1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə112/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

5. Ijtimoiy pedagogika tamoyillari

«Tamoyil» so’zi lotincha principium so’zidan hosil bo’lgan va «asos», «boshlanish» ni bildiradi. Har qanday fan uchun ishlatilishi, muayyan qoidalardan kelib chiqadigan o’z printsiplari mavjud. Fanda printsip va qoidalar, bizga bog’liq bo’lmagan holda mavjud. Ulardan chetga chiqish mumkin emas, aks holda pedagogik faoliyat nafaqat befoyda, balki ham zararli bo’ladi.

Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi va tabiiyki, o’z asosida shu fan printsiplariga tayanadi. Pedagogikadagi printsiplar shaxs ta’lim-tarbiyasining umumiy yo’nalishini belgilab beradi va aniq pedagogik vazifalarni hal etish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

Biroq shu fan rivojlanishining har bir davri uchun pedagogika printsiplari haqidagi masala munozaralidir. Zamonaviy davr ham bundan mustasno emas. Har xil olimlar u yoki bu printsiplarni olg’a suradi yoki yangidan ma’lumlarni izohlaydi. Bu borada ijtimoiy pedagogikada yanada ko’p qiyinchiliklar yuzaga kelmoqda, ammo uning dunyoviy balog’at yoshiga (100 yildan ortiq) qaramay o’zbekistonda bu fan endi o’zining birinchi qadamlarini qo’ymoqda.

Biz uchta printsipni ko’rib chiqamiz – tarbiyaning tabiatga uyg’un bo’lishi to’g’risidagi printsip, tarbiyaning madaniyat bilan uyg’un bo’lishi printsipi va gumanizm printsipi. SHu printsiplardan har biri ijtimoiy pedagogikada o’zining talqiniga va o’ziga xos xususiyatiga ega.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə