1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


yildan miqdoriy yondoshuv rivojlana boshladi



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə3/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

1950 yildan miqdoriy yondoshuv rivojlana boshladi. Bu yondoshuvning
asosiy mohiyati guruh va tashkilotlarni boshqarishda matematik metodlardan, 
xususan, mehnat operasiyalarini tahlil etish, matematik modellar yaratish uslublari
qo‘llandi. Tashkilot boshqaruvi tizimiga mutlaqo mos model yaratib bo‘lmasada, 
lekin matematik apparatni qo‘llash natijasida boshqaruv jarayonini chuqur bilish va
ayrim iqtisodiy natijalarni bashorat qila olish imkoniyati oshadi. 


Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshish ta‟limotida esa tashkilot
hayotiga murakkab va dinamik jihat sifatida qaraladi hamda boshqaruv o‘zaro 
bog‘liq funksiyalarni bajarishning uzluksiz jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday
funksiyalar sifatida: rejalashtirish, tashkil etish, topshiriqlar berish (ma‘muriy 
boshqaruv), motivlashtirish, rahbarlik, koordinasiya, nazorat, tadqiqotlar,
kommunikasiya, baholash, qaror qabul qilish, personal tanlash, muzokaralar olib 
borish va vakolat berish kabilar sanab o‘tiladi.

Tizimli va vaziyatli yondoshuv orqali esa tashkilotda amalga oshayotgan
jarayonlar, ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi hamma ishtirokchilar o‘rtasida 
sababiy aloqa mavjudligi, tashqi muhit va vaziyat xodim xulqidagi hal etuvchi
omil ekanligini tushunish imkoniyati paydo bo‘ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonida insonga bo‘lgan munosabatni aks ettiruvchi yana
bir yondoshuv – «inson kapitali» nazariyasi bo‘lib, bunga muvofiq korxonadagi 
ishchi kuchi kapital sifatida, masalan pul tarzida idrok etiladi. Ushbu nazariya
doirasida personal boshqaruviga oid holatlar va tasdiqlar biznesmenga tushunarli 
bo‘lgan iqtisodiy atama va kategoriyalarda bayon etiladi. Bu ta‘limotga binoan,
inson kapitali odatda pul birligida o‘lchanadi.
Zamonaviy yondoshuvlardan biri - inson resurslarini rivojlantirish
konsepsiyasi bo‘lib, bunda tashkilot manfaati yo‘lida xodimning o‘z tashabbusi 
bo‘yicha samarali mehnat kilishi uchun yaratiladigan sharoitlar markaziy masala
deb qaraladi. Tashkilot personalini rivojlantirish omili sifatida xodimlarning 
ehtiyojini aniqlash va qondirish, ularning kasbiy va shaxsiy kamolotga erishishi
uchun shart-sharoit yaratish g‘oyasi yotadi. Aniqlangan ehtiyojlar majmuasiga har 
tomonlama ta‘sir etish natijasida ishchining mehnatga ijobiy yondoshuvi va
samarali mehnati ta‘minlanadi. 
Qayd etilgan asosiy boshqaruv konsepsiyalari o‘z davriga xos bo‘lgan
personal boshqaruv uslublarini ifodalaydi. Hatto ayni paytda ham turli tashkilot va 
rahbarlar sanab o‘tilgan yondoshuv elementlarini o‘z faoliyatida qo‘llab keladilar.
Tashkilot rahbari mavjud iqtisodiy ahvol, qo‘l ostidagi xodimlar xususiyatiga 
asoslangan holda turli yondoshuvlardan birontasiga urg‘u berishi, tashkilot
manfatidan kelib chiqib, u yoki bu yo‘nalish modellarini jamoalar boshqaruviga 
tatbiq etishi mumkin. Ammo, ko‘zlangan maqsadga tashkilotdagi personalning faol
ishtiroki orqali erishmoqchi bo‘lgan rahbar, iloji boricha o‘z xodimlarida 
tashabbusga moyillik, ish natijasi uchun yuksak mas‘uliyat uyg‘ota olishi lozim.
Aynan shu maqsadni ko‘zlagan rahbar iloji boricha inson resurslari deb 
nomlanuvchi yondoshuvga asoslanishi o‘rinlidir. Zamonaviy psixologiya ham iloji
boricha insonni aynan shu nuqtai-nazarda tushunishga va shaxs kamolotini uning 
ichki zahiralarini uyg‘otish orqali erishishga intiladi.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə