1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi



Yüklə 180,5 Kb.
səhifə5/15
tarix18.04.2022
ölçüsü180,5 Kb.
#85582
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1-mavzu. Hasharotlar ekologiyasi fani rivojlanish tarixi

Ekologik adabtatsiya – yashash joyini o’zgartirish tuproqda yashaydigan hashoratlar tuproqning tashqi qatlami quriganda, pastki namlik yuqori bo’lgan joyga ko’chadi. Yoki hashoratlar g’umbakka aylanishdan oldin qulay joyga ko’chadi.

Har xil Hasharot turlarining normal rivojlanishi uchun optimal miqdorda, turli xil miqdorda namlik kerak. Masalan ombor uzunburun qo’ng’izining normal rivojlanishi uchun 14-16% namlik talab etilad, 11% namlikda esa u halok bo’ladi. Shunga asosan bu hasharotga qarshi kurashish choralaridan donlarni quruq saqlashdir. Tabiatda namlikni yetishmasligi , qurg’oqchilik vaqtlarida o’simlikxor hasharotlar bo’lishi kuzatilgan . bundan tashqari namlik hasharotga, yani ular yeydigan o’simlik holati va zamburug’ hamda bakterial kasalliklarning avj olib ketishi orqali bilvosita katta tasir etadi.

Lekin bu ko’rsatkichlarning hammasi ma’lum darajada shartlidir , chunki haqiqatdan tabiatda namlikning sharitga tasiri doimo boshqa ekologik faqtorlar , birinchi navbatda , harorat va ovqat bilan chambarchas bog’liqdir .

Muhit xarorati xasharotga namlikning tasir etish darjasini o’zgartiradi. Shuning uchun ko’pchilik avtorlar harorat bilan namlikni hashoratning o’sish tezligiga, serpushtligiga ta’sirini birgalikda o’rganishni tavshiya etadilar.

Hashoratlarning hamma hayotiy ko’rsatkichlari-rivojlanish davomida, serpushtligi, o’limi bevosita muhitga bog’liq. Masalan,kuzgi kunlamni serpushtligi (I.V. Kojanchiqov ma’lummoti bo’yicha) harorat 20* C da namlik 55%-1081; 85%-1891; 91%-1863. Harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda serpushtlik 294,747,185 ta bo’lgan, yani harorat 20 C namlik 85%, serpushtlik ortgan (1891), harorat 30 C ko’tarilganda shu namlikda sertpushlik 747 ga kamaygan.

Tabiiy sharoitda hashoratlarga harorat bilan namlikning birgalikda ta’sirni baholashda klimogramma usulidan foydalaniladi.



Klimogramma harorat va yillik o’rtacha yog’inning oylik ko’rsatkichlari asosida tuziladi: ordinat o’qiga harorat, abstsissa o’qiga yog’in miqdori (nm) joylashtiriladi. Kesishgan nuqtalar navbatma-navbat, oyma-oy qo’shib boriladi, bu ko’pburchak hosil bo’ladi, bu ko’pburchak klimogrammani ifodalaydi. 34 rasm

Klimogrammaning yuqoriga cho’zilganligi yozning issiq va quruq kelganligini, pastga cho’zilganligi qishning juda sovuq kelganligini, o’ngga cho’zilganligi shu oylarda namlik yuqori bo’lganini ko’rsatadi.

Hasharot turi juda ham ko’payib ketgan yilda tuzilgan klimogramma bilan kamayim ketgan yildagi tuzilgan yildagi tuzilgan klimagrammani solishtirish orqali konkret harorat va yog’in miqdorining ahamiyatini aniqlashda, shu tur uchun qulay hamda noqulay yashash sharoit yaratishda ahamiyatga ega.

Harorat va yo’g’inning hasharotlarga ta’sirini aniqlashda B. Uvarov tonidan taklif etilgan bioklimogramma vositasi bilan grafik usulda ifodalash qulay

Bioklimogramma huddi klimogramma tuzgandek, kordinata o’qiga o’rtacha oylik harorat ko’rsatkichlari va abstsissa o’qiga oylik yog’in ko’rsatkichlari qo’yiladi. Harorat va namlikning har qaysisi uchun(rim raqami bilan belgilangan) ko’rsatkichlarni kesishgan nuqtasi hashorat tuxum davrida bo’lganda punktirlar (---) orqali, lichinkalik davrida esa qisqa chiziqlar (---), gumbaklik davrida to’garakchalar(000) va imoga davrida yaxlit chiziqlar (-) orqali qo’shiladi.(35-rasm)
35-rasmda marokash chigirtkasi tuxuming Kichik Osiyodagi baland platada rivojlanish davri ko’tsatilgan, bu joyda yoz va kuz boshi ko’proq bo’lgani uchun marokash chigirtkasi birdaniga ko’payib ketadi. Keyinroq, ya’ni yomg’ir yetarlimiqdorda bo’lganda harorat pasayadi va tuxum tinch holatda qoladi. Vodiylarda boshqaracharoq, baxorgi issiq erta boshlanishi tufayli lichinkalar ham tuxumdan erta chiqadi va rivojlanishning keyingi fazolari ham erta boshlanadi. Bioklimogrammalar taqqoslab ko’rilganda vodiy bilan plato iqlimi o’rtasidagi tafovut aniqlanadi, bu ayniqsa qish oylarida yaqqol ko’rinadi.

Bioklimogrammani taqqoslash uchun to’g’ri to’rtburchak usulidan foydalaniladi. Ikki tomoni oylik o’rtacha maksimum va minimum haroratni, qolgan ikki tomoni esa oylik o’rtacha maksimum va minimum yog’ingarchilikni ko’rsatadigan to’g’ri to’rtburchak hashoratning bizga kerakli davrdagi iqlim sharoitini harakterlab beradi. Plato, ya’ni marokash chigirtkasining doimiy rezervatsiyasi, uning ko’payishi uchun sharoit qulay bo’lgan joy bioklimogrammasi-o’sha mashtabda chizilgan vodiy iqlimi hashoratning rivojlanishi uchun yilning qaysi davrida noqulay ekanligi ekanligi aniq ko’rinadi. Masalan, tuxumlik davrining bioklimogrammasidagi to’rtburchakdagi iyul va avgustni qoplamaydi va bioklimogrammaningegri chizigi qish oylarida ayniqsa keskin chetlanadi. Bundan ma’lum bo’ladiki, vodiy iqlimi tuxum rivojlanishiniqisman yoz oylarida, asosan qish oylarida bo’gib qo’yar ekan.

Hashoratlarning hayoti uchun yorug’lik ekologik faktor sifatida muhim rol o’ynaydi. Ushbu kitobning biologiya qismida yorug’lik faktorihashorat turning yillik hayoti sikliga tasir ko’rib o’tilgan edi. Yorug’ kunnung uzunligi (fotoperiodik reraksiya) ko’pgina turga oid hashoratlarning qishga tayyorlanishiga,diapauza holatga kirishiga, bo’g’inining uzun-qisqa bo’lishiga ta’sir etadigan juda muxim factor hisoblanadi. Fotoperiodik reaksiya hashoratning rivojlanish fazosi va yoshiga bog’liq ekanligini A.S.Danilevskiy (1961 y) aniqlagan.

Hashoratlarning ko’payishi tezligiga ba’zan quyosh nuri ham ta’sir etadi. Masalan, ba’zi o’simlik bitlarining jinsiy maxsuloti yorug’lik yetarli bo’lgan tezroq rivojlanadi: tungi kapalaklarning ko’pi faqat yetarli darajada qorong’ilik bo’lgandagina tuxum qo’yadi. Hasharotlar rivojlanishiga kun va tunning almashishi ham ta’sir etadi.Agar karam kapalagi qurtining rivojlanishi kunning uzunligiga 15 soatdan bo’lgandan o’tsa, bunday qurtlardanpaydo bo’lgan g’umbaklar diapauza holatiga o’tadi, yani ularning rivojlanishi to’xtaydi va yetuk hashoratga aylanishi kechikadi.

Yorug’lik spektral tarkibining eng aktiv qismi qisqa to’lqinli soha hisoblanadi.

Hashoratlarning tarqalishiga va ko’payishiga shamol tezligi katta ta’sir etadi, ayniqsa qanotli mayday hashoratlarning (o’simlik bitlari, mayday kapalaklar va boshqalar) tarqalishiga, hid chiqaruvchi hashoratlarning erkak urg’ochilarini topishiga yordam beradi.

Meteorologik faktorlar hashoratlarning ko’payish tezligiga ta’sir etish bilan birga ular hayot faoliyatining boshqaq tamonlariga: harakatchanligiga, hayotiy chidamligiga va hatto tashqi ko’rinishiga ham ta’sir etadi.Tropik mamlakatlardagi hashoratlarning rangdor va yirik bo’lishi yuqori haroratli va yorug’lik ta’siri natijasidir.


Yüklə 180,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə