1-mavzu «Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


-MAVZU Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri



Yüklə 298,45 Kb.
səhifə8/27
tarix30.12.2023
ölçüsü298,45 Kb.
#167369
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
2-MAVZU


Qadimgi Bobil, Misr,Hindiston va Markaziy Osiyo falsafiy tafakkuri. Oddiy
tasavvurga ko‘ra Quyosh Sharqdan chiqqani kabi, falsafiy qarashlarning paydo bo‘lishi ham qadimiy Sharq xalqlari taffakuriga borib taqaladi.Qadimgi Sharq xalqlarining tarixi va madaniyati, ularning afsonaviy, diniy, axloqiy, siyosiy va huquqiy badiiy-estetik va falsafiy tasavvur va qarashlari, ularga xos mazmunlar haqidagi bilimlar antiq davr mualliflari asarlarida, arxeologik manbalarda, xalq og‘zaki ijodiyoti namunalari: afsonalar, dostonlar va rivoyatlarda aks etgan. Dastlabki falsafiy tasavvurlar va qarashlar Sharqning eng qadimgi mamlakatlaridan bo‘lgan Bobilda eramizdan oldin 4-ming yillikning boshlarida paydo bo‘ladi. SHu davrlardayoq odamlarning dunyoda ro‘y berib turadigan xilma-xil hodisa va voqealarga bo‘lgan munosabatlarlari va qiziqishlarini, garchi hali sodda va yuzaki, ibtidoiy shaklda bo‘lsa-da, o‘zida aks ettirgan falsafiy qarashlar paydo bo‘la boshlagan. Buni biz qadimgi Bobil adabiyotining ko‘zga kuringan mashhur asarlaridan biri «Gelgamish haqida doston»da, undagi tuproq, suv, havo, issiqlik va sovuqlikning inson hayoti va tirikchiligining abadiy manbai ekanligi, Gelgamishning obihayot qidirib, boshidan kechirgan sarguzashtlari, chekkan azob-uqibatlari, odamlarning tabiiy qonunlar asosida yashashlari zarurligi, kishilarning hayot va o‘lim sirlarini bilishga azaldan intilib kelishlari haqida qilingan hikoyalardan yaqqol bilib olamiz.
«Adona haqida doston»da esa insoniyat hayotida yaxshilik bilan yomonlik, ezgulik bilan yovuzlik boylik bilan qashshoqlik bir-biriga tubdan qarama-qarshi va zid ekanligi haqidagi fikrlar ifodalangan. «Jafokash avliyo haqida doston», «Xo‘jayinning quli bilan suhbati» kabi asarlarda biz buning yaqqol guvohi bo‘lamiz. Eslab o‘tilgan birinchi dostonda baxt va baxtizlik, adolat va adolatsizlik haqida, ularning sabablari va bartaraf etish usulari hamda yo‘llari xususida dastlabki falsafiy tasavvurlar va g‘oyalar bayon etilgan.
Jamiyat ishlab chiqarishi o‘rtaga qo‘ygan talablar, inson amaliy faoliyati tug‘dirgan ehtiyojlar asosida Bobilda tabiat hodisalari haqida, ularning mazmunini tushunib olib, ulardan turmushda foydalanish zarurati, mahsulot va narsalarning miqdorini aniqlash, og‘irligi va uzunligini o‘lchash, ishchi kuchlarning samarasini belgilash, binolar hajmini topish dalalarning er satxini hisoblab chiqish zarurati dastlabki arifmetik va geometrik bilimlarning paydo bo‘lishini taqozo etadi. Bu narsa o‘sha davrlardayoq taqvimning paydo bo‘lishiga olib kelgan va odamlardan astronomiya sohasida ma’lum bilimlarga ega bo‘lishni talab qiladi. Shu asosda Bobilliklar quyosh soati, Quyosh ko‘rsatgichi va uning 12 bo‘lakka bo‘linishini azaldan bilishgan. Antik davr ma’lumotlariga ko‘ra, Bobilda Qadimgi Misr ham jahon madaniyatining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lib, unda ham ilk madaniy yodgorliklar eramizdan avvalgi to‘rt ming yillikning boshlarida vujudga kelgan. Bobil madaniyati kabi qadimgi Misr madaniy yodgorliklarida ham xalq donishmandligining hamma turlarida o‘sha davrdagi ijtimoiy, iqtisodiy hayot, tabiat hodisalariga munosabat, kishilarning ijtimoiy, siyosiy, ahloqiy, huquqiy, ularning sintezi bo‘lgan falsafiy qarashlarida o‘z ifodasini topgan. Qadimgi misrliklar suvni odamga oziq-ovqat etishtiruvchi, inson uchun dastlabki ulug‘ ne’mat, deb bilganlar. Suv ularga butun tabiatning, hayotning asosi bo‘lib ko‘ringan. Ular Nil daryosini ilohiy bir mo‘‘jiza deb, tabiatdagi o‘simlik va daraxtlarga talpinganlar. Qadimgi misrliklar astronomiya sohasida ba’zi bilimlarga ega bo‘lib, sayyoralarni yulduzlardan ajrata bilganlar, alohida yulduzlar xaritasini va har xil taqvimlar tuzganlar. Qadimgi Misrda tibbiyot juda rivojlangan, misrliklar kasalliklarning juda ko‘p turlaridan xabardor bo‘lishib, tashhis qo‘yish sohasida katta tajribalarni qo‘lga kiritganlar. Qadimgi misrliklar, ayniqsa qurilish, arxitekturaga, san’atning juda ko‘p turlariga, hisob-kitob, o‘lcham va chizmachilik, matematik va astronomik bilimlarga egaligi jihatdan boshqalardan tubdan farq qilishgan. Haqiqiy ma’noda ular geometriya va astronomiyaga oid bilimlarning ilk yaratuvchilari bo‘lishgan. Misr ehromlari-piramidalar buning rad qilib bo‘lmas hayotiy guvohlaridir. Umuman, Qadimgi Bobil va Misr xalqlarining madaniyati, urf odatlari, dunyoqarashlari, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy, badiiy, ahloqiy va falsafiy qarashlari butun qadimiy SHarq xalqlari kabi diniy qarashlar bilan sug‘orilgan bo‘lgan. Ularning bu qarashlari nasldan-naslga, avlodlardan-avlodlarga o‘tib, SHarqdagi boshqa ko‘pchilik xalqlar madaniyma’naviy taraqqiyotiga, ijtimoiy-falsafiy fikrlar rivojiga o‘zining ijobiy ta’sirini ko‘rsatgan. Buni biz qadimiy Hindistonning madaniy-ma’naviy taraqqiyoti misolida yaqqol ko‘rishimiz mumkin.Qadimgi Hindiston o‘zining boy tarixi va madaniyatiga, diniy va falsafiy ma’lumotlariga ega bo‘lgan. Hindistonda eramizdan 3 ming yil muqaddam erni sun’iy sug‘orish, dehqonchilik taraqqiy etgan, anhorlar qazilgan, kulolchilik, yog‘ochsozlik, to‘qimachilik, zargarlik, hunarmandchilik, pishiq g‘ishtlardan ko‘p qavvatli binolar qurish, jun va zig‘ir tolasidan matolar tayyorlash, mis va temir, qalay va qo‘rg‘oshindan qurol-aslahalar yasash taraqqiy etgan. Abu Rayhon Beruniyning «Hindiston» asarida yozilishicha, eramizning birinchi asrlaridayoq Hindistonda tibbiyot, riyoziyot, ilmi nujum, kimyo, musiqa, po’ziya, tarix, san’at va falsafaga oid bilimlar keng rivojlangan bo‘lgan. Ayniqsa, noyob tabiatga, sa[iy zaminga, ajoyib nabotot va hayvonot olamiga boy bo‘lgan Qadimgi Hindistonda madaniyat va san’atga oid, diniy, falsafiy qarashlar keng rivojlangan. Bunga bizgacha etib kelgan «Ramayana», «Mahobhorat» («Maxayana»), «Kamila va Dimna» kabi buyuk asarlar to‘liq guvohlik beradi. Bu buyuk nafosat va betimsol hikmat hazinasi bo‘lgan asarlarda hind xalqining qadimiy urf-odatlari, an’analari, odobaxloqi, madaniyati, dini va tarixi, milliy qadriyatlari bilan birga, ularning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy badiiy va falsafiy qarashlari yorqin ifodasini topgan. Bulardan tashqari, qadimiy Hindistonda falsafiy fikrlar to‘rtta Vedalarda ham ifodalangan. Ular: Rigveda, Samaveda, Yajurveda, Atxarvavedalardir. Bu vedalardan eng muhimi Rigveda bo‘lib, u eramizdan 1500 yil oldin paydo bo‘lgan. Bu Vedalarda diniy qarashlar bilan birga olam, borliq fazo va vaqt inson, inson hayotining ruhiy va tabiiy asoslari, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorlik, ilohiy kuchlar, ularning faoliyatlari haqida muhim falsafiy fikrlar va qarashlar ilgari suriladi. Keyinchalik bu vedalarni turlicha tushunish asosida ularni turlicha talqin etuvchi falsafiy maktablar vujudga keladi. Bu maktablar o‘z g‘oyaviy yo‘nalishlariga ko‘ra ikki oqimni tashkil qilishadi. Birinchi oqim tabiiy materialistik yo‘nalishda bo‘lib, uni buddizm, hinduizm, jaynizm, lokayata va chorvaka maktablari tashkil qiladi. Ikkinchi oqim esa diniy idealistik yo‘nalishda bo‘lib, unga vedanta, mimansa, sankxiya, yoge, n’yaya, vaysheshika, maktablari kiradi.

Yüklə 298,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə