1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Madaniy uyg’un bo’lish printsipini



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə116/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Madaniy uyg’un bo’lish printsipini tatbiq etish bir qator qoidalarning bajarilishini talab etadi:

  • bolalarda har xil madaniyat turlarining shakllanishida me’yordan chetga chiqishini e’tiborga olish;

  • rivojlanishda nuqsonli bolalar ijodini rivojlantirish.


v) Gumanizm printsipi
«Gumanizm» va «insoniylik» so’zlari lotincha «humanus» so’zidan kelib chiqib, «insoniy» degan ma’noni bildiradi. Gumanizm – inson qadriyatini shaxs deb, erkinlikka, baxtga bo’lgan huquqini, qobiliyatlari rivojlanishi va namoyon bo’lishini tan oladigan qarashlar tizimi. Biz inson manfaatini ijtimoiy hodisalarni baholash mezoni, tenglik, haqoniylik, insonparvarlikni jamiyatdagi munosabatlarning istalgan me’yori deb hisoblaydigan tizimdir.

Gumanistik tarbiya g’oyalari antik faylasuflar (Sokrat, Platon, Aristotel va b) fikrlarida ham kuzatiladi.

Pedagogika va ijtimoiy pedagogikada gumanizm g’oyalari rivojlanishi SHarq Uyg’onish davri va g’arb Uyg’onish davrida o’z cho’qqisiga yetdi. Gumanistik tarbiya ideali bo’lib erkin har taraflama rivojlangan shaxs hisoblanadi. Farobiy (873-950), Beruniy (973-1050), Ibn Sino (980-1037), Alisher Navoiy (1441-1501), Tomas Mor (1478-1535), Fransua Rable (1483-1536), Mishel Monten (1533-1592), Jaloliddin Dovoniy (1428-1502) va b. asarlarida tarbiya mazmuni ochib berilgan hamda gumanistik tarbiya mohiyati va vositalarini tahlil qilishga urinishlar bo’lgan edi. Matafakkir va pedagog-gumanistlar uchun insonga, tabiati va tarbiyasiga qarashi umumiy hisoblanardi. Gumanizm insonga nisbatan izzat-hurmatli munosabatni, uni yerdagi eng oliy qadriyat deb tan olinishini ko’zda tutadi. Gumanizm asosan bolalarga bo’lgan muhabbat va bolalarda muhabbatni tarbiyalashda namoyon bo’ladi.

Buyuk Sharq allomalari va pedagogika va ijtimoiy pedagogika namoyondalarining barcha asarlari bolalarga bo’lgan muhabbat bilan singdirilgan.

Ijtimoiy pedagogikadagi gumanistik g’oyalar rivojlanishda nuqsonlarga ega bo’lgan bolalarga alohida e’tiborni talab qiladi. Gumanizm tushunchalari bilan bir qatorda ijtimoiy pedagogikada rahmdillik va xayr-sahovat tushunchalari mavjud. Rahmdillik – achinish, insonparvarlik jihatdan kimgadir yordam ko’rsatish yoki kimnidir kechirishga tayyorlikdir.

Hayr-sahovat - muhtoj insonga beg’araz yordam ko’rsatishga qaratilgan faoliyat.

Respublikamizda an’ana borki, har bir yil qandaydir muammoga bag’ishlanadi. 2004 yil O’zbekistonda mehr va muruvvat yili deb e’lon qilingan.



Gumanizm printsipi ijtimoiy pedagogikada bolaning shaxs deb, uning erkinlikka, baxtga, hayoti, sog’lig’ini himoya qilishga va qo’riqlashga bo’lgan huquqlarini tan olishni, bola, ijodiy imkoniyatlari, qobiliyatlari, qiziqishlarini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishni, hayotda o’z o’rnini topishda, jamiyatga «kirishi»da , shu jamiyatda o’zini to’la ko’rsata olishida yordam ko’rsatishni ko’zda tutadi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə