1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə7/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

Personalni boshqarishning ijtimoiy-psixologik jihatlari.

Kadrlarni joylashtirish sohasida. Bu sohada personal boshqarish
xizmatiga mavjud vakant o‘rinlarga nomzodlarni tanlash, kadrlarni ish joyiga 
to‘g‘ri qo‘yish, ish joyi va kasbga aloqador masalalarda xodimning shaxsiy va
kasbiy xususiyatini chuqur o‘rganish vazifasi qo‘yiladi.


Xodimlar 

adaptasiyasi/moslashuvini 

boshqarish.
Xodimning 
o‘zgaruvchan sharoitlarga yoki yangi ish joyiga moslashishini va tez orada jamoa
hayotiga qo‘shilib ketishni nazarda tutadi.



Xodimlarni tashkilot maqsadi sari yetaklash, tashkilot maqsadlariga
xodimlar faolligi va ishtiroki orqali erishish. 


Xodimlarni motivasiyalash, ya‘ni ularda tashkilot maqsadi yo‘lida mehnat
qilish uchun ishtiyoq uyg‘otish. Motivasiyaning asosiy mazmun-mohiyati tashkilot 
maqsadi va xodim manfaatlarini uyg‘unlashtirishdan iborat bo‘lib, aynan shu
mas‘uliyatli vazifa, odatda rahbar zimmasiga yuklanadi.


Personalni o‟qitish – uning kasbiy mahoratini oshirish yo‘lidagi asosiy
tadbir bo‘lib, ushbu omil nafaqat kasbga oid mutaxassisliklar, balki rahbarlik 
mahoratini oshirishga ham tegishlidir. Misol uchun, «General Electric»
kompaniyasi inson resurslarini rivojlantirish uchun sarflangan har bir dollar ustiga 
ustama 3 dollar foyda olar ekan. Ushbu rivojlantirish dasturidagi asosiy e‘tibor,
yangi texnologiyani o‘zlashtirish va maqsadga intilish yo‘lida samarali faoliyat 
yuritish uslubini o‘rganishga qaratiladi.
Tashkilot miqyosida e‘tiborni bevosita va beg‘araz ravishda xodimlar 
manfaatiga yo‘naltirish, ma‘muriyatga nafaqat obro‘, balki moddiy yutuqlar ham
olib keladi. Masalan, «Philips Petrolium» o‘z ishchilariga yordam dasturini 
qo‘llash orqali ishga kelmaslik va kasal bo‘lishlar qisqarishi hisobiga har yili 8
mln. dollar tejashga erishdi. 



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə