1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə56/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Haqqoniy yechim topish yo’lida. Masalani hal etish davrida asosiy e‘tibor
tomonlar manfaatini qondiruvchi yechimga qaratiladi. To‘g‘ri tushunilgan 

ehtiyojlar yechimni topishni yengillashtiradi. Yechim izlashda odatda ikki tomon


ham o‘z fikrini aytadi va taklif etilayotgan mulohaza qanchalik ularning 
manfaatiga mos kelishi tahlil etiladi. Biron yechimga kelish oson emas, har bir
tomonning yechimi o‘zi uchun to‘g‘ri va tushunarli.
Ayni sharoitda yechimning to‘g‘ri va maqbulligini aniqlash maqsadida
ob‘yektivlik mezonlaridan foydalaniladi. Bunday mezonlar sifatida samimiylik
haqqoniylik, qonuniylik va amaliyot tamoyillari taklif etilishi mumkin. Ushbu
mezonlarni tomonlar qabul qilar ekan, ularning amaliy jihati ham bir xil tarzda 
qo‘llanishi kerak. Agar yechim ikkala tomon uchun bir xil ishlay olsa, demak, u
hayotiy va ob‘yektivdir. Mabodo muzokarada bir tomonning manfaati ustun 
qo‘yilsa, uchrashuv chog‘ida g‘urur va «past ketmaslik» kabi g‘ayritabiiy hislar
namoyon bo‘lsa, tamoyillar ishlamaydi. Agar bir tomon o‘z yechimida qattiq tursa-
yu, o‘zga tomonni eshitishni hohlamasa, demak muzokara muddatidan avval
tugashi tabiiy. 
Taklif etilayotgan va ishlab chiqilayotgan yechimlarga e‘tiborli bo‘lish
hamda va bu yechimlar o‘zganing manfaatiga qiyoslab borilishi lozim. «Agar bu 
yechim Sizning manfaatlaringizni qoniqtirsa, nega uni qabul qilmayapsiz? Chunki,
bu yechim Sizniki bo‘lmagani uchunmi?». Bu savollar suhbat uzilishi arafasida 
uchraydigan ko‘p hollardan biridir. Agar yechim ancha vaqtgacha bahs mavzusiga
aylanayotgan bo‘lsa, tomonlardan - «Umuman muzokarani davom ettirish kerakmi 
yoki yo‘qmi?» - deb so‘rash lozim. Vaholanki, muzokaradagi qiyinchiliklarni
muhokama etib borilishi mavjud to‘siqlarni tezda bartaraf etish imkonini beradi. 
Shundan so‘ng, har qanday qabul qilinayotgan qarorning ob‘yektivligi bir necha
bor tekshirib o‘tilishi darkor. Agar bu tekshiruv davomida sanab o‘tilgan 
tamoyillardan chetlanish sezilsa, muzokara davom ettirilishi va maqbul yechim
ustida yana ish olib borilishi lozim. Mabodo, o‘zga tomon masalani yechishdan 
bosh tortayotgan bo‘lsa, haqqoniy bo‘lmagan qaror qabul qilinishi qanday oqibatga
olib kelishi haqida birgalikda o‘ylab ko‘rish kerak.
Vaziyat taqozosi bilan ob‘yektiv mezonga mos keluvchi qaror topilsa, uning
ustida to‘xtalgan ma‘qul, har qalay hyech qanday yechimdan ko‘ra biron-bir qaror 
ustida to‘xtash muammoni yechish imkonini beradi va zarurat tug‘ilgan paytda
muzokara stoliga yana qaytish mumkin.


Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə