1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə14/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

2-§. Jamiyatning iqtisodiy sohasi
I
Жамият иқтисодий соҳасининг асосий хусусиятлари
qtisodiy sohaga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. U tor ma’noda «turli predmet va xizmat turlarini ishlab chiqarish, taqsimlash, almashtirish va iste’mol qilish» deb tushuniladi97. Shu ma’noda aytish mumkinki, «jamiyatning iqtisodiy soha»si tushunchasi «bazis» tushunchasiga mos keladi. Keng ma’noda esa iqtisodiy soha deganda barcha ijtimoiy ishlab chiqarish jarayoni tushuniladi: ishlab chiqarish usuli, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining birligi, shuningdek iqtisodiyotning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirlari yig‘indisi. O‘ta keng kategorial ma’noda sotsiumning iqtisodiy sohasi «tabiat bilan insonlar o‘rtasida individ va kishilar guruhining ongli faoliyati orqali o‘zaro aloqalarini» aks ettiradi98.

Iqtisodiy soha asosida insonning ishlab chiqarish va mehnat faoliyati yotadi. Uning zarurligi insonning ehtiyojlari hayvonning ehtiyojlaridan tubdan farqlanishi bilan belgilanadi. Inson rivojlanishi bilan tabiatdan ajraladi. Bu jarayonda esa, jamiyatning iqtisodiy sohasi taraqqiyoti muhim rol o‘ynaydi. «Xususiy mulk» tushunchasi iqtisodiy tushunchalarning eng muhimlaridan hisoblanadi. Jamiyatning iqtisodiy sohasida ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlari muhim tuzilmaviy qismlari hisoblanadi. Iqtisodiy munosabatlar kishilar o‘rtasida ishlab chiqarish, taqsimlash, almashish va ne’matlarni iste’mol qilish jarayonlarida shakllanadigan iqtisodiy munosabatlardir. Ishlab chiqarish kuchlariga moddiy ishlab chiqarish jarayoni uchun zarur bo‘lgan «sub’ektiv (inson) va moddiy (texnika va mehnat qurollari) elementlar tizimi kiradi»99.

Hatto eng yuqori darajadagi texnika va texnologiya rivojiga qaramay, baribir moddiy ishlab chiqarish va ma’naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson ishlab chiqarishning asosiy omili bo‘lib qoladi. Fanning bevosita ishlab chiqarish kuchiga aylanganligi insonga, ishchiga qo‘yiladigan talablarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo qiladi. Hozirgi davrda ishchi nafaqat o‘zining malakali kasbi, hunariga ega bo‘lishi kerak, balki u doim o‘zining malakasini oshirib, bilimlarini chuqurlashtirib borishi kerak. Masalan, Yaponiyada yaqin kelajakda umumiy, oliy ta’lim tizimiga o‘tish mo‘ljallangan, chunki ishchilarga nisbatan talablar kuchayib ketgan.

G‘arb ijtimoiy falsafasi (T.Parsons, N.Smelzer, U.Mur va b.) iqtisodiy hayotni tovar va xizmatlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq rollar va maqomlar tizimi sifatida ko‘rib chiqadi. Ko‘plab ijtimoiy falsafiy nazariyalar doirasida iqtisodiyot bazis, jamiyat asosi, fundamenti sifatida ko‘rilmaydi. Uning asosi sifatida madaniyat, sivilizatsiya, huquq, axloq, din va boshqalar qo‘yiladi. Iqtisodiy soha esa sotsiumning oddiy kichik tizimi sifatida yoki oddiy ijtimoiy institut (ta’lim, sog‘liqni saqlash, ommaviy axborot vositalari) bilan bir qatorda talqin qilinadi.

Jamiyatda iqtisodiyot alohida ahamiyatga ega. Hozirgi zamonda sobiq sotsialistik jamiyatlarni isloh etishda «bozor munosabatlarini izchil rivojlantirishga o‘tish, tadbirkorlikni rivojlantirish, xususiy mulkning, shaxsiy faollikning xilma-xilligi» muhim elementlardan hisoblanishi bejiz emas100.

M


Мустақил Ўзбекистондаги иқтисодий ислоҳотларнинг ўзига хос хусусиятлари
ustaqil O‘zbekistondagi milliy davlatchilik va yangi tuzumning shakllanishining iqtisodiy asosida bozor munosabatlariga, iqtisodiyotning ko‘p bosqichliliga o‘tish yotadi. O‘zbekistonda bozor munosabatlariga o‘tilishi o‘z vaqtida chor Rossiyasining mustamlakasi tufayli va ayniqsa, o‘lkaning XX asr boshidagi inqilobiy jarayonlarga, sotsializm qurilishiga jalb etilishi bilan to‘xtatilib qo‘yilgan edi. Hozir esa, tabiiy-tarixiy rivojlanish qayta boshlab yuborildi. Uzoq davrlar davomida O‘zbekiston geosiyosiy jihatdan G‘arb va Sharq, Shimol va Janubning kesishgan nuqtasida joylashgani uchun savdo ishlari juda yaxshi yo‘lga qo‘yilib rivojlangan edi. Shuning uchun ham bu yerda bozor sharoitining o‘ziga xos tajribasi mavjud edi. Bu yerdagi bozor munosabatlari feodal-patriarxal tuzum asosida tashkil topgan edi. Shunga asosan o‘ziga xos bozor an’analari, ko‘nikmalarii va ruhiy stereotiplar shakllangan edi. Ular sovet davridagi kuchli rejali-taqsimot tizimi sharoitida ham o‘zini saqlab qola oldi. Hozirgi davrda esa, bu xo‘jalik an’analari va urf-odatlari qayta tiklanmoqda va sifat jihatdan yangicha asosda foydalanilmoqda.

Hozirgi davrda bozor munosabatlari dunyodagi barcha mamlakatlar xo‘jalik faoliyatining asosini tashkil qilmoqda. Lekin bozor iqtisodiyoti har bir mamlakatda uning o‘z andozasi bo‘yicha rivojlanadi. Bu rivojlanish birinchidan o‘sha mamlakatning milliy xususiyatlari va odatlari hisobga olinsa, boshqa tomondan, erkin raqobatning darajasi bilan uning davlat tomonidan qay darajada boshqarilishi, ijtimoiy yo‘naltirilganlik darajasi, shuningdek, hal etilayotgan makroiqtisodiy muammolar ustivorligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, «amerikacha» modelga kuchli erkin raqobat xos bo‘lsa, «yaponcha», «fransuzcha» modellar uchun davlatning xo‘jalik ishlarida faol qatnashishi; «nemischa», «shvedcha» modellarda esa, ulkan ijtimoiy yo‘naltirishlik muhimdir. Rivojlanayotgan davlatlarda esa asosiy e’tibor iqtisodiyotni barqarorlashtirish, byudjet taqchilligini keskin kamaytirish, iqtisodiyotni erkinlashtirishga qaratiladi. Janubiy-Sharqdagi yangi industrial mamlakatlar (Singapur, Janubiy Koreya, Tailand, Gonkong) uchun kuchli davlat mavqeini saqlash, import o‘rnini bosish strategiyasini saqlagan holda eksportni rag‘batlantirish bozor xususiyati hisoblanadi.

Sobiq Ittifoq hududida vujudga kelgan yangi mustaqil davlatlarning, bozor iqtisodiyotiga o‘tishi hozirgi zamon tarixidagi o‘ta noyob hodisa hisoblanadi. Bunday o‘tish tabiiy, silliq rivojlanishi, iqtisodiyotning takomillashuvi emas. Bu bir sifat xolatidan ikkinchi sifat holatiga, bir iqtisodiy munosabatlar tizimidan mutlaqo yangi boshqa bir tizimga o‘tishdir. U boshqaruvning buyruq-administrativ tizimiga asoslangan markazlashtirilgan rejaviy-taqsimot iqtisodiyotni sindirib erkin bozor qonuniyatlariga asoslangan iqtisodiy munosabatlarni shakllantirishdan iboratdir. Bu jarayonni, birinchidan, bir aktli hodisa deb bo‘lmaydi, ikkinchidan, u stixiyali jarayon ham emas. U eski munosabatlarni tugatish yangisini o‘rnatishga qaratilgan aniq maqsadli faoliyatdan iborat bo‘lgan o‘tish davrini taqozo qiladi. Bunda shuni nazarda tutish lozimki, bozor iqtisodiyoti xususiy mulkni, erkin raqobatni, narxlarning erkinlashtirilishini va boshqalarni inkor etuvchi sotsialistik iqtisodiyot bilan bir genetik ildizlarga ega emas.

Tajribaning ko‘rsatishicha, bunday o‘tish jarayoni, iqtisodiy inqiroz bilan birga kechadi. Ishlab chiqarishdagi odatdagi siklik inqirozga nisbatan bu inqiroz adabiyotda «o‘tish» inqirozi deb nom olgan. U ishlab chiqarishning pasayishi, pulning qadrsizlanishi, ishsizlikning ortishi va aholining ko‘pchilik qismining turmush darajasining keskin pasayishi bilan amalga oshadi. Bularning barchasining sababi sifatida quyidagilarni ko‘rasatish mumkin: rejaga asoslangan iqtisodiyotdagi noqulay sharoitlar, tuzilmaviy og‘ishlar, iqtisodiyotni harbiylashtirish va b.) bu mamlakatlar xo‘jaligida yangi tartibdagi ish tarziga ko‘nikishdagi qiyinchiliklar, bozor infratuzilmasining tuzilishi, yangi o‘zaro savdo munosabatlarining shakllantirilishi, bozor tajribasining yetishmasligi va boshqalar. Ko‘pchilik hollarda bu omillar islohotchilarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari, strategiya va taktikani noto‘g‘ri tanlashi va noto‘g‘ri amalga oshirishlari tufayli yana ham murakkablashib ketadi.

Har bir sobiq sotsialistik mamlakatlari inqirozdan chiqish yo‘lini turlicha, o‘ziga xos usullar bilan, ya’ni o‘z sharoitlari va imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda bartaraf etadi. Bunda tajribaning ko‘rsatishicha, ayrim davlatlar totalitar tuzumda shakllangan iqtisodiy munosabatlarni birvarakayiga ildizi bilan yo‘q qilishdan iborat «shok terapiya»sining tezlatilgan shaklini ma’qul ko‘radilar. Bunday usul jamiyatda juda og‘ir ijtimoiy inqirozlar bilan kechadi. Boshqalar esa iqtisodiy munosabatlarni yangi bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tib borishidan iborat tadrijiy uslubni ma’qul ko‘radilar. Bu yo‘lda keskin ijtimoiy larzalar kamroq bo‘lib, nisbatan izchilroqdir. O‘zbekiston aynan shu yo‘ldan bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi ijtimoiy yo‘naltirilgan boshqaruvga asoslangan iqtisodiy islohotlarni amalga oshirmoqda. Bu maqsadni amalga oshirish uchun bozor munosabatlariga o‘tishning o‘z modeli, o‘ziga mos yo‘lini ishlab chiqqan. Bu yo‘lning bir qismini Respublika bosib o‘tdi. Islohotlarning birinchi bosqichida (1991-1994) yangi tuzumning poydevorini tayyorlash vazifasi hal etildi, yangi iqtisodiy tuzumning huquqiy asoslari yaratildi, aholi tomonidan tanlangan yo‘lning to‘g‘ri ekanligini tushunish, faqat bozor iqtisodiyotiga o‘tishgina kelajakdagi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotning, jamiyatni demokratlashtirishning, har bir shaxs uchun munosib yashash sharoitlarini yaratishning asosi ekanligini tushuntirish vazifalari bajarildi. Odamlarning va xo‘jaliklarning yangi sharoitlarga sekin-asta moslashish jarayoni kuzatildi.

Keyingi bosqichda xususiy mulkchilik plyuralizmiga asoslangan ko‘pukladli iqtisodiyotni shaklllantirish vazifasi bajarilmoqda. Buni amalga oshirish uchun iqtisodni sekin-asta va bosqichma-bosqich davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, keyin esa ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi davlat mulkini aksiyalashtirish amalga oshirila boshladi. Qishloqlardagi xo‘jaliklarda ham keng miqyosda islohotlar olib borilmoqda. Bu jarayon o‘ziga xos tomonlarga ega. Bizning hududlarda dehqonchilik tabiiy sharoitlardan kelib chiqqan holda sug‘orishga moslashgan. Yer suvsiz o‘z qiymatini yo‘qotadi. Shu bois bu yerda gap faqat yer haqida emas, balki yer-suv munosabatlari haqida boradi. Sug‘orishga moslashgan dehqonchilik hududlari iqtisodiyoti o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lganligi unga o‘z vaqtida «ishlab chiqarishning osiyo uslubi» nomi berilishi asos bo‘lgan. O‘ziga xos tomoni deganda yerning davlat tasarrufida ekanligi, suv inshootlari hamda ijara munosabatlari nazarda tutiladi. Inqilobdan avval Qo‘qon, Xiva xonliklari, Buxoro amirligida yerga xususiy mulkchilikning uch shaklidan – amlok (davlat), mulk (xususiy) va vaqf (musulmonlarning diniy tashkilotlari mulki) shakllari orasida amlok mulkchiligi – sug‘orish inshootlariga ham egalik qiluvchi xon xukumati mulkdorchiligi shakli yetakchi va hal qiluvchi hisoblangan. Amlok mulkchiligida dehqonlarga yer hissadorlik sharti bilan ishlatishga berilgan.

Sug‘oriladigan yerlarning xususiyatlarini va shakllangan an’analarini hisobga olgan holda bugungi kunda ham qishloqlarda islohotlar olib borilayotgan bir vaqtda yerni sotish huquqi bilan xususiy mulk sifatida bo‘lib berish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi. Yer davlat mulki bo‘lib qolveradi va u umr bo‘yi foydalanilib, meros qoldirish xuquqi bilan berilishi mumkin. Shu shartlar asosida fermer (dehqon) xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari kooperativlari tuzilmoqda. Agrar sektorda yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan kollektiv xo‘jalik – shirkatlar xo‘jalikning asosi bo‘lib qolmoqda. Agrar islohotlarni amalga oshirishda qishloqlardagi ishga yaroqli aholining ko‘pligi masalasi u yerlarda zamonaviy texnika bilan ta’minlangan kichik va o‘rta korxonalarni tashkil etish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohalarini kengaytirish yo‘li bilan hal etish muhimdir.

Islohotlarning bugungi bosqichida iktisodiyotning ko‘pukladli turi shakllanib bormoqda. Unga xususiy mulkchilikning turli shakllari plyuralizmi – davlat va nodavlat (xususiy, aksionerlik, jamoa, kooperativ mulki), shuningdek qishloq xo‘jaligining dehqon-fermer sektoridagi ijaraviy mulki ko‘proq xosdir. Shu bilan bir qatorda davlat hanuzgacha ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatini yo‘qotmagan holda barqarorlik, himoya va adolat kafolati rolini o‘ynashda davom etmoqda. Shunga ko‘ra, mamlakat taraqqiyotining har bir bosqichi o‘zgarib borayotgan sharoitlarga to‘liq javob bera oladigan talab va prinsiplarni amalda qo‘llashni talab qiladi. Mustaqil taraqqiyotning birinchi o‘n yilligi natijalari asosida islohotlarni chuqurlashtirish dasturi qabul qilingan edi. Unda iqtisodiyotni erkinlashtirishni davom ettirish va chuqurlashtirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, iqtisodiyotda xususiy mulkchilik ta’sirini kuchaytirish, kichik va o‘rta biznes tadbirkorlariga erkinlik va imtiyozlarni ko‘paytirish kabilar nazarda tutilgan.
3-§. Jamiyatning siyosiy sohasi
J
Сиёсийликнинг моҳияти
amiyatning siyosiy sohasi (yoki sodda qilib aytganda - siyosat) sotsium tuzilmasining asosiy qismlaridan biridir.
Keng ma’noda «siyosat» va «siyosiy soha» tushunchalari bir-biriga mos keladi. Tor ma’noda siyosat deganda odamlarning, siyosiy kuchlarning hokimiyatga egalik qilishi, uni saqlab turish, mustahkamlash va amalga oshirishga qaratilgan ongli xatti –harakati tushuniladi. Jamiyatning har bir a’zosi ma’lum bir darajada: davlatning fuqarosi sifatida, siyosiy partiya yoki ijtimoiy-siyosiy tashkilotning a’zosi sifatida, mehnat jamoasi yoki jamoatning a’zosi sifatida siyosiy soha bilan bog‘liqdir.

Yangi davrgacha falsafada «ijtimoiy» va «siyosiy» degan tushunchalar deyarli sinonim so‘zlar degan nuqtai nazar mavjud edi, shunga ko‘ra, siyosiy soha umumiy ijtimoiy-falsafiy muammolardan ajratilmas edi. Faqat XVII-XVIII asrlarga kelibgina siyosiylik tushunchasi inson faoliyatining turli, nisbatan mustaqil predmet sohalaridan, shu jumladan axloq, iqtisodiyot sohasidan farqli o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘la boshlaydi.

Turli manfaatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy guruh va jamoatlarning shakllanishi va faoliyat ko‘rsatishi ular o‘rtasidagi siyosiy munosabatlarning shakllanishida muhim bir asosga aylanadi. Antik davrdan beri «siyosiylik» so‘ziga ta’rif berishga harakat qilib kelindi. Masalan, Arastu barcha sohalar orasida siyosatga qat’iy ravishda birinchilikni bergan, jumladan, «agar barcha bilim va san’atlarning oxirgi maqsadi yaxshilik bo‘lsa, unda barcha bilim va san’atlar orasida eng oliy yaxshilik siyosatning maqsadidir»101, deb baho bergan edi.

Ko‘p asrlar davomida Sharqda ham G‘arbda ham siyosatni ijtimoiy-siyosiy jihatdan tushunish shakllanib keldi. Bunda siyosat asosan ijtimoiy jarayonlarni boshqaradigan soha sifatida tushunildi. Beruniyning ta’kidlashicha, «boshqarish va yetakchilik qilish – bu boshqariladiganlarning tinchligi deb o‘z tinchligidan voz kechishdir… Ularning oilalari, mol-mulklari va hayotlarini qo‘riqlash hamda himoya qilish uchun o‘z kuchini yo‘qotishdir».102

Siyosatning mohiyatini tushunishda Forobiy ham o‘z hissasini qo‘shgan. Siyosiy fanning predmeti sifatida u quyidagilarni aytib o‘tadi: a) turli guruhlarning ongli harakatlari, odatlari, me’yorlari, ko‘nikmalari va boshqalar; b) ularning qanday maqsadga va nima uchun yo‘naltirilganligi; v) ularning insonda namoyon bo‘lishining shakl va usullari; g) ularning insonning xatti-harakatlarida mustahkamlashni boshqarishning usullari va yo‘llari.103

Siyosatning mohiyatiga oid zamonaviy falsafiy qarashlarning shakllanishida J.Lokk, T.Gobbs, N.Makiavelli (1469-1527), Sh.Monteske, J.-J.Russo, G.Xegel, A.Tokvil, L.Feyerbax, K.Marks, K.Popper va shu kabi mutafakkirlarning g‘oya va ta’limotlari muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun ham hozirgi zamon jamiyati siyosat sohasining fundamental asosi shakllanishida va ularni asoslashda bu mutafakkirlarning xizmatlari kattadir. Xususan, N.Makiavelli birinchilardan bo‘lib, siyosatning inson hayoti va jamiyatda alohida va mustaqil o‘rin egallashini aniq asoslab bergan. Shuningdek, T.Gobbsning «Leviafan»i, J.Lokkning «Davlatni idora etish haqidagi ikki risola»si, Sh.Monteskening «Qonunlarning ruhi haqida»gi asari, J.J.Russoning «Ijtimoiy bitim to‘g‘risida»gi, Xegelning «Huquq falsafasi» asari, I.Kantning «Abadiy dunyo to‘g‘risida»gi risolasi, K.Popperning «Ochiq jamiyat va uning dushmanlari» asari va boshqalarning asarlarini yuqori baholash mumkin.

H
Жамиятнинг сиёсий тизими
ozirgi zamondagi ijtimoiy-falsafiy fikrlarga binoan siyosat «davlat hokimiyati va shu jamiyat ichidagi davlat (shu jumladan, milliy davlat) tuzilmasi bo‘yicha katta ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi, shu jumladan, xalqaro maydonda davlatlar o‘rtasidagi munosbaatlar»
104 sohasi sifatida tushuniladi. Keng ma’noda jamiyatning siyosiy tizimiga siyosiy faoliyat, siyosiy rejim, siyosiy nazariya va boshqalar kiradi. Tor ma’noda esa siyosiy soha jamiyat siyosiy tizimining sinonimi sifatida tushuniladi.

Jamiyatning siyosiy tizimi sotsiumning asosiy qismi hisoblanadi. U boshqa tizimlar – iqtisodiy, mafkuraviy, huquqiy, ma’naviy va boshqa tizimlar bilan o‘zaro aloqadorlikda va ta’sirda bo‘ladi.

Muayyan jamiyatning siyosiy tizimi o‘zining ijtimoiy tabiati, ijtimoiy qurilishi, boshqarish shakli, siyosiy munosabatlarning turi bilan belgilanadi. Siyosiy tizim siyosiy institutlar, ijtimoiy tuzilmalar, me’yorlar va qadriyatlarning majmuasidan iborat bo‘lib, siyosiy hukumat orqali amalga oshiriladi. Siyosiy tizim turli siyosiy sub’ektlar faoliyatlarining uzluksizligini, ular o‘rtasidagi aloqani va muvofiqlashlarni ta’minlaydi. U ijtimoiy ziddiyatlar va kelishmovchiliklarni yechish yo‘llarini ko‘rsatib, jamiyat taraqqiyotiga erishish yo‘lida turli ijtimoiy kuchlarni birlashtiradi. Siyosiy tizim sotsiumning maqsadga erishish resurslarini safar ettiruvchi va qarorlarni ishlab chiquvchi mexanizmdir.

Jamiyat siyosiy tizimining asosi, poydevori davlatdir. Davlatning asosiy vazifasi siyosiy hokimiyat va siyosiy boshqarishni ta’minlashdir. Davlatning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: a) boshqa sotsiumlar ustidan oshkorona hukmronlik; b) suverenitet – ma’lum hududlardagi to‘liq hukmronlik; v) hukmronlik vakolatlari amal qiladigan hududning o‘zi (undan davlatni mamlakat deb tushunish kelib chiqadi); g) huquqiy hujjatlarni chop etish va ularning bajarilishini talab qilishga bo‘lgan mutlaq huquq; d) soliqlar va yig‘imlar undirish huquqi (davlat apparatini ta’minlash va boshqalar uchun)105.

Hozirgi vaqtda ko‘p zamonaviy davlatlar hokiyamiyatni bo‘lish asosiga qurilgan. Hokimiyatning uch tarmog‘i – qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati bir-birlariga halaqit bermay, bir-birlarining ishlariga aralashmay o‘z vazifalarini bajaradilar. Jamiyat siyosiy tizimining boshqa elementlari – siyosiy partiyalar, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlar va harakatlar bilvosita siyosiy institutlar deb ataladi106. Siyosiy rejimlarning demokratliligi oshishi bilan ularning ahamiyati ham oshib boradi. «Siyosiy boshqarish» va «ijtimoiy boshqarish» tushunchalari bir-biriga o‘xshash tushunchalardir, lekin aynan emas. Birinchisi davlatni boshqarish bilan bog‘liq, ikkinchisi esa, umuman jamiyatni boshqarishni anglatadi. Davlat va hokimiyat bir-biri bilan birlashib, ajralmas bo‘lib ketgan totalitar va avtoritar rejim sharoitlari davrida bu ikki tushuncha bir xil ma’noni anglatishi mumkin va ular o‘rtasidagi tavofutni anglash qiyin.

Demokratik taraqqiyot sharoitida fuqarolik jamiyati, ya’ni sotsiumning davlat tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bevosita boshqarilmaydigan qismi: kasaba va ijodiy uyushmalar, nosiyosiy jamoat tashkilotlari (yoshlar, ayollar, faxriylar tashkilotlari, ekologik va xayriya tashkilotlari va boshqalar), turli qiziqishlar bo‘yicha tuzilgan jamiyatlar va klublar, cherkov, xalq harakati va hokazolar muhim rol o‘ynaydi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bir-biriga qarshi turuvchi antitezalar emas, balki demokratiya sharoitida jamiyatning siyosiy tizimining o‘zaro aloqador va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi qismlaridir.

K
Мустақиллик шароитида Ўзбекистонда демократия ва янги сиёсий тизим ривожланишининг ўзига хос хусусиятлари
eng qabul kilingan fikrlarga ko‘ra, bugungi kungi demokratiya – jamiyat ijtimoiy-siyosiy tuzilishining – eng oliy va eng yaxshi shaklidir. Tarixiy tajriba va ilmiy nazariyalar demokratik jamiyatning asosiy umumiy tamoyillarini ta’riflab berganlar: erkin fikr bildirish, kamchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning deklaratsiya qilingan tenghuquqliligi, ularning jamiyat va davlatni boshqarishdagi teng huquqliligi. Asosiy davlat organlarining saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisobot berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllantirilgan davlat organlarining saylov muassasalari oldida hisobot berishi va boshqalar ham asosiy tamoyillardan hisoblanadi. Lekin ko‘rsatib o‘tilgan prinsiplarning amalga oshishi har bir muayyan davlatning sivilizatsiyaviy, mintaqaviy, milliy xusuiyatlariga va muayyan vaziyatiga bog‘liq bo‘ladi.

Hozirgacha keng tarqalgan fikrlar borki, ularga asosan demokratiya – mutlaqo g‘arb an’analariga asoslangandir. Sharq jamiyatlarini demokratlashtirish esa, g‘arb demokratik qadriyatlarini yangi zaminga ko‘chirish demakdir, degan fikrlar ham bor. Lekin bunday ta’kid ob’ektiv asosga ega bo‘lmagan, tarixiy-siyosiy jarayonlarga yevropotsentrik qarashlardan boshqa narsa emas. Hozirgi zamon hind faylasuflaridan Daya Krishna 1995 yilda Gonoluluda o‘tkazilgan faylasuflarning VII konferensiyasida o‘zining «Demokratiya va adolatlilik: nog‘arbcha nuqtai nazardan falsafiy mushohadalar» mavzusidagi ma’ruzasida shunday deydi: «Agar demkoratiyani mansabini suiiste’mol qilish va zo‘ravonlikka qarshi institutsiyaviy va prossesual tayanchni yaratish deb tushunilsa, unda qadimgi davrdan to hozirgacha u Sharq va G‘arb siyosatdonlarning fikrini bir xilda band qilib kelgan. Faqatgina, u yoki bu madaniyatning qadriyati bo‘lgan demokratiyaga erishishning «strategiyasi» (yo‘li) turlicha bo‘lgan»107. Masalan, hind gandizmi doktrinasiga ko‘ra demokratik ruh tashqaridan olib kirilmaydi, ichki sharoitdan kelib chiqishi kerak. Demokratiya «hokimiyatning axloqiy avtoritetida» mavjud bo‘ladi. Erkinlik bilan ijtimoiy burchning eng yaxshi uyg‘unligi o‘z-o‘zini boshqarish (svaraj) va zo‘ravonlik qilmaslik yo‘li bilan amalga oshiriladi. Yoki bo‘lmasa, xitoycha demokratiya modellaridan biri konfusiylik demokratiya boshqaruvchi, hokimiyat tepasida turuvchi shaxslarni shakllantirishga katta ahamiyat beriladi. Xalq to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshqarishga qodir bo‘lmaganligi uchun hokimiyatni o‘z vakillariga elitaga, liderlarga (ideal shaxsga) topshiradi. Ushbu yetakchi shaxslarning asosiy xislatlari yuqori ahloqiy sifatlaridadir.

Hozirgi zamonaviy mamlakatlarning nafaqat nazariyasida, balki amaliyotida ham sharq demokratiyasining xususiyatlarini ko‘ramiz. Masalan, Yaponiya va Turkiyada demokratik rejim o‘rnatilganligi to‘g‘risida so‘z borar ekan, ularning iqtisodiy va boshqa yutuqlari zamirida o‘rta asrlardan buyon saqlanib kelayotgan qattiq ierarxal tuzilmalar yotganini ko‘rish mumkin.

O‘zbekistonda demokratik huquqiy davlatni shakllantirishda g‘arbga xos demokratik qadriyatlarni tatbiq etishda shuni e’tiborga olinadiki, birxillari, masalan, kishilarni siyosatga haddan ziyod aralashuvi va individualizm bizga mos kelmaydi: boshqalarini qabul qilish uchun esa hali sharoit va xalqning ongi yetarli shakllanmagan; uchinchilari esa muvaffaqiyatli ravishda hayotga tatbiq etilmoqda. Bunda sharqona ruh, milliy mentalitet va mamlakatdagi muayyan-tarixiy sharoit hisobga olinadi.

Umuman olganda, yangi siyosiy tizimning shakllanishida nafaqat sobiq sotsialistik makon tugatilgandan so‘ng paydo bo‘lgan mustaqil davlatlarda yuz berayotgan umumiy jarayonlarni hisobga olish, balki faqat O‘zbekiston uchun xos bo‘lgan xususiyatlarga ahamiyat berish kerak. Bu xususiyatlarni uch xil darajada bo‘lganligini bosqichga ajratish mumkin: sivilizasion, hududiy va milliy. Birinchisida sharq sivilizatsiyaning xususiyatlari, sharq madaniyati, G‘arb demokratiyasidan farqli bo‘lgan sharq demokratiyasi nazarda tutiladi. Bu, masalan, ijtimoiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda, shu jumladan, siyosiy sohada ham «yangi shaklga o‘tishda muvozanatni saqlab, shoshilmasdan, ehtiyotkorlik bilan olib borishda namoyon bo‘ladi. Demokratiyaning g‘arbiy namunasini qabul qilish esa, agar ular umuminsoniy qadriyatlarni mujassamlashtirgan bo‘lsa, fuqarolarning uni qabul qilishga tayyorligiga qarab sekin-asta ro‘y beradi.

Hududiy xususiyatlarga kelsak, ularga Markaziy Osiyoga xos bo‘lgan paternalizm bilan bog‘liq bo‘lib, u esa, hokimiyatga hurmat, qonunlarga itoat qilish va boshqalardan iborat. O‘zbekiston Respublikasida o‘tish davrida, kuchli hokimiyat o‘rnatish shu bilan ham bog‘liq. Bu konkret holda, masalan, hokimlarni joylarda ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi hokimiyatni birlashtiruvchi hokimlar institutining tiklanishida namoyon bo‘ldi. Va nihoyat, tariximiz, an’analar va urf-odatlarimiz milliy o‘ziga xoslik ham mavjud. Bunga mahallalarga o‘zini-o‘zi boshqarish huquqi berilishi, mahallaning davlat tuzilmasining elementi ekanligi, unga davlat maqomi berilishi, uning o‘z hududida tartib va intizom o‘rnatishi, xo‘jalik va maishiy masalalarni o‘zi hal qilishi va yana, masalan, kam ta’minlangan va ko‘p bolali oilalarga ijtimoiy yordam berishi ham kiradi. Va nihoyat, muayyan sharoitlar hisobga olinadigan bo‘lsa, xususan, ichki siyosatda – islohotlar uchun sharoitlarning yetilgan-etilmaganligi, xalqning turmush darajasi pastligi, tashqi siyosatda chegaradosh mamlakatlardagi vaziyat (masalan, Afg‘oniston) shular jumlasidandir. Shu munosabat bilan mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda siyosiy tizimning shunday varianti qabul qilindiki, bunga asosan demokratik institutlar – parlament, ko‘ppartiyaviylik asosida shakllangan tizimlar – prezidentlik vertikalning boshqa barcha siyosiy institutlaridan ustuvorligi bilan hamohangdir.

Albatta, o‘ziga xosliklar yaqqol ko‘rinib turibdi, lekin gap faqat ularda emas. Demokratlashtirish jarayoni hali tugallanganicha yo‘q, u shakllanishda davom etayapti. Bir qancha muammolar, kamchilik va yetishmovchiliklar, xususan, amaliy erkin muxolifatning shakllanishidagi ommaviy axborot vositalarining «to‘rtinchi hokimiyat»ga aylanishidagi qiyinchiliklar va boshqalar mana shu ob’ektiv va sub’ektiv omillar bilan izohlanadi».

Umuman olganda, mustaqillik yillarida asosan milliy davlatchilikning asosiy belgilari, Yangi siyosiy tizimi – davlatning huquqiy asoslari shakllandi; O‘zbekiston Respublikasining demokratiyaning hamma talablariga javob beruvchi Konstitutsiyasi qabul qilindi; ko‘ppartiyaviy-lik asosida parlament – Oliy Majlis saylanadi, hokimiyatining bo‘linishi konstitutsiyaviy prinsipi amalga oshirildi; hokimiyatning ijro etuvchi va sud tarmoqlari shakllantirildi. Demokratik andozalarni chuqurlashtirish va davlat boshqaruvi hamda jamiyat qurilishda qo‘llash maqsadida 2002 yilning yanvarida o‘tkazilgan referendum va Oliy Majlisning XI sessiyasida qabul qilingan konstitutsiyaviy qonunlar asosida Oliy Majlisning maqomi va vakolatlariga Prezidentning, Vazirlar Mahkamasi vakolatlariga va saylov tizimiga o‘zgarishlar kiritildi. Bir palatali Oliy Majlis o‘rniga ikki palatali parlament – yuqori palata, Senat (o‘z tarkibiga hududlardagi sub’ektlardan – Kengashlardan saylangan deputatlarni birlashtiruvchi vakillik organi)dan va partiya ro‘yxatlari bo‘icha hamda o‘z nomzodini o‘zi ilgari surish yo‘li bilan saylanadigan Qonunchilik palatasidan iboratdir. Prezident vakolatlarini bir qismi, birinchi navbatda davlat sud tuzilmalari va maxsus xizmatlarga taalluqli, shuningdek, tashqi diplomatik vakillarni tanlash va tasdiqlash vakolatlari ham Senatga topshirildi. Quyi, Qonunchilik palatasining faoliyati sessiya oralig‘ida faoliyat ko‘rsatish tartibidan doimiy asosda ishlashga o‘tkaziladi. Bu va boshqa o‘zgarishlar yanada mukammal demokratik jamiyatni shakllantirishga va hokimiyat tuzilmalarining yanada mukammal mutanosiblashuviga, davlatni boshqaruvi va jamiyat qurilishidagi demokratik islohotlarni o‘tkazishni yanada chuqurlashtirishni taqozo etadi. O‘zbekiston fuqarolik jamiyati qurishni maqsad qilib olgan, kelgusida davlatni boshqarishdagi ko‘p vazifalar xalqning o‘ziga o‘tkaziladi, faqat ichki va tashqi siyosat, umummilliy strategik vazifalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bularga kirmaydi.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə