1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


V bosqich quyidagi amaliy tadbirlarni o’z ichiga oladi



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə63/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

V bosqich quyidagi amaliy tadbirlarni o’z ichiga oladi:
1) qabul qilingan qarorni, reja va harakatni amalga oshirish;
2) amalga oshirilgan harakat va natijalarni yanada yaxshilash maqsadida
nazorat etish;
3)zarur bo‘lgan taqdirda qarorni takomillashtirish, ya‘ni «muammoni
o‘rganish» bosqichiga yoki g‘oya yaratish va boshqa oraliq bosqichga qaytish.
4.Qaror qabul qilish – psixologik jarayon sifatida. 
Qaror qabul qilish jarayonining psixologik jihatini bilish mavjud 
bosqichlarni yanada samarali amalga oshirish imkonini beradi. Gap shundaki,
to‘g‘ri qaror qabul qilish va uni samarali ravishda joriy etish uchun rahbar 
psixologik jihatdan ham ma‘lum amallarga rioya qilishi kerak. Bu tadbirning
asosiy mazmuni shundan iboratki, rahbar muammoli vaziyat haqida ma‘lumot 
yig‘ar ekan, muammo haqida birlamchi tasavvur - informasion model yarata
boshlaydi. Bu modelning haqiqatga va mavjud vaziyatga qanchalik mosligi 
olinayotgan ma‘lumotning to‘la-to‘kisligi, har tomonlamaligiga bog‘liq.
Afsuski, tashqi muhitdagi ko‘pgina omillar ta‘sirida rahbar vaziyat 
yuzasidan ob‘yektiv bo‘lmagan ma‘lumotlar oladi va o‘z idroki jarayonida ma‘lum
sub‘yektivliklarga yo‘l qo‘yadi. Ayniqsa, bunday tavofutga rahbarning jinsi, yoshi 
yoki atrofidagi odamlarning ta‘siri kuchli bo‘ladi. Shakllanayotgan informasion
model iloji boricha ob‘yektiv bo‘lishi uchun rahbar vaziyat haqida har tomonlama 
ma‘lumot yig‘ishi, tashqi olamni to‘la-to‘kis aks ettirishni cheklovchi idrok
stereotip va ustanovkalardan chetlanishi lozim. Informasion model tahlil etilishi va 
qo‘shimcha ma‘lumotlar bilan boyitish natijasida natijasida rahbar ongida
konseptual model, ya‘ni vaziyat haqidagi uzil-kesil qarash shakllanadi. Konseptual 
model o‘z ichiga informasion modeldan shakllangan fikr va hissiyotlarni,
shuningdek rahbarning o‘tmish shaxsiy tajribasi, bilimlarini qamrab oladi. Rahbar 
mavjud vaziyatning mohiyatini tushungan paytda konseptual model shakllandi
deyish mumkin. Eng ajablanarlisi shuki, konseptual model haqiqiy vaziyatga 
doimo ham mos kelavermaydi. Bu mos kelmaslik darajasi har bir shaxsda
turlichadir. Kimdadir bu farq katta bo‘lsa, kimdadir juda kichik. Konseptual model 
va ob‘yektiv vaziyat o‘rtasidagi farq qanchalik kichik bo‘lsa, to‘g‘ri qaror qabul
qilishga shunchalik zamin yaratiladi.
Shaxs o‘zining individual psixologik xususiyatlariga ko‘ra olayotgan
ma‘lumotning ba‘zisiga e‘tibor bermasligi, yoki ayrimlarini bo‘rttirib aks ettirishi 
mumkin. Shuning uchun ham rahbar vaziyat haqidagi o‘z tasavvurining qanchalik
ob‘yektivligi, haqqoniyligi haqida kayg‘urishi lozim. Aynan shu boradagi 
psixologik tavsiya quyidagicha-informasion model va konseptual modellardagi
tarkibiy qismlar orasida iloji boricha muvofiqlik ko‘proq bo‘lgani ma‘qul, ya‘ni 
konseptual model yaratilishi mobaynida qo‘llanilayotgan birliklar iloji boricha
informasion modelda ham ko‘p uchrashi kerak. Masalan, vaziyat ishtirokchilari, 
muammodagi asosiy masala, yechim vositalari kabilar ikkala modelda uchrashi
mumkin bo‘lgan birliklar hisoblanadi. Qaror qabul qilishning uch tarkibiy qismi – 

muammo yuzaga kelgan ob‘yektiv borliq, informasion va konseptual model


uchburchak shaklida iloji boricha bir-biriga uyg‘unlashgan bo‘lishi hamda 
uchburchakning, aytaylik, bir burchagi ikkitasidan yuqorida yoki pastda
joylashmasligi kerak. Bu taqqoslashda birlamchi manba sifatida muammoli 
vaziyat, ya‘ni borliq qabul qilinadi (8.1-chizma).
Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga oid ko‘pgina tadqiqotlarda yechilishi 

lozim bo‘lgan muammoning aniqlik darajasiga katta e‘tibor beriladi. Shu ma‘noda


aniqlik va noaniqlik vaziyatlarida qabul qilinuvchi qarorlar haqida aytib o‘tish 
lozim. Bunday vaziyatlardagi qaror qabul qilish tezligi va mazmuni ham bir-
biridan farq qiladi.
Aniqlik vaziyatida qaror qabul qilish avvalgi tajribaga asoslanishni taqozo
etadi. Mazkur sharoitda inson tajribasi hamda bilimlari, vaziyatni hal etish manbai 
bo‘lib hisoblanadi va tabiiyki, qaror qabul qilish holatida ishonch va tezkorlik
hukm suradi.
Noaniqlik vaziyatida esa rahbardan vaziyatga ijodiy yondoshish talab etiladi.
Ma‘lum miqdorda o‘z intuisiyasiga asoslanish izlanuvchan shaxs uchun yangi 
imkoniyatlar tug‘diradi. Biroq, bunday holda chiqariladigan hukm o‘zida ma‘lum
xavf-xatarni ham mujassamlashtirganligi sababli, qaror qabul qilinganda xatoga 
yo‘l qo‘yish ehtimoli oshadi. Demak, rahbar har qanday muammoli vaziyatga
to‘qnash kelar ekan, uning aniqlik va noaniqlik darajalarini aniqlab olishi lozim.
Keyingi qadam sifatida rahbar, masala dolzarbligidan kelib chiqib, unga
oydinlik kiritishi, vaziyatdagi noaniq tomonlarini yoritgan holda aniqlik doirasini 
kengaytirishi lozim. Yechimda mujassamlanadigan ijodiy ulushlarning asosiy
qismi masalani oydinlashtirish bosqichida saraflangani ma‘qul, deb hisoblanadi.
Asosiy qiyinchilik qabul qilingan qarorni amalga oshirish bosqichida
uchrashi mumkin. Yuqorida aytganimizdek, qaror ijrosiga oid vazifalarning aniq 
taqsimlanishi va ijro vaqtini ko‘rsatish nazorat samarasini ta‘minlaydi. Lekin qaror
yuzasidan norozi bo‘lgan xodim va ayrim o‘rta bo‘g‘in rahbari ham ijro bosqichida 
sust harakat etishi mumkin. Bunga sabab bir nechta:birinchidan, ular qaror qabul
qilishda qatnashmagan yoki ushbu qarordan norozi bo‘lgan; ikkinchidan, qarorning 
hayotga tatbiq etish muvaffaqiyat keltirishiga ishonch yo‘q; uchinchi sabab,
xodimning sustkashligi yoki uquvsizligi bo‘lishi mumkin. O‘ylashimizcha, birinchi 
va ikkinchi sabab ijtimoiy-psixologik yechimga ega bo‘lib, agar guruhning ahillik
darajasi yuqori bo‘lsa, qaror ijrosida xodimlar iloji boricha jadal qatnashadilar. 
Uchinchi sababning bartaraf etilishi esa qarorga oid vazifalar taqsimlanishi paytida
hisobga olinishi lozim.

Qaror ijrosidagi tomonlar hamkorligi uni qabul qilish bosqichida


ta‘minlanadi. Qaror qabul qilinishi chog‘ida o‘zgalar qarshiligini yengish, iloji 
boricha tomonlar uchun «beshikast» o‘tishi lozim. Oqibatda maqbul deb, topilgan
qaror iloji boricha konsensus (kelishuv) asosida qabul qilinishi kerak. Demak, 
rahbar oldida tomonlarni yarashtirish va ziddiyatlarni yumshatish, tadbirdan so‘ng
g‘ubor qolmasligini ta‘minlash vazifasi turadi. Agar qaror guruhiy tarzda qabul 
qilinayotgan bo‘lsa, va uning ijrosi jamoa a‘zolari ishtiroki orqali ta‘minlansa, har
bir xodim va rahbar quyidagini yodda tutishi maslahat beriladi: «Bugun boshqa 
xodim taklif etgan qaror bajarilayapti. Bu jarayonga mening munosabatim va 54
ishtirokim, ertaga men taklif etgan qarorga nisbatan munosabat va boshqalarning 

qanday ishtirok etishini belgilaydi».



Mavzu yuzasidan o‟z-o‟zini nazorat va muhokama qilish 

uchun savollar: 

1.Boshqaruv qarorlari mohiyati



2.Qaror qabul qilish darajalari? 

3.Qaror qabul qilish bosqichlari? 

4.Qaror qabul qilish – psixologik jarayon sifatida? 

http://fayllar.org



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə