1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə2/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Lokayatlar
Qadimgi Hindistonning moddiyuncha falsafiy maktablari orasida eng mashhuri lokayata («bu dunyoga yo‘nalish») ta’limotidir. Lokayatlar yoki chorvoqlar maktabining asoschisi qadimgi dunyo donishmand Brixaspatidir. Lokayatlar ta’limotiga ko‘ra, inson to‘rt moddiy unsur – tuproq, suv, olov va havodan tashkil topgandir. Ular bir-biri bilan qo‘shilib badan, his-tuyg‘u a’zolarini shakllantiradi va ular asosida ruhiy ibtido kelib chiqadi. Insonda uning o‘limidan keyin qoladigan hech narsa yo‘qligi tufayli lokayata ta’limotidagilar voqey hayotdan foydalanib qolish zaruriyati haqida gapiradilar. Ular hayot nima keltirsa, hammasini qabul kilishga chaqiradilar. Ular fikricha, shu narsani tushunib yetmoq kerakki, hayotning yoqimli tomonlari, yomon va azob-uqubatli jihatlariga muvozanatda bo‘lishi mumkin. Ammo bundan lokayatlarni bir tomonlama huzur-halovat va lazzatga intilgan ekanlarda, deb hisoblamaslik kerak. Lokayata muxlislari mantiqiy usullar yordamida an’anaviy ta’limotlarni shubha ostiga oldilar. Masalan, shunday savol qo‘yildi: nega o‘lgan odamlarning ruhi, tirik odamlarni yomon hatti-harakatlarining oqibatidan ogohlantirmaydi? Lokayata e’tiqodidagilar tabaqalarga bo‘linganlik (kasta) tizimini, kohinlarning urf-odatlarini va muqaddas kitoblarning nufuzini tanqid qildilar. Shu narsa ham ma’lumki, lokayata maktabiga mansub shaxslarning tabiatshunoslik fanlarini rivojlantirishda xizmatlari bor.
Qadimgi Xitoy falsafasi
X
Asosiy falsafiy yo’nalishlar
itoy falsafasi o‘zining gullab-yashnagan vaqtiga «urushuvchi davlatlar» deb atalgan davrda erishdiki, uni Xitoy falsafasining «oltin davri» (er.av. VI-III asrlar) deb atadilar. Asosiy falsafiy yo‘nalishlar quyidlagilardan iborat edi: in-yan, konfusiychilik, daosizm, ismlar maktabi, moizm, legizm.

Konfusiychilik axloqiy qoidalar va ijtimoiy boshqaruv masalalariga diqqat-e’tiborni qaratdi. Konfusiychilik uchun eng mukammal namuna o‘tmish edi. Konfusiy (er.ol. 551-449 yy.) o‘zi haqida shunday degan edi: «Eskini bayon qilaman va yangini yaratmayman». U va uning izdoshlari jamiyatning parchalanib ketishidan bezovta bo‘lganliklari sababli asosiy e’tiborni insonni o‘z atrofdagilarga va jamiyatga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalashga qaratdilar. Shaxs o‘zi uchun emas, balki jamiyat uchun shaxsdir. Konfusiychilik axloqi insonni uning ijtimoiy vazifasi bilan bog‘liq ravishda tushunadi, ta’lim va tarbiyani esa, insonni ana shu vazifasini bajarishga olib keladigan narsa sifatida idrok qiladi.

Konfusiychilik Sharq xalqlari ongida shunday axloqiy me’yorlarni shakllantirdiki, o‘zining omma ongiga ta’sir kuchi jihatidan uni Injildagi 10 diniy buyruq bilangina solishtirish mumkin. Bu avvalo besh muqimlik yoki besh fazilat - insonparvarlik, burchga sodiqlik, tavfiqlilik, aqlga muvofiqlik, haqiqatgo‘ylikdir. Shuningdek, konfusiychilik besh aloqa qoidasini, ya’ni jamiyatdagi munosabatlar tizimini ham ishlab chiqdi - bular davlat bilan fuqarolar o‘rtasidagi, ota-onalar bilan bolalar, er va xotin, kattalar bilan kichiklar va do‘stlar o‘rtasidagi munosabatlardir. Xo‘jayinga sodiqlik va vafodorlik eng muhim va ustun sanalar edi. Konfusiychilikning asosiy axloqiy-siyosiy qoidalari quyidagilardan iborat edi:



  • «xalqni shafqat bilan boshqarish va xalq ichiga xulq-atvor qoidalari yordamida tartibni joriy qilish»;

  • «osmon irodasidan qo‘rqish» va «o‘lganlar ruhini hurmat bilan yodga olish»;

  • «tug‘ma bilimlarga ega bo‘lganlar» (mukammal donishmandlar) va «o‘qish-o‘rganish natijasida bilimga ega bo‘lganlar» mavjudligini tan olish, ya’ni o‘qish-o‘rganish tufayli bilimlarni kasb etish imkoniyati borligi va ta’lim-tarbiyaning buyuk rolini qayd etish;

  • «Oltin o‘rtamiyonalik yo‘li», «ikki qarama-qarshi qirrani qo‘lda ushlab, ammo xalq uchun o‘rtachasidan foydalanish»1 qoidasini qo‘llash, ya’ni qarama-qarshiliklarni yumshatish va murosasozlik nazariyasiga rioya etish.

Konfusiy tomonidan birinchi marta «oltin qoida» deb nom olgan va keyinchalik ko‘pchilik mutafakkirlar tomonidan qolipga solingan, - «o‘zingga ravo ko‘rmagan narsani, boshqa odamlarga ham ravo ko‘rma»2 qoidasi shakllantirildi. Konfusiychilikning yana bir muhim jihati «ismlarni tuzatish» talabi ediki, unga binoan agar jamiyatda «hukmdor hukmdor bo‘lmasa, xizmatkor xizmatkorlik qilmasa, o‘g‘il o‘g‘illigini qilmasa», ya’ni shunday vaziyat vujudga kelsaki, u «besh aloqa» talab etgan ta’limot tashqarisiga chiqsa, voqeylikni tuzatish, jumladan, kuch ishlatib bo‘lsa ham tartibni joriy etish zaruriyatini tan olish lozim. Shundagina jamiyatdagi tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlarni qat’iy ravishda tiklash mumkin bo‘ladi.

Eramizdan oldingi 200- yil bilan eramizning 220 yiligacha bo‘lgan davrda konfusiychilik din sifatida ham shakllandi. O‘zining mazmuniga ko‘ra konfusiychilik diniy marosimi Qadimgi Xitoyda tashkil topgan oilaviy-urug‘chilik urf-odatlarini qonuniylashtirib, qadimgi qonun va ko‘rsatmalarga qat’iyan rioya etish talabi bilan chiqdi. Ulardan eng muhimi ajdodlarga sig‘inish edi. Konfusiychilikning diniy e’tiqodiga ko‘ra, ajdodlar ruhini hurmatlash va o‘g‘illik ehtiromi («syao») insonning bosh majburiyatidir.

An’anaviy konfusiychilikning asosiy tushunchalari quyidagilar: «Li» - urf-odat va marosimlarga rioya etish, udum; «Si» - axloqiy me’yorlarni amalga oshirish; «In»- ijobiy ibtido, «Yan» -salbiy ibtido, «Dao» -osmon, koinot yo‘li bo‘lib, muayyan tartib va qonunga binoan mavjud, uning ifodasi esa insonning xulq-atvori bo‘lishi lozim, «Chjen»- insonparvarlik, «I» - burch, «Sin» -samimiylik va ba’zi boshqalar.

Daosizmning diqqat markazida tabiat, koinot va inson turadi. Ammo bu ibtidolar mantiqiy - aqliy yo‘l bilan emas, balki mavjudlik tabiatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib borish yordamida bilib olinadi. Dunyo hech qanday sabablarsiz doimiy harakat va o‘zgarishda bo‘lib, rivojlanadi, yashaydi va sirtqi ta’sir natijasida emas, balki ichki sabab natijasida vujudga kelgan. Borliq haqidagi ta’limotda yo‘l tushunchasi – dao - markaziy maqomdadir. Daosizm aqidasiga ko‘ra, tafakkurning maqsadi, insonni tabiat bilan «qo‘shilib ketishi» dadir, negaki, u uning tarkibiy qismidir.

Ismlar maktabi voqeylikni til ifodasi masalalari orqali hal qilishga yo‘naltirilgan edi. U ashyolar munosabati va shu munosabatlarning o‘zini tadqiq etdi, so‘ngra esa hukmlar va ismlarning bir-biriga muvofiq kelishligini tekshirdi.

Moistlar maktabi o‘z ismini uning asoschisi Mo-szi (er.ol. 479-431) nomidan olgan. Unda asosiy e’tibor ijtimoiy axloq muammolariga qaratilgan bo‘lib, uni amalga oshirish istibdodiy hokimiyat boshlig‘ining qat’iy tashkilotchiligi vositasida namoyon bo‘lishi bilan bog‘lanadi. Bu maktabda jismoniy mehnat uning tinglovchilarining tarbiyalashning asosiy vositasi hisoblangan. Moistlarning ta’limoti – Konfusiy ta’limotining butunlay qarama-karshisidir. Uning butun ma’nosi umumiy muhabbat g‘oyalari, o‘zaro manfaat va muvaffaqiyat qozonmoqda ifodalanadi. Jamiyatdagi barcha odamlar uchun majburiyat sifatida umumiy o‘zaro insonparvarlik me’yori tavsiya etiladi, barcha kishilar bir-birlariga foyda keltirish haqida g‘amxo‘rlik qilishlari lozim. Nazariy tadqiqotlar-foydasiz ortiqcha hashamat; mehnat faoliyatida ko‘zda tutilgan amaliy maqsadga muvofiqlik - zaruriyatdir.

Va nihoyat, legizm – o‘z e’tiborini ijtimoiy-siyosiy masalalar, ijtimoiy nazariya va davlat boshqaruvi muammolariga qaratgan ta’limotdir.


Uzoq Sharqning ilk davlatlarida falsafa


Quriyadа konfutsiychilik, buddaviylik va daosizm diniy-falsafiy ta’limotlari

Eramizdan oldingi I asrga kelib Quriya yarim orolida uch mustaqil davlat tashkil topdi: Koguryo (er.ol.37y. – eramizing 668y.), Silla (er.ol. 57y.- eramizning 668y.) va Pekche (er.ol. 18y.- er.660y.). Uch podsholik davrida, afsonaviy tasavvurlar bilan bir qatorda yorug‘lik va qorong‘ulik ibtidolari («yan» va «im») haqidagi ta’limot yanada rivojlantirildi. Besh birinchi unsurlar haqidagi ta’limot dunyoning borliq manzarasini ifodalovchi xususiyat kasb etdi. Besh unsurlarning har biriga makonda muayyan joy va rang muvofiq kelar edi. U tabiat va jamiyatda ro‘y berayotgan jarayonlar talqinini tushunish, afsonalar, ramzlar, matnlar va xabarlar mazmunini idrok etish uchun o‘ziga xos kalit vazifasini o‘tay boshladi.

Uch podsholik davrida diniy-falsafiy ta’limotlar tarqala boshladiki, keyinchalik Quriya yarim orolida hukmron mavqega ega bo‘lgan buddaviylik va daosizm bilan birgalikda, bu yerda sal ilgariroq paydo bo‘lgan konfusiychilik ham o‘ziing keyingi taraqqiyotini boshladi. Bu ta’limotlar quriyalilarning ilgari dunyo manzarasi haqidagi diniy-afsonaviy qarashlarini siqib chiqardigina emas, balki ulardan ko‘plarini o‘z bag‘riga oldi.

Quriya konfusiychiligi animizm, shamanizm va an’anaviy e’tiqodlarning boshqa unsurlarini yetarli darajada ixcham o‘zlashtirdiki, ular konfusiychilik ta’limotining asosiy bandlariga muvofiq kelar edi. Unda ajdodlar va ulug‘ kishilar ruhiga sig‘inish joy oldiki, ularga atab ibodatxonalar qurildi va qurbonliklar qilindi. Konfusiychilik besh birinchi unsurlar haqidagi ta’limotni ham qabul qildi. Buni yaqqol ifodasini konfusiychilik ta’limotidagi jamiyatdagi besh munosabatlar haqidagi aqidada (shoh va fuqaro o‘rtasidagi munosabat, ota-onalar bilan bolalar, er bilan xotin, katta va kichik yoshdagi aka-ukalar, do‘stlar orasidagi munosbaatda) va besh axloqiy sifat haqidagi ta’limotda (ezgulik, to‘g‘ri fikrlash, yaxshi xulq-atvor, bilim olishga intilish va halollik) ko‘rish mumkin.

Buddaviylik eramizning IV asrida Quriyaga rohiblar tomonidan Hindiston va Xitoydan olib kelindi. Tez orada buddaviylik davlat diniga aylandi. Buddaviylik Quriyada tarqala borgan sari o‘ziga xos xususiyatlar kasb eta boshladi. Uning ilk bosqichlarida tarki dunyochilik tomoni ajralib chiqa boshladi. Biroq tez orada Quriyada buddaviylikning shunday mazhablari paydo bo‘ldiki, ular ilk ta’limotdan farq qilar edilar. Masalan, shunday mazhablarning asoschilaridan biri bo‘lgan Von Xyo (617-687yy.) mast qiladigan ichimlikni iste’mol qilishni, qo‘shiq va raqslardan lazzatlanishni ayb hisoblamas edi, u hatto uylandi va bu bilan tarki dunyochilikka nisbatan muxolifatga kirdi. Uning uchun haqiqat va Mohayananing ma’nosi rohiblikda emas, balki «dunyo ruhi» ni kasb etishda edi. Agar odam ruhining o‘zi buzilgan bo‘lsa, barcha nazr va niyoz, o‘zini tiyish va ta’lim-tarbiya samarasizdir. Faylasuf ruhga amalan borliq maqomini beradi. Aynan ana shu ruh ashyolar tartibini belgilaydi. Unga hatto birinchi ibtido, barcha ashyolarning yo‘li va asosi bo‘lgan «dao» ham olib boradi.

V
Yaponiyada sintoizm
II asrning boshida Quriya yarim oroliga daosizm kirib keladi. Tez orada daosizmga buddaviylik va konfusiychilikning zaruriy bo‘lgan ajralmas qo‘shimcha tarkibiy qismi sifatida qaray boshlaydilar. «Uch davlatning tarixiy xotiralar daftari» («Koguryo solnomasi») da qirol amaldorlaridan birining so‘zlari bilan daosizmning to‘g‘ilib kelayotgan ta’siriga munosabat ifodalangan: «… Uch diniy ta’limot (konfusiychilik, buddaviylik va daosizm ) qozonning uchta oyog‘iga o‘xshaydi. Ulardan loaqal biri bo‘lmasa, yomon bo‘ladi»4.

V asrda buddaviylikning va VI - asrda konfusiychilikning kirib kelishi munosabati bilan ularga qarama-qarshi o‘laroq, eski an’anaviy din «kamino-mixi» deb atala boshlandi, so‘zma-so‘z aytganda «kami yo‘li», ya’ni «mahalliy xudolar yo‘li, yoki xitoychasiga «shin-to»; keyinchalik esa bu Yevropa tillariga «sinto» yoki sintoizm tarzida kirdi. Sintoizm VI - asrning o‘rtalarigacha, ya’ni buddaviylik davlat dini sifatida e’lon qilinguncha, davlat dini edi. Sintoistik tasavvurlarga ko‘ra, barcha mavjud narsalar xudolar tomonidan yaratilgan. Shu bilan birga yaratilish jarayoni xudolarning o‘zini yaralishi bilan bog‘langan. Dunyoning eng qadimgi holati tuman va qorong‘ilik bilan to‘lgan tubsiz chuqur tarzida ifodalangan. Keyinchalik osmonning yerdan ajralishi sodir bo‘lgan. Matnlarda «8 lak-lak» yoki 8 million xudolar, ya’ni ruhlar haqida gap boradi. Sintoistik xudolar jamoasining markaziy shaxsi ayol xudo Amaterasu bo‘lib, quyoshning ramzi sifatida qabul qilinadi.

Yapon imperatorlari sulolasining asoschisi afsonaviy imperator Dzimmu hisoblanib, u ayol xudo Amaterasuning nevarasi edi. Ana shu yerdan sintoizmning asosiy o‘zagi bo‘lgan imperatorlik hokimiyatining ilohiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi aqida boshlanadi va har bir yaponiyalik imperatorning muqaddas irodasi (mikado, tenno)5 ga bo‘sunishga majbur. Imperator saroyi va o‘lgan tennolarning maqbarasi muqaddas joylar hisoblanadi. Sintoizmda o‘lganlarning oilaviy urug‘chilik diniy marosimlari katta o‘rin tutadi. Har bir vafot etgan shaxs kamiga aylanadi va urug‘ boshlig‘i har kuni ibodat qilib, qurbonliklar keltiradi. Sintoizmda tabiat kuchlarini ilohiylashtirish va animizm saqlangan. Muqaddas joylar, ayniqsa tog‘lrga sig‘inish rasm bo‘lganki, ular ichida Fudziyama tog‘i birinchi o‘rinda turadi. Sintoistik ibodat duo qilish ifodasi bo‘lgan – «norito» ni o‘qishga va qurbonlik (gurunch, sabzavotlar, baliq) qilishga olib keladi. Ammo sintoizmda shamanlik unsurlari ham bor. Kohinlar dinga e’tiqod quyuvchilarni xudolar bilan aloqa boglashlariga imkon berish uchun asablarini qo‘zitib yuboradilar.

Garchi sintoizmda uning asoschisi yoki payg‘ambari, biror-bir diniy aqida imon sifatida va diniy axloq mavjud bo‘lmasa ham, avlodlardan avlodlarga muqaddas yozuv o‘rnini qoplaydigan xudolar davri haqidagi solnoma naql qilinadi. Shuningdek, sintoning alohida xususiyati shundaki, u narigi dunyo bilan kam qiziqadi va to‘laligicha bu dunyo hayotiga murojaat etadi. Unda yaponlar hayot tarzining tarkibiy unsuri sifatida xulq-atvor, urf-odatlar, har xil narsalarga ishonish va alomatlarning bir qator nusxalari saqlanib qolgan.

Deyarli 2 ming yil ilgari paydo bo‘lgan qadimgi din sinto muayyan sharoitlarni hisobga olgan holda o‘zgarishlarga duchor bo‘ldi va shaklini o‘zgartirdi. Sinto tarixiy taraqqiyotning har bir bosqichida, o‘z vaqtida davlat dini rolini o‘ynagan buddaviylikdan farqli o‘laroq, yaponlarning yagona azaliy, milliy dini bo‘lib keldi.
Qadimgi Yunoniston va Qadimgi Rim falsafasi

Аtom ta’limoti
Qadimgi Yunonistonning moddiyunchilik qarashlari o‘zining eng gullab-yashnagan davriga Miletlik Levkipp va Abderlik Demokrit (er.ol. 460 yillar) ta’limotlarida erishdi. Levkipp atomistik falsafaga asos soldi. Uning shogirdi Demokrit uni kengaytirib, sayqallashtirdi va har tomonlama umumiy falsafiy tizim yaratdi. Ushbu nazariyaga muvofiq dunyo bo‘shliq va harakatdagi atomlardan, ya’ni sifat jihatdan bir xil va o‘zgarmaydigan, ammo shakl va andoza jihatdan turlicha bo‘lgan cheksiz mayda bo‘linmas zarrachalardan tashkil topgan. Atomlar bo‘shliqda harakat qiladilar va ularning bir-biriga qo‘shilishi butun dunyoni vujudga keltiradi. Tirik mavjudot tirik bo‘lmagan narsadan ruhi borligi bilan farq qiladi. Ruh doira shaklidagi harakatlanuvchi atomlardan tashkil topgan. Demokrit ruhni o‘ladigan narsa deb hisobladi. Qachonki, badan o‘lsa, atomlar makonga sochilib ketadi. Demokrit ta’limotidagi eng muhim qoida, bu moddaning ajralmas xususiyati sifatida taqdim etilgan va unga xos bo‘lgan harakat haqidagi qarashdir. Harakat ruh ta’sirining natijasi bo‘lmay, balki moddaning o‘zini xususiyatidir.

Demokrit falsafa tarixida birinchi marta keng yoyilgan bilish nazariyasini yaratdiki, uning manbai hissiy tajriba edi. Ammo Demokrit fikricha, ashyolarning haqiqiy «tabiati» (atomlar)ni bilishga his-tuyg‘u bilan erishib bo‘lmaydi va uni faqat tafakkur yordamida idrok etish mumkin.

Empedokl kabi Demokrit ham hissiy qabul qilishni o‘tib ketuvchi oqim bilan tushuntirdi (qabul qilinayotgan badandan ajralib chiqayotgan atomlar oqimi).

Demokrit ta’limotida ijtimoiy va axloqiy muammolar katta o‘rin tutadi. Davlat tuzumining eng yaxshi shakli sifatida u demokratiyani hisobladi, eng xayrli ish deb donishmandlikni bildi. Demokrit ko‘p qirrali olim bo‘lib, uning asarlari o‘sha zamondagi barcha bilim sohalarini qamrab olgan edi. Demokrit falsafasi Yevropa falsafasi va tabiatshunoslik fanlari rivojiga katta ta’sir ko‘rsatdi.

E
Sofistlar
ramizdan oldingi V asr boshidagi barcha falsafiy maktablarni koinot va borliq haqida yagona ta’limot yaratib, dunyoning yagonaligi va xilma-xilligini tushuntirib berish istagi birlashtirgan edi. Biroq eramizdan oldingi V- asrning o‘rtalaridan boshlab Yunonistonning ma’naviy hayotida keskin burilish yuz berdi, ya’ni bundan keyin falsafa asosiga dunyo emas, balki inson qo‘yildi. Bunday ma’naviy to‘ntarishda sofistlarning (yunoncha sofos-oqil) o‘rni kam emas edi. Sofistlar harakatining paydo bo‘lishi jamiyat tarkibining murakkablashishi bilan bog‘liq bo‘lib, kasbi siyosiy faoliyat bilan shug‘ullanish bo‘lgan toifaning ko‘payishi, muvaffaqiyatli siyosiy faoliyat olib borish uchun zarur bo‘lgan muayyan bilimlar hajmining oshishi bilan ifodalanar edi.

Safarda kezib yurib, pul ishlash maqsadida donishmandlik va notiqlik ilmidan dars beruvchi o‘qituvchi-sofist-kasbiy bilimlar olish jarayoni zaruriyatining tabiiy natijasi edi. Sofistlar ta’limoti tug‘ilishining boshqa bir sababi - bilimlarning o‘zini mantiqiy rivoji edi. O‘zining asosiga ko‘ra, aqliy mushohadaga tayangan tabiatni o‘rganuvchi faylasuflarining hamma narsani qamrab oluvchi koinot to‘g‘risidagi ta’limotlari juda bo‘sh va omonat asosga kurilgan edi. Vaqt o‘tishi bilan koinotning bosh tasvirini ko‘plab alohida olingan tajribaviy kuzatishlar va xususiy fanlarning xulosalari bilan muvofiqlashtirish qiyinlashib bordi. Tabiat falsafasi bilan muayyan voqeylikdagi bilimlar o‘rtasidagi uzilish kuchliroq darajada anglashilgani sari naturfalsafaga nisbatan ijtimoiy umidsizlik oshib bordi. Ana shunday umidva ishonchsizlikning ifodachilari sofistlar edilar. Ushbu ishonchsizlik o‘zining nazariy asosini sofistlar tomonidan qo‘yilgan haqiqat mezoni muammosida topdi: inson bilimlariga ishonish mumkinmi? Ularning to‘g‘ri yoki yolg‘on ekanligini qanday qilib tekshirish mumkin? Umumiy tarzda sofistlarning ta’limoti relyativizm (nisbiylik)edi. Sofistlar faoliyati xususiyatining o‘zi bunga imkon bergan edi, chunki ular har qanday nuqtai nazarni himoya qilishga o‘rgatar edilar. Bunday ta’limotning asosida mutlaq haqiqat va ob’ektiv qadriyatlarning yo‘qligi haqidagi ta’limoti yotar edi.

Sofistlar ta’limotining eng mashhur vakillari Abder shahridan bo‘lgan Protagor va Leontinlik Gorgiy edilar. Protagor barcha hodisalar va idrokning nisbiyligi va ularning muqarrar ravishda sub’ektivligi (bir taraflama ekanligi) haqidagi qoidani oldingi surdi («inson barcha ashyolarning mezonidir»). Protagor qadimgi davrlardayoq sofizm deb nom olgan og‘zaki bahs musobaqalariga asos soldiki, unda sofistlar mantiqiy mushkul holatlarni qo‘llar va umum tomonidan qabul qilingan fikrlardan keskin farq qiladigan nuqtai nazarlarni bayon qilar edilar. Sofistlar Yunonistonda bilimlarning keng tarqalishiga imkon yaratdilar. Bundan tashqari, dalillarga asoslangan fan sofistik ishonchsizlik asosiga qurilgan kuchli raqib bilan duch kelib, uning natijasida mustahkamlandi. Ba’zi sofistlar an’anaviy diniy aqidalarga qarama-qarshi bo‘lgan fikrlarni bayon qildilar. Masalan, Protagor xudolar bor yoki yo‘qligini bilmasligini ta’kidlagan edi. Din xalqni itoatda tutib turish uchun ayyor siyosatchi tomonidan o‘ylab chiqarilgan degan nuqtai nazarni Kritiyga taalluqli deydilar.

A
Suqrot


finada sofistlarning murosasiz dushmani sifatida Suqrot (er.ol. 470-399yy.) maydonga chiqdi. U sofistlarga qarshi o‘laroq, baribir haqiqat mavjud va u bahsda topilishi mumkin, degan fikrda edi. Suqrotning kuchi bahs yuritish sohasida u ishlab chiqqan usulda ediki, unda bir qator savollar berish yo‘li bilan opponentni o‘z nuqtai nazarini noto‘g‘ri ekanligini tan olishgacha olib borib, so‘ngra shu usulning o‘zi bilan o‘z qarashlarining adolatliligini isbot qilar edi. Suqrot ta’limotining asosida donishmandlar tomonidan bilib olinadigan, ob’ektiv ravishda mavjud bo‘lgan ruh to‘g‘risidagi g‘oya yotar edi. U hayotning har qanday sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish uchun kasbiy bilimlar zarurligini ta’kidlagan edi. Ana shundan siyosiy xulosalar ham qilinar edi, ya’ni davlatga rahbarlik qilish –bu ham kasb va shuning uchun shu narsa zarurki, u bilan shunday kasbga ega bo‘lganlar shug‘ullansin. Bunday nuqtai nazar Afina demokratiyasining asosiy qoidalariga butunlay qarama-qarshi edi, negaki, polisni (davlat-shahar) boshqarish-har bir fuqaroning ishi edi. Shu bilan birga Suqrotning ta’limoti oligarxlar (bir to‘da puldorlarning siyosiy va iqtisodiy hukmronligi) uchun nazariy asos yaratdiki, pirovardida demos (xalq hokimiyati) bilan ixtilofga olib keldi. Bu narsa Suqrotni mahkum etilishi va o‘limi bilan xotima topdi.

A
Аflotun


flotun (er.ol. 427-347yy.) Afinadagi aslzodalar urug‘iga mansub edi. «Davlat» va «Qonunlar» degan risolalarida Aflotun orzudagidek polis (shahar-davlat)namunasini yaratdiki, unda tabaqalarga bo‘linganlik tizimi o‘zining quyi tabaqalar faoliyati ustidan jamiyat yuqori tabaqalarining qat’iy nazorati o‘rnatilishi orqali sinchkovlik bilan ishlab chiqilgan edi. Polis tepasida bilimga ega bo‘lgan kishilar, faylasuflar turishi lozim edi. Aflotunning fikricha, demokratiyaning beboshligi tufayli polis halokat yoqasida turibdi, negaki, u tabiiy kelib chiqishi jihatidan boshqarishga qobiliyati yo‘q odamlarni boshliq qilib, o‘rnatilgan tartibni buzdi. Bundan chiqish yo‘lini u polis xilidagi davlatlarga xos bo‘lgan dastlabki asoslarni qayta tiklashda ko‘rdi. Ular quyi mansabdorlarning yuqori mansabdorlarga bo‘ysunish tartibidagi tizimni tashkil etadilarki, unda uchta davlat tabaqasining faoliyat doirasi aniq ajratilgan: hukmdor faylasuflar, harbiylar va yerga ishlov beruvchilar. Har kim o‘z ishi bilan shug‘ullanadi, davlat esa barcha ish tartibini belgilaydi va hammani nazorat qiladi. Aflotun fikricha, oilani jamiyatning boshlang‘ich tashkiloti sifatida yo‘qotish, bolalarni esa umumiy qilish lozim. Davlatning farovonligi uning fuqarolarining qanchalik tarbiya topganliklariga bog‘liqdir. Aflotun bunga shunchalik katta ahamiyat berdiki, muayyan yoshga yetgandan keyin bolalarni ota-onalari ixtiyoridan olib, davlat tarbiyasiga berishni tavsiya etdi.

Aflotunning falsafiy-axloqiy qarashlari uning savol-javoblar tarzida yozilgan ko‘p sonli asarlarida berilganki, ulardagi bosh ishtirok etuvchi shaxs uning ustozi Suqrotdir. Aflotun aqidasicha, bizni o‘rab turgan voqey dunyo-haqiqiy g‘oyalar dunyosining faqat taxminiy in’ikosidir. G‘oyalar va tushunchalar tabiiy ravishda bizning ongimizga xos bo‘lib, ulardan ajralmasdir. Siymolar (g‘oyalar), Aflotun fikricha, zamon va makondan tashqarida bo‘lib, ularni idrok etib bo‘lmaydi, ammo ularni aql mushohada qila oladi. Aql ikki dunyoni, ya’ni u dunyo va voqey dunyoni bir-biri bilan bog‘laydi.

Aflotun o‘z asarlarida aks ettirmagan bilim sohalarini topish juda qiyin. U axloq, siyosat, bilim muammolari, san’at, din va boshqa sohalar bilan shug‘ullandi. Bu faylasufning Akademiya deb atalgan maktabida o‘qigan shogirdlari Yunonistonda juda ko‘p edi. Ular orasida mashhur faylasuflar Spevsipp, Ksenokrat, Knidlik Yevdoks, Pontiylik Geraklitlar bor edi. Akademiya matematika va astronomiya rivojida ayniqsa katta xizmat ko‘rsatdi. Aflotun keyingi davrlarga katta ta’sir o‘tkazdi. Uning his-tuyg‘u dunyosini g‘oyalar dunyosiga qarama-qarshi qo‘ygan qoidasi turli namunaviy nusxalarda qadimgi dunyo, o‘rta asrlar va Yangi zamonning ko‘plab ta’limotlarida ishtirok etdi. Aflotunning kuchli ta’sirini faqat Yevropadagi falsafagagina emas, balki o‘rta asrlardagi arab tilidagi falsafa ham sinab ko‘rdi.

A
Аrastu


rastu (er.ol. 384-322yy.) tarixga ensiklopedik olim sifatida kirdi. Uning merosi eramizdan oldingi IV asrgacha yunon fani to‘plagan haqiqiy bilimlar majmuasi edi. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, uning tomonidan yozilgan asarlarning soni mingtaga yaqinlashadi. O‘z ustozi Aflotundan farqli o‘laroq, Arastu fikricha, moddiy olam birlamchi bo‘lib, g‘oyalar dunyosi ikkilamchidir. Bir hodisaning ikki tomoni sifatida shakl va mazmunni bir-biridan ajratib bo‘lmaydi. Tabiat haqidagi ta’limot uning risolalarida avvalo harakat haqidagi ta’limot sifatida namoyon bo‘ladiki, bu Arastu tizimining eng qiziq va kuchli tomonidir. U dialektikaning yirik vakili hisoblanadi. Dialektika uning uchun ehtimoliy va haqiqatga o‘xshash bilimlardan haqiqiy va ishonchli bilimlar olish usuli edi.

Faylasufning «Organon» deb umumiy nom olgan mantiqiy asarlari haqiqat va tafakkur qonunlari haqidagi ta’limotdir. O‘rta asrlarda «Organon» eng mashhur va o‘qiladigan asar bo‘lib, o‘rta asrlardagi barcha sxolastika (borliqni tekshirish va o‘rganishga emas, balki din aqidalariga suyangan idealistik falsafa) uning asosiga qurilgan edi. Arastuning hayvonlar haqidagi risolalari mashhur bo‘lib, ularda qadimgi davrda birinchi marta yirik organizmlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishi tadqiq etilgan, ularning ta’rif va tasniflari berilgan edi. Shuningdek, olim o‘zini tarixchi, pedagog, notiqlik ilmining nazariyotchisi, axloqiy va siyosiy ta’limotlar asoschisi sifatida ham namoyon qilgan edi. Uning qalamiga shunday axloqiy risolalar mansubki, ularda xayrli ish tushunchasi ostida insonlar faoliyatini oqilona boshqarish yetar edi. Ikki keskinlik orasidan o‘rtanchasini tanlash: masalan, jasorat qo‘rquv bilan shiddatli jur’at o‘rtasida turmog‘i tavsiya etilgan edi. U she’riyatga ko‘p diqqat-e’tibor qaratdi, negaki, uning fikricha, nazmiy asar inson ruhiga samarali ta’sir etadi va shu sababdan ijtimoiy hayot uchun muhimdir.

Arastu orzudagi (ideal) davlat tuzumi loyihasining muallifi sifatida shunday xulosaga keldiki, polis insonlar uyushmasining eng yuqori shakli bo‘lib, unda yashaydigan kishilarning maqsadi farovonlikka erishishdir. Jamiyatning asosiy birlamchi tashkiloti oiladir. O‘zining mulohazalarida Arastu tabiatdan kelib chiqib quyidagilarni aytgan: oila tabiiy bo‘lganidek, qullik ham tabiiy, negaki, ba’zilarning buyruq berishi, boshqalarning esa tobe bo‘lishi tabiat tomonidan oldindan belgilab qo‘yilgan.

Polisning (shahar-davlat) mavjud turlarini diqqat bilan ko‘rib chiqqan faylasuf boshqarishning to‘g‘ri uch shakli (saltanat, monarxiya, aristokratiya va politiya) va uch noto‘g‘ri (tiraniya, oligarxiya va demokratiya) shaklini topadi. Ularning har birining xususiyatlarini mufassal ko‘rsatadi va baholash mezoni sifatida ularning farovonlikka qanchalik yaqin turgan yoki turmaganliklarini belgilaydi. Arastu shogirdlari orasida shuhrat topgan juda ko‘p faylasuflar, fiziklar, matematiklar va biologlar bor edi.

E


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə