1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə16/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

-§. Madaniyat falsafasi

Маданият тушунчаси
Yangi davrning uch ming yilligiga qadam qo‘ygan hozirgi zamon madaniyatning mohiyati va tushunchasi haqida bosh qotirishda davom etmoqda. Madaniyat atamasi ko‘p ma’nolarga ega – ekin ekish, qayta ishlov berish, asrash, avaylash, ma’lumot, ta’lim-tarbiya, taraqqiyot. Har qanday holatda ham, bu yerdagi bosh masala shundaki, madaniyat o‘ta darajada ijtimoiy ko‘rinishga ega bo‘lib, insonni boshqa barcha tabiiy-biologik dunyodan ajratib turadi. Madaniyat tarixi davomida uning barcha hodisalari va jarayonlari ijtimoiy fanlarning barcha majmuasi – falsafa, tarix, qadimshunoslik, jamiyatshunoslik, ruhshunoslik va boshqalar tomonidan o‘rganilgan. Oxir oqibatda, bu shunga olib keldiki, madaniyatshunoslik deb atalgan mustaqil integral ilmiy fan shakllandi.

Hozirgi zamon fanida madaniyatning 600 dan ko‘proq ta’rifi mavjud bo‘lib uni quyidagi guruhlarga tasnif qilish mumkin:

- madaniyatni inson faoliyati natijasining majmuasi sifatida o‘rganuvchi bayoniy ta’rif;

- madaniyatni an’analar va ijtimoiy meros orqali ifodalovchi tarixiy ta’rif;

- madaniyatni uning me’yorlar tizimi va qoidalaridagi urnini ta’kidlovchi me’yoriy ta’rif;

- madaniyatni muayyan qabul qilingan qadriyatlarni amalga oshirish natijasi deb biluvchi qadriyat ta’rifi;

- insonni tabiat va ijtimoiy muhitga o‘rganishiga asoslangan psixologik ta’rifi;

- madaniyat-g‘oyalar oqimidan o‘zga narsa emas, deb biluvchi mafkuraviy ta’rif;

- madaniyatni oldindan belgilab qo‘yilgan qonunlar majmuasi sifatida qarab chiquvchi semiotik ta’rif112.

Bulardan tashqari, madaniyat mohiyatini tushunishga olib keluvchi texnik, tuzilish-vazifaviy, tizimli, tajribaviy, faol va boshqa yo‘nalishlarni ham ajratib ko‘rsatish mumkin. Eng umumiy ko‘rinishda madaniyat tushunchasi deganda odamlar hayoti va faoliyatini tashkil qilish shakllari va turlarida, hamda ular tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy qadriyatlarda o‘z ifodasini topgan jamiyat va inson taraqqiyotining muayyan tarixiy saviyasi tushuniladi113.

Madaniyat – murakkab va ko‘p vazifalarga ega tizimdir. Uning bosh vazifalari orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

A
Маданиятнинг функциялари
daptasion (moslashuvchanlik) vazifa.
Uning tufayli inson muayyan tabiiy va ijtimoiy muhitga moslashishga imkon topadi. Agar madaniyat qancha yuqori bo‘lsa, odatda, uning adaptasion imkoniyati shuncha ko‘p bo‘ladi.

Ma’rifaiy (evristik) vazifa. Uning mohiyati shundan iboratki, madaniy yutuqlar dunyoni bilish vositasi sifatida xizmat qiladi. Madaniyatning shunday qismi bo‘lgan fan, butunlay ushbu vazifani bajarishga bag‘ishlangan. Bu yerda bilish ob’ekti sifatida tabiat, jamiyat va insonning o‘zi xizmat qiladi.

Informasion (Xabar yetkazuvchi) vazifa. Uning vazifasi doirasiga ijtimoiy tajribani to‘plash (jamg‘arish), uni bir avloddan boshqasiga yetkazish, ya’ni tarixiy vorislikni ta’minlash kiradi. Xabar yetkazish faqat vaqtinchalik bo‘lmasdan, balki makoniy xususiyatga (bir jamoa yoki guruhdan boshqasiga xabar berish va hokazo) ega bo‘lishi mumkin.

Kommunikativ (munosabat o‘rnatish) vazifasi. U xabar yetkazuvchanlik vazifasi bilan yaqindan bog‘langan bo‘lib nutq (til), ramziy qiyofa (san’at), belgilar (fan) vositasida amalga oshiriladi. Jamiyatning taraqqiyot darajasi qancha yuqori bo‘lsa, bevosita aloqa shunchalik ko‘p darajada bilvosita, ya’ni texnik vositalar yordamida (telefon, telegraf, internet va hokazolar bilan) amalga oshiriladi.

Me’yoriy (boshqaruvchilik) vazifasi. U o‘z ifodasini ijtimoiy boshqaruvchilik (avvalo, huquqiy va axloqiy me’yorlar) tizimini shakllantirishda topadi. Bunda muayyan o‘rinni norasmiy boshqaruvchilar bo‘lgan urf-odatlar, marosimlar, an’analar ham egallaydi.

Qadriyatlilik (baholash) vazifasi. Insoniy hayot jarayonlarida qadriyatlarni tanlash ro‘y beradi. Vaqti kelib, alohida olingan shaxs va ijtimoiy tajriba barcha zaruriy va foydali narsalarni ajratib olishga imkon bersa, bunday holatda qadriyatlar yo‘nalishini qayta ko‘rib chiqishga to‘g‘ri keladi. Bunday holatda nimalardir barham topadi, qandaydir narsalar paydo bo‘ladi, nimalarir qayta shakllanadi.

Sotsializatsiya (ijtimoiylashuv) vazifasi. Bu madaniyatning bosh, tizim tashkil qiluvchilik vazifasidir. Insoniy hayot faoliyatining shakli sifatidagi madaniyatning o‘ziga xos xususiyati aynan shunda o‘z ifodasini topadiki, u insonga maksimal darajasidagi ijtimoiylik, jamoaviylik ko‘rinishini ato etadi.

Madaniyat vazifalarining umumiy sharhi bir qator quyidagi madaniyatga oid qonuniyatlarni ifodalashga imkon beradi:

- madaniyat jamiyat hayotining tabiiy va sun’iysharoitlariga (uning turi, xususiyati, kelib chiqishi, vazifalari, sub’ektlari va hokazo) bog‘liqdir;

- jamiyat hayoti barcha tomonlarining taraqqiyoti, o‘zgarishlari, mavjudligiga madaniyatning ta’siri;

-madaniyat taraqqiyotida vorislik. U faqat xronologik bo‘lmay, balki ko‘p ko‘lamli bo‘lishi mumkin.

- ikki jihatdan kelib chiqadigan madaniyat taraqqiyotidagi notekislik: tashqi tomondan (madaniyatning gullab yashnagan va inqirozli davrlari jamiyatning boshqa doiralaridagi xuddi shunday davrlariga muvofiq kelishi shart emasligi) va ichki tomondan (madaniyatning turli ko‘rinishlari bir-biriga nisbatan notekis rivojlanishi);

-madaniy qadriyatlarning shakllanish jarayonida shaxsning o‘ziga xos o‘rni, ijodiy yagonaligi.


Маданиятнинг ҳозирги замон муаммолари


Madaniyatning shakllanishi, amaliy vazifalarni bajarishi va rivojlanishi uchun fan, texnika va texnologiyadagi sifatiy o‘zgarishlar muhim ahamiyatga egadir. Shu ma’noda insoniyat tarixida, shartli ravishda eng asosiy, sifatiy uch sakrashni alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin.

Birinchidan, bu ijtimoiy-madaniy hodisa bo‘lgan yozuvning paydo bo‘lishidirki, uning tufayli madaniy qadriyatlarni saqlash, ularni ayriboshlash, bir avloddan boshqasiga yetkazib berish va hokazolar mumkin bo‘ldi.

Ikkinchidan, bu kitob nashr etishning ixtiro qilinishi o‘ldiki, uning tufayli madaniy mahsulotlarni ishlab chiqarishni sezilarli darajada ko‘paytirish va tarqatish imkoniyati paydo bo‘ldi.

Uchinchidan, bu hozirgi zamon ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlaridirki, (radio, kino, televidenie, ovozni yozib olish, video, kompyuter tarmoqlari va hokazolar), uning tufayli madaniy qadriyatlardan foydalanish jarayoni haqiqatan ham ommaviy tus oldi.

Madaniyat doirasini ilmiy-texnik jihatdan jihozlanishining miqdoriy va sifatiy o‘sishi shunga umidvor bo‘lishga imkon beradiki, undan har bir kishi bahramand bo‘lishi mumkin, hamda madaniy ijtimoiylashish jarayoni borgan sari tezlashib, chuqurlashib, uning samarasi oshib boradi. Ammo, afsuski, ilmiy-texnika taraqqiyoti imkoniyatiga mos keladigan umumiy madaniy saviyaning keskin o‘sishi hali yuz bermadi. Bundan tashqari, madaniy makonning haddan tashqari «to‘lib ketishi», ma’lum ma’noda, shunga olib keldiki, insonning madaniy dunyoni qabul qilish butunligi yo‘qoldi. U borgan sari ko‘p darajada bir-biri bilan kam bog‘langan turli madaniy axborot bo‘laklari mozaikasidan iborat bo‘lib qola boshladi.

Ilmiy-texnika taraqqiyotining gurkirab o‘sishi ilgari ma’lum bo‘lmagan ommaviy madaniyat kabi o‘ziga xos hodisaning shakllanishiga olib keldi. «Ommaviy madaniyat» degan tushunchaning o‘zi XX asrning 20-30-yillarida «ommaviy jamiyat» va «ommaviy inson» kabi ta’limotlarning bir tushunchasi sifatida paydo bo‘ldi.

Bu ta’limot shunday aqidaga tayanadiki, XX asr – bu omma, olamon asridir. Bunda «omma»: faqat miqdoriy tushuncha emas, balki maxsus sifatiy ko‘rsatkichlar bo‘lgan shunday xususiyatlarga egaki, masalan, alohida olingan shaxs qabul qilinayotgan qarorlar va amalga oshirilgan xatti-harakatlarga shaxsiy mas’uliyat hissini yo‘qotgan va unda his-hayajonga berilish aqlga tayanishdan ko‘ra ko‘proq va hokazo. Masalan, fransuz tadqiqotchilari bo‘lgan G.Tard va G.Lebon114 madaniyat va uning qadriyatlariga bo‘lgan munosabat jihatidan jamiyatni uch qismga buldilar:

a) hech narsani tushunmaydigan. Tabiiy instinklarga tayanadigan, «yo‘l boshchiga» ehtiyoj sezadigan omma (olomon);

b) ba’zi narsalarni tushunadigan guruhiy oqim;

v) hamma narsalarni ko‘li yetadigan (elita) imtiyozli guruh.

Ommaviy madaniyatning asosiy xususiyatlaridan biri uning avval boshdanoq umumiy iste’molga yo‘naltirilganligidir. Unga xos bo‘lgan hammaga tushunarli bo‘lishi, yengilligi, qiziqarliligi va lazzatbaxshlikka yo‘naltirilganlik kabi belgilari ana shu yerdan kelib chiqadi. Madaniyatning ushbu shakli ko‘p darajada to‘g‘ridan to‘g‘ri ijtimoiy buyurtma asosida o‘z vazifasini bajaradi. Ana shuning uchun ham uning taraqqiyotining ichki manbalari qandaydir sezilarli o‘rin kasb etmaydi.

Hozirgi zamon ommaviy madaniyati quyidagi asosiy belgilarga ega:

a) ommaviylik iste’molga ham, ishlab chiqarishga ham taalluqli;

b) ommaviy axborot va aloqa vositalarining barcha majmuasi bilan yaqindan bog‘langanlik;

v) uncha yuqori bo‘lmagan ma’naviy- mazmuniy va estetik saviya;

g) makoniy va zamoniy jihatdan ham doimiy ravishda o‘z-o‘zini yangitdan namoyon qilib turish.

Ommaviy madaniyat o‘zining vazifalaridan biri bo‘lgan jalb qilishlik va bo‘shliqni o‘rnini to‘ldirishlik xususiyatini oshirib yuborib, uni madaniy ijod jarayonining asosiga aylantiradi. Hozirgi zamon ommaviy madaniyatiga xos bo‘lgan misollar quyidagilardir: ommaviy musiqaviy janrlar (estrada, pop-muzika, rok va hokazo), teleseriallar (ayniqsa, lotin amerikasi mamlakatlariniki), plakatlar va boshqa badiiy saviyasi yuqori bo‘lmagan tashqi tasvir shakllari va hokazolar.

Biroq ommaviy madaniyat elementlari qatoriga «tushish»ning bosh mezoni ommani jalb qilishlikdir. Masalan, dunyo kinoekranlari va televizion tarmoqlarida keng namoyish etilgan «Titanik» filmi, shak-shubhasiz, badiiy jihatdan yuqori saviyadagi asardir. Ammo uning orasida mashhurligi shunchalik yuqori bo‘ldiki, u to‘la ravishda ommaviy madaniyat unsuriga aylandi. Uning ko‘p nusxada ishlab chiqilgan va sotilgan videokassetalari, lazerli disklari va shu filmning musiqasi yozilgan audikassetalar, bosh qahramonlari tasvirlangan plakatlar va hokazolar bundan guvohlik beradi. Hozirgi zamon ommaviy madaniyatining eng o‘ta ko‘rinishi sifatida kitch, ya’ni ommaviy ravishda va didsizlarcha ko‘p nusxada bosilgan mahsulot, mashhur asarlarning qolipga solinganlari (Mona Liza ichki ko‘ylakda!), hamda qalbaki ommaviy madaniyat ishlab chiqarish mahsulotlari maydonga chiqdi.

Shunday qilib, hozirgi zamon madaniyatiga katta xavflardan biri uning ommaviy-jozibakorlik xususiyatini kasb etganligi bo‘lib, uning oqibatida umumiy saviya pasayib ketishi mumkin. Shuning uchun madaniyat va san’at muassasalari faoliyatida tijoratchilik asosini yagona va hal qiluvchi omil bo‘lib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik juda muhimdir.

I
Маданиятда миллийлик ва умуминсонийлик


nsoniyat taraqqiyoti tarixi bizning oldimizda turli mintaqalar, davlatlar, irqiy guruhlar va jamoalar, ayrim olingan shaxslar o‘rtasidagi turli darajadagi milliy o‘ziga xos madaniyatlarning xilma-xil shakllari orasidagi uzluksiz aloqalar tarixi sifatida gavdalanadi. Madaniyatlar o‘rtasidagi aloqalar ijtimoiy hodisa sifatida juda uzoq davrlardan buyon vujudga kelgan. Ammo irqiy qobiqga o‘ralish, qabilachilik, turg‘unlik, an’anaviylik, konservatiklikka yo‘nalish uzoq vaqt boshqa etnik guruhlarga mansub bo‘lganlar madaniyati elementlarining o‘zlashtirishga imkon bermadi.

Etnoslar orasidagi madaniy ayrboshlash faqat madaniyat taraqqiyotining oliy bosqichidagina paydo bo‘lishi mumkin. Siyosiy, savdo-sotiq, madaniy aloqalar, sayyohlik, o‘zga yerlarni o‘zlashtirish, ko‘chib borish bularning barchasi etnik madaniy ayirboshlash uchun zamin bo‘ladi. Bu yerda shuni qayd etish lozimki, madaniy boyish hamma vaqt o‘zaro bog‘lanishga ega bo‘ladi. Hatto turli saviyadagi madaniyatlar o‘rtasidagi aloqa va ayirboshlash hamma vaqt o‘zaro xususiyatga ega, garchi, odatda, ko‘proq yuqori darajada tashkil topgan madaniyat hamma vaqt ko‘proq narsa beradi va ko‘proq undan bahramand bo‘lishga undaydi. Shunga muvofiq ravishda kam darajada tashkil topgan madaniyat ko‘proq narsa oladi va ko‘p narsani qabul qilishga tayyor bo‘ladi. Shunday bo‘lsa ham, madaniy jihatdan boyish hech qachon bir yo‘nalishdagi jarayon bo‘lmasdan – bu shunday narsaki, hajm, sifat va o‘zlashtirish darajasi jihatidan o‘zaro farq qiladigan madaniy axborot oqimi bir-birining istiqboli tomon boradigan ikki yo‘nalishdir. Deyarli bir xil saviyadagi etnos madaniyatlarning o‘zaro aloqasi davrida, odatda, madaniy axborotlar ayirboshlashda muammo yuq.



-§. Qadriyat falsafiy kategoriya sifatida

Falsafa tarixida qadriyat muammosi
Insoniyat tarixining ilk davrlaridayoq odamlar narsalarning muayyan qimmatga ega ekanligini, insonning u yoki bu ehtiyojlarini qondira olishini, biron sohada foydali bo‘lishi mumkinligini kashf etganlar. Shu bilan narsalarning qadriyaviy xususiyati ochilgan.

Dastlabki paytlarda bu xususiyat buyumlarning amaliy foydasi bilan bog‘lanar edi. Keyinchalik qadriyat maqomi boshqa ijti­moiy instutlar va ma’naviy hodisalarda ham tan olina boshlandi.

Inson o‘z faoliyatini yo‘naltirishi lozim bo‘lgan ne’matlar va qadriyatlar muammosi qadimgi sharq falsafasi va falsafaga qadar bo‘lgan fikr tarixida muhim o‘rin tutadi. Braxmanlikda - bu qayta tug‘ilish orqali yanada yuksakroq varnaga115 erishish. Insonning keyingi hayotida qaerda tug‘ilishi uning taqvodorligi bilan bog‘liq, taqvodorlik esa o‘z varnasining dxarmasiga xizmat qilish va uning ko‘rsatmalaridan chetga chiqmasligini anglatar edi. Oliy maqsadga faqat braxmanlar erishi­shla­ri mumkin bo‘lib, u hamma narsadan (oiladan, boylikdan, olimlikdan) voz kechish va sansaradan ozod bo‘lish yo‘li. Zohidlik, xayr-ehson, poklik, kuch ishlatmaslik, yaqin kishilarga hamdard bo‘lish, o‘z ehti­ros­larini jilovlash - braxmanlikning yetakchi qadriyatlari. Upani­shad­lar­da ideal braxman hech narsaga ko‘ngil qo‘ymaydigan, qayg‘u, baxillik, umid tuyg‘ularidan ozod, osoyishta, yolg‘on va hatto o‘z-o‘zini idrok etish­dan ham xoli bo‘lgan tafakkuri berilgan kishi sifatida tasvirlanadi116.

Braxmanlikda salmoqli o‘rin tutuvchi qadriyatlar qadimgi hind jamiyatidagi kastalarga bo‘linish bilan chambarchas bog‘liq. Bunday bog‘liqlik (bunga har bir kasta vakili amal qilishi kerak) brax­man­lik­ka nisbatan muxolifatda bo‘lgan bxagavatgizm, jaynizm va boshqa oqimlarda ham mavjud. Biroq charvaklar falsafasida bunday xildagi aloqaning asoslanganligi shubha ostiga olinadi. Bundan tashqari charvaklarda asketizmning targ‘ib qilinishi o‘rnini baxtni lazzat sifatida tushunishga yo‘naltirilgan gedonistik dastur egallaydi.

Qadimgi Xitoy falsafiy tizimlarida ham qadriyaviy ideallar shakllantirilgan. Konfusiylikda bu qadimiylikka yo‘naltirilganlik, «oltin o‘rtaliq», «insonsevarlik», «hamdamlik» singari tamoyillardir. Konfusiylikning asosiy tamoyili shunday: «o‘zingga ravo ko‘rmaganni o‘zgalarga ravo ko‘rma»117. Konfusiylikning axloqining asosida - fuqaroning podshohga, xotinning erga, o‘g‘ilning otasiga, kichikning kattaga hurmati va bo‘ysunish yotadi.

Daosizmda konfusiylik qadriyatlari inkor etiladi. «Mutlaq donolarcha» xulq-atvorning asosiy tamoyili - faoliyatsizlik tamoyi­li­dir: hamma narsa tabiiy yo‘l hisoblanuvchi dao yo‘lida ketishi kerak.

Yevropa falsafasida qadriyatlar muammosi Qadimgi Gresiyada qo‘yilgan edi. Bu muammoni birinchilardan bo‘lib Suqrot ko‘tarib chiqdi. U aksiologiyaning asosiy masalasini «Ne’mat nima?» degan savol bilan ifodaladi. Uning bu savolga murojaat etishi tasodifiy emas edi. Bu hol Afina demokratiyasining tanglikka uchrashining qonuniy natijasi sifatida yuzaga keldi. Mazkur savolga javob berish yangi ijtimoiy ideallarni qidirishda yordam berishi lozim edi. Keyingi davrlarda ham qadriyatlar falsafasi tarixning burilish davrlarida, an’anaviy qadriyatlar qadrini yo‘qotgan, jamiyatning ijtimoiy negizlari obro‘sizlangan paytlarda dolzarb ahamiyat kasb etganligini ko‘rishimiz mumkin.

Antik an’ana doirasida qadriyatlar muammosini ishlab chiqishda Demokrit katta rol o‘ynadi. Qadriyatlar tabiatini naturalistik (ob’ektivistik) talqin qilish an’anasini u boshlab berdi. Antik faylasufning fikriga ko‘ra, baxt-saodat, ezgulik, adolat, go‘zallik mezonlari tabiatning o‘zida, hamma narsaning o‘z tabiiy oqimida ketishidadir. Nimaiki tabiatga mos bo‘lsa - yaxshi, nimaiki unga zid bo‘lsa - yomon. Bizning xuzur-halovatimiz va azoblarimiz, qoniqishimiz va noroziligimizning asosi ana shunda.

Aflotunga ham qadriyatlarni ob’ektivistik tushunish xos edi. Biroq materialist Demokritdan farqli o‘laroq Aflotun ularning manbaini tabiatda (narsalar olamida) emas, balki vujudsiz mohiyatlar (ob’ektivlashtirilgan tushunchalar) - g‘oyalar olamida ko‘radi. «Katta Gippiy» asarida Aflotunning Suqrot ismli qahramoni Gippiy bilan suhbatda u yoki bu narsalarni go‘zal qiluvchi narsa nima ekanligini bilishga urinadi. Go‘zallikning ayrim narsalardagi in’ikosini namoyish qilish orqali go‘zallikning nima ekanligini idrok etish mumkin emasligi faylasufni go‘zallik «g‘oya»siga olib keladiki, ana shu go‘zallikning qandaydir bir narsaga qo‘shilishi uni go‘zal qiladi. Aflotun g‘oyalari bir-biriga bo‘ysunuvchi muayyan tartibda joylashadi. Mazkur g‘oyalar piramidasining cho‘qqisi baxt-saodat g‘oyasidir. Aynan shu g‘oya ijobiy fazilatlarning, go‘zallikning, haqiqat va uyg‘unlikning manbai bo‘lib xizmat qiladi.

Qadriyatlarning boshqa bir relyativistik (sub’ektivistik) konsep­siya­si ham mavjud bo‘lib, unga Protagor asos solgan. Mazkur kon­sep­siya­ga muvofiq qadriyatlarning bahosi nisbiy bo‘lib, u insonga bog‘liqdir.

Qadriyat muammosiga antik davrdayoq shakllangan yondashuvlar o‘z ko‘rinishlarini muayyan darajada o‘zgartirgan holda keyingi falsafiy tizimlarda ham saqlab keldilar. Aksiologiya muammosini ishlab chiqishga I.Kant, G.Lotse, G.Rikkert, N.Gartman, F.Nisshe va boshqalar o‘z hissalarini qo‘shdilar.


Qadriyat tushunchasi

XIX asr o‘rtasiga qadar falsafada «borliq» va «qadriyat» tushunchalari bir-biridan ajratilmagan edi. Aksiologiya (yunoncha axia - qadriyat va logos ta’limot so‘zlaridan) mustaqil fan sifatida borliq tushunchasi ikki komponentga ajralgan paytda yuzaga keladi: bir narsaning mavjud bo‘lishi va uning mohiyati. Boshqacha qilib aytganda, ob’ekt va sub’ektning o‘zaro ta’siri paytda sub’ekt uchun ob’ektda shunday bir narsa ayon bo‘ladiki, uni ob’ektning mavjud bo‘lishining o‘zigagina bog‘lab bo‘lmaydi, ya’ni u go‘yo ushbu mavjudlik chegarasidan tashqarida turadi va u uchun muayyan ahamiyatga ega bo‘ladi. Ob’ekt va sub’ektning o‘zaro ta’sirini ana shunday tushunish qadriyat tushunchasini hozirgi zamon falsafasining kategorial apparatining elementi sifatida shakllanishi uchun boshlang‘ich nuqta bo‘lib xizmat qildi.



Qadriyatlar - voqelikdagi muayyan hodisalarning qimmatini belgi­lash uchun xizmat qiluvchi falsafiy kategoriya bo‘lib, u mazkur hodi­sa­ning sub’ekt tomonidan aks ettirilishi natijasida paydo bo‘ladi.

Qadriyatlarning tabiati haqida so‘z ketar ekan, falsafiy adabiyotlarda bir-biri bilan raqobat qiluvchi to‘rtta asosiy yondashuv­larni ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchi yondashuvga ko‘ra, qadriyatlar dunyosi alohida, mustaqil, sub’ektga ham, ob’ektga ham nisbat berib bo‘lmaydigan olam sifatida talqin etiladi. Neokantianlikning klassiklaridan biri G.Rikkert yozganidek, «qadriyatlar sub’ekt va ob’ektdan tashqarida joylashgan butunlay mustaqil saltanatni tashkil etadi».118 Ikkinchi yondashuvga ko‘ra esa, qadriyaviy xususiyatlar narsalarning o‘zida mavjuddir. Boshqacha qilib aytganda qadriyatlar manbai tashqi voqelik xususiyatlarida ko‘rinadi. Ana shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar narsalarning muayyan ehtiyojlarni qondira olishga bo‘lgan ob’ektiv qobiliyati sifatida qaraladi. Uchinchi yonda­shuv­ning mohiyati shundan iboratki, tabiatda qadriyatlar mustaqil mavjud emas. U yoki bu narsalar faqat sub’ektning baholash faoliyati tufayli o‘z qadr-qimmatiga ega bo‘ladi. Bunga misol sifatida g‘arb estetikasi antologiyalaridan birining tuzuvchisi bo‘lgan M.Reyderning fikrini keltirish mumkin: «Haqiqatlarga qarama-qarshi o‘laroq, qadriyatlar shunchaki tasavvur qilinadi xolos... Faktlar kuzatuvchilar guruhi uchun bir xil xususiyatga ega bo‘lsa, qadriyat har bir baholovchining sub’ektiv fikri bilan bog‘liq ravishda turli tabiatga ega bo‘ladi»119. Bir kishi uchun qimmatli bo‘lgan narsa boshqa kishi uchun unday bo‘lib ko‘rinmaydi. To‘rtinchi yondashuvda esa oldingi yondashuvlarning o‘ziga xos sintezi amalga oshiriladi va qadriyatlarning ikki yoqlama (ob’ektli va sub’ektli) tabiatga ega ekanligi ta’kidlanadi.


2-§. Qadriyatlar turlari va qadriyaviy yondashuv

Qadriyat tasnifi
Falsafiy adabiyotlarda qadriyatlarning turli tiplari ajratib ko‘rsatiladi.

1. Qadriyatlar quyidagi belgi bo‘yicha farqlanishi mumkin: Nima baholanyapti va nimaga asosan baholanyapti? Shu bilan bog‘liq ravishda ular quyidagicha turlarga ajratiladi:

a) predmetli qadriyatlar - qadr-qimmat munosabatlarining ob’ektlari, ya’ni voqelikdagi sub’ekt uchun muayyan qimmatga ega bo‘lgan hodisalar. Ularga quyidagilar kiritiladi:


  • tabiiy ob’ektlar, jarayonlar va hodisalar;

  • ijtimoiy ob’ektlar, jarayonlar va hodisalar.

b) sub’ektli qadriyatlar - u yoki bu hodisalarni baholash tadbirini o‘tkazishda asos bo‘lib xizmat qiluvchi usullar va mezonlar. Ularga quyidagilar kiradi:

-me’yoriy taqdimnomalar sifatida bayon etilgan ko‘rsatmalar, baholar, imperativlar, maqsadlar, loyihalar.

2. Qadriyatlar sotsiumining qanday sohasi bilan bog‘liq ekanligiga qarab ham bir-biridan farq qiladi. Shundan kelib chiqib axloqiy, badiiy, utilitar, ilmiy, diniy va boshqa qadriyatlar farqlanadi.

3. Qadriyatlar umumiylik darajasiga qarab, ya’ni, u yoki bu hodisa qancha miqdordagi sub’ektlar uchun qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda quyidagi turlar ajratib ko‘rsatiladi;

- individual qadriyatlar;


  • guruhiy qadriyatlar (milliy, diniy, jinsiy, yosh); ushbu guruhlar doirasida g‘arb va sharq qadriyat tizimlari haqida so‘z yuritish mumkin.

  • umuminsoniy;

4. Qadriyatlar ular sub’ekt tomonidan qay darajada o‘z xususiy maqsadi yoki tamoyillari sifatida tan olinishi yoki tashqi sharoitdan kelib chiquvchi bir narsa sifatida qabul qilinishiga ko‘ra farq qilishi mumkin. Shu bilan bog‘liq ravishda tashqi va ichki qadriyatlar ajratiladi.

5. Qadriyatlar inson hayoti va faoliyatining negizlari uchun, uning ehtiyojlari va mo‘ljallarining mohiyatini ifodalash uchun qayo darajada qimmatga ega ekanligiga qarab ham farqlanadi. Shu munosabat bilan ular quyidagi turlarga ajratiladi:

- mutlaq yoki boqiy qadriyatlar (konstantalar);


  • vaziyatli, o‘tkinchi yoki qadriyatlar va qadriyaviy mezonlarining muayyan tarixiy shakllari (empirik o‘zgaruvchan qadriyatlar).

6. Qadriyatlar ular bajaradigan funksiyaga ko‘ra ham farqlanadi. Shu bilan bog‘liq ravishda qadriyatlar mezon usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy guruhlarda nazorat usuli sifatida, qadriyatlar ijtimoiy tartibni yaratish va saqlashda funksional zarur bo‘lgan me’yorlar sifatida ajratiladi.


Qadriyaviy yondashuv


Aksiologiyada juda ko‘p an’anaviy va hozirgi zamon falsafiy muammolari yangicha ko‘rib chiqiladi. Masalan, an’anaga ko‘ra, haqiqatga yetish ilmiy bilishning ideali, shaksiz ne’mat, yaxshilik deb hisoblangan. Biroq XX asr ushbu qarashga o‘z tuzatishlarini kiritdi. Industria­lizmning va texnisistik yondashuvlarning salbiy oqibatlari, ommaviy qirg‘in qurollarining yaratilishi va qo‘llanishi, gen muhandisligining paydo bo‘lishi shuni ko‘rsatadiki, muammoga sof gnoseologik yondashuv yetarli emas. Bugungi kunda «faqat haqiqatning qadri haqidagina emas, balki uning bahosi haqidagi masala ham paydo bo‘ladi, bunda boshlang‘ich hisob nuqtasi sifatida inson va uning baxt-saodati namoyon bo‘ladi»120. Haqiqat tobora ko‘proq aksiologik kategoriyalar ko‘zgusi orqali qarala boshlanmoqda.

Lozim va zarur narsalar haqida qadriyaviy ideallar sifatida so‘z yuritar ekan, aksiologiya borliqning muammoli masalalari borasida bizning tasavvurlarimiz doirasini kengaytirdi. Ilgari me’yoriy hodisa deb hisoblangan narsalar hozirgi zamon aksiologik yondashuvlari ko‘zgusida unday bo‘lib ko‘rinmaydi. Qadriyaviy mezon va qadriyaviy qarash amalda hayotimizning barcha sohalariga kirib bormoqda. Bugungi kunda shu narsa ayon bo‘lyaptiki, biron bir ijtimoiy institut, biron bir muhim ijtimoiy muammo, jamiyatning biron bir sohaga aksiologik yondashuvlardan tashqarida ko‘rib chiqilishi mumkin emas. Bunda qadriyatlarni qayta baholash lokal masalalarga ham, global masalalarga ham birdek tegishlidir. Texnik taraqqiyot baxt-saodat keltiradimi? Insonni klonlashtirish mumkinmi? Evtanaziya - bu ezgulikmi yoki qotillikmi? Agar uning kashfiyotlaridan foydalanish odamlarning halok bo‘lishiga sabab bo‘lsa, olim o‘z kashfiyotining oqibatlari uchun javobgar bo‘ladimi? Ilmiy va siyosiy ongda asta-sekin sof iqtisodiy, sof texnologik, qadriyaviy komponentlardan tashqarida qaraluvchi sof tadqiqotchilik loyihalaridan voz kechish tamoyili yuzaga kelayotganini ko‘rish mumkin.

O‘z navbatida qadriyatlarning o‘ziga, munosabat va qadriyaviy ongga gnoseologik, sotsiologik, psixologik, semiotik va boshqa yondashuvlar nuqtai nazaridan qaralmoqda.
2-bob. QADRIYaVIY TIZIMLAR VA JAMIYaT


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə