Tarixda terrorizm dunyoviy va diniy sohalarda ham siyosiy kurashning eng keskin vositasi sifatida yetarli darajada keng qo‘llanildi. Ayniqsa terrorizm ko‘proq darajada jamiyatning bir holatdan ikkinchisiga o‘tish davrida, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy beqarorlik sharoitida qo‘llanilgan va qo‘llanilmoqda.
Hozirgi zamon terrorizmining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri alohida amaliyotdan ommaviy, jamoaviy tarzdagi oldindan yaxshi rejalashtirilgan va tashkil etilgan saviyaga o‘tishdir. Terror endi ayrim olingan mutaassib bir kishining ishi bo‘lmay qoldi. Hozirgi vaqtda u bilan keng tarmoq otgan, katta moliyaviy, insoniy, texnik zahiralarga ega bo‘lgan qudratli tashkilotlar shug‘ullanmoqda. Bundan Markaziy Osiyo mintaqasi ham istisno emas. Bu yerda XX asrning 90-yillaridan boshlab «Xizb-ut-tahrir», «Islom ozodlik partiyasi», «O‘zbekiston islomiy harakati», «Tojikistonning islomiy uyg‘onish harakati» (90-yillargacha ham) kabi terroristik tashkilotlar va boshqalar faol ish olib bormoqdalar. O‘zlarining maqsadi sifatida ular mintaqada mavjud bo‘lgan siyosiy tuzumni ag‘darib tashlab, diniy davlatni barpo qilish ekanligini e’lon qilmoqdalar. Ushbu tashkilotlar «Tolibon», «al-Qoida» kabi terroristik tashkilotlar bilan bevosita aloqa bog‘lagandirlar. Ularning faoliyati tashqi kuchlarning yordami va chet ellardagi qudratli moliyaviy manbalarga asoslandir. Ularning sa’y-xarakatlari tufayli bir qator terroristik aktlar ro‘y berdiki, ularning natijasida ko‘plab qurbonlar, moddiy zararlar va begunoh kishilarning azob-uqubatlarga duchor bo‘lishi kuzatiladi.
Terrorizm bilan kurashning dunyoda to‘plangan tajribasi shuni ko‘rstadiki, yangi terroristik harakatlarning oldini olish maqsadida shunga e’tibor qaratish juda muhimki, bunday harakatlar yo‘li bilan davlatni ular ko‘zlagan maqsadlar sari amal qilishga majbur qilishga terroristlarda hech qanday umid qoldirmaslik lozim. Terrorsitlarni o‘z qilmishlarining be’mani va behuda ekanligini o‘ylab ko‘rishga majbur qilish lozimki, toki ular o‘z talablarini tanqidiy ravishda o‘ylab ko‘rsinlar va xalqaro terrorizm jabhasida olib borilayotgan kurashda ekstremistik yo‘lning hujumkorlik mohiyatini to‘g‘ri ekanligiga shubha qilsinlar. Terrorizmning namoyon bo‘lishiga va uning ijtimoiy asosiga barham berish-bugungi kunning eng dolzarb muammosidir. Faqat shugina ayrim olingan har bir davlatning, mintaqaning va umumiy xavfsizlikning milliy xavfsizligini ta’minlay oladi.
O‘zbekiston Respublikasi dunyoda birinchilardan bo‘lib, xalqaro terrorizmning milliy va xalqaro xavfsizlik uchun xatarli tahdid ekanligini anglab, mo‘’tabar xalqaro tashkilotlarning, birinchi navbatda Birlashgan millatlar tashkilotining tribunasidan foydalanib xalqaro hamjamiyatning diqqat-e’tiborini bu umumiy muammoga qaratdi125.
Dostları ilə paylaş: |