1-mavzu: “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari Reja


Jahon miqyosidagi globallashuv – dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlarining о‘zaro  chambarchas bog‘lanib ketganligida namoyon bо‘ladi; 2



Yüklə 1,21 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/99
tarix29.11.2023
ölçüsü1,21 Mb.
#140414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99
1-mavzu “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vaz

1.
Jahon miqyosidagi globallashuv – dunyo mamlakatlari iqtisodiyotlarining о‘zaro 
chambarchas bog‘lanib ketganligida namoyon bо‘ladi;
2.
Mamlakat miqyosidagi globallashuv – biror mamlakatning jahon xо‘jaligi bilan 
integratsiyalashuvida kо‘rinadi;
3.
Tarmoq miqyosidagi globallashuv – mamlakatning biror tarmog‘ining boshqa 
mamlakatlarning aynan shu tarmog‘iga nisbatan raqobatbardoshligida ifodalanadi; Masalan, 
avtosanoat, yoqilg‘i-energetika sanoati, harbiy sanoat va boshqalar.
4.
Korxona doirasidagi globallashuv – transnatsional (kо‘pmillatli) kompaniyalarning dunyo 
miqyosida faoliyat yuritishida namoyon bо‘ladi; Masalan, MacDonalds, Coca-cola, Google, Les-
Ails, Aliexpress, turizm, transport, savdo va boshqa sohalar.
Fanni о‘rganishning zaruriyati. Shundan kelib chiqib, bugungi kunda butun dunyo olimlari 
uchun hozirgi zamon globallashuv nazariyalarini о‘rganish, tahlil qilish va shu asosda 
strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalardan biri bо‘lib turibdi. Zamonaviy mutaxassis 
kadrlar tayyorlashda, ayniqsa, iqtisodiyot yо‘nalishi talabalariga bu boradagi ilmlarni 
chuqur о‘rgatish dolzarb ahamiyatga ega. Respublikamizning kelajakdagi ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyoti aynan shu masalalarning samarali hal etilishiga ham kо‘p jihatdan bog‘liq. 
Mamlakatimiz iqtisodiy tizimini mustahkam raqobatbardosh darajada saqlash iqtisodchilarning 
global iqtisodiy rivojlanish nazariyasi va amaliyotini, g‘oyalarini, ularning о‘ziga xos 
xususiyatlarini mukammal bilishni talab etadi. 
Globallashuv, global iqtisodiyotning mohiyati, mazmuni va ahamiyati, uning rivojlanishi, 
samaradorligi va samaradorligini baholash usullari, yo’nalishlari, tarkibiy qismlari, ta’sir etuvchi 
omillari, muammolari, yangiliklari, fanning predmetini tashkil etadi.
Fanning obyekti sifatida, jahon iqtisodiyoti, hududlar iqtisodiyoti, qit’alar, materiklar 
iqtisodiyoti, mamlakatlar guruhi iqtisodiyoti, ularda resurslar, tovar va xizmatlar, xarajatlar va 
daromadlarning harakati, global iqtisodiy aloqalar va ularni tartibga solinishini olish mumkin. 
Fanning subyekti – global iqtisodiyotda ishtirok etuvchi iqtisodiy birliklar (dunyo miqyosida uy 
xо‘jaliklari, korxona va tashkilotlar, TMKlar, xalqaro va hududlararo tashkilotlar, mamlakatlar) 
hisoblanadi.
Fanning maqsadi – talabalarda global iqtisodiy rivojlanish bо‘yicha bilimlarning nazariy 
asoslarini, global iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, global darajada amal 
qiluvchi iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini о‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish 
kо‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat. 


Fan о‘z predmetini о‘rganishda foydalanadigan usullarni ikki guruhga bо‘lish mumkin. Birinchi 
guruhga о‘rganishning umumfan usullari kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraksiya, induksiya, 
deduksiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz, kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus usullar kiradi. 
Bularga: monografik tadqiqotlar, iqtisodiy-matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, 
iqtisodiy taqqoslash, iqtisodiy-statistik, balans, hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.
Fanni о‘rgatish jarayonida о‘qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar о‘tkazish, insert, 
klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or pedagogik hamda axborot texnologiyalaridan keng 
foydalaniladi. 

Yüklə 1,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə