1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə14/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Globallashuv (globalizatsiya) - lotincha ― “globe” so’zidan olingan bo’lib, aynan uni ― yerning dumaloqlashuvi, kurralashuvi deb tarjima qilish mumkin. Yer sharining, Yer kurrasining fan-texnika yutuqlari tufayli insoniyat ixtiyoridagi xuddi bir butun sharga, kurraga aylanishini tushuntirish uchun ishlatiladi.

Globallashuv tushunchasi lug’aviy ma'nosi nuqtai nazaridan fransuz tilida ― umumiylashuv, lotin tilida esa ―globus - Yer shari ma'nolarini bildiradi. Demak, globalizm tushunchasi ana shu ikki ma'noda ham bevosita insoniyat hayoti va taqdiri bilan bog’liq bo’lgan katta muammolarni, ― sayyoraviy, - dunyoviy muammolarni, global taraqqiyot istiqbollarini o’ziga qamrab oladi. Globallashuv atamasi birinchi bor 1960 yil Giddins tomonidan foydalanilgan. Bu atama XX asrning 90-yillarigicha deyarli foydalanilmagan. 1985 yilga kelib amerikalik sotsiolog R. Robertson «globallashuv» atamasiga tushuncha bergan. Globalizatsiya atamasi birinchi bo’lib iqtisodchi olimlar tomonidan 1981 yildan beri qo’llanilib kelingan. Ammo bu so’zning to’liq ma‘nosi, konsepsiyasi 1990 yilning yarmida amerikalik olim CHarlz Taz Rassel tomonidan to’liq ochib berilgan.

Globallashuv atamasi dastlab amerikalik olim T.Levitt tomonidan 1983 yili «Garvard biznes rev`yu» jurnalida chop qilgan maqolasida qo`llangan. T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini ― globallashuv deb atagan. Mazkur ta`rifda globallashuv jarayonining iqtisodiy tamonlariga e`tibor berilgan. O`z davrida frantsuz faylasufi Rene Dekart - tushunchalar ma`nosini aniqlashtiring va bu insoniyatning yarmini adashishdan saqlaydi - deb yozgan edi. Ayni shu ma`noda dastlab biz ―globallashuv tushunchasining istilohiy ma`nosini izohlashga harakat qilamiz. Bu so’zga quyidagicha tarif berish mumkin: Globallashuv – Jahon xo’jaligi rivojlanishining ob‘ektiv jarayoni bo’lib, juda ko’p ijobiy xususiyatlarga egadir: bular asosan turli mamlakatlar xo’jaligining o’zaro aloqasi, xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, ilm – fan texnika texnologiya yutuqlari almashuvini tezlashishni hamda davlatlarni ilmiy texnikaviy taraqqiyotiga ko’maklashuv bilan tasdiqlanadi.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə