1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Ijtimoiy pedagogikaning pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni. Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə3/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

1. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogik fanlar tizimidagi o‘rni. Fanning predmeti, obyekti, maqsadi va vazifalari
Pedagogika umummetodologik fan sifatida ta’lim va tarbiya nazariyasiga oid bilimlarni o’zida aks ettirish bilan birgalikda jamiyat hayotidagi ko’plab ijtimoiy muammolarni o’rganadi va tadqiq etadi. Hozirgi kunga kelib pedagogika fanining ko’plab yangidan-yangi fan sohalari shakllanib, rivojlanib bormoqda.

Pedagogika fani shaxsni rivojlantirishning ikki muhim jihati – uni o’qitish va tarbiyalashga asosiy e’tiborni qaratganligi bois didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasi fanning muhim tarkibiy qismlari hisoblanadi.

Didaktika (ta’lim nazariyasi, yunoncha didaktikos «o’rgatuvchi», didasko «o’rganuvchi») ta’limning nazariy jihatlari, ta’lim jarayonining mohiyati, qonun va qonuniyatlari, tamoyillari,o’qituvchi va o’qituvchi faoliyati, ta’limning maqsadi, mazmuni, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo’llari kabi masalalarni tadqiq etadi.

Tarbiya nazariyasi – pedagogikaning muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, tarbiya jarayonining mazmuni, tarbiya turlari, shakl, metod, vosita va usullari, uni tashkil etish masalalarini o’rganadi.

Ijtimoiy tarbiya fuqarolik, aqliy, axloqiy, jismoniy, mehnat, estetik, huquqiy, iqtisodiy, ekologik tarbiya kabi yo’nalishlarda tashkil etiladi.


Quyida qator pedagogik fanlar tizimi haqidagi ma’lumotlarga to’xtalamiz.

Umumiy pedagogika – pedagogikaning kontseptual masalalari va amaliy jihatlarini tadqiq etadi.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə