1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Rahbarlik boshqaruv faoliyati sifatida



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə5/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Rahbarlik boshqaruv faoliyati sifatida. Har qanday boshqaruv ushbu
jarayonning mukammal tarzda idora etish ehtiyojini sezadi. Shu maqsadda, tuzilma 
mas‘ul boshqaruvchiga ega bo‘lishi lozim. Tashkilotni tuzilma sifatida qabul
qilarkanmiz, uning rahbari boshqaruvning aynan ikki asosiy funksiyasini 
ta‘minlovchi shaxs sifatida tushuniladi. Tashkilot miqyosida tahlil qilinganda
yuqorida qayd etilgan asosiy funksiyalar quyidagicha ifoda etiladi:
Maqsadga yo‘naltiruvchi funksiya - tashkilotni ma‘lum maqsadga olib
boruvchi vazifalarni mujassamlashtiradi. 
Tashkiliy funksiya - Tashkilot turli bo‘limlaridagi mavjud imkoniyatlardan
optimal darajada foydalanishdir. Rahbar ado etishi zarur bo‘lgan asosiy funksiya 
va vazifalar tasviriy ravishda quyidagicha ifodalangan.


Ularning har biriga izoh berar ekanmiz, shuni qayd etish lozimki,


rahbarlikning asosiy maqsadi, ushbu vazifalar o‘rtasida mutanosiblik va 
uyg‘unlikka erishish hamda shu orqali tashkilot butunligini ta‘minlashdir.
Tashkilot boshqaruvining asosiy funksiyalaridan yana quyidagi xususiy 
funksiyalar kelib chiqadi:
 Rejalashtirish funksiyasi: 
Natija kanday bo‘lishi haqidagi tasavvur, unga erishish bosqichlari va
uslublar.
Asosiy
tamoyili 

-
boshqaruvchi 


va
boshqariluvchi 

sub‘yektlarni


muvofiqlashtirish. 
 Nazorat etish funksiyasi: 
Tashkilot faoliyati, uning faoliyatini ta‘minlovchi mablag‘ va rusurslar 
haqidagi ma‘lumotlarni saqlash, boshqaruvning ta‘sirchanligi haqidagi
axborotlarga ega bo‘lish. Nazoratning asosi – hisob-kitobdir hamda nazorat 
jarayonidagi real faoliyatni rejaga solishtirib borishdan iboratdir.
 Siyosiy-huquqiy funksiya:
Tashkilot xodimlarining jamiyatda qabul qilingan qonun va huquqlar
doirasida faoliyat yuritishlarini nazorat etadi va ta‘minlaydi. 
 Ijtimoiy funksiya:
Ijtimoiy hodisalar (turli kasb faoliyati va ularga haq to‘lash tafovutlari, 
insonlar o‘rtasidagi ijtimoiy tengsizlik, ijtimoiy himoyaga muhtoj xodimlarning
mavjudligi). 
 Rag‟batlantirish funksiyasi:
Ijro harakatlari me‘yorda o‘tishini ta‘minlashdan iborat bo‘lib, moddiy va 
ma‘naviy rag‘batlantirish vositalarini o‘z ichiga oladi. Boshqaruv maqsadi va
vazifalari boshqaruv munosabatlarini keltirib chiqaradi va Boshqaruv psixologiyasi 
aynan shu munosabatlar tarkibini o‘rganadi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə