1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja


-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə17/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19

1-§. Qadriyaviy orientatsiyalar va tizimlar

Qadriyaviy orientatsiyalar
Turli tarixiy davrlarda, turli mamlakatlarda va xalqlarda, ijtimoiy guruhlarda va ayrim individlarda turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalar (mezonlar) mavjud bo‘lgan. Ular guruhiy darajada ham individual darajada ham mavjuddir. Qadriyaviy orientatsiyalarning xilma-xilligi turli omillar tomonidan taqozo etilgan. Bular qatoriga atrofni o‘rab turuvchi tabiiy muhit ham, yashash uchun mablag‘lar topish vositalari ham, siyosiy voqealar, oiladagi tarbiya, shaxsiy hayotiy tajriba va boshqalar kiradi. Muayyan bosqichda, rivojlangan shaklda qadriyaviy mezonlar tizimli xususiyat kasb etadi.

Turli-tuman qadriyaviy orientatsiyalarning qadriyatlar tizimi sifatida tashkil topish ular orasida boshqa dunyoqarash mezonlarini bo‘ysundiruvchi, belgilovchi va shakllantiruvchi, ulardan ustun bo‘lgan qadriyatlar paydo bo‘lgan vaqtda yuzaga keladi. Boshqacha qilib aytganda, qadriyatlar tizimining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qiluvchi substansional negiz paydo bo‘ladi. Bu negiz paradigma (ustunlik qiluvchi qadriyatlar) xususiyatiga ega. Jamiyat darajasida olganda (ijtimoiy guruhlar darajasida) ushbu ustun qadriyatlar oxir-oqibatda muayyan tarixiy davrning ijtimoiy jamiyatiga xos tamoyillar bilan belgilanadi.

Individual darajada olganda qadriyaviy orientatsiyalar tizimining shakllanishi shaxsning yetukligini, uning butunligini anglatuvchi ko‘rsatkichdir. Shaxsning qadriyaviy orientatsiyalari eklektik va qarama-qarshi xususiyatga ega bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda biz yagona, bir butun tizim sifatida shakllanmagan, rivojlanmagan qadriyaviy mezon­larga duch kelamiz. Qadriyaviy orientatsiyalarda yetuklikning, yaxlitlik­ning va tizimlilikning yo‘qligi ularning tashqi, ko‘p hollarda tasodifiy omillarga bog‘liq bo‘lib qolishga, xulq-atvordagi hatti-harakatlar izchilligining mavjud bo‘lmasligiga, o‘z fikriga ega bo‘lmaslikka, qashshoq, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan ehtiyojlar tuzilmasiga olib keladi.

Shaklllangan qadriyat orientatsiyalari asosida esa shaxsning dunyoqara­shi, tarbiya va va hayotiy tajriba tufayli ishlab chiqilgan xulq-atvor kodeksi tamoyillariga, hayotiy maqsadlar, chuqur va barqaror ehtiyojlar yotadi. Inson xulq-atvorining motivatsiyasi, yo‘nalish va strategiyasini belgilovchi ehtiyojlar, vaziyatlar va omillar pog‘onasida qadriyaviy orientatsiyalar tizimi, odatda, eng yuqori pog‘onada turadi.

Shaxsning qadriyaviy mezonlarining faoliyatida ongli va ongosti darajalarini ajratib ko‘rsatish mumkin.


Qadriyaviy tizimlar tahliliga asosiy yondashuvlar


Falsafiy adabiyotda jamiyatning tarixiy rivojlanishidagi qadriyaviy tizimlarni tasniflashga turlicha yondashuvlar mavjud. Bu yondashuvlarning har biri boshqalarini to‘ldiradi, chunki qadriyaviy tizimlarni ko‘rib chiqishning bir darajasini ko‘rsatadi. Stadial va madaniy-sivilizasion yondashuvlar eng ko‘proq umumlashtirilgan yondashuvlardir, zero ularda ijtimoiy tizimlar yaxlit ko‘rib chiqiladi.

Stadial yondashuvning yorqin namunasi formasion yondashuvdir (K.Marks). Ushbu yondashuvga ko‘ra jamiyatning rivojlanishi - bu sifat jihatdan muayyan ishlab chiqarish usuliga asoslangan, ketma-ket almashinuvchi bosqichlar (ijtimoiy-iqtisodiy formatsiyalari) zanji­ri. Har bir ishlab chiqarish usuli jamiyatning muayyan siyosiy-ijti­moiy tuzilmasini yuzaga keltiradi. Ana shunga muvofiq ravishda qadriyaviy tizimlar ham qaror topadi. Masalan, ishlab chiqarish vosi­ta­lariga jamoat tomonidan egalik qilishga va urug‘chilikka asoslangan ibtidoiy jamoa tuzumida qadriyaviy tizimlar jamoaviylikning, urug‘chilikning shaxsiylik va individuallikka nisbatan, an’anaviy­lik­ning yangiliklarga nisbatan ustuvorligi tamoyillariga yo‘nalti­ril­gan. Xususiy mulkning paydo bo‘lishi va qaror topishi bilan individuallikning rivojlanishi uchun iqtisodiy zamin yuzaga keladi. Ayni paytda mulk muayyan guruhga mansub kishilar (hukmron sinflar) qo‘lida to‘plangan jamiyatlarda mazkur sinflarning qadriyaviy mezonlari hukmron bo‘lib qoladi va odatda qonunchilik tomonidan rasmiylashtirib qo‘yiladi.

Formatsiyali yondashuv bilan bir qatorda stadial yondashuv doira­si­da bir-biri bilan raqobat qiluvchi bir qator nazariyalarni ajra­tib ko‘rsatish mumkin. (D.Bell, O.Toffler. G.Diligenskiy va boshqalar).

Hozirgi zamonaviy qarashlardan biriga muvofiq (G.Diligenskiy) jamiyat rivojida quyidagi sivilizatsiyaviy bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: kosmogen (an’anaviy jamiyatlar), texnogen (industrial jamiyatlar), antropogen (kelajak jamiyati).



Kosmogen sivilizatsiya urug‘chilikning individuallik, an’analar­ning yangiliklarga nisabatan ustuvorligiga yo‘naltirilgan. Shunga muvofiq asosiy xususiyati an’anaga yo‘naltirilganlikdan iborat bo‘l­gan qadriyat tizimlari shakllanadi. Texnogen sivilizatsiya ilmiy-texnik taraqqiyotga, texnologik va ijtimoiy yangiliklarga yo‘nalti­rilgan qadriyat tizimlarini shakllantiradi. Biroq industrializm sharoitlarida avtonom shaxsning rivojlanishi odamlar o‘rtasida asr­lar davomida yuzaga kelgan ijtimoiy aloqalarning yo‘qolishga, inso­niy muloqotning yetishmasligiga, «yolg‘izlik»ka, individualizmga, xud­bin­likka olib keladi. Antropogen sivilizatsiya - jamoaviylik va indi­viduallikni uyg‘unlashtirish, xilma-xillikdagi mushtaraklikka erishishga urinishdir. Qadriyaviy mezonlar tizimining o‘zagi - gumanizm.

Turli xalqlarga xos qadriyat mezonlarini ularning madaniy-sivilizatsiyaviy asoslari (etnik, mintaqaviy, diniy va hokazo) nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishga asoslangan yondashuv muhim ahamiyatga ega. (O.Shpengler, A.Toynbi, P.Sorokin). Ushbu yondashuv doirasida ko‘p hollarda o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan g‘arb va sharq qadriyatlari ajratib ko‘rsatiladi. Ushbu xususiyatlarni hisobga olish turli islohotlar strategiyasini ishlab chiqishda tamoyiliy ahamiyatga egadir. Masalan, Markaziy Osiyoda tarixan vujudga kelgan qadriyatlar betakror o‘ziga xoslikka ega va isloh qilishning hozirgi strategiyalari global - sivilizatsiyaviy jarayonlarni mavhum nazariy tushunishdan kelib chiqmasligi kerak. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyat tizimlarining milliy-madaniy o‘ziga xosligini hisobga olish ushbu strategiyalarning muhim tarkibiy qismidir.


Insoniyatning kelajagi va qadriyat
XX asrda turli madaniy dasturlarning (maqsadlar, qadriyaviy mezonlar, manfaatlar, ehtiyojlar va boshqalarning) yonma-yon mavjud bo‘lishi haqidagi masala global-planetar xususiyat kasb etganligi munosabati bilan turli qadriyaviy tizimlar integratsiyasining ahamiyati keskin ortib boradi. Bunday integratsiya turli darajadagi sub’ektlar (individlar, ijtimoiy guruhlar, jamoatchilik tashkilotlari, davlatlar, davlatlararo tuzilmalar) tomonidan umumiy manfaatlarning anglab olinishini taqozo etadi. Umumiy manfaatlar o‘zaro bir-birini tushunish, «o‘zga»ga nisbatan bag‘rikenglik va hurmatni chuqurlashtirish uchun zamin bo‘lib xizmat qiluvchi bazadir.

Turli madaniyatlarning va qadriyaviy tizimlarning o‘zaro ta’siri bir-biriga kirib borishi va ularning yangilanishga bo‘lgan tamoyili butun tarixiy taraqqiyot davomida mavjud bo‘lganiga qaramay, butun tarix davomida unga qarama-qarshi bo‘lgan tamoyil-an’anaviy ukladni, madaniyatlarning o‘ziga xosligini saqlashga bo‘lgan intilish ham yashab keldi. Madaniy o‘ziga xosligini va madaniy-qadriyaviy tizimlarning xilma-xilligini saqlash muammosi g‘arbga xos «ommaviy» madaniyatning tarqalishi sharoitlarida ayniqsa dolzarblik kasb etdi. «Ommaviy» madaniyatning kuchli ekspansiyasiga qaramasdan, o‘zining o‘ziga xosligini saqlash, milliy madaniyatlarni birxillashtirishni (unifikatsiyani) va standartlashtirishni qabul qilmaslikka intilish ham butun o‘tgan asr davomida ko‘zga tashlanadi.

XX asrning asosiy tamoyillari yaxlitlikka (birlikka, integratsiyaga) tomon harakat qilish va madaniyatlarning rang-barangligini saqlash, xuddi ilgaridek, XXI asrda ham rivojlanadi.

Vazifa ana shu ikki qarama-qarshilikni uyg‘unlashtirishga - xilma-xillikdagi mushatarklikka erishishdan iborat. Mazmun jihatdan XXI asrda ham XX asrda rivoj topgan qadriyatlar bilan bir qatorda insoniyat ongida va ijmtioiy amaliyotdagi yangi paradigmalar bilan bog‘liq yangi qadriyaviy mezonlar paydo bo‘lishi kerak.

Insoniyatning turli tarkibiy qismlarining qadriyaviy mezonlari (G‘arb-Sharq, Shimol-Janub) bugungi kunda turli xil vektorga va turlicha darajada xususiyatga ega. Tranzit va rivojlanayotgan jamiyatlar uchun ularning kelajagini belgilovchi qadriyaviy mezonlar haqidagi masala - eng muhim va dolzarb masala. Ularni XX asrning texnogen jamiyati (industrial jamiyat) qadriyatlariga yo‘naltirilish mumkin. Ammo bu holda eng rivojlangan industrial mamlakatlardan butunlay orqada qolib ketish xavfli tug‘iladiki, buning o‘ziga xos iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy-psixologik oqibatlari mavjud. Bundan tashqari texnogen (industrial) sivilizatsiya o‘z imkoniyatlarini tugatib bo‘ldi hisob va eng rivojlangan industrial mamlakatlarning anada progressiv tarixiy bosqich sifatida postindustrial, axborotli jamiyatga o‘tishi shundan dalolat beradi. Jamiyatning mazkur tipiga orientatsiya etish «industrial» bosqichning muammosini hal qilishga imkon beruvchi butunlay yangi strategiyalarni qidirib topishni taqozo etadi.
2-§. Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyatlari

Sharqning an’anaviy qadriyatlari
Asrlar davomida (qaryib XIX asrning ikkinchi yarmi - XX asr boshigacha) Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyat tizimlari an’anaviy jamiyat me’yorlari doirasida rivojlandi. An’anaviy jamiyatning eng asosiy tasnifi qadimdan qaror topgan ijtimoiy-madaniy tuzilmalar va stereotiplarning saqlanishi va qayta tiklanishiga yo‘naltirilgan­ligi­dir. An’anaviy madaniyatlarning aksiologik tizimlarida tarixan vujudga kelgan va qaror topgan hayot va faoliyat usullarining barqarorligi eng oliy qadriyatlardan biri sifatida qabul qilinadi. Bunda faoliyatning har qanday novatorli, islohchilik va inqilobiy shakllari asrlar davomida muqaddaslashtirilgan, oldingi ajdodlar­ning qadriyaviy tajribalarini o‘zida jam qilgan me’yorlar va andozalarga qasd qilish sifatida qabul etiladi.

An’anaviy jamiyatning ma’naviy sohasi, odatda, diniy-mifologik poydevorga suyanadi, mafkuraviy tizimlar eng avvalo tarkib topgan ijtimoiy madaniy ukladning saqlanishiga yo‘naltiriladi.

An’anaviy jamiyatning mentalligi-introvertiv, rasional-manti­qiy tuzilishdan ko‘ra ko‘proq obrazlarga tayanuvchi intuitiv tafakkur­dir. Aynan shu sababli an’anaviy sharq jamiyatining falsafiy tizilmalari mifologiya, din, she’riyat, folklor bilan chambarchas bog‘liq.


XX asrda Markaziy Osiyo xalqlari qadriyatlarining transformatsiyasi


XX asrning murakkab tarixiy voqealari barcha sobiq sovet va sobiq sotsialistik mamlakatlarining qadriyat tizimlariga turlicha ta’sir ko‘rsatdi, biroq­ ular Markaziy Osiyo xalqlarining o‘ziga xos madaniy hayotida alohida muhim rol o‘ynadi. Mazkur xalqlarning butun qadriyaviy tizimi (diniy qadriyatlar, milliy ehtiyojlari ma’naviy madaniyatning o‘ziga xos hodisalari, ona tillari xalqlarning mentaliteti va boshqalar) jiddiy transformatsiyaga uchradi. Bugungi kunda yuz berayotgan milliy tiklanish jarayonlari sharoitida Markaziy Osiyo xalqlarining qadriyaviy tizimining tushuncha va mohiyatini ularning XX asr va XXI asr boshlaridagi transformatsiyasini falsafiy anglab yetish zarurati tuzildi. Mazkur transformatsiyalar «umuminsoniy-milliy» kontekstda ko‘rib chiqilishi mumkin.

Bir tomondan shuni esda tutish zarurki, har qanday jamiyatning butun qadriyaviy tizimi - fan, falsafa, san’at, adabiyot - faqat milliy an’analar bilan cheklanmaydi, chunki inson faqat biologik mavjudot sifatida emas, ijtimoiy mavjudot sifatida ham yagonadir. Bu ayniqsa, axborotlashtirish, kompyuterlashtirish, tezkor aloqaning zamonaviy tizimlari rivoj topgan hozirgi dinamik davrga dahldordir. Barcha mamlakatlar va qit’alarning hayotiy manfaatlari, asosiy muammolari eng muhim jihatlar bo‘yicha mos keladi. Umuminsoniy muammolar umuminsoniy qadriyatlar tizimini shakllantirish zaruratini taqozo qiladi.

Boshqa tomondan, milliy (yagona sifatida), mintaqaviy (alohida sifatida), umuminsoniy (umumiy, yalpi) qadriyatlar dialektikasini hisobga olgan holda yoshlarni milliy an’analar, urf-odatlar, rasm-rusumlarga, milliy til va san’atga hurmat ruhida tarbiyalash zarur. Agar inson o‘z xalqining milliy madaniyatini, tarixini, ma’naviy qadriyatlarini yaxshi bilsa va qabul qilsa, u holda u dunyodagi boshqa xalqlarning madaniyati va falsafasini ham yaxshi qabul qiladi, ular haqida o‘z mustaqil fikriga ega bo‘ladi deb ishonish mumkin.

Xalqlarning ko‘plab an’analari, urf-odatlari, udumlari va qadriyat tizimining boshqa unsurlari butun XX asr davomida saqlanib kelgan bo‘lishiga qaramay, bu tizimning ko‘plab komponentlari transformatsiyaga uchradi. Bir qator an’analar butunlay yo‘qolib ketgan bo‘lsa, boshqalari o‘zlarining ichki qadriyaviy mazmunini o‘zgartirdi. Oilaviy, maishiy, bayram urf-odatlari sirasiga ko‘plab yangi unsurlar kirib keldi, badiy madaniyatning tubdan yangi turlari (portet xaykaltaroshligi, portret rasmchiligi, opera, balet, operetta va boshqalar) paydo bo‘ldi.

Markaziy Osiyo xalqlari tillarida, shu jumladan o‘zbek tilida muhim o‘zgarishlar yuz berdi. Alifbo va imlo bir necha marta isloh qilindi: arab alifbosining transformatsiyasi va uni o‘zbek tili xususityalariga moslashtirilishi (XX asrning 20-yillari boshida), lotin yozuvining birinchi davri (1929-1940), kirillisa davri (1940 yildan XX asrdaning 90-yillarigacha), lotin yozuviga ikkinchi marta o‘tish (XX asrning 90-yillari). Leksika sezilarli darajada o‘zgardi: eski turmush tarzi bilan bog‘liq butun bir leksik qatlam yo‘q bo‘lib ketdi va ko‘plab yangi so‘zlar paydo bo‘ldi.


O‘zbek xalqining qadriyatlari


O‘zbek jamiyatida qadimdan o‘z qadriyatlar tizimi, dunyoqarash mezonlari va odamlarning xulq-atfor me’yorlari shakllangan. Bu me’yoriy doira - an’anaviy maishiy madaniyatning o‘ziga xos o‘zagi. Uning asosida odamlarning bir nechta avlodlari tomonidan ishlab chiqilgan, o‘zbeklar uchun an’anaviy bo‘lgan dunyoqarash tushunchalari yotadi. An’anaviy xulq-atvorning qoliplari ongning etnik va diniy shakllari bilan chambarchas bog‘liqdir. Axloqiy-ma’naviy an’analar va tushunchalarning katta qismi islom aqidalari bilan mustahkamlangan yoki aholi tomonidan shunday (islom an’analari sifatida) qabul qilinadi.

O‘zbek jamiyatida jamoa institutlari ulkan ahamiyat kasb etadi. Sharq kishisi ularsiz o‘zini tasavvur eta olmaydi va ular uning qadriyaviy mezonlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Asrlar davomida har bir kishining hayoti qat’iy reglamentga bo‘ysungan holda kechgan va bosqichma-bosqich belgilanib qo‘yilgan. Mazkur hayot bosqichlarining har biri jamoaning tajribasi, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlashi bilan chambarchas bog‘liq­ bo‘lgan. Oilaviy-qarindoshlik va qo‘ni-qo‘shnichilik jamoalari singari integrasion institutlar yuksak qadriyat mezonlari deb hisoblanishining sababi mana shundadir. Bir hayotiy bosqichdan boshqasiga o‘tishi faqat ayrim oila doirasidagi voqea bo‘lib qolmasdan, bunday marosimlarga butun oilaviy-qarindosh jamoalar va qo‘ni-qo‘shnilar jamoasi jalb etilar edi. Sharq sotsiumi alohida bir shaxsning manfaati emas, balki ijtimoiy manfaatlar, oila va jamoa manfaatlarini birinchi o‘ringa qo‘yishga asoslangan. An’anaviy jamoalarda esa shaxs manfaatlari guruh manfaatlari sanaladi. Sharqda shaxs o‘zini jamiyatdan alohida tarzda tasavvur eto olmaydi. Shu bois o‘zbek jamiyatida jamoa an’analari, rasm-rusum va urf-odatlari qadrlanib avloddan-avlodga o‘tib kelmoqda. Bular insonning nafaqat ma’naviy-madaniy talablarini qondirishga, balki sharq jamiyatida insonning sotsial statusini belgilashda ham juda katta ahamiyat kasb etadi.

Kollektivning ma’naviy hayot tarzi O‘zbekistonda keng tarqalgan, o‘zbeklarning ma’naviy dunyosini tavsiflovchi sotsio-normativ madaniyatning qatlamini tashkil etuvchi mahalla nomli qo‘shni-hududiy jamoa tashkilotlarida juda yaxshi saqlanib qolgan.

Mehmondo‘stlik - o‘zbek hayotining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, mehmon har bir oilada hurmat va izzat qilinadi. Mehmon kutishning an’anaviy udumlariga rioya qilinadi. Bu udumlar taklif qilingan mehmonlarni kutishda ham, taklifsiz kelgan mehmonlarni qabul qilishda ham saqlanadi. Barcha hollarda ham ushbu udum mehmonga hurmat, uning mazkur xonadonda o‘zini bemalol his qilishga sharoit yaratishga tayyorlik ruhi bilan sug‘orilgan.

O‘zbek sotsiumida atrofdagi kishilarning fikri va ularning hurmatiga sazovor bo‘lishdan iborat qadriyaviy mezon har doim yuksak bo‘lib kelgan. O‘z xulq-atvorining an’anaviy standartlarga muvofiqligi - o‘zbek mentalititetining eng muhim tarkibiy qismi.

O‘zbeklarning ijtimoiy me’yoriy madaniyatida inson xulq-atvorining amalda hayotdagi barcha standart holatlar uchun an’ana tomonidan belgilab qo‘yilgan qoidalarini ko‘rish mumkin. Ular bola­lik­dan boshlab shakllantiriladi. Ayrim neordinar, istisno holat­lar­da ham insonning an’anaviy xulq-atvor me’yorlarining tashuv­chilari sifatida namoyon bo‘luvchi oqsoqollar va hurmatli kishilar bilan maslahat qilmay, mustaqil qaror qabul qilishi kamdan-kam uchraydi.

O‘zbeklarning qadriyaviy mezonlar tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri katta yoshli, keksa kishilarga hurmat va izzat bilan qarashdir. Ko‘p hollarda bobolar va buvilar oilaning nominal boshliqlari hisoblanadi (hatto ular keksaliklari sababli boshchilik qila olmagan hollarda ham). Oilaning barcha qolgan a’zolari ularning qarorlari va maslahatlariga quloq soladilar. Bayramlarda, hayitlarda keksa qarindoshlarni ziyorat qilish, ularga sovg‘alar va noz-ne’matlar olib borish an’anasi saqlanib qolmoqda. Keksalar haqida g‘amxo‘rlik qilish birinchi o‘rinda turadi va ko‘p hollarda namoyon bo‘ladi. Bolalarning o‘z ota-onalari hamda keksa, yolg‘iz qolgan qarindoshlarini boqishlari va ularga vasiylik qilishlaridan iborat an’anaga qat’iy rioya qilinadi.

O‘zbek tilida «savob ish» degan tushuncha bor. Bevalarga, yetimlarga yordam berish ana shunday ishlardan hisoblanadi. Urishib qolganlarni yarashtirish ham ezgu ish hisoblanadi. Ana shu savob olish an’anasi doirasida uyda non yopilgan kunlari qo‘shnilarga chiqarish yoki tovoqda taom kirgizish odati mavjud.

Iltimos bilan murojaat qilgan kishiga rad javobi berish rasm emas, unga qo‘ldan kelganicha yordam berish zarur. Uning iltimosini qondirishning iloji bo‘lmagan hollarda ham iltimos birdaniga rad qilinmaydi, balki uning ko‘nglini ko‘taruvchi so‘zlar aytiladi.

O‘zbeklarning qadriyaviy tizimlarining shakllanishida ajdodlarning ma’naviy merosi katta ahamiyat kasb etadi. Xalq orasida tarqalgan hikmatli so‘zlar, mashhur arboblarning ishlari va faoliyati haqidagi rivoyatlar, avliyolar hayotidan olingan diniy hikoyalarning axloqiy-ma’naviy tarbiya uchun ahamiyati katta. Shu sababli ular omma orasida keng tarqalgan.

O‘zbek jamiyatida inson xulq-atvorining an’anaviy etikasi butun bir hayotiy tizimni tashkil etgan. Unda shaxsning ma’naviy xulq-atvoriga hamma vaqt alohida ahamiyat berilgan. Yuz bergan jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy transformatsiyalarga qaramay, unda davr davomida jamiyatdagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solib kelgan va me’yor vazifasini bajargan an’anaviy axloqiy negiz saqlanib qolgan.
GLOBAL MUAMMOLAR XX ASR MAHSULI SIFATIDA

Global muammolarning paydo bo‘lishi
Bugungi kunda zamonamizning global muammolari deb ataluvchi muammolar haqida eshitmagan odamni uchratish qiyin. Bu muammolarga demografik, energetik, xom ashyo muammolari, urush va tinchlik muammosi, ekologiya va boshqalar kiradi. Albatta, ushbu muammolar ilgari ham mavjud edi, lekin faqat XX asrdagina ular global muammolarga aylandi. Insoniyat tarixida mavjud bo‘lgan oldingi shunga o‘xshash muammolardan ular shunisi bilan farq qiladiki, mazkur muammolar planetar xarakterga ega. XX arsning 40-yillardayoq K.Yaspers shunday deb yozgan: «Barcha mavjud muammolar dunyo muammolari bo‘lib qoldi, vaziyat - umum insoniyatning vaziyatiga aylandi»121. Bugungi kunda dunyoda bo‘layotgan har bir hodisa, u ekologik tanglik bo‘ladimi, urushmi, ochlikmi, energetik va boshqa resurslarning kamayib ketishimi, madaniyatdagi tanglikmi yoki demografik tanglikmi bundan qat’iy nazar ular endi lokal, mahalliy, milliy muammolar bo‘lib qolmay planeta miqyosidagi global xususiyat kasb etmoqda.

Global muammolar - bu shunday muammolarki, ular butun insoniyatning manfaatlariga daxl qiladi, uning kelajagiga xavf soladi hamda ular butun xalqaro hamjamiyatning ishtiroki bilangina hal etilishi mumkin.

XX asrgacha mavjud bo‘lgan muammolar hech qachon butun planeta hamjamiyatining mavjudligiga xavf solmagan. Global muammolar XX asr mahsulidir va ularning paydo bo‘lishi inson faoliyati bilan bog‘liq. Global muammolarning paydo bo‘lishining sababi inson faoliyati bilan bugungi tabiatdagi va jamiyatdagi ahvol o‘rtasidagi qarama-qarshilikning o‘sib borishidir.

Ushbu sabab, o‘z navbatida bir qator ichki sabablarga bo‘linadi:


  1. «jamiyat-tabiat» tizimidagi qarama-qarshiliklar bilan bog‘liq sabablar.

  2. Jamiyatning o‘zining ichidagi ijtimoiy tuzilmalar (individ­lar, ijtimoiy guruhlar, davlatlar va xalqaro tuzilmalar) o‘rtasidagi qarama-qarshilik bilan bog‘liq sabablar.

Ushbu sabablarning mohiyati nimadan iborat?

1. XX asrgacha tabiiy boyliklarni o‘zlashtirish va tabiatga ta’sir ko‘rsatish lokal xususiyatga ega edi. XX asrda insonning xo‘jalik faoliyati planetar miqyoslarga ko‘tarildi. Tabiatga tushuvchi antropo­gen yuklar shu qadar ko‘paydiki, ular yangi geologik kuchga aylandi. (V.I.Vernadskiy). Bu kuch planetaning butun qiyofasini o‘zgartirishga, biosferada ortiga qaytmas sifat o‘zgarishlariga olib kelishga qodir. Bu o‘rinda ozon qatlamining buzilganligi yoki tropik o‘rmonlarning yo‘q qilinganligini eslashning o‘zi kifoya. Vaziyat shundayki, insonning o‘zining yashab qolishi haqidagi masala kun tartibiga qo‘yilgan.

2. Ijtimoiy rivojlanishidagi notekislik, mustamlakachilik, shuningdek, dunyo boyliklarini iste’mol qilishi va taqsimlashdagi adolatsizlik shunga olib keldiki, boy va kambag‘al mamlakatlar paydo bo‘ldi. Bu hol sobiq mustamlaka va rivojlanayotgan mamlakatlarning qoloqligi va shu bilan bog‘liq bo‘lgan ochlik, savodsizlik kabi global muammolarni tug‘dirdiki, bu o‘z navbatida insoniyat oldiga ana shu uzilishni yo‘qotishga qaratilgan yangi tartibni yaratishdan iborat global muammoni qo‘yadi.

Ijtimoiy rivojlanishdagi ana shu notekislik urushlarga ham sabab bo‘ldi. Biroq XX asrgacha davlatlar o‘rtasidagi nizolar va ularning oqibatlari lokal-mintaqaviy xususiyatga ega edi. XX asr jahon urushlarini yuzaga keltirdi. Hozirgi qurol-yarog‘larning xususiyatini hisobga oladigan bo‘lsak, uchinchi jahon urushi yuz bergudek bo‘lsa, bo‘lsa, butun insoniyat yo‘q qilinishi masalasi paydo bo‘ladi. Shu sababli xalqlar va davlatlarning tinch-totuv yashashlari insoniyatning global muammosiga aylanib q­olmoqda.

Ilgari ma’lum bo‘lgan global muammolar (demografik, ekologik, oziq-ovqat va hokazo) bilan bir qatorda XX asr oxirida va XXI asr boshida global muammolar xususiyatiga ega bo‘lgan yangi xavflari yuzaga keldi: xalqaro terrorizm, xalqaro uyushgan jinoyatchilik va boshqalar.

Ana shunday o‘ziga xosliklar tufayli global muammolarni xalqaro hamjamiyatning ishtirokisiz hal qilish mumkin emas. Ularni hal etishning zarur sharti insoniyatning yakdilligi bo‘lib, bu o‘z navbatida integratsiyaning o‘sishi va jahon hamjamiyatida bir-birini tushunishning ortib borishini taqozo qiladi.


Global rivojlanish modellari
Global muammolar paydo bo‘lgan paytdan boshlab olimlar, siyosatdonlar, ijtimoiy va xalqaro tashkilotlar e’tiborini jalb etdilar. Shu munosabat bilan global rivojlanishning turli-tuman matematik va kompyuter modellari va prognozlari yuzaga kela boshladi.

XX asrning 70-yillarida olimlar, biznesmenlar va siyosatchilarni o‘z safida birlashtirgan nohukumat tashkilot - Rim klubi tomonidan bir qator prognoz modellari yaratildi. Dastlabki ana shunday matematik modellarning birinchisi faylasuf va kibernetik olim X.O‘zbekxon tomonidan yaratilgan edi. Keyingi imitasion model («Mir-1») Dj.Forrester tomonidan yaratilgan bo‘lib, unda aholining ko‘payishi, kapital mablag‘larning, tabiiy resurslar, atrof-muhitning ifloslanishi va oziq-ovqat muammolarining rivojlanishi hamda o‘sib borishi ko‘rsatilgan edi. Tez orada shu olimning o‘zi tomonidan yanada takomillashtirilgan model - «Mir-2» yaratildi.

1972 yilda D.Medouz va Massachuset texnologiya institutining bir guruh yosh olimlari «Mir-3» modelini yaratdilar va mazkur model Rim klubining «O‘sib borish chegaralari» nomli ma’ruzasi uchun asos bo‘lib xizmat qildi. Model 1900 yildan 2100 yilgacha bo‘lgan davrdagi global rivojlanish jarayonlarini tasvirlar edi. Model mualliflari shunday xulosaga keldilar: agar aholi o‘sishining, sanoatning, qishloq xo‘jaligining, tabiiy resurslarni ekspluatatsiya qilishining hamda atrof-muhitning ifloslanishining asosiy tamoyillari saqlanib qoladigan bo‘lsa, insoniyat global tanglikka duchor bo‘ladi. Ma’ruza mualliflari bundan shunday xulosa chiqaradilar: insoniyat o‘sish strategiyasidan global muvozanat holatiga o‘tishi kerak. «O‘sish chegaralari»da chiqarilgan xulosalar turlicha qabul qilindi, biroq bir narsani yakdillik bilan qayd etish mumkin: ma’ruza qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi va jahon jamoatchiligining diqqat e’tiborini global muammolarga jalb etdi. Ma’ruza natijalaridan biri shu bo‘ldiki, unda cheksiz iqtisodiy o‘sish haqidagi afsona fosh qilindi.

D. Medouz va J. Forresterlar modelidan farqli o‘laroq, M.Mesarovich va E.Pestellarning Rim klubiga «Insoniyat tub burilish arafasida» nomi ostida taqdim etilgan ma’ruzasida aks etgan modeli (1974)da dunyo mintaqaviy rivojlanishni hisobga olgan holda ko‘rib chiqiladi. Ma’ruzada bir qator mintaqaviy tangliklar va falokatlar prognoz qilingan va shu munosabat bilan «organik o‘sish» strategiyasi taklif etilgan edi. Ushbu strategiyaning asosiy mag‘zi mintaqalarning differensiallashgan rivojlanish haqidagi g‘oya bo‘lib, u insoniyatning organik bir butunlik sifatida rivojlanishiga imkoniyat yaratishi lozimligi edi.

Rim klubiga122 taqdim etilgan dastlabki, miqdoriy usullarga asoslangan ma’ruzalar bilan bir qatorda dunyoning rivojlanish jarayonlarini sifat jihatdan tahlil qilishga asoslangan «Jahon tartiblari modellarining loyihasi» doirasidagi tadqiqotlar keng yoyildi. Bular A.Kotarining «Kelajakka qo‘yilgan qadamlar», (1974), R.Falkning «Kelajakdagi dunyolarni o‘rganish» (1975), A.Mazruining «Madaniyatlarning jahon federatsiyasi» (1976), Y.Galtungning «Haqi­qiy olamlar» (1980) va «Muqobillar bor!» (1984) kabi ishlaridir.

YuNESKO homiyligi ostida K.Doych rahbarligida «Umumjahon modellari» loyihasi («Jahoniy modellashtirish muammolari. Siyosiy va ijtimoiy implikatsiyalar», 1977), Iqtisodiy hamkorlik va rivoj­lanish tashkiloti (IHRT) homiyligidaJ.Lezurn rahbarlik ostida tayyorlangan «Xalqaro kelajak» loyihasi («Kelajak bilan uchrashuv: mumkin bo‘lganni amalga oshirish va ko‘zda tutilmagan hollarga tayyor bo‘lish», 1974) ishlab chiqildi.

Sasseks universitetida (Buyuk Britaniya) Ch.Frimen va S.Koul rahbarligi ostida 1977 yilda bajarilgan «Global modellar» «Jahon kelajagi. Katta munozaralar», G.Kan rahbarligida Gudzon institutida (AQSh) bajarilgan «Yaqinlashayotgan to‘polon» (1982), Amerika ma’muriyatining buyurtmasiga ko‘ra tayyorlangan ma’ruzalar «2000 yilning global muammolari» (1980) «Global kelajak: harajat qilish vaqti» (1981), Umumjahon vaxtasi instituti tadqiqotlari va boshqalar ma’lumdir.

Agar kelajakning «mumkin bo‘lgan dunyolari»ning dastlabki modellari texnokritik xususiyatga ega bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda global muammolarni yechish uchun jamiyatning o‘zini ijtimoiy munosabatlarini (mintaqalararo, davlatlararo) va insonning o‘zini, uning qadriyaviy mezonlarini va kundalik xulq-atvorini mukammallashtirish zarurligi haqidagi fikrlar tobora ko‘proq mazkur keyinchalik paydo bo‘lgan modellarga kirib bormoqda.


2-bob. HOZIRGI DUNYoDAGI GLOBAL MUAMMOLAR
Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə