1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə3/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Раvoqiylar ta’limoti (stoitsizm)
ramizdan oldingi 302-yilda Afinada Qibrisning Kition shahridan bo‘lgan Zenon (er.ol 336-264yy.) tomonidan asos solingan ravoqiylar maktabiga Sol shahridan bo‘lgan Xrasipp (er.ol. III asr), Rodoslik Panetiy (er.ol. II asr) va boshqa faylasuflar mansub edilar. Ravoqiylar insonning axloqiy muammolariga alohida diqqat-e’tibor qaratdilar. Ularning maqsadi polis tuzumining inqirozi, to‘xtovsiz harbiy va ijtimoiy nizolar, alohida shaxsning jamiyat bilan aloqalari sustlashgan sharoitda axloqiy-falsafiy tayanch topish edi. Agar ushbu sharoitlar tug‘dirgan ta’sir natijasida adabiyot va san’atda fuqaroning ijtimoiy borlig‘ining qo‘nimsizligini aks ettirish, har narsaga qodir taqdir ramzida berilgan bo‘lsa, ravoqiylar tomonidan bu holat barcha mavjudotlarni oqilona boshqaradigan oliy kuch (logos, tabiat, xudo) ga insonning qaramligi sifatida tasvirlandi. Inson endi polis fuqarosi emas, balki koinot fuqarosi edi. U baxt-saodatga erishish uchun oliy kuch tomonidan belgilab berilgan hodisalar qonuniyligini bilib olmog‘i lozim edi. U tabiat bilan muvofiqlikda yashash uchun xayrli faoliyat bilan yashamog‘i lozim edi.

Asosiy xayri faoliyat sifatida ravoqiylar tushunib yashashni («sharr» (yomonlik) nima ekanligini bilish, «xayr» (yaxshilik) nima ekanligini idrok etish), ya’ni jasorat, adolatlilik, sog‘lom fikr va uning boshqa ko‘rinishlari bo‘lgan-ruhiy olijanoblik, nafsni tiyish, tirishqoqlik, jur’atlilik va rahmdillikni hisoblar edilar. Faqat axloqiy-go‘zal narsagagina yaxshilik va ezgulik alomati edi. Shu bilan birgalikda yaxshilik qandaydir foyda keltiradigan narsa ham edi. Ravoqiylarning axloqiy tushunchalari orasida tabiat va jamiyat qonunlariga muvofiq keladigan, aqliy faoliyat orqali kelib chiqqan «kerakli narsa» to‘g‘risidagi tasavvurni qayd etib o‘tish lozim.

Ravoqiylarning eklektizmi, asosiy qoidalarining ko‘p ma’noliligi ellinistik dunyoning turli tabaqalari (shu jumladan hukmron tabaqalar doirasida ham), keyinchalik esa, Rim jamiyatida ham ularning mashhur bo‘lib ketishlarini ta’minladi. Rim ravoqiylarining yirik vakillari Seneka, Epiktet va Mark Avreliy edilar. Ularning barchalari dunyoviy aql va dunyoviy ruh bilan bog‘langan tabiat va jamiyatning yagonaligi haqidagi ravoqiylik qoidalaridan kelib chiqdilar. Har bir odamdagi aqllar-logoslar va ruhlar dunyoviy aql va dunyoviy ruhning emanatsiyasi (o‘zidan nur chiqarishi) ekanligini ta’kidladilar. Ular fikricha, kishilar dono va fazilatli odamlar biladigan yagona hukmronlik qiluvchi koinot qonunlari zarurligini idrok etgan holda, ularga ko‘ngilli ravishda bo‘ysunishlari lozim. Ular yana shu to‘g‘rida mushohada yuritdilarki, har kim butun narsa qarshisida o‘z burchini bajarib, taqdir tomonidan unga belgilab berilgan joyda biror-bir narsani o‘zgartirishga intilmasdan, nolishsiz qolish majburiyatini olishi kerak.

Seneka uchun «yaxshi» imperator qanday bo‘lishi kerak degan savol katta ahamiyatga ega edi, negaki, imperatorning bo‘lishligi zaruriyat hisoblanar edi. Imperator me’yorsiz maqtovni talab qilmasligi, fuqarolardan ularning mulkini tortib olmasligi, senat va «yaxshi» odamlar bilan hisoblashishi, o‘z bilganicha ish tutmasli, fuqarolarning umumiy foydasi uchun mehnat qilmog‘i zarur ediki, buning evaziga ular unga sadoqat ko‘rsatib, uni sharaflashlari lozim edi. Sobiq qul bo‘lgan Epiktet asosiy e’tiborni hukmdorning sifatiga emas, balki unga tobelarning hatti-harakatiga qaratdi. Ozodlikka yo‘l moddiy ne’matlardan, xohish-istaklardan yuz o‘girishda yotadi, negaki, inson nimani xohlasa, uni berishi va olib qo‘yishi mumkin bo‘lgan odamning quliga aylanadi. Tashqi tomondan mulk, badan, hayot-xojaga yoki tiranga bo‘ysunadi va shuning uchun ularning bu tashqi huquqlaridan foydalanishlariga bahslashib o‘tirish lozim emas. Ammo insonning haqiqiy mohiyati, uning aqli va ruhi hech kimga bo‘ysunmaydi, uning fikriy muhokamasini hech kim boshqara olmaydi va hech kim unga xayrli va ezgu ishlar qilishga xalaqit bera olmaydi, demak, baxtli va ozod bo‘lishiga to‘sqinlik qila olmaydi. Epiktet uchun yerdagi barcha hukmdorlardan yuqori turgan oliy xudo Zevs haqidagi tasavvur katta o‘rin tutadi. Uning o‘g‘li sifatida o‘zini his qilgan inson, o‘zining qandaydir tashqi farovonligi qondirilmaganligidan doimo azobda bo‘lgan senator yoki hatto podshoning o‘zidan ko‘ra ozodroq bo‘ladi.

Rimning oxirgi ravoqiychisi imperator Mark Avreliy edi. Uning nuqtai nazariga ko‘ra, dunyoda biror - bir narsani o‘zgartirib yoki to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Uning ta’kidlashicha, barcha kishilar har doim laganbardor, yolg‘onchi va o‘z manfaatini ko‘zlovchi bo‘lganlar, hozir ham shunday va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladilar. Bu tartibsizlik orasida nima qoladi? Faqat o‘z zakovatiga xizmat qilish, o‘zini kamolotga yetkazish va ezgulik. Ammo bunday o‘zini qo‘yarga joy topolmaydigan, hayotda hech qanday maqsadi bo‘lmagan ezgulik insoniyatga xizmat qilish borasidagi o‘z ma’nosini yo‘qotar edi. Negaki, insoniyat o‘zgarmas va illatlardan holi bo‘lmaganligi uchun, uni hech qachon ilhomlantirib bo‘lmas edi.

Epikur maslakdoshi uchun oqillik xosdir. Ammo ravoqiydan farqli o‘laroq, epikurchi zavq, his-tuyg‘u, og‘riq, alam, mehr-shafqatga ochiqdir. U davlat ishlaridan o‘zini tiya oladi, teran bo‘la olmaydi va gadoylik ham qilmaydi. Epikur inson baxtini «lazzat» da, ya’ni xotirjamlik, vazminlik – ataraksiyani qo‘lga kiritishda deb bildi. Bunga faqat azob-uqubatlardan qochish va faol faoliyatdan o‘zini tiyish, hamda bilim va o‘z-o‘zini kamolotga yetkazish yo‘li bilan erishish mumkin. Qadimgi Rimda epikurchilikning eng yirik vakili, «Ashyolar tabiati haqida» falsafiy doston yozgan Tit Lukresiy Kar edi. U Demokrit va Epikur ta’limotini qabul qilib, badiiy shaklda hayot va o‘lim haqidagi ta’limotni rivojlantirdi. Bunda u diniy afsonalarni tanqid ostiga oldi. Lukresiy fikricha, xudolarga ishonish butunlay tabiiy ravishda, ko‘rquv va tabiiy sabablarni bilmaslikning mahsuli sifatida kelib chiqadi. Inson baxtli yashashi uchun, xudolar oldidagi qo‘rquvdan ozod bo‘lishi lozim. Epikurchilik Rim jamiyatida nisbatan uzoq saqlanib qoldi. Biroq, eramizning 313-nchi yilida xristianlik rasmiy din bo‘lishi bilanoq, epikurchilikka qarshi shiddatli va shafqatsiz kurash boshlandiki, pirovardida ushbu falsafani asta-sekin tushkunlikka olib keldi. E


Neoplatonizm
llinistik davlatlarning inqirozi va rimliklar bosqinchiligining boshlanishi bilan aqliy dunyoqarash borgan sari o‘z o‘rnini din va tasavvufga bo‘shatib berdi. Sehrgarlik, yashirin diniy udumlarga ishonish, munajjimlik keng tarqaldi. Ijtimoiy xayolparastlik va payg‘ambarlikka e’tiqod qo‘yish, ayniqsa keng shuhrat kasb etdi. Yashirin diniy udumlarga o‘zini bag‘ishlash, Xudo bilan bevosita aloqa o‘rnatish va taqdir hukmidan ozod bo‘lish imkoniyati sifatida qarala boshlandi.

Ziyolilar va shaharliklar orasidagi bosh masala shunga qaratildiki, dunyodagi butun yomonlik va razolat qaerdan kelib chiqadi va uni qanday qilib bartaraf etish mumkin? Ilgari aflotunchilar tomonidan berilgan javob eng mashhur bo‘lib ketdi: yomonlik moddadan va moddiy dunyodan kelib chiqadi. Ilgari ravoqiylar o‘zlarini unga moslashtirishga uringan va uni ezgulik va baxt-saodat asosi hisoblangan koinot zaruriyati, endilikda qul qiluvchi, boquvchi kuchga aylantiriladi. Bundan keyingi butun hatti-harakat shunga yo‘naltirildiki, o‘zini yashirin diniy udumlarga bag‘ishlab, vahiyga va sharq donishmandlarining sirli bilimlariga yo‘l topib, qanday qilib bo‘lsa ham, zaruriyat xoqimiyatidan qutilib, haqiqiy ozodlik yo‘lini idrok etish bilan umumiy birlikka erishib, razolatni bartaraf qilish choralari izlana boshlandi. Ana shu maqsadda sehrli iboralar ham qo‘llanila boshlandiki, ular yer va sayyoralar jinlarining ruhini ulardan tashqariga chiqarib yuborishga o‘rgatishlari kerak edi.

Eramizning III asri kishilari uchun qahramon endi sarkarda yoki siyosatchi emas, balki faylasuf Plotin va uning izdoshlari kabi xudodan ilhom olgan, butun dunyo sirlarini biladigan donishmand edi. Plotin (204-270yy.) Gallien homiyligidan foydalanib, o‘z davrining sharoitlarini hisobga olgan holda, o‘zi qadimgi dunyo madaniyatini uyg‘otish to‘g‘risida orzu qilsa ham, qadimgi dunyo qarashlaridan nimani qutqarish imkoni bo‘lsa, o‘shani saqlab qolishga harakat qildi. U Xudo bilan inson o‘rtasidagi vositachilar tabaqalarini qisqartirib, koinot bilan insonning yagonaligini qayta tiklashga intildi. Uning uchun oliy nuqtai nazar xunuk emas, balki go‘zal bo‘lgan butun dunyoni teshib o‘tadigan yagona, bir butun oliy ezgulik ediki, nega deganda u mukammal g‘oyalar dunyosini ifoda qilar edi. Kurash va baxtsizlik borliqning ko‘pligi va uzilganligidan paydo bo‘ladi. Ularni bartaraf etish oliy ezgulik bilan qo‘shilib ketishlikdadirki, unga bilim bilan emas, balki ekstaz (karaxtlik) holati ya’ni barcha yerdagi narsalarni tark etish, ruhni razolatdan xuddi oltin quymasini unga yopishgan loydan tozalash kabi yo‘l bilan erishib bo‘ladi. Bu oliy ezgulikni talab qiladi. Ammo Plotin «fuqaroviy» ezgulikni ham rad etmaydi. Bunga erishish uchun har kim o‘z burchini dunyo voqealarida vijdonan o‘ynashi kerak. Har kim shuni unutmasligi kerakki, dunyodagi yomonlik, rasmdagi soya kabi zarurdir va u o‘zining shaxsiy farovonligidan kelib chiqmasdan, balki butun ezgulikdan kelib chiqmog‘i lozim. Yomon odamlar hukmronlik qilmoqda, yaxshilar esa azob chekmoqda degan doimiy shikoyatlar bema’nilikdir. Negaki, xudolar yig‘layotgan va ibodat qilayotganlarga emas, balki kim mehnat qilayotgan va kurashayotgan bo‘lsa, o‘shalarga yordam beradilar.

Plotinning ta’limoti keng omma uchun juda ham murakkab edi. Uning o‘zi ham uni xoslarga mo‘ljallagan edi. Keyinchalik yangi aflotunchilik bir qator o‘zgarishlarga duchor bo‘lib, asosan sharqdagi shahar ziyolilarining falsafasiga aylandi. Xristianlikning yoyilishi bilan cherkov borgan sari salobatli va yaxshi tashkil topgan kuchga aylanib bordi. Xristianlarga nisbatan bo‘lgan ta’qiblarning bekor qilinishi bilan xristian jamoalari chekkan azoblari sinovidan uyushgan va mustahkamlangan holda chiqdilar. Bu narsa xristianlarning keyingi taqdirlari uchun sezilarli ahamiyat kasb etdi. 529 yilda Vizantiya imperatori Yustinian farmoniga binoan Afinadagi Aflotun Akademiyasi bekitildi. Qadimgi dunyo falsafasi o‘zining ming yillik mavjudligini to‘xtatdi.


Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharqda o‘rta asrlar falsafasi (VIII-XII asrlar)
M
Моvarounnahr arablar istilosidan keyin. Islomning paydo bo’lishi va yoyilishi
arkaziy Osiyo arablar istilosigacha mayda feodal mulklarga bo‘lingan edi. VII asrning oxiri- VIII asrning boshlarida Mavoraunnahr6 xalqlari Arab xalifaligi hokimiyati ostida qoldilar. Arab yarim oroli islomning kelib chiqishi arafasida urug‘-qabilachilik munosabatlarining inqirozi bosqichida edi. VI - asrda arab qabilalari o‘rtasida markazlashishga bo‘lgan tamoyil kuchayib boradiki, u o‘z ifodasini xaniflarning (voizlarning) qabila sanamlariga (shirk) qarshi qaratilgan yakkaxudolikni (tavhid) targ‘ib qilishlarida topadi. Oxirgi xaniflardan biri Quraysh qabilasidan kelib chiqqan Muhammad (570-632) edi. Muhammad va uning sahobalarining faoliyati natijasida xanafiylik yangi diniy oqim islom sifatida shakllandi.

Islom Arabistonda arablarning sinfiy jamiyatga o‘tish va Arab davlatining tashkil topishi davrida paydo bo‘ldi. Ilk islomning bosh yodgorligi bo‘lgan Qur’onda mutlaq yakkaxudolik asosiy aqida bo‘lib, arab qabilalarining yagona davlat hokimiyatiga birlashishini ifodalar edi.



Qur’on (arabcha qara’a – o‘qimoq) musulmonlarning asosiy muqaddas kitobi bo‘lib, ular uni eramizning VII asrida Muhammad payg‘ambar tomonidan yetqazilgan ilohiy vahiy, deb tan oladilar. Bizgacha yetib kelgan ko‘rinishda Qur’on 114 suraga (boblar) bo‘lingan bo‘lib, suralarning uzunidan qisqa tomonga borishi tartibida tuzilgan. Har bir sura sarlavhaga ega: masalan, «Baqara» («Sigir»), «Yunus», «Hadid» («Temir»), «Shams» («Quyosh»). Qur’on Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin to‘plashga boshlandi. Rivoyat qilishlaricha, uning birinchi rasmiy matni xalifa Usmon (644-656) davrida tahrirdan chiqqan. O‘rta asrlarda muomalada bo‘lgan Qur’onning boshqa nusxalari bizgacha yetib kelmagan. Qur’onning rasmiy Usmon matni VII asrning boshlarigacha o‘zgarishlarga (qisqartirishlar va qo‘shimchalarga) duchor bo‘ldi. Unli belgilar unga VII asrning oxirlarida kiritildi.

Qur’on mazmuni xilma-xil bo‘lib, undagi materiallarni quyidagi guruhlarga bo‘lish mumkin:



  1. afsunarlik (shemanlik) o‘qishlari; 2) narigi dunyo, ya’ni oxirat; 3) qadimgi arablar og‘zaki ijodi; 4) yahudiylik va xristianlikning mazhabiy aqidalari va afsonalar; 5) huquqiy me’yorlar. Bu materiallarning barchasi Qur’onda tizimga solinmagan holda joylashtirilgan. Qur’on xususiy mulkni saqlash va qo‘riqlashga alohida diqqat-e’tibor qaratadi. Shuning uchun Qur’onda mulkni merosga olish, vasiylik va boshqalar haqida aniq ko‘rsatmalar bor. Mulkiy va ijtimoiy tengsizlikni (jumladan, qullikni) Qur’on Alloh tomonidan o‘rnatilgan tartib hisoblaydi.

Qur’on va Muhammad (s.a.v.) payg‘ambar hadislari amriga ko‘ra, insonlar o‘rtasida haqiqiy va adolatli munosabatlar o‘rnatishning asosiy va zaruriy sharti tinchlikdir. Bundan tashqari, haqiqiy musulmon – bu hamma vaqt adolat uchun murosasiz ravishda dadil kurashadigan kurashchidir. Ammo buning uchun, uning dini bu oliy tushunchaga qanday ma’no sig‘dirganligini bilish uchun, uning o‘zi yetarli darajada yaxshi bilimlar bilan qurollangan bo‘lmog‘i lozim. Masalan, u shuni bilmog‘i lozimki, ijtimoiy adolat ostida islom odamlar orasida qandaydir majhul va mutlaq tenglikni emas, balki hayotning barcha muhim sohalarida, ya’ni ijtimoiy foydali mehnat, ta’lim-tarbiya olish, ijtimoiy himoyalanish, tibbiy yordamdan foydalanish va boshqa ijtimoiy xizmatlar bo‘yicha barcha uchun teng imkoniyatlar yaratishni ko‘zda tutadi. Odilona yo‘l tutgan xalifalar davri umumiy tarzda ana shunday alomatlar bilan belgilangan edi. Ma’lumki, xalifa Umar ibn al-Xattob Islom amr qilgan kishilar jamoasi hayot tarzidagi axloqiy munosabatlarning asosiy me’yorlarini hayotga tatbiq qilishda ayniqsa mashhur bo‘lgan edi. U hech ikkilanmasdan qudratmand va boy kishilar adolatsizlik qilganda ojizlar tomonini olar edi. Muhammad (s.a.v.) payg‘ambarning ko‘plab boshqa sahobalari ham bunday mustahkam qoidalarga tayanar va unga rioya etar edilar.

Qur’onga qo‘shimcha sifatida Muhammad (s.a.v) payg‘ambarga nisbat beriladigan, u kishining hatti-harakatlari va hukmlarini hikoya qiluvchi juda ko‘p xadislardan iborat sunna (musulmoncha muqaddas rivoyatlar) vujudga keltirildi. Sunnada xalifatdagi qarama-qarshi ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy kurash, hamda islomga boshqa dinlar va qadimgi ellinistik falsafiy tizimlar ta’siri o‘z aksini topgan.

Ma’lumki, Qur’on islom qonunchiligining asosidir. Hadislar esa, uning murakkab joylarini qisqacha tushuntirib, yangi qirralarini ochib, umumiy joylarini muayyanlashtirib, uni to‘ldiradi. Hadislar – Muhammad (s.a.v.) nasihatlari ham bo‘lib, musulmonlarni hayotning barcha sohalariga yo‘naltiradi. U kishi shunday degan: «Men sizlarga ikki narsani qoldirdim, agar sizlar uni mahkam ushlasangizlar, hech qachon adashmaysizlar, bu –Qur’on va mening sunnatimdir»1.

Muhammad (s.a.v) payg‘ambarning birinchi sahobalaridan boshlab, haqiqiy musulmonlar hamma vaqt u kishining rivoyatlari va aytganlari haqida ishonchli bilimga ega bo‘lishga va uni o‘rganishga alohida e’tibor berdilar. Ularni esda saqlab, ehtiyotkorlik bilan boshqa odamlarga yetkazishga harakat qildilar. Muhammad (s.a.v.) hayotlari vaqtida islom shariatining asosi Qur’on va u kishining o‘zlarining namunaviy hayoti – sunna edi. Muhammad (s.a.v.) vafotlaridan keyin islomning juda tez va keng tarqalishi diniy ilmlar qonun-qoidalarini rivojlantirishni dolzarb zaruriyatga aylantirdi. Bu maqsadda juda tezlik bilan turli-tuman joylarda ko‘plab markazlar shakllana boshladi.

Hadislar ishonchli deb faqat shundagina tan olinishi mumkin ediki, uni rivoyat qiluvchilar zanjirining barcha bo‘g‘inlari aniqlangan bo‘lsa, hadislar to‘plamining eng ishonchlisini bizning vatandoshimiz imom va al-Buxoriy yozgan. U kishi hadislarni fiqh bo‘yicha, unga muvofiq keladigan boblarga bo‘lib, joy-joyiga qo‘yib tasnif qildi. Shunday usuldan imom Muslim ham foydalandi. Keyinchalik ularning har ikkisi izidan mashhur muhaddislar Abu Dovud, An-Nasam, at-Termiziy va Ibn Mojalar bordilar.

Olimlar bu olti muhaddis to‘plamlariga katta e’tibor berib, ularni talqin va sharhlash bilan shug‘ullandilar. Hijriy uchinchi asr (X asr) hadislar to‘plash tarixida oltin davr hisoblanadi. Hadis ilmi taraqqiyotining ana shu noyob, sermahsul davridagina yuqorida aytilgan olti buyuk muhaddis va ko‘plab boshqa olimlarning asarlari o‘zining butun go‘zalligini namoyon qildi. Bu ajoyib islom fidokorlari zumrasi o‘zlarining asarlarida Payg‘ambar hadislarining mutlaq ko‘pchiligini qamrab olib, keyingi keladigan butun musulmon avlodlariga rivoyatlarning ishonchliligini o‘rganishda mustahkam asos soldilar.

Arablar istilosi natijasida yangi imperiya - Arab xalifati tashkil topdi.

A
Хаvorijlarр


rablar hukmronligiga qarshi bo‘ysundirilgan xalqlarning chiqishlari ko‘p hollarda islomga qarshi mahalliy diniy aqidalarning kurashi shaklida namoyon bo‘lar edi. Xalifalikning o‘zida esa, hokimiyat uchun feodal guruhlari o‘rtasidagi kurash ham diniy tus kasb etib, turli mazhablar va oqimlar o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar shaklida namoyon bo‘lar edi. Xavorijlar harakati – bu ijtimoiy quyi tabaqalarning feodal guruhlarining zo‘ravonligiga qarshi kurashi bo‘lib, oddiy arab-musulmon va mahalliy aholi manfaatlarini ifodalar edi.

Xavorijlarning ta’limoti barcha musulmonlarning tengligini targ‘ib qilar edi. Ular fikricha, kelib chiqishidan qat’iy nazar, hatto u qora tanli qul bo‘lsa ham, agar u mo‘’min bo‘lsa, har qanday odam xalifa bo‘la oladi. Ular imom-xalifaga davlatpanoh yoki muqaddas ruhoniy shaxs sifatida emas, balki mo‘’minlarning vakolatli dohiysi va ular manfaatini himoya qiluvchi kishi sifatida qarar edilar. Xalifani saylash va bo‘shatish, sud ishlari va o‘limga hukm etish masalalari jamoaga tegishli bo‘lishi kerak edi. Har qanday musulmon jamoasi o‘z imom yoki xalifasini saylashi mumkin edi. Shuning uchun xavorijlarning ko‘pchilik yo‘lboshchilari o‘zlarini imom yoki xalifa deb atar edilar.

Ali va uning avlodlarining hokimiyatga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlovchi uning tarafdorlari islom tarixiga shialar (shia-firqa) nomi bilan kirdilar. Shialar islom sunnasini tan olmay, uni yolg‘on, Alining hokimiyatga bo‘lgan huquqini inkor etuvchi deb bilib, o‘zlarining sunnalari bo‘lgan «Axbor» ni vujudga keltirdilar. Shialar sunniylarning yetti aqidasiga qarama-qarshi ravishda, asosan besh aqidani tan olar edilar: tavhid (yakkaxudolik), adl (adolatlilik), nubuvvat (payg‘ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati), qiyomat (qayta tirilish). Shialikdagi asosiy masala shialarning hokimiyat va davlatga nisbatan bo‘lgan nuqtai nazarlarini ifodalovchi imomat haqidagi aqidadir.

Shunday qilib, aynan islom tarixining tong otaridayoq, unda ijtimoiy-siyosiy xususiyatga ega bo‘lgan ixtilof paydo bo‘ldi. Shu jihatdan ismoiliylar va qarmatiylik mafkurasi boshqalardan ko‘ra o‘ziga xosdir.



Ismoiliylar tariqati VIII asrning o‘rtalarida shialik ichidagi ixtilof natijasida paydo bo‘ldi. Murosasiz shialar xalifalarga qarshi kurashni davom ettirish maqsadida alohida tariqatga birlashdilar (tariqatning nomi otasi imom Jafar as-Sodiq tomonidan imomlik merosidan mahrum etilgan Ismoil (vaf. 762) ismidan olingan).

Ismoiliylar, ta’qiblardan yashiringan Ismoilning o‘g‘li Muhammadni imom sifatida tan oldilar. Shunday qilib, ismoiliylar orasida yashiringan imomga ishonish paydo bo‘ldi. Yashiringan imomlar nomidan ish ko‘ruvchi targ‘ibotchilar, yashirin tashkilotlar paydo bo‘ldi. O‘z atroflariga mazlumlarni to‘plagan ismoiliylar xalifalikning turli mintaqalarida qo‘zg‘olonlar ko‘tardilar. Ismoiliylikning bir shahobchasi asosila IX-X asrlardagi dehqonlar harakatida katta o‘rin tutgan qarmatiylik tashkil topdi. Qarmatlar izdoshlarining asosiy qismi dehqonlar va kambag‘allardan iborat edi. Qarmatlar Bahraynda o‘z davlatlarini tashkil qildilar. Unda o‘ziga xos shaklda tenglik, demokratiya va o‘zaro yordam mavjud edi. Ammo teng huquqlilikdan faqat qarmatlarning o‘zlari foydalana olar edilar. Barcha asrga tushgan kishilar va qarmatlarga mansub bo‘lmaganlar qullarga aylantirilar va barcha huquqlardan mahrum etilardilar. Qarmatlar islomning hech qanday rasm-rusumlarini bajarmas, sudxurlikka yo‘l qo‘ymas, muhtojlarga bepul yordam ko‘rsatar va soliqlarni bekor qilgan edilar. Qarmatlar ta’limoti ilg‘or mutafakkir va adiblar o‘rtasida shuhrat qozongan edi. Rudakiy, Al-Maariy, Nosiir Xisrav, Ibn Sino va boshqalar qarmatlar g‘oyasini qo‘llab-qo‘ltiqlagan edilar.

Q
Мu’taziliylar
adariylar ta’limotini keyinchalik o‘z ustozlari Hasan al-Basriyni (624-728) tark etgan shogirdlari bo‘lgan mu’taziliylar (arabcha-mu’tazila ajrab chiqqanlar) rivojlantirdilar. Mu’tazila ta’limotining asoschisi Vosil ibn Ato (699-748) edi. Bu o‘z ta’limotini aqlga tayanib bayon qiluvchi va shu davrga kelib Arab xalifaligiga Iskandariya orqali kirib kelgan yunon mantig‘i va falsafasining tushuncha va usullaridan foydalangan, birinchi falsafiy ilohiyot maktabi edi.

Mu’tazila oqimi tarixida muayyan mutafakkirlarning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘plab guruhlar mavjud edi. IX va X asrlardagi asosiy maktablar Basra va Bag‘dod maktablari edi.

Barcha mu’taziliylar uchun umumiy birday narsa deb hisoblanadigan mezon sifatida beshta asosiy qoida (usul) xizmat qiladi:

1. Yakkaxudolik (tavhid) – ko‘pxudolik, antropomorfizm (odamlarga xos xususiyatlarning narsalar, jonivorlar va tabiat hodisalariga ham xos deb hisoblaydigan ibtidoiy tafakkur), hamda ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi ilohiy sifatlarning haqiqiyli va cheksizligini muayyan mohiyatlar yoki ramzlar ekanligini rad qiluvchi Xudo haqidagi ta’limot.

Mu’taziliylar ilohiy mohiyatlar bilan bir xil hisoblanadigan mohiyatlar sifatini (bilim, hokimiyat, hayot) farq qilar edilar. Shuning uchun ularni cheksiz hisoblab, harakatlar sifatini (iroda, eshitish, nutq) yaratilgan deb qarab, ularni zamon bilan birga o‘sib boruvchi va o‘zgaruvchi va shuning uchun ham ilohiy mohiyatdan farq qiluvchi deb bilar edilar. Ana shu yerdan antropomorfizmni rad etish va Qur’onning yaratilganligini tan olish kelib chiqar edi.

Antropomorfizmni rad etib, ular Xudoning sifatlarini ham rad etdilar. Uni yagona, mavhum, bo‘linmas, aniqlab bo‘lmaydigan va bilib ham bo‘lmaydigan deb talqin qildilar. Abadiylik faqat Xudogagina xos bo‘lganligidan, Qur’on abadiy bo‘la olmaydi, negaki, bu narsa ikki tomonlama mangulikka olib keladi. Demak, Qur’on Xudo tomonidan yaratilgan va uning tomonidan ijod qilingan narsalardan biridir.

2. Adolat (adl) –ilohiy adolat insonning o‘z hatti-harakatlarida ozod bo‘lishini va Xudoning faqat «yaxshi» (al-aslax) ni yarata olishini nazarda tutadi. Undan hech qanday yomonlikning chiqishi mumkin emas. Bu narsa iroda erkinligiga asos bo‘ladi va taqdirning azaldan belgilanganligini rad etishga olib keladi.

3. Va’da va qo‘rqitish (al-va’d va-l-va’id) - Xudo o‘z va’dasi va qo‘rqitishini amalga oshiradi. Agar u mo‘’minlarga jannat, gunohkorlarga qo‘rqitib do‘zax va’da qilgan bo‘lsa, insonning qilmishi uchun Payg‘ambarning shafoati ham, hatto yaratganning rahm-shafqati ham, unga jazo berilishini o‘zgartira olmaydi.

4. O‘rtacha holat (al-manzila bayna-l-manzilatayn) –og‘ir gunoh qilgan musulmon, e’tiqod qiluvchilar safidan chiqadi (uni ilgarigidek dinga ishonuvchi hisoblovchi liberal murjiylarga qarama-qarshi), ammo dinsiz bo‘lib qolmaydi (qat’iyatli xavorijlar ta’lim bergandek) va ular o‘rtasida o‘rtacha holatda qoladi. Vosil ibn Ato bunday musulmonlarni gunohkorlar (fosiq) deb atadi, Hasan al-Basriy esa – ikki yuzlamachilar (munofiq) deb hisobladi. Bu narsa ular o‘rtasidagi ixtilofga sabab bo‘ldi. Mu’taziliylar fikricha, gunohkor odam musulmon jamoasi a’zosi sifatida o‘z huquqlarini saqlar, ammo xalifa yoki imom bo‘lib saylana olmas edi.

5. Buyruqlar va ta’qiqlar (al-amr va-l-ma’ruf va-n-naxi’an al-munkar) – bu qoida musulmonni barcha vositalar, shu jumladan, kuch ishlatishni ham, ya’ni qilichni ishga solishni ham istisno etmagan holda ezgulikni g‘alabasi uchun o‘z majburiyatini bajarib, uni amalga oshirishga yordam berishini talab qilar edi.

Xalifa Mutavakkil hukmronligi vaqtida boshlangan mu’taziliylarni ta’kib qilish sharoitida va umuman, «kalom»ga hujum davrida mu’tazaliy Al-Juboiy (vaf. 916) ning shogirdi va yangi «kalom» maktabi bo‘lgan ashariylikning asoschisi Abul Hasan al-Ashariy (874-933) uni an’anaviy diniy aqida bilan, ba’zida rasmiyatchilik uchungina bo‘lsa ham, murosasozlik yo‘li bilan saqlab qolishga urindi.

S



Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə