1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


uning natijasi – daromadi pul bilan bog‟liq



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə17/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

uning natijasi – daromadi pul bilan bog‟liq 

ekanligidadir. Shu bois ham pul barcha 

iqtisodiy 

rivojlanish 

bosqichlarida 

kishilarni o‟ziga jalb qilib kelgan. 2 

Avstraliyalik 

K.Mengerning 

fikricha, 

Aristotel va Platondan boshlab XX asrning 

boshigacha pul to‟g‟risida jahonda besh-

olti mingdan ortiq maxsus ishlar chop 

etilgan. 3 

2.Rubinfeld I., Daniel L. Microeconomics. - Copyright 2015, Macmillan Publishing Company,


a division of Macmillan, Inc. –P.-18. 
3.Charles Stangor. Introduktion to Psychology. 2011. 267 р.


Pul va uning vazifalari to‘g‘risida, xorijiy qo‘llanmalarda, pulning kelib


chiqish xususida quyidagi ikki xil g‘oya mavjud:
1)rasionalistik;
2)evolyusion. 
Rasionalistik qarashning yaratuvchilaridan biri Aristotel, pulni kelib
chiqishining asosini o‘zaro bir-biriga teng qiymatni harakatga keltiruvchi biror bir 
maxsus ―qurol‖, kishilar orasida o‘zaro kelishuv natijasida qabul qilingan shartli
birlikning topilishi ayirboshlash jarayonining shakllanishiga olib kelgan, deb 
ta‘kidlaydi.
Pul motivasiya omili sifatida qabul qilinar ekan, moddiy taqdirlash ham 
ma‘lum qonuniyatlar asosida amalga oshirilgan maqsadga muvofiqdir.
Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, maoshning oshishi – ish haqining 15-20% dan 40–
50% gacha bo‘lishi ahamiyatga molik hisoblanadi. Maoshni ko‘paytirish orqali
xodim faolligining oshishi yarim yildan bir yilgacha davom etishi aniqlangan. 
Shundan so‘ng, mehnat motivasiyasi yana susaya boshlaydi. Maoshni hatto ikki
baravar oshirgan taqdirda ham ma‘lum vaqtdan so‘ng xodimning mehnat 
motivasiya pasayadi.
Yuqorida ta‘kidlanganidek, maosh hajmi yosh xodimlar uchun, shuningdek 
mehnat faoliyati qaltis va zo‘riqish sharoitlarida o‘tuvchi mutaxassislar uchun
kuchli motivasiya omili bo‘lib hisoblanadi. Shu bois, sarflangan kuch va g‘ayrat 
tezda tiklanish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim.
Ijodiy salohiyatga ega va mustaqil faoliyat yuritishga moyil xodimlar uchun 
maoshni oshirish yetakchi motivasiya omili bo‘la olmaydi.
I.Mahmudovning fikricha, pul motivasiya kuchiga aylanishi uchun u haqiqiy 
mehnat haqiga aylanishi kerak. Buning uchun esa, haq to‘lashda quyidagi
talablarni hisobga olish zarur: 
a)Mutaxassislarni ishxonada ushlab turish uchun raqobatdosh ish haqini
to‘lash lozim; 
b)Haqqoniylik tamoyiliga amal qilgan holda haqiqiy mehnat haqini
ifodalovchi maoshni to‘lash kerak; 
c)Mehnat haqini bajarilgan ish natijasi, uning sifati bilan bog‘lash lozim, bu
orqali xodim o‘z intilishlari qancha turishi haqida aniq taasavvurga ega bo‘lsin; 
d)Xodim o‘z harakati va shunga mos tarzdagi moddiy rag‘batlantirilish
haqidagi ishonchga ega bo‘lishi kerak. 
Moddiy rag‘batlantirishning maoshdan tashqari turlicha boshqa shakllari
mavjud. Masalan, xorijiy ilg‘or firmalarda quyidagi rag‘batlantirish shakllari 
qo‘llaniladi:
a)Yaxshi xodimlarning har yarim yilda maoshi oshib boradi; 
b)Tashkilotda 5, 10 va hokazo yillar davomida mehnat qilganligi uchun
mukofot puli bilan taqdirlash; 
c)Yil davomida kasallik varaqasi olmagan xodimga restoranda 2 kishilik
kechki ovqat uchun puli to‘langan chipta berish; 
d)Kadrlar bo‘limi tomonidan xodim zimmasida turgan ba‘zi muammolarni
hal etish. Farzandlar bilan bo‘lgan muammolar, xodimning bank qarzlarini qisman 

qoplash, hodim kasal bo‘lgan paytda yordam ko‘rsatish, zarur bo‘lgan paytda


bepul yuridik xizmat va hokazo; 
e)Nufuzli klinikada tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun yo‘llanma;
f)Hayoti va sog‘ligini sug‘urtalash; 
g)Farzandlarini o‘quv yurtida o‘qitish uchun foizsiz pul kreditlari berish;
h)Bolalar bog‘chasiga tashkilot tomonidan pul o‘tkazilishi; 
i)Jamoaviy garajlarni qurib berish;
j)Firma avtomashinasidan bepul foydalanish; 
k)Shaxsiy avtomobil remonti va yoqilg‘isi xarajatlarini qoplash va shu kabi
bir qancha imtiyozlar xodimga ko‘rsatiladigan moddiy rag‘batlantirish turlariga 
kiradi.
Adabiyotlar tahliliga qaraganda, pul– hamma tovarlar va xizmatlar 
ayirboshlanadigan,
umumiy ekvivalent bo‘lmish maxsus tovar, bozor 
iqtisodiyotining, eng asosiy, vositasi bo‘lib, pul o‘zida bozor iqtisodiyoti
munosabatlarini gavdalantiradi va uning mahsuli ham hisoblanadi (3.2-rasmga 
qarang).
3.2-rasm. 


V.Karimova va F.Akramova larning yozishicha, pul o‘z tabiatiga ko‘ra uch 


xil xususiyatga ega:
1)hamma narsaga ayirboshlanadigan muhim xarid vositasi; 
2)boylik timsoli;
3)mehnatni qiymat shaklida o‘lchab beradigan vosita. 
Pul munosabatlarining amalga oshish evolyusiyasini kuzatsak, dastlab pul
qandaydir muhim tovar (qoramol, mo‘yna, teri) shaklida, keyinchalik kumush, 

oltin, qog‘oz pul, nihoyat XX asrning 90-yillariga kelib elektron pullar ko‘rinishida


bo‘ldi.

Zamonaviy fan tahliliga ko‘ra, bozor iqtisodiyoti sharoitida pul quyidagi


vazifalarni bajaradi: 
a)qiymat o‘lchovi – mehnatni gavdalantiradigan tovarlar qiymati miqdori
pul orqali o‘lchanadi; 
b)ayirboshlash vositasi – uning yordamida tovarlar oldi-sotdi qilinadi;
c)xazina to‘plash va jamg‘arish vositasi – lekin buning uchun pul qadrining 
saqlanishi muhim hisoblanadi;
d)to‘lov vositasi – nasiyaga sotilgan tovarlar va xizmatlar haqi to‘langanda 
ko‘rinadi.
Adabiyotlar tahliliga ko‘ra, pul mazmun va mohiyatiga ko‘ra quyidagi 
toifalarga bo‘linadi:
1)xazina biletlari; 
2)banknot-kredit pullari.
Soha mutaxassislarining e‘tirof etishlaricha, pulni idrok etishda inson ushbu 
jihatlariga birinchi navbatda e‘tiborini qaratadi:
a)pul rangiga; 
b) pul rasmining mazmuni va ma‘nosiga;
c)pulda ifodalangan davlat rahbarining yuz qiyofasi va nufuziga;
d)qiymatni aniq berilganlik xususiyatlariga.
Pul muomalasi metall tangalar va qog‘oz pullar, naqd va naqd bo‘lmagan 
ko‘rinishlar orqali amalga oshiriladi. Naqd pul bankdan muomalaga chiqarilgach,
korxona, tashkilotlar kassasiga va aholi qo‘liga o‘tsa, naqd bo‘lmagan pullar 
muomalaga chek, kredit kartochkasi, veksel, sertifikat, obligasiya harakati shaklida
amalga oshadi.
Pulning aylanma harakati qanchalik tez sodir bo‘lsa, iqtisodiyot shunchalik
yaxshi rivojlanadi. Lekin aholi qo‘lida pulning to‘planishi, pul harakatidagi uzilish 
bo‘lishi xo‘jalik aloqalarida ayrim uzilishga olib keladi. Shu o‘rinda mamlakatdagi
pulning infilyasiyasi (qadri), ya‘ni pulning tovar va xizmatlarni xarid etish va chet 
el valyutalariga almasha olish qobiliyati haqida fikr bildirish o‘rinlidir. Pul
qanchalik qadrli bo‘lsa, u shunchalik boshqa valyutaga erkin almashtiriladi va 
uning valyuta kursi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Tadbirkorlik faoliyatidagi asosiy motiv, ya‘ni uning maqsadi pul topish, 
jamg‘arish va foyda topish yo‘lida sarflash bo‘lgani uchun ham keyingi mavzuda
pul muomalasining psixologik jihatlari xususida to‘xtalib o‘tamiz. 
Albatta, jamoa rahbari va lider bir shaxsda ifodalanishi ayni muddao
hisoblanadi hamda rasmiy rahbar iloji boricha tashkilot maqsadlarini xodimlar 
manfaati bilan uyg‘unlashtirgan holda boshqaruv jarayonini tashkil etishi lozim.


Aynan shu omil, ayniqsa, kasb sohasidagi yuqori malaka rahbarni liderlik


darajasiga ko‘tarilishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə