1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Tanlovga asoslangan (selektiv) darajada



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə60/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Tanlovga asoslangan (selektiv) darajada rahbar mavjud muammo bo‘yicha
qator imkoniyatlarni taqqoslab ko‘radi va ular ichidan aynan shu muammo 
yechimiga eng mos keluvchi samarali va tejamlisi ustida to‘xtaladi.

Moslashuvchan darajadagi qaror qabul qilish bir muncha murakkab bo‘lib,
bunda rahbar tanish muammoga yangicha yechim topishi talab etiladi. Bunda u 
mavjud muammoga eskicha yondoshishdan voz kechishi va ijodiy qarorga kelishi
lozim. Ayni sharoitda rahbar muvaffaqiyati, uning shaxsiy tashabbusi va 
noma‘lumlikka shaxdam qadam qo‘ya olishi bilan asoslanadi.

Innovasion, ya’ni yangiliklarni joriy etish bilan bog’liq qarorlar ancha
murakkab hisoblanadi. Noaniq vaziyatda rahbarning yangicha yondoshuv 

uslublaridan, boshqa mutaxassislarning ijodiy g‘oyalaridan foylana olishi talab


etiladi.
Rahbar muammoli vaziyat bilan to‘qnash kelib, ma‘lum qarorni qabul qilishi
zaruratida bo‘lar ekan, avvalambor, ushbu vaziyat va undan kutilayotgan yechimni 
yuqorida sanab o‘tilgan qarorlar guruhiga taqqoslashi va taxminan bo‘lsa ham,
qaysi toifaga kirishini aniqlab olishi lozim. Bunday harakat rahbarga ayni 
muammo yechimi nimada ifodalanishini, qay shaklda namoyon bo‘lishini qisman
bo‘lsa ham oldindan tasavvur etish imkonini beradi. Bu esa tanlangan yo‘l 
qanchalik to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi haqidagi ma‘lumot bilan birga, zarur bo‘lgan
taqdirda harakat uslubini o‘zgartirishga asos yaratadi. Harqalay, qarorning o‘ylab 
qabul qilinganligi uni biron-bir toifaga kiritishdan, va natijani qisman bo‘lsa ham
oldindan tasavvur etgan holda talabdagi namuna bilan taqqoslashdan iboratdir.


3.Qaror qabul qilish bosqichlari. 
Umuman olganda, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni aniq bir doira 
ichida o‘tishi qiyin. Har bir rahbar o‘z psixologik xususiyatidan kelib chiqqan
holda muammo yechimiga turli uslub va moyillikni namoyon etadi. Mana shu 
omillar mavjud muammo yechimiga o‘z ta‘sirini o‘tkazmay qo‘ymaydi.
Qaror yaratilishi davomida rahbar o‘z ichki dunyosida sodir bo‘layotgan 
jarayonlarni bilishi, ushbu holatni maqsadga muvofiq ravishda boshqarish
imkonini beradi. Shu bois qaror qabul qilish amallarini bosqichma-bosqich tahlil 
etish lozim, deb topiladi. Quyida mana shu bosqichlarning asosiy tavsiflari
beriladi. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish ko‘pqirrali va murakkab jarayon bo‘lib, 
unda asosiy beshta bosqichni sharhlab o‘tish mumkin:
1-muammoni o‘rganish;
2-g‘oyalar ishlab chiqish;
3-ma‘qul keluvchi g‘oyalarni ajratib olish;
4-yangilikni joriy etishni rejalashtirish;
5-qayta aloqa va tahlil. Endi sanab o‘tilgan har bir bosqichni ko‘rib chiqsak.
Qaror qabul qilishning birinchi «Muammoni o’rganish» bosqichida ham
quyidagi ketma-ket vazifalar belgilanadi:



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə