1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə1/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

1-MAVZU: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari.

Reja:

  1. Falsafaning predmeti va ob’ekti

  2. Dunyoqarash tushunchasi va uning turlari

  3. Falsafiy dunyoqarashning mohiyati

  4. falsafaning jamiyat hayotida tutgan o’rni


Falsafa dunyoqarash sifatida
Har qanday falsafa insonning dunyoga nisbatan u yoki bu munosabatini ifodalab, muayyan dunyoqarashni shakllantiradi. Falsafaga berilgan eng oddiy va dastlabki ta’riflar: falsafa - bu dunyoqarash yoki boshqacha aytganda: falsafaning mavzusi - «dunyo - inson» tizimidir.

Dunyoqarash nima? Hamma zamonlarda ham inson oldida uning atrof muhitga, boshqa odamlarga, o‘z-o‘ziga nisbatan munosabatini belgilovchi savollar ko‘ndalang turadi. Har birimiz unday yoki bunday tarzda ularga duch kelamiz. Bizni o‘rab turgan dunyo nimadan tashkil topgan? Uni bilib bo‘ladimi va agar bilish mumkin bo‘lsa, qay darajada? Insonni o‘zi nima? U qanday bo‘lishi kerak? O‘limdan so‘ng bizni nima kutadi? Dunyoni nima boshqaradi? Dunyoda yovuzlik muqarrarmi? Inson dunyoni o‘zgartira oladimi?

Mana shunday savollarga javoblardan inson dunyoqarashi shakllanadi. Dunyoqarash - bu insonni o‘rab turgan dunyo va uning unda tutgan o‘rniga nisbatan qarashlar majmuidir. Dunyoqarashning asosiy masalasi - «Men» (sub’ekt dunyosi) va «Men - emas» (sub’ektga nisbatan tashqarida bo‘lgan dunyo) o‘rtasidagi munosabatdir.

Har qanday dunyoqarash tarkibiga: bilim, baholash, e’tiqod va aqidalar kiradi. Dunyoqarash turli shaklda mavjud bo‘lishi mumkin: kundalik, mifologik, afsonaviy, diniy, badiiy, falsafiy va ilmiy tusdagi tasavvurlar. Dunyoqarash shaxsiy ong va ijtimoiy ong dalili tarzida bo‘lishi mumkin. Masalan, afsonaviy dunyoqarash to‘g‘risida gapirganda biz muayyan shaxsning olam to‘g‘risidagi tasavvurlari emas, balki qadimgi zamon jamoasi tasavvurlari haqida fikr yuritamiz. Yohud biz xristianlar, musulmonlar, buddaviylar va boshqa diniy guruhlar dunyoqarashi to‘g‘risida gapiramiz. Shu bois dunyoqarash shaxs, ijtimoiy guruh (diniy, milliy, yoshga oid, jinsiy, kasbiy va b.), davlat, davlatdan tashqari tuzilmalar dunyoqarashi sifatida ham bo‘lishi mumkin.


Falsafa nazariy tafakkur sifatida
Dunyoqarashning kundalik, diniy-afsonaviy va badiiy turlaridan farqli ravishda, falsafiy dunyoqarash asosiy qoidaga muvofiq nazariy shaklda mavjud bo‘ladi. Falsafa o‘z oldiga ongli tarzda muayyan muammolarni qo‘yadi va ularni ma’lum tamoyillar asosida maxsus joriy qilingan va ishlab chiqilgan tushuncha (kategoriya) va usullar orqali hal qiladi. Falsafa avval boshdanoq nazariydir. Bundan tashqari, u umuman tarixiy jihatdan tafakkurning dastlabki shakli hisoblanadi. Falsafa o‘z shakllanishining boshidanoq tajriba (amaliy bilim, amaliy malaka, hayotiy ko‘nikma va an’analar)dan farqli o‘laroq, narsalarni mantiq va dalil, kundalik tasavvurlarga tanqidiy munosabat, yuzaki voqea-hodisalarning ichki, tashqi nigohdan yashirin mohiyatini to‘g‘ri xulosa, fikr qilish orqali topishga qaratilgan. Qadimgi Xitoy faylasuflari o‘z davridayoq yakuniy shakldagi dao bilimi (bevosita ma’lum modda dunyosini bilish) va asosiy sabab sifatidagi dao (mohiyatni bilish)ni farqlaganlar. Asosiy sabab sifatidagi daoni bilish - yakuniy shakldagi daoni bilish kalitidir: «Yer yuzida ibtido mavjud va u Olam onasidir. Onani anglashga qachon erishilsa, demak uning bolalarini ham anglash mumkin bo‘ladi»1.


Falsafa nazariylash-tirishning yakuniy usuli sifatida


Tajriba (yakka, alohida narsalarni bilish) bilan fan (narsalar sababi va ibtidosini umumiy bilish) Qadimgi Yunon falsafasida bir muncha aniq ajratilgan. Qadimgi Yunon faylasuflari e’tiborni ibtido va sababni bilishga qaratganlar, «chunki qolgan hammasi ular orqali tushuniladi»2. Qadimgi (antik) falsafa nazariy tafakkurning muhim xususiyati bo‘lmish ta’rif («nima», «qanday?» savollari bilan bog‘liq) bilan tushuntirish («nima uchun?», «qanaqa sabab?» savollariga javob)ni aniq farqlagan. Masalan: yunon faylasufi Arastu (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) shunday deb yozgan edi: «Tajribaga ega bo‘lganlar «nima» ekanligini biladilar, ammo «nima uchun ekanligini, ya’ni sababini bilmaydilar»3.

Dunyoning an’anaviy diniy-afsonaviy manzarasi bilan qanoatlanuvchi ko‘pchilik odamlardan farqli o‘laroq, eng ilk davrlardagi faylasuflar turli tabiiy va ijtimoiy jarayonlar hamda hodisalarni aqliy yo‘l bilan (nazariy) tushunishga va uni kelib chiqish hamda kechish sabablari va qonuniyatlarini tushuntirishga uringanlar. Faylasuf nigohiga tushgan barcha narsa, ya’ni Quyosh, Oy va ularning tutilishi, yulduzlar, mavsumlarning almashishi, musiqiy asboblarning tuzilishi, hayvon va odamlarning kelib chiqishi, daryolarning toshishi, davlatning siyosiy tuzilishi kabi boshqa hamma narsalar faylasufona fikr yuritish (nazariy fikrlash) mavzusi bo‘lgan.

Nazariy dunyoqarash bo‘lgan falsafa, shu bilan birga mantiqiy tizimlashtirilgan dunyoqarash hamdir. Boshqacha aytganda, bu inson va dunyoga bo‘lgan qarashlarning oddiy majmui emas, balki muayyan, rasional-mantiqiy usul bilan tuzilgan kategoriya (falsafiy tushuncha)lar tizimidir.

Falsafa inson nazariy faoliyatining yagona shakli emas. Fan ham xuddi shu kabidir. Biroq falsafa fandan farqli o‘laroq, nazariylashtirishning yakuniy (oxirigacha oborilgan) turidir. Falsafaning yakuniy nazariyalashtiruvchiligi quyidagilarda ifodalanadi.

Birinchidan, bu falsafa fanining predmetining xususiyatidadir. Falsafa mavzusi bo‘lmagan biron-bir bilim yoki hayot sohasi mavjud emas. Shuning uchun ham biz tabiatshunoslikning falsafiy muammolari, siyosat va huquqning falsafiy muammolari, tilshunoslikning falsafiy muammolari, texnikaning falsafiy muammolari va boshqalar haqida gapiramiz.

Ikkinchidan, bu turli hodisa, voqea va jarayonlarning yakuniy umumiy ta’rifi va tushuntirishdir. Falsafani hamma narsa emas, eng avvalo umumiy, universal hodisalar qiziqtiradi. Falsafa xususiy muammolar bilan shug‘ullanmaydi. Xususan, rivojlanish mexanizmini o‘rgana turib, u biron-bir rivojlanishning xususiy sohasi (masalan, biron-bir muayyan til rivoji yoki umurtqali hayvonlar asab tizimining rivojlanishi)ga daxl qilmasdan, rivojlanish kategoriyasini universal qonuniyat darajasigacha tahlilini chiqaradi. Nazariy tahlilni umumiylik darajasigacha yetkazish uchun falsafa tomonidan maxsus kategoriyalar - umumiy tushunchalar: borliq, sifat, mohiyat, sabab, zarurat va boshqalar ishlab chiqilgan.

Uchinchidan, falsafaning yakuniy nazariylashtirishi uning refleksiyaga – o‘z-o‘zini tahlil qilishga moyilligi, ya’ni o‘z-o‘zini bilishi, falsafiy fikrni o‘ziga nisbatan qaratishi bilan xotimalanadi. Falsafa nimanidir o‘rganib qolmay, balki shu o‘rganishning sharoit va yo‘llarining o‘zini ham faylasufona fikr yuritish mavzusiga aylantiradi

Ko‘rib turibmizki, falsafa turli jihatlarga va ko‘p vazifalarni bajarishga qodir. Ma’naviy faoliyatning o‘ziga xos turi sifatida unga dunyoqarash, bilim, nazariyasiga doir, uslubiy, integrativ-sintetik, aksiologik, tanqidiy, bashoratlash, loyihalash, evristik va mafkuraviy vazifalar xosdir. Falsafaning turli tomon va vazifalarini aniqlash negizida uning predmeti sohasini ham belgilash mumkin.

Falsafaning mavzu sohasi «dunyo-inson» tizimi hisoblanadi: a) «dunyo» tizimi, b) «inson» tizimi va a) ular o‘rtasidagi o‘zaro munosabat tizimi. Bu tizimlarning o‘zi turli darajada tasavvur etilgan. «Dunyo» tushunchasida bir butun dunyo, uning tarkibiy qismlari (megadunyo, makrodunyo, mikrodunyo; anorganik dunyo, organik dunyo, ijtimoiy dunyo va hokazolar), ular o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va o‘zaro munosabat tushuniladi. «Inson» tushunchasida alohida olingan shaxs, turli darajadagi ijtimoiy jamoalar, bir butun jamiyat tushuniladi.

Falsafani «dunyo» va «inson» tizimidagi hamma narsa va «inson»ni «dunyo»ga bo‘lgan har qanday munosabati qiziqtiravermaydi. Falsafa eng avvalo umumiylikka, «dunyo-inson» tizimidagi universal munosabatlarga yo‘nalgan. Bularga ontologik (borliq haqida), gnoseologik (bilish haqida), aksiologik (qadriyatlar haqida) va praksiologik munosabatlar kiradi. Bu munosabatlarning umumiyligi ularning zarur tarzdaligini bildiradi. Insonlar qaerda va qanday davrda yashamasinlar albatta mana shu munosabatlar orqali atrof muhit bilan bog‘liqdirlar: ular - shu dunyoning mahsuli, ular shu dunyoni o‘rganadilar, uni baholaydilar va o‘zgartiradilar.

Shunday qilib, falsafa - bu ijtimoiy ongning o‘ziga xos shakli, nazariy dunyoqarash turidir. Bunda insonning dunyoga bo‘lgan universal munosabatlari (ontologik, gnoseologik, aksiologik va praksiologik) kategoriyalarning muayyan tizimi orqali umumiylashgan shaklda aks etadi va inson madaniyati yutuqlari sintezlanadi. Shu bilan bir qatorda, falsafa umumnazariy, dunyoni yaxlitligi va biirbutunligicha o‘rganadigan fandir.

Markaziy Osiyo
E
Qadimgi Markaziy Osiyo dostoni
ramizdan oldingi I-ming yillikda Markaziy Osiyo hududida saklar va masmaget qabilalari yashar edilar. Eramizdan oldingi VI asr oxiri V asr boshlarida saklar forslar davlati tarkibiga kirdilar, eramizdan oldingi IV asrda esa, Markaziy Osiyoga makedoniyalik Iskandar Zulqarnayn qo‘shinlari hujum qildi. Bu davrda hunarmandchilik, madaniyat va san’at rivojlandi. Markaziy Osiyoga aramey alifbosi kirib keladiki, uning asosida xorazmiy va sug‘d yozuvlari vujudga keladiyu ana shu davrda Markaziy Osiyo xalqlarining adabiy va og‘zaki ijodi shakllanadi.

Xalq og‘zaki ijodining eng ilk yodgorliklari sak va massagetlarning qahramonlik haqidagi qissalari bo‘lib, ular asosida Markaziy Osiyo xalqlarining vatanparvarlik kurashlari yotar edi. Ushbu doston qahramonlarining bosh xususiyatlari –vatanparvarlik, jasorat va sadoqat edi. Bu dostonlarning qahramonlari – malika Zarina - jangovar kurashchi va shaharlar bunyodkori; malika Sparetra qo‘shin to‘plab, jangda fors davlatining asoschisi Ki ustidan g‘alaba qozonib, o‘z erini asirlikdan ozod qilgan; malika To‘maris – u bilan bo‘lgan jangda Ki qo‘shinlari mag‘lub bo‘lib, uning o‘zi halok bo‘lgan; Doro qo‘shinlarini hiyla bilan sahroga olib borgan cho‘pon Shiroq o‘ldiriladi, ammo o‘z hayoti evaziga uning xalqi o‘z ozodligini saqlab qoladi.

E
Zardushtiylik
ramizdan oldingi VI asrdan boshlab Markaziy Osiyoda zardushtiylik paydo bo‘lib, eramizning III asrigacha hukmronlik qiladi. Zardushtiylikning vatani sifatida Markaziy Osiyo (Baqriya, Xorazm) va Eronni (Midiya) ko‘rsatadilar. Zardushtiylikda eng qadimgi davrlardan boshlab (eramizdan oldingi 3-2-nchi mingyilliklar) eramizdan oldingi 1-mingyillik o‘rtalarigacha bo‘lgan Markaziy Osiyo va Yaqin Sharq xalqlarining diniy tasavvurlari aks etgan.

«Avesto» kitobiga binoan, Koinot, yer, okean, osmon, nurli doira va jannatdan iborat. Yer dumaloq bo‘lib, atrofi okean bilan o‘ralgan va obu-havo, yil fasllari bilan bog‘liq bo‘lgan yetti qismdan iboratki, bu bobilliklarning yetti shamollar haqidagi qadimgi tasavvurlaridan iqtibos qilingan. Osmon to‘rt doiradan tashkil topgan: yulduzlar doirasi, oy doirasi, quyosh doirasi va jannat doirasi yoki nur makoni. Yulduzlar, Oy va Quyosh xudo Axura Mazdaning badani sifatida tasvirlanadi. Ular hurmatga sazovor edilar.

Zardushtiylikning jamiyat tarixi haqidagi tasavvurlari Injil va Qur’ondagi afsonalar bilan o‘xshab ketadi. Avesto bo‘yicha birinchi odam Yimadir barcha odamlar undan kelib chiqqan. Bu davr oltin asr sifatida tasvirlanadi: insonlar abadiy hayotga ega edilar, xudo Axuramazda abadiy bahor yaratgan bo‘lib, kishilar farovonlik va baxt-saodat yashar edilar. Ammo kunlardan bir kun ular gunohga botdilar: ular ta’qiqlangan mol go‘shtini yeb qo‘ydilar. Ziyonkor ruh Anxra Maynyu ularga sovuq va qor yubordi. Yima odamlarni sovuqdan qotib qolishlaridan saqlash uchun uy qurib, unga barcha tirik jonzotlardan bir juftdan yashirdi. Bu afsona Shumer, Bobil, Injil va Qur’ondagi Butun dunyoni tufor bosganligi haqidagi afsonaga ochiqdan ochiq o‘xshashdir. Tarixning birinchi davri bo‘lgan – oltin davr shunday tugallanib, ikkinchi davr bo‘lgan-yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurash davri boshlanadi. Uchinchi davr, ya’ni insoniyat kelajagi Avestoda qadimgi davr kishilarining baxt-saodat haqidagi orzulari sifatida tasvirlanadiki, unda yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi kurashda xudo Axuramazda g‘alaba qiladi va o‘shanda yaxshilik saltanati barqaror bo‘ladi. O‘liklarning tirilishi va mashhar kuni haqidagi tasavvurlar ham mavjud.
Qadimgi Yaqin va O‘rta Sharqda diniy-falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi
E
Qadimgi Bobil va Misrda tabiiy-ilmiy bilimlar va falsafaning paydo bo’lishi
ramizdan oldingi IV mingyillikning oxiri III-mingyillikning boshida qadimgi Bobil va qadimgi Misr madaniyati o‘z taraqqiyotining yuqori nuqtasiga erishadi. Bu davlatlarda falsafiy fikrlarning paydo bo‘lishi, bir tomondan, dunyo haqidagi fanlar bo‘lgan - Astronomiya, kosmologiya, matematika birinchi odimlari bilan yaqindan bog‘liq bo‘lgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, afsonalar bilan bog‘liq edi. Eng muhim ilmiy yutuqlar (hisobning oltmishtalik tizimi, yilning uzunligi, geometrik shakllar hajmining hisoblab chiqilishi va boshqalar) amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, xo‘jalik yuritishda qo‘llanilar edi. Qadimgi Bobil va Misr olimlari oy va kun tutilishi davriligini aniqlashga muvofiq bo‘ldilarki, bu ularga bu hodisani oldindan aytish imkonini berdi. Bu ham amaliy ahamiyatga ega edi. Masalan, Misr uchun eng muhim hodisa bo‘lgan – Nil daryosining har yilgi ko‘tarilishi vaqt jihatdan osmonda yorug‘ yulduz bo‘lgan - Suhayl (Sirius)ning paydo bo‘lishi bilan muvofiq kelar edi. Misrlilar yulduzlar turkumi vaziyatida ko‘rinadigshan Yerning Quyosh atrofidagi yo‘li joylashgan tekislikni (ekliptika) aniqladilar – va uni burjlarni (osmonda sayyoralar harakat qiladigan chambar yo‘l) tashkil etgan 12 qismga bo‘ldilar; har biri 30 kundan iborat bo‘lgan, 12 oydan tashkil topgan taqvimni vujudga keltirdilar. Bir kecha va kunduzning vaqti suv va Quyosh soatlari bilan o‘lchanar edi. Bobilliklarda bo‘lgani kabi qadimgi misrliklarning papirus qog‘ozlari (tropik qamishdan qilingan) tabobatni sehrgarlik usuli bilan davolashdan ajratilganligini ko‘rsatadi.

Qadimgi bobilliklar va misrliklarda ilm-fan bilan kohinlar shug‘ullanar edilar. Ilm-fan bilan shug‘ullangan misrliklar va bobilliklar umuman dunyoga afsonalar orqali qarar edilarki, bu haqda ular tomonidan yulduzlarni juda ham katta va uzun yulduzlar turkumlari guruhlariga bo‘lib chiqqanliklari va oqibatda ularni mistik-matematik ramzlar bilan belgilanganliklari guvohlik beradi. Shunday asarlar paydo bo‘la boshlaydiki, ularda afsonalarni falsafiy talqin qilishga urinishlar ko‘zga tashlanadi («Arfa chaluvchining qo‘shig‘i», «Dunyodan xafsalasi pir bo‘lgan kishining o‘z ruhi bilan suhbati», «Hayot ma’nosi haqida xoja va qulning savol-javoblari» va boshqalar). Garchi Qadimgi Misr va Bobilda falsafiy tafakkur Qadimgi Yunoniston saviyasiga erishmagan bo‘lsa ham, ularning yutuqlari Ellada madaniyatiga oz ta’sir ko‘rsatgani yo‘q. Masalan, eramizdan oldingi I-nchi ming yillik o‘rtalarida fir’avnlar yunoncha turmush tarziga rioya etar edilar, ularning ko‘plari yunonlilar bilan qarindoshchilik iplari bilan bog‘langan edilar. Yunonlilarga Misrda umumiy turarjoylar tashkil etishga ruhsat etilgan edi. Ular ilm-fan va falsafada misrliklarni juda ham orqada qoldirib ketgan vaqtlarida ham, Misrga donishmandlik manbasi sifatida qarab, unga bo‘lgan o‘z hurmatlarini saqlab qoldilar


Qadimgi Hindiston falsafasi

E
Jaynizm va Buddizm


ramizdan oldingi birinchi ming yillik o‘rtalarida Hindistonda Vedalar mafkurasidan holi bo‘lgan va insonning jamiyatdagi o‘rni masalasiga yangicha yondashadigan ta’limot paydo bo‘ldi. Yangi maktablarning ko‘pchiligi ichidan jaynizm va buddaviylikgina umumhind ahamiyatiga ega bo‘ldi. Jaynistlar ta’limoti sa’naviyat (dualizm)ni e’lon qildi. Inson mohiyati ikki xil moddiy (adjiva) va ruhiy (jiva) bo‘lib, ularni bog‘lab turuvchi halqa nozik modda tariqasida tushuniladigan karma bo‘lib, ruhni qo‘pol modda bilan qo‘shilishiga imkon beradi. Jonsiz moddani karma iplari vositasida ruh bilan qo‘shilishi oqibatida yakka olingan shaxs kelib chiqadi, karma esa ruhni cheksiz qayta tug‘ilish va o‘zgarishlar silsilasida kuzatib, unga doimiy hamrohlik qilib boradi. Ruhni karma ta’siridan xalos bo‘lishi, ya’ni sansaraga faqat zohidlik va biror xayrli ish qilish yo‘li bilan erishish mumkin.

Eramizdan oldingi VI asrda Hindiston shimolida buddaviylik paydo bo‘ldiki, uning asoschisi Sidxarta Gautama (er.ol. 583-483 yy.) edi. Keyinchalik uni Budda deb atadilar.

Buddaviylik markazida to‘rt haqiqat yotadi. Ularga binoan insonning mavjudligi azob-uqubat bilan chambarchas bog‘liq. Tug‘ilish, kasallik, qarilik, o‘lim, ko‘ngilsiz narsalar bilan to‘qnashuv va yoqimli narsalardan judo bo‘lish, orzudagi narsaga erishib bo‘lmasligi – bularning hammasi jafo chekishga olib keladi. Azob-uqubatning sababi quvonch va ehtiroslar orqali o‘zgarishlarga, qayta tug‘ilishga olib boruvchi ishtiyoq (trshna)dir. Azob-uqubat sababini bartaraf qilish ana shu ishtiyoqqa barham berishda yotadi. Azob-uqubatga chek qo‘yishga olib boriladigan yo‘l, ya’ni xayrli sakkiz o‘lchovli yo‘l bo‘lib, to‘g‘ri hukm yuritish, to‘g‘ri qaror qabul qilish, to‘g‘ri so‘zlash, to‘g‘ri hayotiy yo‘l tutish, to‘g‘ri niyat va orzu, to‘g‘ri diqqat-e’tibor va to‘g‘ri razm solmoqlikda o‘z ifodasini topadi. Hissiy lazzat olishga bag‘ishlangan umr ham, tarki dunyochilik va o‘z-o‘zini qiynashga qaratilgan yo‘l ham rad etiladi.

Shunday qilib bu yo‘l uch omildan tashkil topadi – ma’rifat (pradjna), xulq-atvor (shila) va diqqat-e’tibor samadxi yoki razm solish. Bularning barchasiga nirvonada, ya’ni nurlangan holatdagi Budda kayfiyatida erishish mumkin. Buddaviylik markazida shunday tasavvur yotadiki, har bir odam Budda holatiga erishish imkoniyatiga ega. An’anaviy buddaviylik tajriba yo‘li bilan asoslashga imkon bermaydigan majhul va metafizik masalalardan uzoqlashadi. An’anaga ko‘ra, Budda dunyoning oxiri borligi yoki cheksizligi, hamda «Nurlangan shaxs» uchun o‘limdan keyingi hayotning imkoni borligi yoki yo‘qligi haqidagi masalalarni muhokama qilmagan. U bunday masalalar javobsiz bo‘lganligidan kishilarni to‘g‘ri yo‘ldan chalg‘itadi, deb hisoblagan.

Shu bilan birga bir qatorda u o‘zining axloqiy falsafasi asoslarini yaratib, azob-uqubatning keng va chuqur sabablarini tahlil qilish bilan birga, uni bartaraf qilish vositalarini ham ko‘rsatib berdi. Ular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- ashyolarning mavjudligi shartligini tan olish, ya’ni sababiyatning umumiy qonun ekanligini;

- u yoki bu shaxsning borligini uning oldingi hayotining oqibati sifatida, kelajakni esa bugungi mavjudlikning oqibati, deb qarovchi karma ta’limoti, ya’ni sababiyatning umumiy qonunining ifodasi yoki namoyon bo‘lishi;

- o‘zgaruvchanlik haqidagi ta’limot, ya’ni umumiy beqarorlik, ashyolar tabiatining o‘tkinchiligi haqidagi nazariya-barcha mavjud narsalar muayyan sharoitlarga ko‘ra paydo bo‘ladi, ularning yo‘qolishi bilan barham topadi, barcha narsaning ibtidosi va intihosi bor.

- o‘zgarmas mohiyat bo‘lgan mustaqil javharning o‘z-o‘zicha yashashini rad etish, ya’ni ruhning abadiyligini, insonning «Men»ini. Inson xuddi ikki g‘ildirakli arava o‘zining o‘qi va shotisi uchun majmua bo‘lganidek, moddiy jism (kaya) va nomoddiy ong (vidjnyana) ning turli tarkibiy qismlaridan tashkil topgan shartli majmuadir. Insonning mavjudligi ana shu majmuaga bog‘liq bo‘lib, qachonki, u bo‘linib ketsa, insonning hayoti barham topadi. Ruh yoki men ana shu majmuadan boshqa narsa emas, degan ma’noni anglatadi.

Shunday qilib buddaviylik falsafasining markaziy ta’limoti barcha mavjud narsalarning o‘zaro aloqada (pratitya) ekanligidadir, ya’ni barcha ashyolar u yoki bu holatlar ta’siri ostida paydo bo‘ladilar. Doimiy o‘zgarishlarga duchor bo‘lishi shart bo‘lgan voqeylik muayyan zamon lahzalarida faqat tajriba orqaligina bilib olinadi va shuning uchun ham asosiy fikrni fahmlashga berilib ketmaydi.

Buddaviylik bu faqat axloqiy-falsafiy ta’limotgina emas, balki din hamdir. U eng qadimgi jahon miqyosidagi dindir. Ammo yakka xudolikka asoslangan boshqa dinlardan farqli o‘laroq, unda yagona Xudoga, ruhning abadiyligiga ishonish yo‘qdir, shuningdek, unda Xudo bilan odamlar o‘rtasida vositachilik qiluvchi cherkov ham yo‘qdir. Bular o‘rniga buddaviylik yo‘lidan borishga yordamlashuvchi e’tiqod quyganlar jamoasi bordir. Buddaviylik shuning uchun ham dindirki, unda najot topishga ishonch, ya’ni ko‘ngilga yorug‘lik kirituvchi – nirvonaga erishish imkoniyati mavjuddir. Biroq buddaviylik oqimlarining ko‘pchiligida e’tiqod, dastlabki shart hisoblanadi. Najot insonga o‘zining tirishqoqligi natijasida, avvalo meditatsiya (karaxtlik) holatida keladi. Haqiqatan, muayyan bosqichlarda, aholini ko‘proq jalb etish maqsadida, «keng yo‘l» deb atalgan osonroq yo‘l ham paydo bo‘ldi. Gautama donishmandlik o‘qituvchisidan Xudoga aylantirildi. Jannat haqidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Buddaviylikning ko‘p xudolari jasadi qo‘yiladigan sog‘ana (panteon) o‘ziga Budda Shakyamuni (Gautama) dan tashqari yana mingta Buddalarni qamrab oldiki, ulardan eng mu’tabarlari Budda-Maytreya –kelajakdagi Budda bo‘lib, hozirgisini dunyo hukmdori sifatida almashtiradi va Budda Amitaba – jannatning afsonaviy sohibi va boshqalar to‘g‘risidagi tushuncha paydo bo‘ldi. Najot topish ularga sajda qilish va ular ismini yodga olish bilan bog‘liq ekanligi ta’kidlandi.

Eramizning boshidan boshlab buddaviylikning ikki asosiy yo‘nalishi – Xinayana (ikki g‘ildirakli kichik arava) va Mohayana (katta yoki keng ikki g‘ildirakli arava) shakllandi. Ikki g‘ildirakli arava yoki deganda shunday vosita tushuniladiki, ushbu an’anaga e’tiqod ko‘yganlarni maksadga, ya’ni nurlangan holatga olib boradi. Umuman bu ikkala yo‘nalish ham buddaviylik uchun umumiy bo‘lgan asosan intilishi lozim bo‘lgan orzu va maqsadni tushunishdadir. Xinayanada umuminsoniy emas, balki o‘zining muammolarini bartaraf etish yotadi, ya’ni o‘z shaxsining ko‘ngli nurlanishiga erishib, ozod inson maqomi bo‘lgan – Arxat darajasini qo‘lga kiritish nazarda tutiladi. Mohayanada asosiy maqsad Botxisattva orzusiga erishishdir. Botxisattva – «nurlangan borliq» ma’nosini anglatadi. Bu shunday zotdirki, oliy ruhiy uyg‘onishga ega bo‘lsa ham, o‘zining ketidan boshqalarni ergashtirish va barcha aqliy mavjudotlarni umumiy tarzda najot topishlari uchun ularga yordamlashish maqsadida abadiy tinchlik, ya’ni nirvonaga ketishga qaror qilmagandir. Mohayana an’analari Xitoy, Quriya va Yaponiyada yoyildi.



E
Hinduviylik
ramizning boshiga kelib Hindistonning ma’naviy hayotida hinduviylik hal qiluvchi mavqega ega bo‘ldi. U o‘ziga xos ravishda hodisalarni butun holda olib ularning tarkibiy qismlariga yagona va bir-biriga bog‘li, deb qarab tekshirgan din bo‘ldiki, unda faqat Vedalar davri Hindistonining ilohlari va braxman kohinlarining rasm-rusumlarigina emas, balki mahalliy ilohlarning bir qator marosimlari ham o‘zlashtirib olingan edi. Barcha ilohlar zumrasidan birinchi radifga Vishnu va Shiva olib chiqildi. Hinduviylikning eng mashhur asari axloqiy masalalarga bag‘ishlangan va shaklga shaxs sifatida kirgan xudoga sadoqatni e’lon qilgan «Bxadavadgita» («Ilohiy ashula») dir. Hinduviylikning falsafiy asosi o‘z ifodasini quyidagi olti tizimda topgan: Sankxya, Yoga, Vaysheshika, Nyaya, Mimansa, Vedanta.

Sankxya ta’lim beradiki, dunyoning birinchi moddiy sababi bo‘lgan –prakriti mavjuddir. His-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan prakritining dunyoviy mavjudotlarga aylanganligi quyidagi uch sifatiy unsurlar ta’siri ostida ro‘y beradi: rajas (intilish), tamas (qorong‘ulik) va sattva (oydinlik). Har bir ashyoda, uning xususiyatiga ko‘ra, ushbu uch unsurlardan biri ustunlik qiladi. Go‘zallik, donishmandlik va haqiqatga moyilligi bor ashyolarda sattva ustunlik qilsa, tamas barcha bo‘sh, chegaralangan, noaniq narsalarda hal qiluvchi unsurdir. Rajas esa, barcha faol, g‘ayratli, tajovuzkor narsalarda ustunlikka ega. Prakriti bilan bir qatorda Sankxyada dunyoning moddiy asosidan mustaqil bo‘lgan purushi (mutlaq ruh) ning mavjudligi tan olinadi. Uni barcha ashyolarda ishtirok etishi va u tufayli mavjud bo‘lgan tirik jonzotlarda mavjudligiga qaramasdan, kuzatish va topish mumkin emas. Prakriti bilan purushining qo‘shilishi chog‘ida 25 tayanch negiz kelib chiqadiki, ular orasida moddiy (suv, tuproq va shunga o‘xshash) narsalar bilan bir qatorda ma’naviy (o‘z mohiyatini anglash, aql) narsalar ham mavjud bo‘ladi.

Yoga ruhiy tushunchalarni tadqiq qilish va amaliy ruhiy ta’limga urg‘u beradi; ko‘pincha ilgari mavjud bo‘lgan turli tizimlarning meditatsiya (karaxtlik) holati haqidagi qoidalardan kelib chiqadi.

Vaysheshika doimiy o‘zgarishlar, abadiy va davriy paydo bo‘lish va zavol topish jarayonlari mavjudligiga asoslanadi. Biroq, bu jarayonda turg‘un unsur bo‘lgan atom ham bor. Atomlar abadiy bo‘lib, zavol topmaydilar, ular hech kim tomonidan yaratilgan emaslar. Atomlarning vaqtinchalik qo‘shilishlaridan bizning his-tuyg‘ularimizga yetib kelishi mumkin bo‘lgan jonli va jonsiz ashyolar paydo bo‘ladilar. Bunday holatda boshqachaga aylanish atomlarning doimiy ravishda bo‘linishi va qo‘shilishi natijasida kelib chiqadi. Ruh nomoddiy, abadiy va beintiho bo‘lib ikki shaklda mavjud bo‘ladi: mutlaq, mukammal va hamma joyda hozir va alohida. U hayotning cheksiz charxipalagida sarson-sargardonlikda yuradi.

Nyaya maktabi Vaysheshika bilan chambarchas bog‘langan bo‘lib, unda asosiy e’tibor mantiq va bilish nazariyasi masalalariga qaratiladi, jumladan, his-tuyg‘u ishonchli, haqiqiy bilim vositasi bo‘lib, xulosaga olib keladi. Xulosa esa qiyos vositasida chiqariladi.

Mimansa Vedalarga qaytishni e’lon qiladi. Bu ta’limotga binoan sansara yo‘lidan qutilishning yagona chorasi Vedalar nimadan ta’lim bergan bo‘lsa, o‘shalarni izchil bajarishdir. Mimansa Vedalar matnini oliy nufuzli narsa sifatida qabul qilibgina qolmay, balki ularda abadiy mavjud bo‘lib, mutlaqlikka daxldor bo‘lgan, sezib bo‘lmaydigan umumiy javharni ko‘radi.

Vedantaning falsafiy mazmuni uning o‘z nomida ifodalangan («Vedanta» aynan «Vedalar xotimasi» degan ma’noni anglatadi). Vedanta dunyo barcha narsalar undan kelib chiqadigan yagona voqeylik bilan moddiy kuchlarning o‘zaro ta’sirining mahsulidir, deb biluvchi qoidani rad etadi. U braxmani tan olib, uni dunyoning mutlaq ruhiy mohiyati sifatida tushunadi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə