1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə55/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Kutilmagan hamkorlik. Ba‘zan o‘zga tomon biz kutganimizdan ertaroq
shartimizni qabul qilishi, hamda biz bilan hamkorlik qilishga tayyorligini namoyon 
etishi mumkin. Ayni paytda ortiqcha shubha va ishonchsizlik qaror qabul
qilishimiz yo‘lidagi to‘siqqa aylanadi. Mazkur vaziyatga shubha bilan qarash qulay 
imkoniyatni boy berishga olib kelishi mumkin. Ammo, kutilmagan rozilik ortida
yashirin niyatning borligi ehtimoli ham yo‘q emas. Bunday vaziyatda yuzaga 
kelgan shubhani va o‘zga tomonning samimiylik darajasini aniqlash lozim.
Samimiyatni aniqlash muzokara jarayonidagi ancha murakkab holat hisoblanadi. 
Mavjud imkoniyatlardan biri o‘zga tomon harakatidagi noverbal signallarni tahlil
etish orqali yashirin, yuzaga chiqolmayotgan ma‘lumotlarni olishdir.
Qaror qabul qilish ko‘pincha vaqt tanqisligi vaziyatida o‘tadi va muzokara
ishtirokchilarida ma‘lum zo‘riqishni uyg‘otadi. Hatto, muzokara ishtirokchilari 
o‘zga tomonni noqulay vaziyatga qo‘yish va imkoniyatni o‘zlari tomonga burish
maqsadida turli nayranglarga ham boradilar. Shulardan biri o‘zga tomon uchun 
vaqt tanqisligi sharoitini yuzaga keltirish uslubidir. Yuzaga kelishi mumkin
bo‘lgan bunday noxush vaziyatga nisbatan rahbar ma‘lum darajada qarshi tura 

olish malakasiga ega bo‘lishi lozim. Quyida shunday malaka haqida aytib o‘tiladi


va bu kezi kelganda nafaqat vaqtni yutish, hatto navbatdagi maqsadni bajarish 
uchun ham yordam beradi.
Masalan, vaqt tanqisligi sharoitida vaqtdan yutishdagi uslublardan biri – 
suhbatdosh taklif etayotgan yechim yoki qarorni batafsil takrorlashdir.
Odatda bu usul psixologiyada «verbalizasiya» deb, ataladi va bu orqali 
nafaqat o‘zga tomon qarashini aniqlash, balki, takrorlashga sarflanayogan vaqt
orqali «pauza» kabi qo‘shimcha muddatga ega bo‘linadi. Bunday sharoitda qo‘lga 
kiritilgan har qanday pauza o‘ylash uchun yana bir muddatdir. Shu kabi usullar
qatoriga vaqtdan yutish maqsadida qisqa muddatli tanaffus e‘lon qilish, oynani 
ochib qo‘yish bahonasida bir oz vaqtni cho‘zish, bir piyola choy bilan chalg‘ish va
hokazo uslublarni sanab o‘tish mumkin.
Muzokara olib borish sharoitida to‘siq paydo bo‘lishining yana bir manbai -
o‘zga tomonga xos shaxsiy muammolardir. Buning natijasida o‘rtada zo‘riqish, 
tushunmovchilik va hatto, o‘zaro shubha, ishonchsizlik paydo bo‘ladi. Suhbat
chog‘idagi bunday to‘siqlarni olib tashlash malakasi juda zarur xislatdir. Shu 
maqsadda quyida bir necha uslubni taklif etamizki, ularni qo‘llash nafaqat
munosabatlarni oydinlashtiradi, balki muzokara olib boruvchi shaxsning niyatini 
samimiylashtirish imkonini ham beradi.
Masalan, orada biron zo‘riqish vaziyati paydo bo‘lsa, hazil-mutoyibaga 
murojaat etish, muzokara ishtirokchilarini yoqimli biron-bir tadbirga taklif qilish,
suhbatni boshqa yo‘nalishga burish kabi uslublardan foydalanish kerak.
Ko‘p hollarda o‘zga tomon muzokara davomida asossiz ravishda o‘z salbiy
munosabatini namoyon qiladi, yoki suhbat ishtirokchilariga ishonchsizlik bilan 
qaraydi. Bunday kishi kelayotgan ma‘lumot ichidan faqatgina o‘z shubhasini
tasdiqlovchi dalillarni izlaydi, masala muhokamasiga ko‘pincha bir tomonlama 
qaraydi. Shuni unutmaslik kerakki, o‘zga tomonning bunday munosabatini tanqid
ostiga olmaslik zarur va imkon bo‘lgan paytda oradagi ishonchsizlik bulutini 
tarqatishga harakat qilish lozim. Buning uchun, avvalambor mazkur insonning
ichki holatini iloji boricha to‘la aks ettirishga, uni tushunishga intilish zarur. Bu 
yerda «Xo‘sh, men uning o‘rnida bo‘lsam, nima qilgan bo‘lardim, unga xos
xarakter xislatlari va imkoniyatlari menda bo‘lganda vaziyatni qanday idrok 
etardim?», degan savolni o‘z-o‘ziga berishi kerak. Umuman, suhbat chog‘idagi har
qanday salbiy holat maqbul yechim topish imkoniyatini kamaytiradi va 
muzokarani boshi berk ko‘chaga kiritadi. Shuning uchun, iloji boricha salbiy
holatlarni kamaytirish va ularni hatto bartaraf etish ustida doimiy ish olib borish 
lozim. Bu yo‘nalishdagi oddiy tadbirlardan biri – iloji boricha o‘zganing salbiy
holatiga nisbatan shu tarzda javob berishga intilmaslikdir. Suhbatdoshingiz 
qanchalik zo‘riqishiga qaramay iloji boricha o‘zingizni xotirjam tuting. Undagi
salbiy holat takrorlanaversa, eng maqbul yo‘llardan biri – bu holat natijasida paydo 
bo‘layotgan o‘z hissiyotingiz haqida ochiq-oydin gapirishdir. Bunday uslub
vaziyatni oydinlashtirish orqali, suhbatdoshning ishonchsiz va salbiy munosabati 
suhbatga qanday to‘sqinlik qilayotgani haqida unga aniq ma‘lumot beradi.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə