1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Deviant xulq-atvorli o’smirlarga nisbatan ijtimoiy-pedagogik reabiliyatatsiya ishlari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə104/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

6. Deviant xulq-atvorli o’smirlarga nisbatan ijtimoiy-pedagogik reabiliyatatsiya ishlari

Ijtimoiy pedagogning jamiyatga moslashMAgan, xulqiy og’ishgan o’smirlar bilan olib boradigan ish texnologiyasi ularni reabilitatsiya qilidir.



Reabilitatsiyani insonni jamiyatga muvofiqlashtirishga kiritadigan chora-tadbirlar tizimi sifatida qaralishi mumkin. Reabilitatsiya yana inson shaxsi, uning jismoniy alohida psixikasining funktsiyalariga ta’sir etishning natijasi sifatida ham qaralishi mumkin. Adaptatsiya (moslashuvchanlik)dan farqli ravishda, reabilitatsiya inson faoliyatini qayta tiklash deb tushuniladi. Reabilitatsiya – bu bolani faol hayotga, jamiyatga va ijtimoiy foydali mehnatga qaytarish maqsadini ko’zda tutuvchi chora-tadbirlar tizimidir.

Reabilitatsiyaning quyidagi turlari belgilangan: tibbiy, psixologik, pedagogik, ijtimoiy-iqtisodiy, kasbiy, maishiy.

  1. Tibbiy reabilitatsiya bola organizmida o’z funktsiyasini yo’qotgan u yoki bu organizmning to’la yoki qisman qayta tiklanishi yoki boladagi rivojlanayotgan kasallikni sekinlashtirish imkoniyatini yaratishga yo’naltirilgan.

  2. Psixologik reabilitatsiya o’smir ruhiyatiga, ongiga deviant xulq-atvorning kerakmasligi, uni shaxs sifatida hech kim hurmat qilmasligini singdirishni maqsad qilgan.

  3. Kasbiy reabilitatsiya o’smirni o’qitish yoki unga to’g’ri keladigan mehnat turiga qayta o’qitib tayyorlash, yengallashtirilgan va ish kuni qisqartirilgan mehnat sharoitlari bo’lgan ish joyi bilan ta’minlash.

  4. Maishiy reabilitatsiya o’smirning hayoti uchun me’yordagidek sharoitning yaratilishini ko’zda tutadi.

  5. Ijtimoiy reabilitatsiya – bu ijtimoiy muhitda bolaning hayot faoliyatini qayta tiklash jarayonidir. SHuningdek, qandaydir sabablar bilan shaxs hayot faoliyatining buzilishi, ijtimoiy muhitdagi cheklashlarga yo’l qo’ymaslikdir.

  6. Ijtimoiy-iqtisodiy reabilitatsiya – bu o’smirning qonuniy, xuquqiy manfaatlarini himoya qilishga mo’ljallangan mablag’larni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar majmuidir.

  7. Ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya – bu bola hayot faoliyati uchun ahamiyatli bo’lgan shaxsiy xususiyatlarini shakllantirishga yo’naltirilgan xarakterdagi tarbiyaviy chora-tadbirlar tizimi bo’lib, bolani jamiyatga muvofiqlashtiruvchi faol hayotiy holatga tortuvchi, o’z-o’ziga xizmat qilishda zarur bo’lgan ko’nikma va malakalarni egallashi, jamiyatda xulq-atvori bilan ijobiy ijtimoiy rollarni bajarish, zarur ta’limni olish kabilarni o’z tarkibiga oladi. O’smirlarni ijtimoiy-pedagogik reabilitatsiya qilishda bu ishlarni reabilitatsion markaz deb ataluvchi ijtimoiylashtirilgan muassasalarda amalga oshiriladi. Bu muassasalarning vazifalariga:

    • qarovsiz qolgan, daydi, jamiyatga moslasha olmaydigan bolalar va o’smirlarda profilaktik oldini olish choralarini ko’rish.

    • Ota-oanlarining ayblari bilan yoki kutilmagan vaziyatlar sababli (shuningdek, jismoniy, psixologik zo’ravonlik, xavfli yashash joylari va boshqalar) og’ir hayotiy vaziyatlarga tushgan bolalarga tibbiy-psixologik yordam ko’rsatish

    • Ijobiy ijtimoiy xulq-atvor tajribalarini, atrofdagi insonlar bilan muloqot ko’nikmalarini shakllantirish

    • Ota-ona qaramog’i yoki vositalar, yashash joyidan ajrab qolganlarni o’z qaramog’iga olish funktsiyasining bajarilishi

    • favqulodda vaziyatlarda psixik va pedagogik qo’llab-qo’vvatlash

    • oilaga qaytishga hamkorlik qilish

    • ta’lim olish, me’yordagidek o’sishga imkoniyat bilan ta’minlash.

    • Kelgusi kasbiy va maishiy faoliyatga g’amxo’rlik qilish.

Bunday muassasalar asosiy faoliyat maqsadlari – yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy himoya qilish va qo’llab-qo’vvatlash, ularni reabilitatsiya orqali hayotlarini to’g’ri yo’lga qo’yishda yordam berish.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə