjudligi;


3) hokimlik ehtiyoji – o‘zgalarni nazorat qilish va ularga ta‘sir etishga
bo‘lgan xohish. Qanday ehtiyoj dolzarb bo‘lishiga qarab turli rahbarlar farqlanadi.


1

4.Xodimlarni motivasiyalashning xersberg nazariyasi. 
Tashkilot va jamoani boshqarish nuqtai nazaridan Xersbergning ikki omilli 
nazariyasi juda muhimdir. Bu nazariyaga binoan tashkilot miqyosida xodim
faolligiga ta‘sir etuvchi omillarni ikki guruhga jamlash mumkin:
1)tashkilotdagi ba‘zi sharoitlar bo‘lmagan taqdirda xodimda mehnatdan
qoniqmaslik kuzatiladi, biroq ushbu sharoitlarning yaratilishi xodimni faollikka 
undovchi motivasiya kuchiga ega emas. Bu omillar gigiyenik deb atalib, ular
qatoriga quyidagilar kiradi: tashkilot va ma‘muriyatning siyosati; mehnatni texnik 
nazorat etish; bevosita rahbar bilan xodimlar va shuningdek, hamkasabalar bilan
1.Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics. - Copyright 2017, Macmillan Publishing Company, a
division of Macmillan, Inc. –P.-3. 

bo‘lgan munosabat; qiyin vaziyatlarda ish joyidagi xavfsizlik sharoiti; maosh;


mehnat sharoitlari; guruhdagi mavqye; shaxsiy hayot.
2)lekin shunday sharoitlar ham borki, ularning mavjudligi xodimda o‘z
ishiga nisbatan kuchli motivasiyani yuzaga keltiradi va ushbu sharoitl arning 
yo‘qligi kuchli qoniqmaslikka olib kelmaydi. Bularni motivasion omillar deb
ataladi va ular quyidagilardan iborat: xodimning fikri bilan hisoblashish
mas‘uliyat va mustaqillik berish; o‘z-o‘zini takomillashtirish va qobiliyatlarini
rivojlantirish uchun imkoniyat yaratish. Shunisi ahamiyatliki, xodimlar ikkinchi 
toifa sharoitlardan qoniqqan paytida va mehnatga yuksak motivasiya kuzatilganda
gigiyenik omillarga xos kamchiliklar ta‘siriga berilmas ekanlar.
E‘tibor berilsa, Maslou va Xersberg ta‘limotlaridagi o‘xshash tomonni
ko‘rish qiyin emas: Motivasion omillarni Maslou ta‘limotidagi o‘z-o‘zini 
takomillashtirish va hurmat-e‘tiborga bo‘lgan ehtiyojlarga qiyoslash mumkin,
gigiyenik omillar esa – fiziologik, xavfsizlik va ijtimoiy ehtiyojlarga mos keladi. 

Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə