1-mavzu: boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va vazifalari reja


Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o‟rni



Yüklə 339,84 Kb.
səhifə4/63
tarix04.06.2022
ölçüsü339,84 Kb.
#88695
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63
1-mavzu boshqaruv psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi va v

3.Psixologiyaning boshqaruvda tutgan o‟rni. 




Boshqaruv haqida umumiy tushuncha. Fanda boshqaruv tushunchasi
tizimning o‘z hayot faoliyatini ta‘minlash jarayoni sifatida tushuniladi. Bunday 
tizimlar qatoriga biologik, texnik, ijtimoiy tuzilmalar kiradi. Boshqaruv tuzilma
sifatida: boshqaruvchi va boshqariluvchi bo‘laklarga ajratiladi. Boshqaruv o‘z 
tasarrufidagi boshqariluvchi bo‘lakka muntazam, rejali va maqsadga yo‘nalgan
tarzdagi ta‘sir kuchiga ega. Bunday o‘zaro faoliyat tizimning ishchanlik 
qobiliyatini ta‘minlaydi. Boshqaruvdagi tadqiqotlar, kibernetika fani yuzaga kelishi
tufayli jadal sur‘atlar bilan rivojlanib, murakkab tuzilmani boshqarishning ilmiy 
asoslangan tavsiyalari amaliyotga tatbiq etila boshlandi.
Boshqaruv bilimlari ko‘p jihatdan davr ehtiyojini aks ettiruvchi asosiy 
manba bo‘lib hisoblanadi. Boshqaruv jarayoni, bir tomondan, tuzilmaning
yaxlitligini ta‘minlasa, ikkinchi tomondan, uni yanada takomillashtirish va 
rivojlantirish imkonini beradi. Shu o‘rinda boshqaruvning ikki asosiy funksiyasi
farqlanadi: maqsadga yo‘naltiruvchi va tashkiliy funksiyalar.
Maqsadga yo‘naltiruvchi funksiya tuzilmani yanada mukammallashtirish
maqsadiga yo‘naltiradi. Tashkiliy funksiya esa tuzilmaning maqsadga erishishdagi 
ichki tartibi va uning turli qismlari o‘rtasidagi o‘zaro muvofiqlikni ta‘minlaydi.
Yuqoridagi asosiy ikki boshqaruv funksiyasi qator vazifalar orqali amalga 
oshadi. Masalan, maqsadga yo‘naltiruvchi funksiyani ado etishda faoliyat
tarkibiga: 
- natijani prognozlash;
- maqsad sari faoliyatni rejalash; 
- amalga oshirish motivasiyalari kiradi.
Maqsadga yo‘nalgan faoliyatni amalga oshirish esa tashkiliy funksiyalar 
orqali ta‘minlanadi. Bu sohadagi asosiy vazifalardan biri faoliyatni nazorat etish va
kuchlarni safarbar etishdir. Umuman olganda nazoratni amalga oshirish 
boshqaruvning ikkala funksiyasi uchun ham umumiy bo‘lgan universal xususiyat
bo‘lib, u boshqaruvning har qanday jarayonida doimiy qayta aloqani ta‘minlab 
turadi. Boshqaruv fanidagi asosiy tushunchalardan biri qayta aloqa tushunchasi
bo‘lib, bu ibora tuzilmaning o‘z maqsadi sari intilishi qay yo‘sinda ketayotgani va 
qanday jihatlarni o‘zgartirish, yanada mukammallashtirish haqida ma‘lumot olishni
anglatadi.
Yuqorida qayd etilgan boshqaruvning ikki asosiy funksiyasini alohida talqin
etish juda shartli bo‘lib, aslida ular ajralmas va yagona jarayonlardir.



Yüklə 339,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə