1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə3/15
tarix18.04.2022
ölçüsü180,5 Kb.
#85582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi

Antropogen faktorlar. Tabiatga va organizmga odam faoliyatining ta’siri, qo’riq erlarning o’zlashtirilishi irrigatsiya sistemalarini qurish, zararkunandalarga qarshi kurash boshqa hayvon va o’simliklarni tarqatish va hakozo.

Oldingi uchta faktorlar birlamchi faktorlar bo’lib tabiatda doima bo’lib kelgan. Antropik factor esa ikkilamchi, planetamiz hayotida yangi sifat- xodisa sifatida vujudga kelgan.

Lekin bu klassifikatsiya ekologik faktorlarni organizm bilan muhit o’rtasidagi bog’lanishningfaqat birinchi pog’onasini tashkil etib, o’zaro munosabat mohiyatini ochmaydi, chunki turning o’zgaruvchanligini nazarga olmagan. Bundan tashqari ekologik faktor organizmga turlicha ta’sir etadi-ayrim faktorlar arganizm yashashi uchun qulay sharoit bo’lib hisoblansa boshqalar noqulay bo’lib hisoblanadi.Shuning uchun ekologik faktorlarni analiz qilishda ularning zaruriyati, o’zgauvchanligi va organizmga ta’siri hamda moslashish reaksiyasini nazarda tutish lozim.

Turlarning muhitga talabchanligi har xilva bir-biridan keskin farq qiladi. Ba’zilari issiqlikka talabchan, y’ani issiqlik sevuvchi yoki - termofil boshqalari sovuq sevuvchi – kriofil, namlik sevuvci – gigrofil va quruqlik sevuvchi - kserofil, o’simliklar qoplamida yashovchi- fitofil, tuproqda yashovchi geofillar va boshqalar Hasharot turlarining bu qobiliyati irsiy bo’lib evolyutsiya natijasida vujudga kelgan. Bu turlarning ekologik faktorlarga talabchanligi deb ataladi.

Hasharotlar ekologiyasining asosiy birinchi etap vazifasi ekologik faktorlarni Hasharot turiga va to’dasiga, tur va uning tarkibini son dinamikasi qonuniyatlariga ta’sirini o’rganishdir. Ikkinchisi zararlio va foydali turlar uchun (foydalisi uchun qulay va zararlisi uchun noqulay) ekologik yashash sharotlarini o’zgartirish yo’llarini ishlab chiqishdir.




Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə