1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə4/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

Мutakallimlar
hu davrdan boshlab «kalom» (arabcha-«ta’limot») nomini olgan ilk islom falsafasi ishlab chiqila boshlandi. Bu ta’limot tarafdorlarni mutakallimlar deb atadilar. Mutakallimlar an’anadan ko‘ra, aqlga tayanishning afzalligini ta’kidlar, «taqlid»ni rad etar va biror-bir nuqtai nazar va ta’limotni qabul qilishdan oldin ehtiyotkorlik jihatidan unga shubha bilan qarashni nasihat qilar edilar.

Ilgarigi ilohiyotchilardan farqli o‘laroq, Ashariy va uning izdoshlari ilk islomni mantik va falsafani, ya’ni aqliy usulni qo‘llash yo‘li bilan himoya qilishga urindilar. Ashariy taqdirga ishonish va iroda erkinli haqidagi ta’limotning ichki qarama-qarshiligini murosa yo‘li bilan hal qilishga urindi. «Kasb» nazariyasi unga taalluqli ediki, unga binoan qazo (qaror, hukm) Xudoning abadiy va umumiy irodasi bo‘lib, qadar (hokimiyat, iroda) esa, Xudoning qarorini dunyo hodisalariga qisman qo‘llanilishi edi. Inson ushbu ayrim olingan qarorni faqat o‘zinikidek «kasb etadi» yoki «o‘zlashtiradi». Bu nazariyaga muvofiq hatti-harakat Xudo tomonidan yaratiladi, ammo iroda erkinligiga ega bo‘lgan inson tomonidan kasb etiladi va bajariladi.

«Kalom»ning ilohiyotga doir masalalari taraqqiyotida ashariya maslakdoshlari o‘z ta’limotlarini mu’taziliylar bilan an’anaviy aqida tarafdorlarining nuqtai nazarlari o‘rtasiga qo‘ydilar. «Kalom» tarixida yangi bosqich XIII asrning boshidan, ayni mutakallimlar bilan faylasuflar, birinchi navbatda Ibn Sino maktabi o‘rtasida do‘stona aloqalar tiklangan vaqtda boshlandi. Bu tiklanish birinchilar uchun Shaxristoniy (1153 y.vafot etgan) va Faxriddin Roziy (1209 yil vafot etgan) asarlari tufayli tayyorlangan bo‘lsa, ikkinchilar uchun Nasriddin Tusiy (1274 yil vafot etgan) ijodi barakatidan muyassar bo‘lgan edi. Buning natijasida, Ibn Xaldun (1332-1405) qayd etgandek, oxirgi mu’taziliylar orasida «kalom» va «falsafa» muammolari shunday qo‘shilib ketgan ediki, bu fanlarni bir-biridan ajratib bo‘lmay qoldi1.

«Keyingi kalom» deb nom olgan «kalom» taraqqiyotidagi yangi bosqich Baydaviy (1390 yil vafot etgan), Isfahoniy (1348 yil vafot etgan), Ijiy (1355 yil vafot etgan), Taftazoniy (1390 yil vafot etgan) va Jurjoniy (1413 yil vafot etgan)larning asarlarida bayon qilingan.

Ashariylik asosan o‘z tarafdorlarini Iroq, Suriya va Misrda topdi. Mavoraunnahrda X asrdan keyin, Samarqand yaqinidagi Moturid qishlog‘ida tavallud topib, Mutakallim as-Samarqandiy nomi bilan mashhur bo‘lgan Abu Mansur al-Moturidiy (944 yil vafot etgan)ning izdoshlari bo‘lgan moturidiya oqimining juda ko‘p maktablari mavjud edi. Moturidiy o‘zining kalom tizimini Ashariydan mustaqil ravishda ishlab chiqqan edi. Umuman, ularning qarashlari va tizimlari bir-biriga o‘xshaydi.

Mutakallimlar o‘rta asrlar falsafasiga xos bo‘lgan bir qator asosiy muammolarni, jumladan, din bilan aqlning aloqalari masalasini hal etishda o‘z hissalarini qo‘shdilar. Bu muammolarga xudo va dunyo, tabiatdagi jismlarning tuzilishi, «bo‘linmas» zarrachalar (cheksiz kichik), kontinuum (uzliksizlik) va boshqa masalalar kirar edi. Mu’taziliylar va mutakallimlar o‘rta asrlardagi ziyolilarning eng ma’lumotli qismini tashkil etardilar. Ular orasida ko‘plab ensiklopedik olimlar, faylasuflar (An-Nazzom, Johiz) bor edi. Ular ichidan Al-Kindiy, Zamaxshariy kabi zabardast faylasuflar va boshqalar chiqdilar.

T
Таsavvufning paydo bo’lishi
asavvuf
– Sharq xalqlari ma’naviy hayoti tarixida eng muhim hodisalardan biridir. Unga xos xususiyat tarki dunyochilikka chaqirish, boylik va dunyoviy ne’matlardan voz kechishni targ‘ib qilish edi. Birinchi muhaddislar (Muhammad payg‘ambarning ishlari va hayot tarzlarini rivoyat qiluvchilar) katta obruga ega edilar. Ular faqih (huquq bilimdonlari) ham edilar. Ularning o‘zlari odatda Qur’onni bilar va sharxlar edilar. Shunday qilib, ular o‘zlarida zamonlarining ilohiyotiga va huquqshunosligiga doir barcha bilimlarini mujassamlashtirgan edilar. Ammo vaqtiyki kelib, Ummaviy xalifalarning hatti-harakatidan omma noroziligi natijasida bir qator inqiloblar kelib chiqqach, shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ba’zi muhaddislar ochiqdan-ochiq hokimiyat tomoniga o‘ta boshladilar. Bulardan norozi bo‘lgan boshqa turdagi muhaddislar ham kelib chiqdilar. Ana shu yangi muhaddislar quyidagi qoidani oldinga surdilar: muhaddisga ishonch shundagina mumkin bo‘ladiki, agar u hodisalarni rivoyat qilibgina qolmasdan, balki ularga o‘zi rioya qilsa. Va uning hayoti zohidona bo‘lib, Xudo oldida doimo titrab tursa va man qilingan narsalarning hammasi uning uchun qabul qilinadigan holatdan tashqarida bo‘lsa, ya’ni u ulardan to‘la-to‘kis parhiz qilsa. Ana shunday ruhdagi muhaddislar ichidan tarki dunyochilik harakati boshlanib, rivojlanib bordiki, uni tasavvufning birinchi kurtak otishi deb qarash mumkin. Bu vaqtda hali «sufiy» atamasi yo‘q edi. Bu xildagi odamlarning oddiy alomati – zohid (tarki dunyo qilgan) yoki obid (Xudoning xizmatkori) edi.

Hozirgi vaqtda tasavvufning (sufizm) tizim sifatidagi aynan o‘xshash ta’rifini berish mumkin emas. Negaki, hali hozir fanda Ispaniya, Sisiliyani qamrab olib, Bolqon yarim oroligacha kirgan, ushbu juda murakkab, ko‘p qamrovli, qadama (mozaik) diniy dunyoqarashga nisbatan yagona hukm chiqarilgan emas. Tasavvufning ilk rivoji VIII-X asrlarga to‘g‘ri keladi. Bu vaqtda u tarki dunyochilikdan ajrab chiqib, mustaqil diniy-falsafiy-axloqiy ta’limot sifatida shakllandi. Ammo u vaqtda ham, keyingi davrlardagi o‘z rivoji bosqichlarida ham (X-XII asr oxiri, XIII-XV; XVI-XVII asrlar), tasavvuf aniq ifodalangan, tartibga solingan va muayyan qarashlar tizimini beruvchi ta’limotga aylanmadi. Bu narsa ayniqsa o‘zining yaqqol ifodasini tasavufning gullagan davri bo‘lgan X asrdan keyin topdi. Bu davrda u o‘ziga qadimgi davrning mistik-idealistik falsafasi va xristianlik nazariyasining g‘oyalarini olib va ularni soddalashtirib, mahalliy diniy-an’analar va xalq aqidalari bilan qo‘shib, harakatning tashkiliy shaklini birodarlik (tariqa) jamiyatini barpo qildi.

Demak, tasavvuf – bu islom doirasidagi alohida sirli, diniy-falsafiy dunyoqarash bo‘lib, uning vakillarining fikricha, inson o‘zining shaxsiy ruhiy tajribasi vositasida xudo bilan bevosita ruhiy aloqa (mushohada yoki qo‘shilish) o‘rnata oladi. Bunga jazava (ekstaz) yoki ichki porlash (ozarenie) yo‘li bilan erishish mumkinki, dil porlashi yuragida xudoga nisbatan muhabbati bo‘lgan va shu ishq bilan Xudo «yo‘li» dan borayotgan insonga osmondan tushiriladi. O‘rta asrlarda bunga o‘xshash oqimlar noyob emas edi. Mistik aqidalar insoniyat tomonidan vujudga keltirilgan barcha yirik dinniy tizimlarda (buddaviylik, hinduviylik, yahudiylik, xristianlik) kam o‘rin tutmas edi. Musulmon so‘fiylari o‘z oldiga qo‘ygan va butun hayotlari davomida unga intilgan maqsad - bu xudoni ruhiy, ichku tuyg‘u bilan bevosita bilish edi. Ularning butun fikri-zikri ana shu diniy orzuga bo‘ysundirilgan edi. Ularning tasavvufiy «yo‘li» haqidagi asosiy fikrda ma’naviy poklanish g‘oyasi («ruhiy jihod» - mujohada) va insonni kamolotga yetkazish yotar edi. Bu g‘oya ishlab chiqilgan barqaror axloqiy nazariyaga (maqomot) va qisqa vaqt saqlanuvchi, nurning bir lahzalik uchquni sifatida ichdan kelib chiqadigan ruhiy holatlarga (hol) kelib qo‘shildi.

Tasavvufning nazariy asoslarini ishlab chiqishda Al-Muhosibiy (857 yil vafot etgan) muhim o‘rin tutdi. U tomonidan yozilgan «Allohning huquqlariga rioya etish» kitobi «o‘zini kuzatish» usuli asoslarini (muhosiba (hisoblash), muallifning laqabi shundan olingan) bayon qiladi. Muhosibiy insonning tashqi hatti-harakatlari bilan uning niyati o‘rtasidagi nisbatni kuzatish vazifasini qo‘yadi. Yurakdagi fikrlar va ruh harakatining tahlili uni «hol» tushunchasini aniqlashga, ya’ni jazava holatini idrok etishga olib keladiki, unga insonning o‘z irodasi bilan erishib bo‘lmaydi, balki bu holat unga Xudoning marhamati sifatida tushiriladi. Hol qisqa damli holat, hatto zamondan tashqari, negaki, bu bir lahzali, birdaniga charaqlagan, ruhiy holatning u yoki bu ohangi rangiga burkangan bo‘ladi. Xudo bilan qo‘shilish uchun diniy shakllardagi farqlar, barcha diniy rasm-rusumlar va ko‘rsatmalarni bajarish ahamiyatga ega emas edi. Sufiy-panteist (xudo bilan tabiatni birday deb hisoblovchi)lar Qur’onni so‘zma-so‘z sharhlashni rad qilib, Xudoni bilishda ilmni o‘zi yaxshirok yordam beradi deb hisoblar edilar. Bu qarash ilk islom tarafdorlari tomonidan dushmanlik bilan kutib olindi. Tasavvuf bid’at aqida deb e’lon qilindi va uning muxlislari ta’qib ostiga olindilar.

Panteistik nuqtai nazarda turgan sufiylardan birinchisi Al-Bistomiy edi. Sufiy Husayn ibn Mansur Halloj esa «Anal haq» («men-haqiqat», «Men Xudo») shiorini o‘rtaga tashlab, shuni isbotlashga urindiki, u Xudo bilan «qo‘shilib» ketgan. Bunday da’vo ilk islom aqidalariga butunlay qarshi bo‘lib, Payg‘ambar va Qur’onning barcha «muqaddas»ligini yo‘qqa chiqarar edi. 922 yilda Hallojni bid’atchi sifatida Bag‘dodda pora-pora qilib, o‘tda yoqdilar.


Муҳаммад



ал-Хоразмий
Muhammad al-Xorazmiy (780-850) IX asrning eng yirik ensiklopedik olimi bo‘lib, Xorazmda tug‘ilgan. U riyoziyot, astronomiya, jugrofiya sohalarida tadqiqotlar olib borib, ilmiy ekspedisiyalarda ishtirok etgan. Olim sifatida al-Ma’mun, Mutasim va Al-Vosiq kabi xalifalar saroyida ijod qildi. Sharqning birinchi Akademiyasi bo‘lgan Bag‘doddagi «Baytul hikma» - «Donishmandlik uyi»da Al-Xorazmiy rahbarligi ostida Ahmad ibn Muhammad al-Farg‘oniy, Ahmad ibn Abdulla al-Marvaziy, Xolid Marvarudiy, Abbos Javhariy kabi o‘sha zamonning eng yirik olimlari xizmat qildilar. Xorazmiy qalamiga «Astranomik jadvallar», «Hind hisobi haqida risola», «Quyosh soatlari haqida risola», «Musiqa bo‘yicha risola» va boshqa asarlar mansubdir. Xorazmiyning asosiy kashfiyoti algoritmni kashf etishi bo‘lib, u barcha matematik tenglamalarni yechishning O
Forobiyning falsafiy va ijtimoiy qarashlari
‘zining ensiklopedik (hamma tomonlama) bilimlari sharofati bilan «Sharq Arastusi» va «Ikkinchi muallim» (Arastudan keyin) unvonlariga sazovor bo‘lgan
Abu Nasr ibn Muhammad Forobiy (873-950) buyuk faylasuf edi. Forobiy 873 yilda Forob shahrida (Aris daryosining Sirdaryoga quyiladigan joyi) tug‘ildi. Fanlarni o‘zlashtira borib, Forobiy Shoshda (Toshkent), Samarqand, Buxoro, Bag‘dodda bo‘ldi, Eronga safar qildi. O‘z hayotining oxirgi yillarini Forobiy Halab va Damashqda o‘tkazdi va o‘sha yerda 950 yili vafot etdi. Uning 160 jilddan ko‘proq asarlarining barchasini ikki guruhga bo‘lish mumkin: qadimgi yunon olimlari risolalariga sharh shaklida yozilgan asarlar, va asl nusxadagi tadkiqotlar.

Forobiyning borliq haqidagi ta’limoti. Forobiy fikricha, yagona borliq olti bosqichdan iborat bo‘lib, ular ayni bir vaqtda barcha mavjud narsalarning ibtidosi sifatida bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. Birinchi bosqich – birinchi sabab (Xudo); ikkinchisi – samoviy jismlar borlig‘i; uchinchisi – faol aql, to‘rtinchisi –ruh; beshinchisi – shakl; oltinchisi – modda. Shunday qilib, xudo va modda, yagona bir butunni tashkil etib, bir qator bosqichlar orqali bir-birlari bilan sababiy bog‘lanishdadirlar. O‘zlarining sababiy bog‘lanishlari tufayli ushbu ibtidolar ikki ko‘rinishga ajratiladilar: «vojibul vujud» - shunday narsaki, mavjudligi o‘zidan kelib chiqadi; «mumkinul vujud» - shunday narsaki, uning mavjudligi boshqa narsadan kelib chiqadi. «Mumkinul vujud» o‘zining bor bo‘lishi uchun sababga ehtiyoj sezadi, va qachonki u paydo bo‘lsa, boshqa narsa tufayli, «vojibul vujud» ga aylanadi. Forobiyning ibtidolar haqidagi ta’limoti shundan guvohlik beradiki, unga yangi aflotunchilikning emanatsiya nazariyasi ta’sir o‘tkazgan bo‘lib, u ilk islom e’tiqodidagilarning nuqtai nazarlaridan mohiyatan farq qiladi.

Birinchi sabab (vojibul vujud) abadiylik xususiyatiga ega bo‘lganligidan, modda ham, uning oqibati sifatida abadiylikka daxldor bo‘ladi. Yerdagi va osmondagi doiralarning barchasi jismiylik (moddiylik) xususiyatiga egadirlar. Barcha narsalar olti ko‘rinishga bo‘linadilar: samoviy jismlar, aqlli hayvon (inson), aqlga ega bo‘lmagan hayvonlar, o‘simliklar, minerallar, to‘rt unsur-olov, havo, tuproq va suv. Oxirgilari moddiylikning asosi bo‘lib, moddaning eng oddiy ko‘rinishini ifodalaydilar. Qolgan besh turdagisi murakkab bo‘lib, ushbu birlamchi unsurlarning turli darajadagi qo‘shilishlari natijasida paydo bo‘ladilar. Forobiy fikricha, «barcha ashyollarning umumiy turi dunyo» bo‘lib, oddiy jismlardan tashkil topgan va «dunyodan tashqarida hech narsa yo‘q»7.

Har qanday jism, avvalo imkoniyatda mavjud bo‘ladi va undan keyingina voqeylikka aylanadi. Imkoniyatdan voqeylikka o‘tish moddaning muayyan shakl bilan qo‘shilishi natijasida sodir bo‘ladi. Forobiyning qarama-qarshiliklar va ularning qarama-qarshi shakllarining bir-birlari bilan to‘qnashishi haqidagi fikrlari, tabiatdagi o‘zgarishlarni tushunish manbai sifatidagi urinishga qaratilgan bo‘lganligidan, juda ham qimmatlidir.

Fanlar tasnifi. Bilimni Forobiy amaliy (kasb-hunar) va nazariy (fan)ga bo‘ladi. Nazariy bilimlar doirasida bosh o‘rinni falsafa egallaydiki, Forobiy uni borliqning umumiy xususiyatlari va qonunlari haqidagi fan deb ifodalaydi va uning muayyan fanlarga bo‘lgan nisbatini umumning xususiyga bo‘lgan munosabati sifatida belgilaydi. Forobiy tizimida falsafa haqidagi «fanlar fani» degan qoida o‘z ifodasini topgan.

Forobiy o‘rta asrlar davrida birinchi bo‘lib fanlar tasnifini vujudga keltirdiki, u o‘sha vaqtdagi ilmiy bilimlarning ensiklopediyasi hisoblanar edi. Barcha fanlarni Forobiy besh guruhga bo‘ladi:



  1. Yetti bo‘limdan iborat til haqidagi fan.

  2. Mantiq.

  3. Yetti mustaqil fanga bo‘linadigan riyoziyot, ya’ni arifmetika, geometriya, optika, yulduzlar haqidagi fan, musiqa haqidagi fan, og‘irliklar haqidagi fan va mexanika.

  4. Tabiiy va ilohiy fanlar, yoki metafizika.

  5. Shaharni boshqarish haqidagi fan (yoki siyosiy fan), huqukshunoslik va kalom.

O‘zining fanlar tasnifida Forobiy har bir fan o‘rganadigan narsaning o‘ziga xosligi, uning qonunlarining xususiyati va ularga xos bo‘lgan bilish vositalarini hisobga oladi.

Forobiy fikricha, fan va umuman barcha bilimlar sub’ektiv xohish va istakdan emas, balki ularga nisbatan tobora oshib boradigan inson ehtiyojlari natijasida kelib chiqadilar. Forobiyning fanlar tasnifi Sharqda ham, Yevropada ham, kelgusidagi fanlar tasnifiga kuchli ta’sir o‘tkazib, ular taraqqiyotida katta o‘rin tutdi.



Bilish nazariyasi. Tabiat qabul qiluvchidan (sub’ekt) oldin keladi, «his-tuyg‘u orqali qabul qilinadigan narsa, uni idrok qilishdan oldin kelganidek, bilib olinadigan narsa, unga taalluqli bilimdan oldin mavjud bo‘ladi»8. Forobiy tabiatni bilish jarayonining cheksizligini qayd etib, uni bilmaslikdan bilish tomon ko‘tarilishi, oqibatdan sababga, hodisadan mohiyatga, orazdan (aksidensiya) javhar (substansiya) tomon boradi, deb hisoblaydi. Forobiy bilishning ikki bosqichini – hissiy va fikriyni bir-biridan farqlab ko‘rsatadi. Hissiy bilimning o‘rniga to‘xtalib, Forobiy insonni tashqi dunyo bilan bog‘laydigan besh xil sezgining har biriga alohida e’tibor qaratadi. Forobiy sezgining har bir turini uni muayyan his qiluvchi badan a’zosi bilan bog‘liq ravishda ko‘rib chiqadi. Forobiy fikricha, har qanday sezgi badanning his qiluvchi a’zolariga hech kimga bog‘liq bo‘lmagan (ob’ektiv) holda mavjud bo‘lgan narsalarning muayyan xususiyatlarining tashqi jismoniy ta’siri natijasidir. Forobiy xotira, tasavvur va xayolga his qilish va fikrlash orasidagi o‘rtalik joyni ajratib, ularni bilishning hissiy bosqichlari bilan bog‘laydi. Uning fikricha, ularning jismoniy a’zolari miyaning oldingi qismida joylashgan. Ammo inson uchun xos xususiyat ayrim olingan alohida hayvonlarda ham uchraydigan sezgi va zehn emas, balki aqldir. Hayvonlardan farqli o‘laroq, «inson aql va sezgilar orqali bilim kasb etadi»9. «Aqliy kuch» tashqi buyumlarning fikriy qiyofasini beradi. His-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tafakkur ashyolarni fikrlash jarayonida bilib boradi, ya’ni narsalarning hissiy sifatlaridan chalg‘ib, undagi eng umumiy va mohiyat jihatdan muhimlarini topib boradi. Bundan tashqari, aqlga, his-tuyg‘udan farqli o‘laroq, tushunish xosdir10. Mavhum ilmiy tushunchalar, jumladan, riyoziyotga doirlari ham, qanchalik tashqi dunyodan ajralgan bo‘lib ko‘rinishlaridan qat’iy nazar, muayyan mavjud bo‘lgan jismlarning xususiyatlarini aks ettiradilar. Bilimning ikki shaklining usul va xususiyati – hissiy va aqliy – ularni ikki xilda bayon qilishni belgilaydi: sezish sifatlaridan fikriy mohiyatlarga, ya’ni muayyanlikdan majhullikka va jismlarning fikriy tomonlaridan ularning hissiy sifatlariga, ya’ni majhullikdan muayyanlikka.

Forobiy aqliy bilishda bir qator bosqichlarni farqlaydiki, bu narsa uning bilinayotgan narsalarning mohiyatiga chuqur kirib borganligidan guvohlik beradi. Bu – muayyan narsadan chetlashib, undagi umumiy narsani ajratib olish, so‘ngra esa ana shu umumiy narsa yordamida – muayyan narsaning mohiyatiga chuqurroq kirib borishida namoyon bo‘ladi. Oxir oqibatda aql, barcha yerdagi moddiy narsalrni bilib olgandan keyin, osmoniy jismlarni bilishga o‘tadi va dunyoviy, koinotdagilar bilan qo‘shilib va qorishib ketib, ushbu dunyoviy aqlning ta’sirida aqliy bilim amalga oshadi.

Insonni dunyoni bilib olishida faol aql (al-aql al-faol) ishtirok etadi. U his-tuyg‘u ma’lumotlarini tafakkur uchun yetkazadi. Tafakkur chuqur va har tomonlama bilimga olib boradi. Pirovardida, u dunyo to‘g‘risidagi barcha bilimlar bilan boyib, abadiylikka olib keladi. Faol aql inson bilan birinchi sabab o‘rtasida vositachi sifatida xizmat qiladi. Birinchi sabab uning o‘ziga ham taalluqlidir. Faol aql badanda joylashgan ruh bilan bog‘langan, va shunday qilib, ilohiy hayotning xususiyati insonga o‘tadiki, uning bilimlari aqliy kuch timsolida abadiylikka qadam qo‘yadi.

A
Ibn Sinoning falsafiy qarashlari


bu Ali ibn Sino (Avisenna) (980-1037) ilmiy- tabiatshunoslik va ijtimoiy-falsafiy fikrlar taraqqiyotiga juda katta hissa qo‘shgan, Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkiridir. Tasodifiy emaski, u «Shayxur rais» - «Olimlar ustozi» degan yuksak unvonga sazovor bo‘lgan edi. Ibn Sino Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog‘ida tug‘ilgan. U Buxoroda ta’lim oldi, astronomiya, riyoziyot, mantiq, fizika, metafizika, huquq va boshqa fanlarni o‘rgandi. Yoshlik yillaridayoq o‘zining davolash san’ati bilan mashhur bo‘ldi.

999 yilda Buxoro Qoraxoniylar tomonidan bosib olingan vaqtda, Ibn Sino Urganchga qochdi. Bu yerda Xorazmshoh Ma’mun saroyi huzuridagi Beruniy rahbarlik qilgan Akademiyada Ibn Sino juda ko‘p mashhur olimlar bilan tanishdi va o‘z bilimini boyitish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Xorazmni g‘aznaviylar tomonidan bosib olinishi xavfi ostida Ibn Sino Eronga qochdi. 1037 yilning 18 iyunida Hamadonda saroy tabibi va vazir bo‘lib ishlayotgan vaqtida vafot etdi. O‘limi oldidan u barcha mol-mulkini xizmatkorlari va kambag‘al kishilarga bo‘lib berdi.

Ibn Sinoning dunyoqarashi uning zamonining madaniyatini aks ettiradi. Uning dunyoqarashi Hindiston tabiatshunosligi va Yunoniston falsafasi ta’siri ostida shakllandi. Ibn Sino Buqrot (Gippokrat), Jolinus (Galen), Yevklid, Arximed, Pifagor, Arastu, Porfiriylarning asarlari bilan yaxshi tanish edi. Ibn Sinoga Ar-Roziy va Forobiylar juda katta ta’sir o‘tkazishdi.

Ibn Sino 260 nomdan ko‘proq boy adabiy va ilmiy meros qoldirdi. Bizgacha uning 160 asari yetib kelgan. Ular ichida eng yirigi 22 jilddan iborat «Kitob ash-shifo» («Ruhni davolash kitobi») bo‘lib, o‘z ichiga mantiq, fizika, riyoziyot va metafizikani qamrab oladi. Uning boshqa asarlari «Qonun fit-tib» («Davolash ilmi qonuni»), «Kitob an-najot» («Najot topish kitobi»), «Donishnoma» («Bilimlar kitobi») va boshqalardir. Ibn Sino qalamiga quyidagi badiiy asarlar ham mansub: «Risola at-tayr», «Solomon va Ibsol», «Hay ibn Yaqzon».



Borliq haqidagi ta’limot. Ibn Sino fikricha, borliq vojibul vujud (zarur bo‘lgan vujud), ya’ni birinchi sabab, Xudo, barcha ashyolarning ibtidosi va mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin bo‘lgan vujud), ya’ni qolgan barcha narsalardan iboratdir. Vojibul vujud o‘z-o‘zicha bor bo‘lib, yagonadir. Mumkinul vujud (mumkin bo‘lgan vujud) birinchi sababdan kelib chiqib, ayni vaqtda ko‘plikdir, ya’ni o‘zida ko‘p ashyolarning paydo bo‘lish imkoniyatini sig‘diradi. Shunday qilib, borliq bo‘linmaydigan yagona va bo‘linadigan ko‘plikdan tashkil topgandir. Ko‘plik darhol paydo bo‘lmaydi, balki asta-sekin, sabab va oqibat shaklida namoyon bo‘ladi.

Borliqning barcha shakllari dastlab yagonada mavjud bo‘ladi. Birinchi sababdan uzoqlashgan sari ushbu shakllar ko‘proq mustaqillik kasb etib, faqat bevosita oldingi sababga nisbatangina bog‘liq bo‘ladilar. Shunday qilib, turli ashyolar vujudga (zaruriy vujud) nisbatan turlicha darajada yaqinlikda bo‘ladilar. Vojibul-vujudning xususiyati keyingi keladigan barcha vujudga uzatiladi. Ibn Sino shunday yozadi: «Vojibul vujud shundayki, barcha o‘z mavjudliklarini undan oladigan narsalar zaruriy ravishda mavjuddirlar, negaki, shunday bo‘lmasa vojibul vujudda shunday holat vujudga kelar ediki, u unda bo‘lmas edi, va o‘sha vaqtda u barcha jihatlardan vojibul vujud bo‘lib qolar edi»11. Bunday ta’limotni deistik yo‘nalishdagi panteizm sifatida baholash mumkin.

Mumkinul vujud (bo‘lishi mumkin bo‘lgan vujud) javhar (substansiya) va orazdan (akundensiya) tashkil topgan eng umumiy va o‘zini ko‘plab namoyon etadigan javhar – birinchi ibtidodagi unsurlar (olov, havo, suv, tuproq)dir. Modda, shakl, ruh va aql – oddiy javharlardir, jism esa – murakkab javhar. Barcha ashyolarga xos bo‘lgan umumiy xususiyat – jismiylik bo‘lib, modda va shakldan tashkil topadi. Ular o‘zaro bog‘liqdir va biri ikkinchisisiz mavjud bo‘lmaydi. «…modda jismiy shaklga ega va jismiy shaklsiz voqelik mavjud bo‘lmaydi. Binobarin, u jismiy shakl tufayli haqiqiy mavjud bo‘lgan javhardir. Shunday ekan jismiy shakl haqiqatda javhardir»12.

Ibn Sino dunyoni yagona birlikda deb hisoblaydi: «Bo‘shlik mavjud emas … butun dunyo yagona jismdir».

Ibn Sino harakat tahliliga katta e’tibor qaratib, uni mexanik tarzda o‘rin almashtirish deb qaramaydi: «Harakat deb odatda shunday narsaga aytiladiki, u makonda sodir bo‘ladi, ammo hozirgi vaqtda bu tushunchaning ma’nosi boshqacha bo‘lib, makoniy harakatdan ko‘ra umumiyroq bo‘lib qoldi». Ibn Sino ta’kidlaydiki: «Qandaydir ashyoning har qanday holati va harakati, imkoniyatda shunday qandaydir ashyo bo‘lganligi sababidan harakat deb ataladi»13.

Bilish nazariyasi. Ibn Sino fikricha, hissiy bilish – tabiatni bilishning boshlang‘ich yo‘lidir. Hissiyot tashqi va ichkiga bo‘linadi. Ko‘rish, eshitish, ta’mni sezish, is bilish va paypaslash tashqi hislardir. Ichki hislar quyidagilar: umumiy his-tuyg‘u, taxminiy bilish kuchi va tasavvuriy kuch14. Ibn Sinoning so‘zlariga ko‘ra, ko‘rish qabul qilinayotgan buyum tomon bizdan chiqadigan biron bir narsadan bog‘liq emas. Biz shuning uchun ko‘ramizki, qabul qilinayotgan buyumdan nimadir biz tomon kelib tushadi va modomiki u buyumning jismi emas ekan, demak, u – uning qiyofasidir15.

Garchi biz Ibn Sinoda hissiy bilishning alohida shakli sifatida idrokni uchratmasak ham, u uni «umumiy his-tuyg‘u» va «taxminiy his-tuyg‘u» ma’nosida qo‘llaydi. Umumiy his-tuyg‘u ashyolar qiyofasini umumiy ko‘rinishda gavdalantiradi. Badanning hissiy a’zolari yordamida olingan tarqoq sezish holatlari umumiy his-tuyg‘u vositasida yagona birlikka birlashib qo‘shiladilar. Ma’noni idrok etish vazifasi Ibn Sino tomonidan taxminiy bilish kuchi deb atalgan boshqa hissiyotga yuklanadi. Idrok ikki hil ma’noga ega: birinchidan, idrok hissiy bilishning shakli sifatida, va ikkinchidan, idrok fikr shakli sifatida. Bilimning ushbu turlarini mutafakkir «birlamchi» va «ikkilamchi» idrok deb ataydi. Birlamchi idrok ashyoni muayyan tarzda biror-bir boshqa narsa vositasida qabul qiladiki, u unga ushbu shaklni beradi.16 Boshqacha aytganda, ikkilamchi idrok, fikr bo‘lgan holda, hissiy idrok asosida tashkil topadi.

Ibn Sino ijodiy bilimning shakllaridan biri bo‘lgan xayolga katta e’tibor qaratdi. Uning vazifasi tasavvur etish kuchi va zehnda saqlanadigan o‘sha qiyofa va ma’nolarni o‘zgartirib, qayta ishlashdan iboratdir. Xayolning ikki shakli: tasviriy va o‘zgartiruvchi ijodiysi mavjud. Tasavvur ham his-tuyg‘uning ichki shakllariga taalluqlidir. Bu ashyoning shunday shakliki, ashyoning o‘zi bo‘lmagan holda ham, ongda saqlanadi. Boshqacha kuchlardan tashqari, buyum qiyofasi aks etgan tasavvurni saqlab qoluvchi kuch-zehn ham mavjuddir.

Ibn Sino yangi aflotunchilarning ruh qandaydir jismiy a’zoga ega bo‘lmasdan turib ham, hissiy ashyolarni qabul qilib olishi haqidagi ta’limotlarini asossiz hisobladi. Agar hissiy idrok bu a’zolarsiz ruhning o‘zida kechganda, deb yozadi mutafakkir, unda bu a’zolar behuda yaratilgan bo‘lib chiqardi va ulardan hech qanday foyda bo‘lmas edi17. Olim fikricha, jon yurak bilan bog‘langan bo‘lib, u orqali miya bilan ham birlashgan. Yurakdan chiqadigan sezgi va harakatni unga uzatib boradigan a’zo, o‘z ibtidosini miyada oladi. Hissiy nervlarning boshlang‘ichi miyadir. Nervlar undan kelib chiqadi: miya-nerv tizimining markazidir. Shunday qilib, hissiy bilish fiziologik asoslarga ega.

.


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə