1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə61/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

1-vazifa: «Muammoni qo‘yish» deb atalib, unda ushbu masala bo‘yicha
qanday qiyinchiliklar borligi aniqlanadi va muammoning mazmuni tushuniladi. 
Agar hal qilinishi lozim bo‘lgan muammo noto‘g‘ri tushunilsa, hamma bo‘lajak
harakatlar va moliyaviy xarajatlar zoye ketadi, shuning uchun ham muammoni 
aniq tasavvur etib olish boshlang‘ich bosqichning asosiy vazifasidir. Ko‘p hollarda
masalani noto‘g‘ri aks ettirishga malakasizlik, kasbiy bilimning kamligi, 
shuningdek, mazkur toifadagi masalalarni hal eta olishga tayyor emaslik, hamda
ba‘zi bir muammo va yechimlarning «yuqoridan tushirilganligi» sabab bo‘lishi 
mumkin. Muammoni qo‘yish quyidagi harakatlarni o‘z ichiga oladi:
1. Muammo tabiatini, undagi qiyinchilikni anglash.
2. Muammo yechimi orqali qanday maqsadga erishish lozimligini aniqlash.
3. Maqsadga erishilgan taqdirda qanday belgilar, ko‘rsatkichlar mavjud 
bo‘lishini aniqlab olish.


Oxirgi natija nimadan iborat bo‘lishi kerak, degan savolga javob olinishi


lozim.

2-vazifa: majburiyatlarni taqsimlash. Rahbar doimo hamma muammolarni
o‘zi hal eta olmaydi, shuning uchun ham bu bosqichda u ba‘zi-bir majburiyatlarni 
malakali mutaxassis ixtiyoriga topshirgani ma‘qul. Mutaxassis, bu bosqichda,
mazkur muammo yuzasidan barcha ma‘lumotlarni yig‘ish va masalani har 
tomonlama o‘rganish bilan shug‘ullanadi.

3-vazifa: ma‘lumotlar yig‘ish, muammoli vaziyatning informasion modelini
yaratish. Bunda nafaqat «o‘zining» ma‘lumotlari, balki, muxoliflar, raqobatdosh 
tomonlarning ham ma‘lumotini hisobga olish lozim. Ba‘zi bir paytda muxoliflar,
ular bergan ma‘lumot kamsitiladi, inkor etiladi va unga e‘tibor berilmaydi. Bu esa 
mutlaqo xatodir. Ma‘lumot yig‘ishda unga mas‘ul shaxs, ushbu muammo
yuzasidan chuqur bilimga ega ekspertlar fikrini o‘rganishi o‘ta muhimdir.


4-vazifa: muammoli vaziyatning konseptual modelini yaratish, mazkur
muammoni bir butun, yaxlit tarzda tushunish. Muammo bu tarzda aks ettirilganda, 
uning avvalgi muammolardan farqi, uning yangi jihatlari va yechimga yangicha
yondoshish zarurati anglanadi.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə