1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə25/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Tayanch so’z va iboralar: antik davr, ijtimoiy pedagogika, fanning rivojlanishi, rivojlangan mamlakatlar,
N.M.Egamberdiyeva muallifligidagi “Ijtimoiy pedagogika” nomli darsligi bo’yicha mavzuga oid nazariy ma’lumotlar

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi ancha qadimiylikka borib tutashadi. Uning qadimiyligi buyuk mutafakkirlarning ilmiy qarashlarida o’z tasdig’ini topadi.



Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishining birinchi bosqichi - qadimgi davrlardan XVII asrgacha bo’lgan davrni o’z ichiga oladi. Bu davrda faktlar to’planishi, tarbiya tajribasining ortib borishi, pedagogik va ijtimoiy nazariyalarning shakllanishi ro’y bergan. Ijtimoiy pedagogikaning bu rivojlanish bosqichi tarbiyani ijtimoiy hodisa sifatida asta-sekin tan olinishi bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tarbiyaga oid turli nazariyalar paydo bo’lgan.

Birinchi bosqichning bu kabi davriy chegaralanishi, avvalambor, insoniyat tarixining ilk bosqichlarida ham ijtimoiylashtirish muammosining mavjud bo’lganligi bilan izohlanadi. CHunki ibtidoiy jamoada to’plangan tajribalar tarbiyaga oid boy ijtimoiy pedagogik g’oyalar haqida gapirishga imkon beradi. Tarbiya ijtimoiy hodisa sifatida insonning hayvonot olamidan ajralishi bilan paydo bo’lgan. Dastlab tarbiya umumiy taqlidiy ma’no kasb etgan bo’lsa, keyinchalik esa o’ziga xos faoliyat turiga aylangan va bu bilan shug’ullanuvchi odamlar - tarbiyachilar paydo bo’lgan. Vaqt o’tgani sari tarbiya jarayoni ham murakkablashib borgan, yosh, jins, mazmuniga ko’ra farqlana boshlagan, uning axloqiy jihatlariga e’tibor qaratila boshlagan. Bundan tashqari, arxeologik ma’lumotlar ibtidoiy jamoada kasal va yaradorlarga yordam ko’rsatilganligini, bolaligida olingan jarohatlar tufayli vafot etganlarning skeletlari asosida to’la tasdiqlaydi.. Bu kabi qarashlar etnografik ma’lumotlarda paydo bo’lishi bilan ham o’z tasdig’ini topgan. Ibtidoiy jamoa tuzumida yashagan barcha elatlarda mehnatning jins va yoshga qarab ajratish an’anasi bo’lgan. Mavjud yoshlarni muntazam ravishda turli kasb-hunarlarga o’rgatishgan. Bularning hammasi ibtidoiy jamoada ijtimoiy-pedagogik tajribaning ilk ko’rinishlari mavjud bo’lganligi haqida tasavvur qilishga imkon beradi.

Agar ibtidoiy davr ijtimoiy pedagogik amaliyotning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo’lsa, qadimgi dunyoning ilk tsivilizatsiyalarining paydo bo’lishi ijtimoiy-pedagogik fikrning shakllanishiga kuchli ta’sir etgan. Sharqning quldorlik davlatlarida ijtimoiy pedogogik g’oyalar bir nechta mualliflar tomonidan shakllantirilgan va odatda muqaddas kitoblar shaklida butun xalq mulkiga aylangan (Xitoyda-Shukit, Hindistonda-Vedalar, Misrda-Tot xudosi kitoblari, O’rta Osiyoda-Avesto va boshqa).

Faqatgina miloddan avvalgi I ming yillikning o’rtalari va ikkinchi yarmida ijtimoiy pedagogik g’oyalarni yaratuvchilarning nomlari ma’lum bo’la boshlaydi.

Shubhasiz, ijtimoiy pedagogik tafakkurning rivojlanishiga antik davr (yunon va rim) faylasuflari katta hissa qo’shishgan. Xususan, Suqrot (mil. avv. 469-399 y) “O’z o’zingni angla” degan shiorni ilgari surgan va shu bilan ong insonda barcha yovuzlikni yo’qotishi mumkinligini ta’kidlagan.

Demokrit (mil. avv. 460-370 y) o’z ta’limotida tarbiyada bola tabiatini hisobga olish tamoyilini asoslab bergan. Bundan tashqari uning fikricha, bola tarbiyasini yoshligidan boshlamoq kerak.

Aflotun (mil. avv. 423-347 y) ilk marotaba davlat va tarbiyaning o’zaro munosabati g’oyasini ilgari surgan. Uningcha, tarbiya davlatning eng muhim vazifasi bo’lgan.

Arastu (mil.avv. 384-322y.) antik dunyoda tarbiyaning to’liq nazariyasini ishlab chiqqan. Aflotundan farqli o’laroq, u inson tarbiyasida asosiy urg’uni davlatga to’liq bo’ysundirishga emas, balki insonning o’z manfaatlariga qaratadi. SHaxsning jamoa bilan uyg’un rivojlanishi to’g’risidagi g’oya ham unga tegishlidir.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə