1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə12/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. Bugungi kunda ijtimoiy pedagogikaga qiziqish jamiyat taraqqiyotining ehtiyojlari va davlatning ijtimoiy buyurtmasi asosida paydo bo‘ldi.

Hozirda respublika siyosiy, iqtisodiy, ta’lim va ma’rifiy-madaniy islohotlarni boshdan kechirmoqda. Ijtimoiy tuzilmalarni insonparvarlashtirishning yangi tamoyillari, bozor iqtisodiyoti munosabati qonunlari, mafkuraviy va axloqiy tamoyillarning o‘zgarishi ishsizlik, moddiy yetishmovchilik, bolalarning nazoratsizligi, oilalarning ajralib ketishi, g‘ayri ijtimoiy xodisalar-alkogolizm, narkomaniya, jinoyatchilik, fohishalik kabi ijtimoiy muammolarni keskinlashuviga sabab bo‘lmoqda. Bu holatda birinchi navbatda bolalar, so‘ngra esa kattalar ijtimoiy yordamga muxtojdirlar. Bunday sharoitlarda jamiyatning ijtimoiy muammolariga bog‘liq bo‘lgan pedagogik masalalarni hal qiluvchi, uning ijtimoiylashuvi jarayonida shaxsga yordam beruvchi mutaxassis sifatida ijtimoiy pedagogga talab paydo bo‘ladi.

Muhtojlarga ijtimoiy-pedagogik yordamni amalga oshirish, jamiyatda insoniylik, fuqarolarning haq-huquqlarini amalga oshirishga asoslangan yangi demokratik qadriyatlar paydo bo‘lgani bilan ham izohlanadi. Bu masalaning ahamiyatliligi davlatimizning boshqaruv tizimlari tomonidan mustaqillikning ilk kunlaridanoq anglangan. Quyidagilar bundan dalolat beradi:


  1. kuchli ijtimoiy siyosatni respublika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’lon qilinishi;

  2. aholining kam ta’minlangan qatlamlarini himoya qilish yuzasidan bir qator qonun va farmonlarning qabul qilinishi;

  3. sobiq ijtimoiy himoya muassasalarining moddiy texnik bazasining yaxshilanishi va yangilarining ta’sis etilishi;

  4. “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning har tomonlama barkamol shaxsni shakllantirishga qaratilgan ijtimoiy pedagogik choralari majmuasi sifatida joriy qilinishi.

O‘zbekiston fuqarolari hayotida ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash masalasi davlatimiz prezidenti asarlari va chiqishlarida ham muhim o‘rin tutmoqda. Ularda insoniylik, mehribonlik o‘zbek xalqining ajralmas xususiyati ekanligi ta’kidlanadi va ijtimoiy xarakterdagi ko‘pgina muammolar- sog‘liqni saqlashni, maktab va shifoxonalarning moddiy-texnik bazasini yaxshilash, yashash va sport majmualarini qurish, ko‘pbolali oilalarga yordam berish muhokama qilinadi.

Bundan tashqari ta’lim mazmuniga shaxsni ijtimoiylashuvi masalasi asosiy g‘oya sifatida kiritilayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikani fan sifatida o‘qitishni taqozo etadi. Buning uchun mazkur fanning mazmun-mohiyatini aks ettriruvchi darslik hamda o‘quv qo‘llanmalari nihoyatda zarur.



Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə