1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə15/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

4-§. Jamiyatning ijtimoiy hayoti
E
Ижтимоийликнинг моҳияти
timologik nuqtai nazardan «ijtimoiy» degan so‘z «jamiyat» atamasi bilan sinonimdir. U keng ma’noda «jamiyatning ijtimoiy sohasi»ni belgilaydi. Shu jihatdan jamiyatning hamma sohalar – iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy sohalari ijtimoiy sohalar deyiladi. Biroq shu bilan birga jamiyatning alohida ijtimoiy sohasi bo‘lib, u – har xil ijtimoiy guruhlar, turli darajada uyushgan elatlar (ijtimoiy qatlam, strategiya, etnoslar, ijtimoiy demokrafik guruhlar, alohida jamoalar va boshqalar) o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Ijtimoiy munosabatlarning xususiyatlari shundaki, ular jamiyatning hamma sohalariga kirib borgan. Ularni faqat iqtisodiy, siyosiy yoki ma’naviy munosabatlar, deb ajratish mumkin emas.

Shuni aytish mumkinki, ijtimoiy sohaning asosini individning ijtimoiylashuvi tashkil qiladi, ya’ni bunga uning me’yorlar, qadriyatlar, namunali xulq ko‘rsatmalarini bajarishi kiradi. Agar iqtisodiy va ma’naviy sohalarda individ moddiy va ma’naviy boyliklarni ishlab chiqaruvchi va ehtiyojlarni ta’minlovchi bo‘lsa, siyosiy sohada siyosatning ob’ekti va sub’ekti bo‘lsa, ijtimoiy sohada esa ijtimoiy individdir, ya’ni u sotsiumning (jamiyatning) a’zosidir. Individ sotsiumga turli guruh va birlashmalar orqali a’zo bo‘lgani uchun turli guruh va birlashmalarning faoliyati ijtimoiy sohaning asosiy mazmunini tashkil qiladi. Ijtimoiy birlashmalar va guruhlar jamiyatning ijtimoiy tuzilishini (strukturasini) tashkil qiladi.

I
Жамиятнинг ижтимоий структураси
jtimoiy struktura o‘z tabiatiga ko‘ra ob’ektiv xususiyatga ega bo‘lib, u qonun chiqaruvchining qarorlari bo‘yicha ta’sis etilishi yoki bekor qilinishi mumkin emas. Jamiyatning ijtimoiy strukturasi undagi guruhlarning o‘zaro aloqadorligi va o‘zaro ta’sirini ham o‘z ichiga oladi.

Jamiyat strukturasining quyidagi turlarini ajratish mumkin: demokrafik, etnik, ijtimoiy-sinfiy, joylashishiga ko‘ra hududiy, kasbiy-ma’rifiy, konfessional tuzilish va boshqalar.

Har bir individ yoshligi yoki keksaligi, shaharli yoki qishloqdan ekanligi, qaysi etnos, konfessiya vakili, sinf, kasbi va boshqa xususiyatlari bo‘yicha turli xil tuzilmaga kiradi. Jamiyatning demografik strukturasida aholining tarkibini jinsi, yoshi, mehnatga yaroqliligi, aholining zichligi va umumiy soni, o‘sish darajasi, migratsiyaning xarakteri, sog‘lig‘ining holati aks etadi. Ko‘plab mutafakkirlar asrlar davomida jamiyatning demografik holatiga o‘z e’tiborlarini qaratganlar. Ularning mashhurlaridan biri T.Maltus nazariyasi bo‘lib, u XVIII asr oxiri XIX asr boshlarida «aholi o‘sishining abadiy qonuni»ni asoslab berishga harakat qildi. Bu qonunning mohiyati shundan iboratki, «hamma yirik jonzot kabi aholi (xalq)ning o‘z tasarrufidagi oziq-ovqatga nisbatan tezroq ko‘payishga intiladi». Maltus aholining yashash uchun kerak bo‘lgan vositalari arifmetik (1, 2, 3, 4, 5…), aholining o‘zi esa geometrik (1, 2, 3, 4, 8, 16…) progressiya bo‘yicha ko‘payishini hisoblab chiqdi. Yer aholisining umumiy soni va zichligi nisbatan uncha yuqori bo‘lmagan davrlarda Maltus nazariyasiga yetarlicha ahamiyat berilmadi. Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasida demografik inqiroz aholining ko‘payib ketishi bilan bog‘liqligi Maltus nazariyasiga e’tibor qaratish kerakligini taqozo qildi.

Polietnik (ko‘pmillatli) va polikonfessiyaviy jamiyat uchun etnik va konfessiyaviy struktura dolzarbdir. Birinchi holatda ijtimoiy birlik, ya’ni qabila, millat, xalq (umuman -etnos) to‘g‘risida gap ketsa, ikkinchisida esa konfessiyaviy (diniy) birlashmalar ustida gap boradi. Agar jamiyatning etnik tuzilmasida etnik birliklarning rivojlangan shakli – millatlar mavjud bo‘lsa, u ko‘pmillatli bo‘ladi. Yevropa, Amerika va Osiyodagi ko‘plab mamlakatlar shular jumlasiga kiradi. Agar etnik strukturasida qabilalar bo‘lsa, unday jamiyat polietnik bo‘ladi. Afrika, Okeaniya va Osiyoning qator mamlakatlaridagi jamiyatlar shular jumlasidandir.

Jamiyatning ijtimoiy-sinfiy strukturasiga kelsak, u sinflar, qatlamlar, tabaqalar, stratlardan iboratdir. Sinflar deganda odamlarning katta guruhlari tushuniladi, ular quyidagi sifatlari bilan farq qiladi: a) ijtimoiy ishlab chiqarish tizimidagi ma’lum o‘rni; b) ishlab chiqarish vositalariga munosabati; v) mehnat taqsimoti tizimidagi roli; g) foyda olish usuli; d) ijtimoiy boylikdagi ulushi bilan. Lekin bir qator guruhlar ham borki, ular sinflarga xos xususiyatlarga ega emas (ziyolilar, byurokratiya, lyumpenlar va boshqalar), shunga qaramay ular baribir ijtimoiy strukturaning elementi hisoblanadilar.

Hozirgi zamon jamiyat falsafasida ijtimoiy strukturani o‘rganishda straktifikatsiyaviy yondashuv mavjud. Uning asoschilaridan biri P.A.Sorokinning yozishicha: «Ijtimoiy stratifikatsiya – bu ierarxiya darajasiga qarab differensiya qilingan odamlar (aholi)ning bir guruhlaridir. Uning asosi va mohiyati huquq va imtiyozlarning, javobgarlik va vazifalarning nomutanosib taqsimlanganligi, ijtimoiy qadriyatlarning mavjudligi yoki yo‘qligi, u yoki bu hamjamiyatga kiruvchi guruhlarni hokimiyati va a’zolar o‘rtasidagi ta’sirini bor-yo‘qligidan iborat. «Strat» va «sinf» tushunchalari bir-biriga yaqin bo‘lsa ham, ular bir-birlaridan farq qiladilar. «Strat» tushunchasi o‘zida keng doiradagi hodisalarni mujassamlashtirib, «sinf» tushunchasiga nisbatan moslashuvchandir.



Hududiy-yashash strukturasi «odamlarning yashash hududlariga, ayni bir yoki turlicha yashash joylariga mansubligi bilan bog‘liq holdagi o‘zaro munosabatlarini»108 ifodalaydi. Strukturaning bu turi tarixda yaxlit, agrar, qishloq jamiyati o‘zidan shaharlarni ajratib chiqargan davrda paydo bo‘lgan. Bu asosan mashg‘ulotlarning yangi turlari: hunarmandchilik, savdogarlik, keyinchalik – intellektual mehnat paydo bo‘lgan davrga to‘g‘ri keladi. Shaharlar faqat savdo-hunarmandchilik emas, mudofaa, ma’muriy-siyosiy, madaniy markazlar sifatida ham paydo bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash kerakki, XX asrgacha shahar bilan qishloq o‘rtasida aholining ish bilan ta’minlanganligi, bo‘sh vaqtning hajmi, hordiq chiqarish shakli, bilim darajasi, migratsiyaning xarakteri, mikrosharoitni tanlashdagi erkinlik, ijtimoiy faollik, oilaviy hayotning xarakteri va boshqalar bo‘yicha tavofutlar chuqurlasha boshladi. XX asrda esa shahar va qishloq o‘rtasidagi farqni iloji boricha kamaytirish masalasi qo‘yila boshlandi, vaholanki, qishloqlar qator ustunliklarga ega (ayniqsa ekologik).

Hozirgi zamon jamiyati uchun kasbiy-ma’rifiy strukturaning ahamiyati kattadir. Sotsium qanchalik darajada rivojlangan bo‘lsa, bu struktura shunchalik murakkab va sertarmoq bo‘ladi. Bu tuzilma ijtimoiy mehnatning chorvachilik va dehqonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq, qishloq xo‘jaligi, aqliy va jismoniy mehnatga bo‘lingach paydo bo‘ldi. Ba’zi kasb-hunarlar vaqt o‘tishi bilan eskirib, kerak bo‘lmay qoladi va ularning o‘rniga ulardan ham ko‘proq kasblar paydo bo‘ladi. Masalan, faqat birgina XX asr davomida deyarli hamma izvoshchilar yo‘q bo‘lib, uchuvchi va kosmonavtlar paydo bo‘ldilar. Uy shveysarlari yo‘q bo‘lib, ko‘psonli «sekyuriti»lar paydo bo‘ldilar. Ko‘psonli ko‘chirib yozuvchilar o‘rniga kompyuterlarda ishlovchi kotiblar paydo bo‘ldi. Hozirgi zamon jamiyatini yuqori darajali ta’limsiz tasavvur qilish qiyin. Shuning uchun ham uzluksiz ta’lim va tarbiya tizimini zamon talablari asosida rivojlantirish O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy ustivorliklaridan biri hisoblanadi.

I
Ўзбекистон жамиятнинг ижтимоий тузилмасидаги ўзгаришлар


slohotlar davrida iqtisodiy bazisda yuz bergan o‘zgarishlar jamiyatning ijtimoiy strukturasiga ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Sovet davrida markscha-lenincha nazariyaga ko‘ra jamiyatda ikkita sinf mavjud edi: iqtisodiy asosi davlat mulki bo‘lgan ishchilar sinfi; kolxoz – kooperativ mulkka suyanadigan kolxozchi-dehqonlar sinfi va ijtimoiy qatlam bo‘lgan – ziyolilar. Bunday bo‘linishning birdan-bir mezoni – mulkka bo‘lgan munosabat edi. Asosiy yetakchi kuch – ishchilar sinfi hisoblanib, uning vazifasi butun dunyoda kommunistik jamiyat qurish edi. Mamlakatda chuqur islohotlar amalga oshirilayotgan va ijtimoiy tabaqalashuv jarayonlari kechayotgan hozirgi davrda bunday yondashuvni qabul qilib bo‘lmaydi. Metodologik nuqtai nazardan butun dunyoda tan olingan ijtimoiy stratifikatsiya nazariyasini qo‘llash to‘g‘riroq bo‘ladi. Bu nazariyaga asosan jamiyatda nafakat mulkka munosabatiga ko‘ra, balki boshqa turli ko‘rsatkichlarga asosan farq qiladigan turli ijtimoiy qatlamlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Haqiqatan ham ishchilar sinfi ichida tabaqalashuv jarayoni ketmoqda – masalan, davlat korxonalaridagi ishchilar qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha, shu jumladan ish haqiga ko‘ra, xususiy korxonalardagi ishchilardan farq qiladi. Aksionerlik korxonalar paydo bo‘lishi bilan ishchilarda mulkning yo‘qligi bilan bog‘liq asosiy belgi yo‘qoladi. Ishchi endi korxonaning aksiyalariga ega bo‘lishi va shu korxona yoki biror bir boshqa mulkka birgalikda egalik qilishi mumkin.

Malakalarning darajasi bo‘yicha ham tabaqalashuv jarayoni yuz bermoqda. Jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi ishchilar yangi texnika va texnologiya bilan ishlovchi ishchilardan farq qiladi. Jismoniy ishni aqliy ish bilan birga olib boruvchi «zangori yoqalilar» deb ataluvchi qatlam ham paydo bo‘ldi. Ishlab chiqarishning zamonaviylashuvi natijasida aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi «oq yoqalilar» deb ataluvchi injener-texnik ishchilar, boshqaruvchilarning ham soni borgan sari oshib bormoqda. Industrial mehnat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham ishchilar qatlamlarga ajralmoqda. Agrar sektorda ham xuddi shunday jarayon yuz bermoqda. Hozirgi fermer (dehqon) maqomi moddiy daromadi bo‘yicha kolxozchidan farq qiladi. Qishloqlardagi kichik korxonalarda ishlovchi ishchilar shahar ishchilaridan farq qiladi va boshqalar. Ammo hozirgi davrning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, ishlab chiqarish sohasida ham, xizmatlar ko‘rsatish sohasida ham xususiy mulkka ega bo‘lgan ijtimoiy qatlamning paydo bo‘lmoqda. Intellektual mulkka ega bo‘lganlar esa, alohida o‘rinni egallaydi. Bular hali kichik qatlam bo‘lsalar ham, bozor iqtisodiyoti munosabati shakllanishi sharoitida ular katta kelajakka ega. Ular nafaqat ishlab chiqarish sohasida, balki siyosiy sohaga ham, madaniyatni rivojlantirishga ham o‘z hissalarini qo‘shishlari kerak. Xuddi shu qatlam yangi munosbatlarning shakllanishi asosida «o‘rta sinf»ga aylanuvchi, shakllanib borayotgan o‘rta qatlamning negizi bo‘ladidir. «O‘rta qatlamlarning qimmati shundaki, ular mexanik tarzda davlat yordamida yoki inqilobiy tadbirlar (quyi sinfga xos bo‘lgan) orqali boyib ketish mumkin emasligini anglab yetadilar. Ularning ma’naviy qarashlarining asosi: iqtisodiy farovonlik organik ravishda mehnatsevarlik, kuch-g‘ayrat, tadbirkorlik va ma’rifatga bog‘liqdir», - deb uqtiradi S.L.Frank109. Faqat o‘rta sinfgina fuqarolik jamiyatning asosini tashkil qilib, hozirgi zamon rivojlangan mamlakatlarida siyosiy barqarorlikni saqlab turadi. Bizning mamlakatimizda shakllanadigan jamiyat ham xuddi shunday bo‘lishi kerak.

Yangi jamiyatning shakllanishi jarayonida va unga yo‘ldosh «o‘tish inqirozi» chog‘ida odamlarning mulkiy tabaqalashuvi chuqurlashadi. Bir tomondan, boylar «yangi o‘zbek»lar paydo bo‘ladi, boshqa tomondan esa odamlarning ko‘plab qismini yashash darajasi pasayadi. Boylar va kambag‘allar o‘rtasidagi yashash tarzining farqi jamiyatda noroziliklarni vujudga keltiradi. Buning oldini olish uchun kuchli ijtimoiy siyosat olib borishga to‘g‘ri keladi. Bunday ijtimoiy siyosatning mohiyati taqsimlash, tenglashtirish yo‘li bilan borishdan iborat emas. Ijtimoiy siyosat mohiyatiga asosan, birinchidan, mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar uchun o‘zlarini va oilalarini boqishi, tashabbus ko‘rsatishi, tadbirkorligi, bilimlarini qo‘llashi va boshqalar uchun bir xil sharoitlarni yaratish zarur; ikkinchidan esa, mehnat haqi belgilab qo‘yilgan odamlarga, ya’ni byudjet sohasida ishlovchilarga, inflyatsiya darajasiga qarab haq to‘lash kerak bo‘ladi. Uchinchidan, pensionerlar, o‘quvchi (talaba)lar, ishsizlarni ijtimoiy himoya qilish zarur. Va nihoyat, ko‘p bolali va kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam berish lozim.
5-§. Jamiyatning ma’naviy sohasi

J
Маънавиятнинг моҳияти


amiyatning ma’naviy sohasi ko‘pincha madaniyat bilan tenglashtiriladi. Bunday tenglashtirish unchalik to‘g‘ri emas, chunki madaniyat faqatgina ma’naviy bo‘lmasdan moddiy xususiyatga ham egadir. Buning ustiga, madaniyat integral xususiyatga ega bo‘lib, jamiyatning hamma tomonlari (iqtisodiyot sohasi iqtisodiy va moddiy madaniyatni, siyosat sohasi siyosiy madaniyatni o‘z ichiga oladi va boshqalar)ga kirib boradi. Moddiylik va ma’naviylik bir-biriga qarama-qarshi tomonlar (antitez) bo‘lmasdan, ular bir-birga o‘zaro ta’sir qiluvchi va o‘zaro bir-birini to‘ldiruvchi ijtimoiy rivojlanish omillaridir. U yoki bu xalq ma’naviyatining shakllanishi, shu xalqning yashaydigan tabiiy-iqlimiy sharoitlari, ularning u yoki bu darajada rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari bilan belgilanadi.

Ma’naviyat ijtimoiy hodisa va ilmiy tushuncha sifatida o‘zga xos ko‘plab xususiyatga ega bo‘lib, mustaqil ob’ekt sifatida falsafiy tahlil qilishni talab etadi. Barcha davrlarda yashagan mutafakkirlar «ruh», «ma’naviyat», «ma’naviylik» kabi tushunchalar to‘g‘risida bosh qotirganlar. Qadimgi Sharq (Xitoy, Hindiston, Vavilon, Misr va boshqalar), so‘ngra antik davr va o‘rta asrda yashagan mutafakkirlar ma’naviylik muammosiga katta e’tibor qaratganlar. Gilgamesh to‘g‘risidagi Shumer eposi, hind Vedalari va Upanishadlari, Konfusiy, Avesto ta’limotlari, Aflotun, Arastu, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, A.Navoiy va boshqa mutafakkirlarning asarlari bu masalaga qiziqish kuchli bo‘lganligi, ma’naviyat inson rivojlanishining eng cho‘qqisi ekanligi va u doimo ilmiy-falsafiy qiziqish uyg‘otganligini ko‘rsatadi.

Yangi davrga kelib, bu muammoga qiziqish yanada kuchaydi, bu qiziqish o‘sha davrlarda yuz bergan ilmiy-intellektual inqilob bilan, ko‘p narsalarga nisbatan qarashlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq edi. Fan va texnika qanchalik darajada rivojlansa, ma’naviyat to‘g‘risidagi masalaga shunchalik e’tibor kuchayib, ilmiy-texnik rivojlanishning ma’naviy mohiyati to‘g‘risidagi masala tez-tez yuzaga chiqib turdi. Ma’naviylik va onglilik, ma’naviylik va intellektuallik tushunchalarining ma’nolarini bir-biri bilan aralashtirib yuborish holatlari tez-tez yuz berib turdi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zining ma’nosiga va hajmiga ko‘ra ma’naviy soha rasional (aqllilik) sohasiga qaraganda kengroqdir. Ma’naviylikning shakllanishidagi asosiy narsa bilim olishgina emas, balki bilim olishning ma’nosi va maqsadidir. Ma’naviylik maqsadlar, mohiyatlar va qadriyatlar ierarxiyasining indikatori bo‘lib xizmat qiladi. U individni o‘rab turgan voqelikni ma’naviy jihatdan yuksak darajada o‘rganishini aks ettiradi.

Shuni aytish kerakki, ma’naviyat dunyoviy va diniy bo‘lishi mumkin. Lekin ma’naviyatni faqat dinga bog‘lash ham mumkin emas. Hatto o‘rta asrlarda, din hukmron bo‘lgan davrlarda ham ilg‘or fikrga ega bo‘lgan mutafakkirlar ma’naviyatni diniylikdan farq qilishini va undan kengroq ma’noga ega ekanligini qo‘rqmasdan ta’kidlaganlar. Masalan, Ibn Sino o‘zining buyuk asari «Donishnoma»da ma’naviylikni substansiya (moddiy substansiya bilan birga)ning ko‘rinishlaridan biri, deb ta’riflaydi. O‘rta asr mutafakkirlarini ateistlar deb atash mumkin emas. Lekin ular ma’naviyatni diniylikdan keng mazmunga ega deb o‘ylaganlari haqiqat. Ma’naviylik va diniylik tushunchalarini ajratish tendensiyasi markaziy osiyolik ma’rifatparvarlar ijodida keyinroq paydo bo‘ldi. Markaziy Osiyo mutafakkirlari din va uning qadriyatlariga o‘z e’tiborlarini qaratish bilan birga, ular davr uchun sof diniylikdan tashqari universallik (umumiylik) ham zarurligini tushunib yetdilar.

Zamonaviy jamiyat nafaqat texnologiya va iqtisodiyot, balki yuksak darajaga ega bo‘lgan ma’naviylikdan ham iboratdir. Ma’naviy soha – bu ma’naviy ishlab chiqarish (keng ma’noda tushunilganda), uning jarayoni va natijalarining birligidir. U san’at, fan, falsafa, axloq, huquqiy va siyosiy ong, dindan iboratdir. Mazkur barcha ijtimoiy hodisalar jamiyat ma’naviy sohasining elementlarini (aniqrog‘i kichik tizimlarini) tashkil qiladi.

M
Маънавият ва миллий ўзини-ўзи англаш


a’naviylikning eng asosiy tomonlaridan biri milliy o‘zini-o‘zi anglashdir. Milliy o‘zini-o‘zi anglash ijtimoiy ongning alohida ko‘rinishi bo‘lib, unda milliy hayot o‘z aksini topadi. Hozirgi davrda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy jarayonlar qanday yuz berayapti hamda ular millatlar va xalqlarning ongida qanday o‘z aksini topayapti degan masala to‘g‘risida aniq, muayyan tasavvurga ega bo‘lish kerak. Millatlarning hayotida yuz berayotgan o‘zgarishlar ularning nafaqat hozirgi va kelajakdagi, balki o‘tmishdagi ma’naviyatlarining ham qanday bo‘lganligi to‘g‘risida o‘ylashga majbur qilayapti. Yuz berayotgan o‘zgarishlar lokal, mahalliy (milliy ongning alohida sohalariga taalluqli) yoki umumiy bo‘lishi mumkin. Milliy o‘zini-o‘zi anglashning o‘sishi millat turmush tarzining iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va boshqa omillariga bog‘liqdir.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash hodisasi ongning yuqori darajasi bo‘lib, u milliy ongdan bir muncha keyinroq paydo bo‘ladi. O‘zini-o‘zi anglash bu insonning faqat o‘zini-o‘zi tushunib, anglab yetishi bo‘lmasdan, uning o‘z o‘ziga, imkoniyatlariga, holatlariga bo‘lgan munosabatini ham bildiradi. Bular to‘liq ma’noda milliy o‘zini-o‘zi anglashga ham tegishlidir. Demak, milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu o‘zini-o‘zi baholashi hamdir.

Hozirgi davrdagi milliy jarayonlarning rivojlanishini hisobga olib, ko‘p tadqiqotchilar milliy o‘zini-o‘zi anglash bu millatning zaruriy, muhim belgilari deb hisoblamoqdalar.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash tizimida quyidagi elementlarni ajratish mumkin:

- milliy identifikatsiya;

- hududiy birlikni tasavvur qilish;

- tili va madaniyat birligini anglash;

- ijtimoiy-davlatchilikka tegishli ekanini anglash;

- milliy manfaatlar110.

M


Мустақил Ўзбекистонда маънавият ва мафкуранинг роли
illiy o‘zini-o‘zi anglash murakkab va ko‘pqirrali bo‘lib, jamiyatning ma’naviy hayotidagi muhim hodisadir. Uning tuzilishidagi alohida tomonlarni o‘rganish bilan uning bir butun hodisa sifatida anglash mumkin emas. Milliy o‘zini-o‘zi anglashning elementlarini birlikda va bir butunlikda olib qaralsagina, uning maxsus ma’naviy hodisa ekanligini tasavvur qilish mumkin. Bir ijtimoiy munosabatlar tizimidan boshqasiga o‘tishda, bir davlat tizimidan boshqasiga o‘tilishida ma’naviy hayotda ham inqirozga duch kelinadi. O‘zbekiston sharoitida ma’naviy yangilanish o‘z ma’naviy ildizlarimizga qaytish, jahon sivilizatsiyasi qadriyatlarini o‘zlashtirish va ma’naviy hayotning yangi bozor sharoitlariga moslashish yo‘li orqali amalga oshiriladi.

Sovet davrida davlat mafkurasi, hukmronlik qiluvchi dunyoqarash – marksizm-leninizm edi. U sotsialistik jamiyatni qurishda, kommunistik partiya va sovet davlatining tashqi va ichki siyosatida nazariy qurol bo‘lib xizmat qildi. O‘zbekiston davlat suverenitetiga erishgandan so‘ng ijtimoiy hayotni demokratlashtirish e’lon qilindi. Bu markscha-lenincha mafkuraning yakkahokimligiga chek qo‘yilganini bildirar edi. Shu bilan birga mafkuraviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik muhim edi, aks holda buning natijasida jamiyatda bir-biriga zid bo‘lgan turli oqimlarning paydo bo‘lishi va bu bo‘shliqni turli anarxo-ekstremistik, fundamentalistik kabi yot g‘oyalar egallab, jamiyatda parokandalikni keltirib chiqarish xavfi tug‘ildi. Shunga ko‘ra, jamiyatning umumiy g‘oyalar asosida birlashuvi, jipslashuvi ob’ektiv ehtiyojga aylandi. Bu sharoitda, sovet imperiyasining bir asrdan ziyodlik zulmidan ozod bo‘lgandan keyingi milliy g‘oya milliy tiklanish g‘oyasiga aylandi. Xalq o‘zining milliy manfaatlarini anglab, ularni amalga oshirish yo‘llarini izlab topishi kerak edi. Milliy istiqlol mafkurasining paydo bo‘lishi va shakllanishi bunga ob’ektiv javob bo‘ldi. U «millatni, jamiyatni, davlatni birlashtiruvchi bayroq» bo‘lishi kerak edi111.

Milliy istiqlol mafkurasining vazifasi odamlarning, ayrim shaxslarning ongiga milliy mustaqillikning jamiyatimiz uchun ahamiyatini singdirishdan iborat edi. Ikkinchidan, mustaqillikning siyosat, iqtisodiyot, ma’naviy hayot sohalaridagi mohiyati va mazmunini tushuntirib berish kerak edi. Uchinchidan, mustaqillikni mustahkamlash va fuqarolarning bu jarayonda konkret ishtirok etishlari kerak edi. Va nihoyat, mamlakatni rivojlanishning yaqiin kunlari va uzoqqa mo‘ljallangan maqsadlari va istiqbollarini belgilab olish kerak edi. Bularning hammasi milliy istiqlol mafkurasining milliy o‘zini-o‘zi anglashning tiklanishiga, rivojlanishiga xizmat qilishini anglatadi.

Milliy o‘zini-o‘zi anglash – bu har qanday millatning asosiy belgilaridan biri bo‘lib, u millatning hududiy birligi, tili, xo‘jalik yuritish usuli, milliy xarakteri va boshqalar orqali aniqlanadi. Ayrim shaxs uchun o‘zini-o‘zi anglash – bu uning u yoki bu millatga mansubligini, uning tarixi, madaniyati, an’analari va urf-odatlarini anglashdir.

Bizning sharoitimizda milliy o‘zlikni anglash, birinchidan, tarixni tiklash, yurtimiz qadimgi sivilizatsiya o‘chog‘i ekanligini bilish, xalqimizning ko‘p asrlik, tarixiy hodisalarni boshidan kechirganligi, bu tarixiy davrlarda tinch yaratuvchilik mehnati ham, ko‘plab urushlar chog‘ida esa g‘alabalar, mag‘lubiyatlar ham bo‘lganini, A.Temur va Bobur kabi davlat arboblarining tarixiy ahamiyati tiklanganligini anglash demakdir. Ikkinchidan, o‘zini-o‘zi anglash o‘tgan avlodlardan qolgan ma’naviy qadriyatlarimizning tiklanishi bilan bog‘liqdir. Bizning xalqimiz qadimgi va boy madaniyatga ega. Muhammad al-Xorazmiy va Ahmad al-Farg‘oniy tabiatshunoslik fanlarining rivojlanishiga ulkan hissa qo‘shganlar. Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Beruniy – falsafiy fikrlar rivojlanishiga, Moturidiy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Najmiddin Kubro – dinshunoslikni, Alisher Navoiy va Kamoliddin Behzod adabiyot va san’atning rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar va hokazo. Uchinchidan, o‘zini-o‘zi anglash va milliy ongning o‘sishi milliy urf-odatlar, bayramlar va an’analarning tiklanishi bilan bog‘liq. Ma’lumki, sovet davrida ularning ahamiyati yerga urilgan, ular unutilgan yoki ta’qiqlab qo‘yilgan edi. Bundan tashqari, ko‘p asrlar davomida xalqning ma’naviy hayotida muhim rol o‘ynagan islom dinining tiklanishi ham katta ahamiyatga ega.

O‘zbek xalqining o‘zini-o‘zi anglashi o‘zining dunyoda o‘z o‘rnini, mamlakatimizning potensial imkoniyatlari va real rivojlanish istiqbollarini anglab yetish bilan ham bog‘liqdir. Yuqorida ko‘rsatilgan omillar xalqimizda hozirga va kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlab, milliy g‘urur, Vatanga muhabbatni, fidoiylikni uyg‘otadi. Shuni ta’kidlash kerakki, o‘zbek xalqining milliy o‘zini-o‘zi anglashi umummilliy o‘zini-o‘zi anglashiga qarshi bo‘lmay, balki u bilan hamohangdir. Bunda O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi 100 dan ortiq millat va elatlar ko‘zda tutiladi. Ularning hammasi bir xil huquqqa, o‘zlarining milliy urf-odatlari va bayramlariga ega bo‘lib, farzandlari o‘z milliy maktablarida, milliy tillarida o‘qishi, o‘z ona tilidagi matbuot organlariga ega bo‘lib, diniy urf-odatlarini respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan sakkizta konfessiya orqali amalga oshirishlari mumkin.

Shu bilan birga milliy mafkuraning hozirgi davrdagi judda katta ahamiyatiga qaramay jamiyatning ma’naviy hayotining hamma tomonini unga kiritish mumkin emas. Mafkura va ma’naviyat bir-biridan farq qiluvchi tushunchalardir. Mafkura bu g‘oyalar tizimidan iborat bo‘lib, ma’lum vaqt oralig‘ida u yoki bu ijtimoiy guruh va davlatning manfaatlarini, ayniqsa, siyosiy manfaatlarini himoya qiladi. Xalq ma’naviyati esa, o‘zining mazmuniga ko‘ra chuqur va keng tushunchadir. U chuqur tarixiy ildizlariga ega bo‘lib, u yoki bu xalqning taqdiri, milliy xususiyati va mentalitetini ifodalaydi. Ma’naviyat uchta – ma’rifiy, ma’naviy va estetik asosga ega. Shuning uchun ham fan va falsafa, etika (shu jumladan diniy va dunyoviy axloq) va san’at mavjuddir. Ma’naviyatning hamma sohalari bir-biri bilan bog‘liqdir. Ularning yuragi axloqiylikdir.

Ma’naviyatni tushunishning yana bir yo‘nalishi mavjuddir. Odatda «ma’naviyat» tushunchasi insonning hayvondan farqini bildiruvchi aql va irodasini ifodalaydi. Shaxs irodasining ma’naviy kuchi uning qobiliyati orqali ifodalanadi. Zamonaviy mazmunda ma’naviyatoliy ma’naviy qadriyatlar sifatida qabul qilinadi. Uning asosiy kategoriyalari Haqiqat, Ezgulik, Go‘zallikdir. Ma’naviyatsizlik esa ezgu maqsad va qadriyatlarning bo‘lmasligi bilan ifodalanadi.

Ma’naviy qadriyatlar stixiyali ravishda paydo bo‘lmaydi. Ular ma’lum maqsadga qaratilgan, ijodiy intelektual faoliyat natijasidir. Tarixda ma’naviy ijodkorlarning uch turi shakllangan – biluvchi (mutafakkir, donishmand), avliyo, badiiy ijodkor (shoir, yozuvchi, kompozitor va boshqalar). Har bir jamiyat uchun rivojlanishining har bir bosqichida o‘ziga xos ma’naviy elitasi mavjuddir. Unga nafaqat ma’lum darajadagi professionalizmgina xos bo‘lib qolmasdan, unga ma’naviy xususiyatlarning elementlari – poklik, yuqori darajadagi ahloqiylik ham xos bo‘ladi.

Ma’naviy qadriyatlar yaratilgandan so‘ng o‘zining hayotiga ega bo‘ladi. Ular avloddan avlodga o‘tib, yangi mazmun bilan boyib boradi. Ammo ular keng xalq ommasiga yetib borgandan keyingina haqiqiy ahamiyatga ega bo‘ladilar, ular hayotining bir qismiga aylanadilar. Bu esa, faqat ma’rifat orqali amalga oshiriladi. Ma’rifat ta’lim tizimi, maxsus ma’rifiy muassasalar faoliyati, san’at asarlarini va unga oid bilimlarni yoyish va tashviqot qilish orqali olib boriladi. O‘zbek xalqiga chuqur ma’naviy va ma’rifiy an’analar xosdir. Ulardan mamlakatda boshlangan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarda foydalaniladi.

O‘tish davrining murakkab, ziddiyatli davrda, Respublikada ba’zi bir ma’naviy va axloqiy qadriyatlarga to‘g‘ri kelmaydigan salbiy hodisalar ham yuzaga keldi. Korrupsiya, poraxo‘rlik, o‘g‘rilik, firibgarlik kabilarning ma’lum darajada rivojlanishi kuzatildi. Ayniqsa, yoshlar orasida boyishga o‘ta intilish, egoizm, inlividualizm kabi illatlar tarqaldi. Bu bozor munosabatlari sharoitida ma’naviy-axloqiy qadriyatlarning jamiyat hayotida pasayishi, madaniyat va ma’naviyatning ikkinchi darajaga surilib qo‘yilganini tabiiyligini bildirmaydi. Gap shundaki, birinchidan, bozor munosbatlari davlat tomonidan boshqarilib, ular zamonaviy doiraga olib kirish kerak. Bizning sharoitimizda bozor munosabatlariga o‘tish deganda jamiyatning har bir a’zosini farovon yashashi uchun kerakli shart-sharoitlarni yaratish bilan birga, ma’naviyat sohasiga ham ahamiyat berishni talab qiladi. Bunday jamiyatni qurish va uning faoliyat ko‘rsatishi uchun bilimli, yuqori malakali, halol, vijdonli, adolatli – umaman olganda ma’naviyatli kishilar zarur. Mamlakatimizda o‘rta va oliy ta’lim kadrlarini tayyorlash, ularni yangi sharoitga moslashtirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirila boshladi. Fan va madaniyat sohalarini, ziyolilarni hamda intellektual va ijodiy mehnat kishilarini davlat tomonidan samarali qo‘llab-quvvatlash borasida ham katta ishlar qilinishi ko‘zda tutilmoqda.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə