1-mavzu: Falsafaning predmeti, uning muammolari, jamiyatdagi o‘rni va vazifalari. Reja



Yüklə 0,82 Mb.
səhifə6/19
tarix06.02.2018
ölçüsü0,82 Mb.
#26380
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19

1-§. O‘rta asrlar g‘arb falsafasi

Sxolastika
Yevropa tarixida o‘rta asrlar davri deyarli to‘la ming yilni (Rim imperiyasining parchalanish lahzasidan Uyg‘onish davrigacha) o‘z ichiga oladi. O‘rta asrlar Yevropasi feodalizmning qaror topishi bilan belgilanadiki, u xristian dunyoqarashidan foydalandi. Ma’jusiylik dini va falsafasi, hamda bid’atchilarning adashishlariga qarshi kurashiga apologetlar (yunoncha apologiya-himoya) deb atalgan qadimgi antik davrning keyingi xristian yozuvchilari bel bog‘ladilar. Apologetlarning eng ko‘zga ko‘ringan vakili Kvint Tertullian (160-220) edi. Falsafa va xristianlikni bir biriga to‘g‘ri kelmasligiga dalillar keltirib, u shundan kelib chiqdiki, xristianlik falsafiy asosga ehtiyoji yuq. Isodan keyin hech qanday bilimga qiziqishning keragi yo‘q, Injildan keyin esa hech qanday tadqiqotning zaruriyati yo‘q. E’tiqodni oliy haqiqat sifatida tushunish falsafani ilohiyotga bo‘ysundirish uchun asos bo‘ldi.

Apologetika orqasidan xristian mafkurachilarining asarlari bo‘lgan patristika paydo bo‘ldiki, uning mualliflari bid’atchilarga qarshi kurashga katta hissa qo‘shganliklari uchun avliyolik darajasiga ko‘tarildilar va cherkov otalari deb ataldilar. «Cherkov otalari» ning eng yirigi Avreliy A vgustin (354-430) edi. Avgustin falsafasining markazida Xudo turadi. Xudo oliy mohiyat bo‘lib, eng oliy ezgulikdir. Inson esa o‘zida tabiatning moddiy jismlarini –o‘simliklar va hayvonlarni birlashtiradi va aqliy ruh, hamda ozod irodaga egadir. Ruh xudoga yaqin bo‘lib, moddiy emas, zavol topmaydi va o‘z qarorlarida ozoddir. Ma’naviy hayotning asosi irodadir, ammo aql emas. Hayotning maqsadi va mazmuni baxt-saodatdadirki, unga Xudoni bilish bilan erishib bo‘ladi. Insoniy va ilohiy tarix voqealari birlik va qarama-qarshiliklar orqali ro‘y beradi, ular o‘z ifodasini ikki saltanat (shaharlar) - Xudoning va yerning to‘qnashuvida topadilar. Xudo saltanatiga insoniyatning oz qismi, ya’ni o‘zining axloqiy-diniy xulqi bilan Xudoning rahmatiga va najotiga erishganlar kirdilar, yerdagi saltanatga esa, baraks, o‘zini yaxshi ko‘radigan, ochko‘z, xudbin kishilar kiradilarki, ular Xudoni unitadilar. Xudo saltanatiga mansublikning bosh garovi sifatida Xudo va cherkov oldida itoat va bo‘ysunish xizmat qiladi.



Uyg‘onish davri falsafasi

Теоlogiya (ilohiyot) vа sxolastikadan insonparvarlik va bilim tomon
Uyg‘onish davri ilk burjuaziya inqiloblarining g‘oyaviy va madaniy taraqqiyotining tarixiy jarayoni sifatida ifodalanadi. Yevropa mamlakatlarida XII-XIII asrlardayoq sanoat, savdo-sotiq, dengizda yurish rivoji va harbiy ishning o‘sishi kuzatiladi. O‘rta asrlarning ilohiyotchiligi bilan kurashda birinchi o‘ringa insonparvarlik va inson maqomini ulug‘lash (antropotsentrizm) qo‘yildi. Yerdagi dunyoviy ishlarga nafrat bilan qarash o‘rniga insonning ijodiy qobiliyati, aqli, baxt-saodatga intilishini tan olish qo‘yiladi. Insonparvarlik g‘oyalarini amalga oshirish o‘tmishdagi yutuqlarni o‘zlashtirishni taqozo etar edi, shuning uchun qadimgi davr falsafiy boyligini egallashga intilish boshlandi. Uyg‘onish bu eng avvalo qadimgi davrda yaratilgan asarlarni ozodona anglash bo‘lib, tayyor va o‘zgarmaydigan haqiqatlardan yuz o‘girishdir. Qadimgi davr faylasuflari gap tekizib bo‘lmaydigan obrumand odamlardan ko‘ra, ko‘proq ittifoqdosh shaxslar sifatida qabul qilina boshladilar. Olimlar va faylasuflar endi yopiq maktablarning vakillari sifatida emas, balki alohida olingan tadqiqotchilar sifatida namoyon bo‘la boshladilar. Voqeylik ko‘proq hisobga olinadigan bo‘lib, diqqat-e’tibor amaliy ahamiyat va foyda keltiradigan masalalarga qaratiladigan bo‘ldi. Aqlni sxolastikadan qutiltirish boshlandi va faqat mantiqiy muammolardan ko‘ra dunyo va insonni tabiiy - ilmiy tushunishga o‘girilindi.

Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta’limotida inson bilimining kuch-qudrati ta’kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin.

Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi Piko della Mirandola (1463-1494) ijodida asosiy o‘rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog‘lab qo‘ymaydi va ijodiy qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta’kidlaydi.



Nikolay Kopernikning (1473-1543) «Samoviy doiralarning aylanishi haqida» asari astronomiyada inqilob yasadi, negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan geliotsentrizm sistemasini ta’kidladi: 1. Yer Koinot markazida harakatsiz ravishda mavjud bo‘lmasdan, balki o‘z o‘qi atrofida aylanadi; 2. Yer Quyosh atrofida aylanadi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi falsafa taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi, ammo adashishlardan ham holi emas edi: birinchidan, Kopernik dunyoning oxiri bor degan hukmron aqidaga qo‘shilar edi, va, ikkinchidan, Yerni Koinotning markazi bo‘lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni Quyoshga nisbatan saqladi.

Mashhur «Tajribalar» asarining muallifi Mishel Montenning (1533-1592) skeptisizmi doimiy ijodiy izlanishlar va tinib - tinchmaslik aqlning ramzi edi. Uning fikricha, inson tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish asosida mukammallashib borishi lozim.

Uyg‘onish davri panteizmining eng yirik vakili Djordano Bruno (1548-1600) edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani ta’kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.

Mumtoz mexanikaning tamal toshini qo‘ygan, tajribaviy-nazariy tabiatshunoslikning asoschilaridan biri G.Galiley (1564-1642) edi. Uning fikricha, bilish sohasida ikki usuldan, ya’ni tahlil (analiz) va sintezdan foydalanib, tabiat hodisalarini hissiy qabul qilishdan ularni nazariy tushunishgacha borib yetmoq lozim. Shu tarzda haqiqiy bilim tahliliy va sintetik, hissiy va abstraktlik birligida yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim.

Uyg‘onish davrida shakllangan g‘oyalar kishilarni dunyo va undagi inson maqomiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yubordi va bu bilan keyingi fan va falsafa xususiyatida chuqur iz qoldirdi.
Yangi zamon Yevropa falsafasi
Uyg‘onish davri falsafasi falsafiy mushohada yuritishning mazmuni va usuliga yangi yo‘llar qidirish bilan belgilanadi. Tajribaga asoslangan bilimlar rivoji sxolastik usulni voqey dunyoga qaratilgan yangi tarzdagi usul bilan almashtirishni taqozo qilar edi. Falsafiy tafakkurning yangi usulini yangi zamon falsafasi sifatida ifodalash mumkin. Taxminan XVI asrning oxiri – XVII asrning birinchi yarmida iqtisodiy rivojlanishning markazi asta-sekin Angliya, Niderlandiya va, qisman, Fransiyaga ko‘cha boshladi. Eng ko‘p darajada ishlab chiqilgan fanlar matematika va mexanika bo‘lib qoldi. Mutafakkirlar aynan mexanikani butun dunyoviy borliq sirlarini ochib beradigan kalit deb tushundilar. Nyutonning kashfiyotlari dunyoni o‘rab turgan hodisalarning mexanik sababiy bog‘lanishda ekanligi haqidagi tasavvurlarni mustahkamladi. Nyuton qarashlarida mexanik sababiyat chuqur matematik asoslarga ega ekanligini topdi. Shu bilan birga, mexanika harakatni qabul qilsa ham, taraqqiyotni rad etadi, shuning uchun ham o‘sha davr olim va faylasuflarining fikrlash tarzi ko‘proq metafizik edi.


Frensis Bekon


Yangi zamon moddiyunchiligining otasi ingliz faylasufi F.Bekon (1551-1626) edi. Uning fikricha, falsafa avvalo amaliy xususiyatga ega bo‘lmog‘i lozim: agar u sxolastikachiligida qolsa, u haqiqiy bo‘la olmaydi. Shuning uchun ham yangi fan bo‘lgan tabiatshunoslikning tajribaviy usulini ishlab chiqish Bekongagina nasib etdiki, u unda insonning tabiat ustidan kelajakdagi kuch-qudrati va hokimiyatining garovini ko‘rdi. Ammo bunday hokimiyatga faqat uning qonunlari ketidan boribgina erishish mumkin. Fanlarning xulosalari aniq dalillarga tayanishi va undan keng umumlashmalarga ko‘tarilishi lozim. Tajribaga asoslangan bilimlarga Bekon tomonidan ishlab chiqilgan va qo‘llanishga tavsiya etilgan induksiya, ya’ni kuzatish, tahlil qilish, solishtirish va tajriba o‘tkazishdan tarkib topgan usul muvofiq kelar edi. Ammo tajriba faqat shundagina haqiqiy bilim berishi mumkinki, qachonki ong yolg‘on sanamlar va timsollardan ozod bo‘lgan bo‘lsa. Nasl timsollari – bu shunday adashishdirki, inson tabiat haqida kishilar hayoti kabi muhokama yuritishidan kelib chiqqandir; g‘orlarning timsollari ayrim odamlarning didi va hatti-harakatlari ko‘nikmasi tufayli ta’lim-tarbiya bilan bog‘liq ravishda kelib chiqqan ayrim kishi xususiyatidan paydo bo‘lgan adashishlardir; bozor timsollari bu dunyo to‘g‘risida mavjud bo‘lgan tasavvurlar va fikrlarni ularga nisbatan tanqidiy munosabatsiz ravishda muhokama yuritish odatidir; teatr timsollari obrumand kishilarga ko‘r-ko‘rona ishonchga tayanadi.


Tomas Gobss



Рене Декарт
Ingliz falsafiy tafakkurining yirik vakillaridan biri Tomas Gobbs (1588-1679) dir. «Birinchi falsafa» haqidagi o‘z mulohazalarida Gobbs shuni ta’kidladiki, «jismlilik» (ya’ni modda) abadiydir, garchi ayrim jimslar vaqtinchalik bo‘lsa ham. Jismliylik xususiyatlari (yoki «aksidensiyalar») harakat va sokinlik, rang va boshqalardir. Harakatni u jismlarning makondagi o‘rin almashishi sifatida qarab chiqdi, ya’ni mexanik sifatida, tabiatdagi barcha jismlarni nafaqat mexanizmga o‘xshatib, balki inson va jamiyatni ham unga monand qildi. Gobbs falsafiy ta’limotining mexanistik ekanligi yana shu bilan ifodalanadiki, u o‘zining talqinida harakatni ikki jismning to‘qnashuvi natijasi sifatida ko‘rsatib, uni ilohiy birinchi turtki nazariyasiga (deizm) havola qildi. Gobbsning ta’kidlashicha, barcha bilimlarga his-tuyg‘u yordamida erishib bo‘ladi, shu bilan birgalikda u o‘zining bilish nazariyasida aqlning muhim ahamiyatini, ayniqsa uning matematik amallarini ko‘rsatib o‘tdi.


XVIII asr frantsuz



falsafasi
XVIII asrda Fransiyada falsafiy taraqqiyot Ma’rifatchilik panohida amalga oshirildi. Barcha ijodiy fikrlovchi fransuz faylasuflari amalda ma’rifatparvarlar edilar. Ularning mashhur vakillari orasida Volter, Russo, Didro, Lametri, Gelvesiy va Golbax bor edi. Fransiyada ma’rifatparvarlarga e’tiroz bildiruvchi sifatida ilohiyotchilar chiqdilar. Ma’rifatparvar-faylasuflar o‘z qarashlarida mexanistik shakldagi moddiyuncha dunyoqarashni targ‘ib qildilar, garchi ularning ba’zilarining asarlarida, masalan, Didroning organizmlar taraqqiyoti haqidagi qarashlarida dialektik unsurlar ham mavjud edi. Didro nuqtai nazaricha, tabiat (materiya) barcha narsalarning sababi bo‘lib, o‘z o‘zicha yashaydi, abadiy mavjud bo‘ladi, negaki, u o‘zining sababidir. Ayrim olingan kishiga nisbatan modda shunday narsadirki, his - tuyg‘u a’zolariga qandaydir tarzda ta’sir o‘tkazadi; moddiy jismlar esa atomlardan tashkil topgandir. Ma’rifatparvarlar o‘zlarining birinchi navbatdagi vazifalaridan biri sifatida davlat hokimiyatini dunyoviylashtirish, ya’ni cherkovni davlatdan ajratishni maqsad qilib qo‘ygan edilar. Ular cherkovlar va diniy mazhablar faoliyati ustidan davlat nazoratini o‘rnatishni nazarda tutar edilarki, toki ular diniy taassub va dushmanlik urug‘ini sochish bilan shug‘ullanmay, fuqarolik qonunlariga og‘ishmay amal qilsinlar. Ma’rifatparvarlar insonni boshqatdan tarbiyalab, undagi ijobiy tomonlarni rivojlantirishga va pirovardida, atrofdagilarni, avvalo ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirishga urindilar.


Nemis klassik falsafasi


XVIII asrning oxiri XIX asrning boshida Fransuz inqilobi voqealarining kuchli ta’siri ostida bo‘lgan, iqtisodiy va siyosiy jihatdan qoloq Germaniyada shunday falsafa vujudga keldiki, uning shakllanishida tabiatshunoslik va ijtimoiy fanlarning yutuqlari kata o‘rin tutdi. Fizika va kimyo katta muvofaqqiyatlarga erishdi, jonli tabiatni o‘rganish olg‘a qadam bosdi, matematika sohasida shunday kashfiyotlar qilindiki, ular juda ko‘p jarayonlarni miqdoriy jihatdan aniq ifodalashga imkon berdi. Bundan tashqari, atrof muhit tomonidan tana a’zolari rivojining bir-biri bilan sababiy aloqadorligi haqidagi Lamark ta’limoti katta qiziqish bilan kutib olindi. Eng yangi astronomik, geologik va embriologik nazariyalar ham katta qiziqish uyg‘otdi. Bu barcha nazariyalar, hamda kishilik jamiyatining taraqqiyot nazariyasi muqarrar ravishda rivojlanish g‘oyasini voqeylikni bilishning nazariyasi va usuli sifatida ishlab chiqish zaruriyatini rag‘batlantirar edi.

Nemis mumtoz falsafasi I.Kant, I. Fixte, F.Shelling, G.Xegel va L.Feyerbax kabi shaxslar nomi bilan bog‘liqdir.


Immanuel Kant
Nemis mumtoz idealizmining asoschisi Immanuil Kant (1724-1804) faqat buyuk faylasuf sifatidagina emas, balki keng qamrovli chuqur olim sifatida ham mashhurdir. Uning tomonidan ishlab chiqilgan quyosh sistemasining bahaybat gazsimon tumandan kelib chiqqanligi haqidagi ta’limot hozirgacha astronomiyada asosiy ilmiy g‘oyalardan biri hisoblanadi. Kantning ilmiy tabitashunoslik sohasidagi kashfiyoti uning zamondagi tabitashunoslik qoidasini faqat Koinot tuzilishigagina emas, balki uning kelib chiqishi va rivojiga nisbatan ham qo‘llashga birinchi urinish edi. Kantning xizmatlaridan yana biri uning hayvonlarni ehtimol tutilgan kelib chiqishining tartib bilan taqsimlanishi haqidagi g‘oyasi va insonlarning irqiy jihatdan tabiiy kelib chiqishi to‘g‘risidagi nazariyasi edi.

Kantning nuqtai nazaricha, eng muhim falsafiy muammolarni yechishga kirishishdan oldin inson bilimining chegarasi va imkoniyatini tadqiq qilish lozim. Kant fikricha, biz dunyoni qanday bo‘lsa, o‘shanchalikda emas, balki bizga qanday namoyon bo‘lishiga qarab bilamiz. Bizning bilimimizga faqat ashyolar ko‘rinishi yoki fenomenlar yetib keladi. His-tuyg‘u a’zolariga «narsa -o‘zida» («veщ v sebe») ta’siri natijasida hissiy tartibsizlik vujudga keladi. Bu tartibsizlik bizning aqlimiz quvvati orqali birlik va tartibga solinadi. Biz nimaniki tabiat qonunlari hisoblasak, aslida hodisalar dunyosiga aql orqali kiritiladigan aloqadir, yoki boshqacha aytganda, bizning aqlimiz qonunlarni tabiatga buyruq qiladi. Ammo hodisalar dunyosiga inson ongidan mustaqil bo‘lgan ashyolar mohiyati bo‘lgan «narsa o‘zida» muvofiq keladi. Ularni mutlaq bilish mumkin emas. «Narsa o‘zida» bizlar uchun noumenlar, ya’ni aql bilan bilinadigan, ammo tajribada berilmaydigan mohiyatdir. Kant inson aqlining kuchiga cheksiz ishonishni aqidaparastlik deb atab, uni shubha ostiga olib baholaydi.

Kant nuqtai nazaricha, makon va zamon g‘oyasi insonga idrokdan oldin ma’lum bo‘lgan. Makon va zamon g‘oyaviy bo‘lib, voqeiy emasdirlir. Hissiy taassurotlar bir-birlari bilan o‘zaro hukmlar vositasida bog‘lanadilarki, ular asosida kategoriyalar, ya’ni umumiy tushunchalar yotadi. Kant nazaricha, bular «sof fikr»ni ifodalovchi «sof mantiqiy» shakllar bo‘lib, uning ashyolari emas. Kategoriyalar insonga apriodi, ya’ni har qanday tajribagacha berilgandir.

B
Georg Vilgelm



Fridrix Gegel
ilish haqidagi ta’limotda Kant dialektikaga katta o‘rin ajratadi: qarama-qarshilik bilishning zaruriy lahzasi sifatida qarab chiqiladi. Nemis falsafasi Kantdan keyin I.G. Fitxe (1762-1814) va F. Shelling (1775-1854) tomonidan ishlab chiqildi. Ular hodisalar va ashyolarning kantchasiga qarama-qarshi qo‘yilishini muayyan yagona qoida bo‘lgan – Fixtedagi mutlaq «Men» va Shellingdagi borliq bilan fikrdagi mutlaq ayniyat asosida dalillab, uni bartaraf qilishga harakat qildilar. Bundan tashqari, Shelling dialektika kategoriyalarini , jumladan ozodlik va zaruriyat, yagonalik va ko‘plikning ayniyati va boshqalarni sinchkovlik bilan tahlil qilib, Xegel dialektikasining xabarchisi sifatida xizmat qildi.

Nemis falsafasi o‘z rivojining cho‘qqisiga Xegel (1770-1831) ijodida erishdi. Xegel dialektikaning qonunlari va kategoriyalari haqidagi ta’limotni rivojlantirib, birinchi marta dialektik mantiqning asosiy qoidalarini ishlab chiqdi va o‘sha davrdagi ta’limotlarda hukm surgan metafizik ong usulini tanqid ostiga oldi. Kantning «narsa-o‘zida»siga u dialektika prinsipini qarama-qarshi qo‘ydi: mohiyat o‘zini namoyon etadi, hodisa mohiyatlidir. Xegelning qayd etishicha, asosida «dunyo aqli», «mutlaq g‘oya» yoki «dunyo ruhi» yotgan kategoriyalar voqeylikning ob’ektiv shakllaridir. Bu-dunyoni paydo bo‘lishi va rivojiga turtki bergan faol ibtidodir. O‘z-o‘zini bilish jarayonida dunyo aqli uch bosqichni bosib o‘tadi: o‘zini idrok qiluvchi mutlaq g‘oyaning o‘z uyasida bo‘lishi davri, ong tabiatida, ya’ni g‘oya o‘z mazmunini dialektikaning qonun va kategoriyalari tizimida (Mantiq) ochishida; tabiat hodisalari ko‘rinishida g‘oyaning «boshqacha borliq»(inobitie)da rivojlanishida, ya’ni tabiatning o‘zi rivojlanmaydi, balki tushunchalargina rivojlanadi (Tabiat falsafasi); g‘oyaning inson ongi va bashariyat tarixida rivojlanishida (Rux falsafasi). Ushbu oxirgi bosqichda mutlaq g‘oya o‘z o‘ziga qaytib, o‘zini insoniy ong va o‘z o‘zligini bilishda tushunib oladi.

Taraqqiyot g‘oyasi butun Xegel falsafasiga singdirilgan. Taraqqiyot oldinma-ketin, quyidan yuqoriga qarab boradi; bu jarayonda miqdor o‘zgarishlaridan sifat o‘zgarishlariga o‘tish yuz beradi, taraqqiyotning manbai esa, har qanday o‘z-o‘zidan bo‘ladigan harakat prinsipidan iborat bo‘lgan qarama-qarshiliklardir.

Xegel nuqtai nazaricha, tarix mohiyatini quyidagi so‘zlar bilan ifodalash mumkin: «aql tarixdadir». Aql, Xegel fikricha, umumjahon tarixiy ibtidosi bo‘lib, tarixda mutlaq g‘oyaning rivojlanishi sifatida namoyon bo‘ladi. U yoki bu davrda dunyoviy ruhning sohibi sifatida qandaydir bir xalqning ruhi oldinga chiqadi, Ayni vaqtda boshqa xalqlar o‘zlarining gullab-yashnagan davrlarini orqada qoldirib, o‘z imkoniyatlarini tugatganliklari sababli inqirozga yuz tutadilar, boshqa bir xalqlar esa endigina taraqqiyot sari yo‘l boshlagan bo‘ladilar. Xegel nazaricha, aql tarix jarayonida shunday amalga oshadiki, unda har bir xalq ruhning o‘z-o‘zini bilishga o‘z hissasini qo‘shishga haqlidir. Xegel mohiyati ozodlikni anglashga erishish bo‘lgan umumjahon tarixini davrlashtirish mezonini belgilab beradi. Bunday ko‘tarilishga to‘rt bosqich muvofiq keladi: 1) sharq dunyosi; 2) Yunon dunyosi; 3) Rim dunyosi; 4) olmon (german) dunyosi.

Sharq xalqlarida ozodlik bo‘lmagan, ozod odam sifatida faqat bir kishi - zolim hukmdor tan olingan. Yunon-rim dunyosiga ozodlikning mavjudligi xosdir, ammo u chegaralangan hududlarda-ba’zilar uchungina idrok etilgan. Shuning uchun Yunon-rim dunyosining davlat tuzumi qullikni inkor etmaydi. To‘la ozodlik o‘z ifodasini faqat German xalqlarida topdiki, ular o‘z tarixiy taraqqiyotlari davomida Reformatsiya (diniy islohot) va 1789 yildagi Fransuz inqilobi mahsulini meros qilib olib, umumiy fuqarolik va siyosiy ozodlikka erishdilar.

Xegel falsafasi ichki ziddiyatlarga ega. Bilish tizimi, bir qancha turdagi anglash bosqichlaridan o‘tib, oxirgi bosqich bo‘lgan o‘z-o‘zini anglashda tugallanadiki, uni amalga oshiruvchi narsa Xegel falsafasining o‘zi bo‘lib chiqadi. Shunday qilib, Xegel usuli va tizimi o‘rtasida qarama-qarshilik kelib chiqadi.


HOZIRGI ZAMON FALSAFASI
XIX asrning ikkinchi yarmidagi G‘arb falsafasi
Mumutoz falsafasi davrining tugallanishi bilan, uning yangi sahifasi ochiladiki, uni jahon falsafasining hozirgi bosqichining boshlanishi sifatida qayd etish mumkin. U XX asrning butun falsafasiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan falsafiy tizimlarning paydo bo‘lishi bilan belgilanadi.

.


Кlassik pozitivizm
«Ijobiy» bilimlar bayrog‘i ostida maydonga chiqqan XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrda g‘arb falsafasida eng ko‘p darajada tarqalgan oqimlardan biri -pozitivizm edi. Pozitivizmning asoschisi fransuz faylasufi va jamiyatshunosi Ogyust Kont (1798-1857) edi. Kontning asosiy asarlari – «Ijobiy falsafa kursi» (6 jildlik) va «Ijobiy falsafaning ruhi» deb ataladi.

Kont an’anaviy falsafiy muammolar va ta’limotlarni moddiyunchilik yoki idealizm lagerldariga mansubliklaridan qat’iy nazar, o‘z manfaatidan kelib chiqib aqliy hukmlar asosiga qurilgan samarasiz «metafizika» deb e’lon qildi va ularga qarama-qarshi bo‘lgan «ijobiy» faqat «faktlargagina tayanuvchi bilimlarni olg‘a surdi. Ana shunday «aniq», «shubhasiz» bilimnigina Kont ijobiy deb ataydi. Pozitivizm ilgarigi «metafizika»ni rad etganligi uchun, u o‘zini ilgarigi barcha falsafiy oqimlarga qarshi qo‘yadi.

Kont fanlarning yangi tasnifini tuzadi: matematika (o‘ziga yer mexanikasini qo‘shgan holda), astronomiya, fizika, kimyo, fiziologiya (biologiya), sotsiologiya32 yoki «ijtimoiy fizika». Fanlarning bosh vazifasi – deskriptiv, ya’ni tasvirlash va bayon qilishdir. Ilmiy bilish faqat hodisalarni tasvirlashi lozim, ularning kelib chiqishlari haqida savollar bermasligi kerak, chunki bu masalalarning yechimi yo‘qdir. Shuning uchun fan «nima uchun» degan ifodani «qanday?» so‘zi bilan almashtirish»ga intilishi lozim33. Yangi ijobiy falsafaning vazifasi esa ilmiy bilimlarni tizimga solishdan iboratdir.

«Ijobiy falsafa»ga Kont inson aqlining «qat’iy holati» sifatida qaraydi. Kont nazaricha, bashariyat tarixi bu insoniy ruhning turli davrlardagi «holatlari» yoki usullari tarixidir. Boshqacha so‘z bilan aytganda, «g‘oyalar butun dunyoni boshqaradi va ostin-ustun qiladi». Shunday bosqichlar hammasi bo‘lib uchta: ilohiyotiy yoki qalbaki (u yerda diniy dunyoqarash hukmronlik qiladi), metafizik yoki abstrakt (o‘z manfaatidan kelib chiquvchi-falsafiy) va ijobiy (ilmiy).

Oxirgi bosqichga erishgach «falsafa uzil-kesil ijobiy holatga erishadi: u endi o‘z xususiyatini o‘zgartirishga qodir bo‘lmaydi»34. Uch bosqich qonuni umumiy xususiyatga ega bo‘lib, jamiyatning barcha sohalarida (bilish tarixi, siyosiy tarix, fuqarolik tarixi va hokazo), hamda har bir kishining ruhiy kamolotida amal qiladi. Demak, «aqllar holati» ning uch bosqichiga jamiyat siyosiy tashkilotining uch bosqichi muvofiq keladi: ilohiyotiy feodal saltanatlarning yakkahokimlik rejimlari, metafizik – «huquqshunoslar» va «o‘rta tabaqalar» rolining kuchayishi, pozitiv (ijobiy) –sarmoya «patrisiylari»: «sanoat dohiylari» va bank egalarining manfaatlarini ifodalovchi pozitivist-faylasuflar boshqaruvi. Xuddi shunday fuqarolik tarixi ham bir-birlarini almashtirib turuvchi uch davrga: harbiy-istilochilik, mudofaaviy va ilmiy-sanoat davrlariga bo‘linadilar.

Kont fikricha, «ijobiy» jamiyat prinsip sifatidagi muhabbat asosiga, asos sifatidagi tartibga va maqsad sifatidagi taraqqiyotga binoan qurilmog‘i lozim; bu jamiyat shundayki, unda barcha tabaqalar va ijtimoiy qatlamlar o‘rtasidagi munosabatlarda «uyg‘unlik» o‘rnatilgan. Mumtoz pozitivizmning boshqa ko‘zga ko‘ringan vakillari Djon Styurt Mill va Gerbert Spenser edilar.



Djon Styuart Mill (1806-1873) - ingliz faylasufi, mantiqshunosi va iqtisodchisidir. Millning fikricha, bizning bilimlarimizning manbai - kuzatish va tajribadir. Tajribada bizga berilgan bilim mavzulari – bu o‘zimizning his - tuyg‘u va taassurotlarimizdir, negaki, ular bizga ushbu shakllarda berilgandirlar. Shuning uchun Mill moddani «his-tuyg‘u qabul qilishning doimiy imkoniyati», ongni esa – «kechinmalarning doimiy imkoniyati» sifatida ifodalaydi.

Mantiq sohasida ishlab chiqilgan ko‘zga ko‘rinarli natijalar ham Mill nomi bilan bog‘liqdir. Olim mantiqni o‘zini falsafiy muammolardan holi bo‘lgan va barcha faylasuflar uchun qabul qilsa bo‘ladigan haqiqatni axtaruvchi qat’iy ilmiy usul (ijobiy bilimga erishish) sifatida qarab chiqadi. Mill an’anaviy sillogistika (qiyos) va deduksiya (umumdan yakka tomon xulosa chiqarish) ni tanqid ostiga olib, induktiv (yakkadan umum tomon xulosa chiqarish) mantiq tizimini tuzadi. «Mantiq tizimlari»ni tuzishda Mill F.Bekonning induktiv mantig‘iga, R.Uetli, U.Yuell va D.Gershel ishlariga tayanadi.

Kontdan keyin Mill ham bashariyat tarixini dunyoqarash nuqtai nazaridan uch bosqichga bo‘ladi, ammo ularni quyidagicha nomlaydi: animistik (shaxsiyatga olib borib taqovchi), borliq (abstrakt) va fenomenalistik (tajribaviy).

Axloq masalasida Mill utilitarizm qoidasiga tayanadiki35, unga ko‘ra, xatti - harakatning axloqiy ahamiyati uning foydasi bilan belgilanadi, (egoizm) xudbinlik qoidasida esa xatti-harakat olinadigan huzur - xalovat yoki yoqimsizlik nuqtai nazaridan baholanadi, hamda altruizm qoidasida esa «barcha atrofdagi mavjudotlarni imkon qadar ko‘proq baxt-saodat»ga yordamlashishini taqozo etadi. O‘zining ijtimoiy-siyosiy qarashlarida Mill parlamentarizm, liberalizm va davlatning fuqarolarning xususiy hayotiga aralashishiga qarshi chiqdi.

Gerbert Spenser (1820-1903) – mumtoz pozitivizmning uchinchi vakilidir. Uning tomonidan «Sintetik falsafa tizimi»ga birlashgan «Asosiy ibtidolar», «Biologiyaning asoslari», «Jamiyatshunoslik asoslari», «Ruhshunoslik asoslari», «Axloq asoslari» kabi asarlar yozilgan.

Falsafaning vazifasini Spenser bilimlarni tizimga solishga erishishda deb bildi. Falsafa - bu qo‘shma bilimdir. Kontga o‘xshab, u ham fanlar tasnifini tuzdi. Ammo, agar Kontning tasnifida fanlar umumiylik darajasiga ko‘ra to‘g‘ri chiziqning oldinma - keyin kelishi tartibida joylashtirilgan bo‘lsa, Spenserda ular abstrakt (mantiq, riyoziyot va mexanika), muayyan («voqeylikni» o‘rganuvchi) va abstrakt - muayyanlikka (oraliq xususiyatga ega bo‘lgan) bo‘lingandirlar.

Spenser o‘z falsafiy dasturini «Bilib olib bo‘lmaydigan» sohada bir-biriga o‘xshashi bo‘lgan fan bilan dinni kelishtirish yo‘llari asosiga qurdi. «… Modda, harakat va kuch ko‘rib bo‘lmaydigan voqeylikning faqat ramzlaridirlar»36. «Borliq shakllarini, - deb yozadi u, - mohiyatlari jihatidan mutlaq bilib bo‘lmaydi»37. Spenser fikricha, hatto «faktlardan eng soddasi» ham fan uchun o‘zining «to‘la bilib bo‘lmasligini» namoyon qiladi. Fan faqat «hodisalar deb atalgan» narsa faoliyati natijasida kelib chiqadigan hissiy jihatdan qabul qilinadigan hodisalar o‘rtasidagi munosabatlarni bilishgagina (o‘xshashlik va o‘xshamaslik, va boshqalar) qodirdir. Hodisalarning mohiyati esa sirdir. «Aynan sir, deb yozadi faylasuf, fanning oxirgi va dinning birinchi qadamidir».

Spenser falsafaning yetakchi mavzularidan biri umumiy tadrijiy (evolyusion) rivojlanish haqidagi ta’limot edi. U «… yoyilgan harakat hamrohligida moddani nomuayyan bog‘lanmagan bir xillikdan muayyan bog‘langan harxillikka o‘tkazish va shuning barobarida saqlanib qoladigan moddaning harakatini qaytadan o‘zgarishini amalga oshirilishi demakdir»38.

Tadrijiy rivojlanishning o‘ziga xos belgilarini Spenser quyidagi qonularda ko‘radi: tarkibiy tubdan o‘zgartirilgan oqibatlar miqdorini oshishi, differensiatsiya (bir xillikdan har xillikka o‘tish), nomuayyanlikdan tarkibiy muayyandikka o‘tish, uyg‘unlik, muvozanatga intilish. Tadrijiy rivojlanish Spenser tomonidan mexanistik ravishda talqin qilinib, universal xarakterga ega deb bilindi: u tabiatning jonsiz va jonli mavjudotlarida, inson jamiyatda namoyon bo‘lishligi ta’kidlandi. «Umumjahon o‘limining holati nima, - deb yozadi u, - bu shunday narsaki, hamma joyda ro‘y beradigan jarayonning chegarasi bo‘lib, buning shunday ekanligi har qanday shubhadan xolidir… bu yerda tasvirlagan barcha o‘zgarishlarning xotimasi osoyishtalik holati bo‘ladi»39. Jamiyatga nisbatan tadbiq qilinganda bu aholi miqdorining muvozanati va hayotni qo‘llab - quvvatlash uchun vosita, qarama-qarshi g‘oyalar va hokazolar demakdir.

«


Yüklə 0,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə