1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi


Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə31/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi. «Ijtimoiy pedagogika» termini birinchi marta 1844-yili K. Mager tomonidan tarbiya haqidagi ochiq ilmiy munozaraga
kiritilgan va keyinchalik A. Disterverg tomonidan tarqatilgan. Ana shu tushuncha paydo bo’lgan paytdan to hozirgi kungacha nemis adabiyotlarida uni turlicha talqini mavjuddir.

Birinchi talqin (K. Mager) — Ijtimoiy pedagogika tarbiyaning ijtimoiy tomoni bilan bir umumiylikka ega.

Ikkinchi talqini (A. Disterverg) — Ijtimoiy pedagogika ma’lum ijtimoiy sharoit, vaziyatlarda pedagogik yordam sifatida ishtirok etadi.

Birinchi yo’nalish vakillari. K. Mager, XX asrda R. Natori (1854-1924), va boshqalar bo’lgan. Raul Natori ijtimoiy pedagogikani umumiy pedagogikaning bir qismi, aspekti sifatida qaraydi, u ijtimoiy pedagogikaning uchta asosiy vazifasini ko’rsatadi:

Birinchi, bolaning jinsiy hayoti bilan bog’liq, uning hayotida, davrasida va atrofidagi yaqin odamlari bilan aloqada rivojlanadi.

Ikkinchi, irodasi bilan bog’liq, u maktabda shakllanadi va bilim berishni amalga oshirilishi bilan bog’liq, shu bilan birga bolada emotsional ijtimoiy (harakatlanishi) qobiliyatlar rivojlanadi.

Uchinchi vazifasi-yoshlarda birdamlik va jamoatchilik asoslarini tarbiyalash hisoblanadi degan g’oyalarni ilgari suradi.

Bu yo’nalishning vakillari ijtimoiy pedagogikani integrative (birlashtiruvchi) fan sifatida qaraydilar. Shu mazmunda E. Borneshanning talqini e’tiborga loyiq. U ijtimoiy pedagogikaga iqtisodiy pedagogika va boshqalarni birlashtiruvchi fan sifatida qaraydi. O’zining qo’shiluvchanligi sababli ijtimoiy pedagogika tarbiyaning hamma sohalariga kirib borib, pedagogikaning printsiplaridan biri sifatida ishtirok etadi.

Ikkinchi yondashish A. Disterverg XIX asr (40-50-yillar), G. Nol, G. Boymer (XX asr, 20-30-yillar), K. Molengauer (50-yillar) va boshqalar asarlarida aks ettirilgan. A. Distervergdan boshlab bu yo’nalish vakillari ishchi sinfining ijtimoiy himoyalanmaganligi, xalq ta’limi xodimlari, boshpanasizlar kabi o’z davrining ijtimoiy masalalariga javob topishga harakat qildilar.

Gelman Gol (1879-1960) ijtimoiy pedagog vazifasi oila va maktab biror bir sababga ko’ra o’z vazifalarini bajara olmay qolganda zarur bo’ladigan shoshilinch tez yordam ko’rsatishdan iborat, deb hisoblaydi. Gelman Golning fikri, R. Natorinikidan ancha ishonchli, aniq va amaliy ko’rinadi. Uning g’oyalari yoshlarning xayriya ko’rsatish faoliyatlari haqidagi qonunda o’z aksini topdi. Bu yoshlarni maktabdan tashqari boshqaradigan Germaniyadagi birinchi davlat hujjati edi. Shu davrdan boshlab ijtimoiy pedagogika amalda «shoshilinch ijtimoiy pedagogikasi» bo’lib qoldi, u yoshlarni tarbiyalashda oilada va maktabda mavjud bo’lgan kamchiliklar o’rnini to’ldirishi kerak bo’lgan.

Gertruda Boymer birinchi yo’nalish tarafdorlaridan farqli ravishda ijtimoiy pedagogika - pedagogikaning printsipi emas, balki tashkiliy qismi deb hisoblagan. Oilada va maktabda tarbiyaga taalluqli bo’lmagan hamma narsa ijtimoiy pedagogikaning muammosidir, deb hisoblaydi u. Agarda alohida ijtimoiy institutlar bolaning bu muammosini hal etib berolmas ekan, unda tarbiyaning yangi yo’nalishini davlat yordamida yaratish zarur, — deydi u. Shu bilan birga ijtimoiy pedagogika madaniy mazmunni yetkazish bilan emas, balki o’sib kelayotgan avlodning rivojlanishi va jamiyatga qo’shilishi jarayonida yuzaga keladigan muammolarni
hal etish bilan shug’ullanishi kerak, deb hisoblaydi.

Bu davr namoyondalari, nemis olimlari hozirgi vaqtda ijtimoiy pedagogikaning asosiy yo’nalishlari to’la ishlab chiqilgan bo’lsa ham, ijtimoiy pedagogika nazariyasining umumiy ko’rinishi hali ham noaniqligicha qolib kelmoqda va bundan keyin ham shundayligicha


qoladi, chunki aralash fanlarning (psixologiya, sotsiologiya, ijtimoiy ishlar va boshqalar) ijtimoiy pedagogika nazariyasini to’la tasvirlab berish imkonini bermay kelyapdi. Bu holat har qanday
fanning rivojlanish jarayoni uchun tabiiydir. Ijtimoiy pedagogikaning fan sifatida rivojlanishi bilan birga Germaniyada ijtimoiy pedagogika fani sohasida mutaxassislik professional
faoliyat sohasi ham faol rivojlandi. 1908 yildan boshlab maxsus pedagoglar tayyorlana boshlandi, XX asrning 70-yillari boshlariga kelib esa, Germaniya univerisitetlarida oliy ma’lumotli pedagoglarni tayyorlash boshlandi. Shuni aytish kerakki, Germaniyada ijtimoiy pedagogika bilan bir qatorda XX asr davomida bilim va amaliy faoliyatning mustaqil sohasi sifatida ijtimoiy ishlar ham faol rivojlanib keldi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning professional faoliyatida umumiylik mavjudligi sababli Germaniyada ular yagona standart bilan boshqariladi.

Standartda bu mutaxassislarning nomlari ijtimoiy ishchi, ijtimoiy pedagog kabi sinonimlar bilan yoziladi. Ta’lim-tarbiyaning bu kabi masalalari XX asrning 20-yillarida shafqatsiz


siyosiy kurashning munozara quroliga aylangan edi. Tarbiya maqsadi, maktabning ijtimoiy funktsiyalari, maktabning siyosat bilan munosabati, yangi pedagogika, biologik va ijtimoiy tarbiya, ta’lim tizimi va maktab strukturasi, bolalar va yoshlar tashkiloti, maktabning o’zini-o’zi boshqarishi haqida munozaralar avj oldi.

Munozara masalalaridan biri maktab va ijtimoiy muhit munosabatini, tashkil etgan ommaviy tarbiya muammosi edi. M. V. Krupenina va V. N. Shulginlar maktabning tarbiyaviy


funktsiyasi va ijtimoiy muhit birlashuvi, ijtmoiy muhitni bola tarbiyasiga jalb etish masalalarini ilgari surdilar. Chunki ularning fikriga ko’ra «maktabni o’rab turgan muhitni e’tiborga
olmasdan maktab tarbiyasi masalasini hal qilish juda murakkab masala edi».

Bu jarayonda ular maktabni muhit hayotiga moslashtirish kabi muhitni ham «pedagoglashtirish» muhimligini ko’ra oldilar. Ular yoshlarni kommunistik ruhda tarbiyalashda muhitdan va uning zararli ta’siridan ajratib yuborish shiori va pedagogika faqat tashkillashtirilgan tarbiya jarayoni bilan shug’ullanishi lozimligi haqidagi g’oyaga qarshi turdilar.

Vasiliy Nikolayevich Shulgin (1894-1965) sovetlar hokimiyatini qabul qilib, yangi jamiyatda yangi odamni tarbiyalash, yangi tipdagi pedagogika-ijtimoiy tarbiya pedagogikasi haqida orzu qilardi. U paytlarda bu muhit pedagogikasi deb atalardi. Uning fikricha, maktab

«hayotga tomon o’sib borishi»—muhitga tatbiq qilinishi, unga ta’sir qilishi va uni o’zgartirishi lozim edi. V.N. Shulgin yangi jamiyat pedagogikasiga uchta asosiy vazifa yuklagan. Birinchidan, bola yashayotgan va unga ta’sir qilayotgan muhitni o’rganish. Ikkinchidan, muhitni


o’zgartira olishga qodir insonni o’qitish va tarbiyalash. Buning uchun maktab bolalarini aholi bilan jamoatchilikda ishlashga jalb etadi, bunda mehnat asosiy vosita sanaladi. Uchinchidan, maktab muhitni qayta ta’lim olish markaziga aylantirishi lozim. Bu ota-onaga
namunali ta’sir ko’rsatish (savodsizlikni tugatish jarayonida), pedagogik maorif, bola tarbiyasida ota-onaga yordam berishni anglatadi. Shuningdek, bu aholi hayotiga yangi madaniyatni tatbiq
etishda bolaning ota-onasiga ta’siri ham hisoblanadi.

Bolaga ijtimoiy muhit ta’siriga oid Shulgin tadqiqotlari, ko’ndalang qo’yilgan ijtimoiy pedagogika masalalari, shubhasiz, insonparvar, istiqbolli edi, lekin uning tarbiyaga sinfiy


yondashuvi ezgu maqsadlarni inkor etilishiga sabab bo’ldi.

Mariya Vasilevna Krupenina (1882-1950) proletar inqilobini qabul qilib, yangi jamiyatda maktabning rolini sezilarli darajada katta deb bildi. U maktab nafaqat o’qitish markazi, balki unda mehnat yetakchi bo’lgan yangi o’quv va tarbiya jarayonlari tug’ilishi lozim, deb hisoblagan. M. V. Krupenina g’oyasi—tarbiya nafaqat bir odamning boshqasiga ta’siri, balki muhitning shaxsga ommaviy ta’sirini ta’kidlashdan iborat bo’lgan. SHuning uchun pedagogika muhitni o’rganishi, tartibsiz maishiy hayotga, «tashkillashtirilgan pedagogik jarayon»


kiritishi lozim. U tarbiyadagi tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan jarayonlarni yaqinlashtirish vazifasini qo’ydi.

M. V. Krupenina pedagogikani «insonni ijtimoiy shakllanishi, muayyan tarixiy davr va muayyan sinf muhitida rivojlanish metod va shakllarini tashkil qilishni o’rganish, ularni aniqlovchi omillar miqdori va ular bo’ysunuvchi qonuniyatlarni tadqiq etish»ning butun jarayonini o’rganish lozimligini fan sifatida ifodaladi. Uning tashkillashtirilgan pedagogik jarayonni real hayotga yaqinlashtirib, ijtimoiy tarbiya tizimining bir bo’g’iniga aylantirishga intilishi pedagogik qarashlarning davr nuqtai nazaridan salbiy baholanishiga sabab bo’ldi.

Ijtimoiy pedagogikaning tarbiyaviy funktsiyalarini tushunish maqsadida Pavel Petrovich Blonskiy (1884-1941) ijodiy merosiga murojaat qilish foydadan holi emas. U bolani, uni o’rab turgan ijtimoiy muhit qadriyatlari va me’yorlarini bilmasdan muvaffaqiyatli tarbiyalash, bilim berish mumkin emas, deb yozgan edi.

Olim bola axloqidagi murakkablikni bola organizmining o’ziga xosligi va «uni o’rab turgan muhit ichki xususiyatlari» ga bog’lagan edi. U shu muhitda bolaning xatti-harakati, yetakchi va bo’ysunuvchi axloqi, o’g’il bola va qiz bolaning o’zaro munosabati, tarbiyasi


og’ir bolalar va odobli bolalar xatti-harakatlarini tadqiq etdi. Biz Blonskiy asarlarida bolaning ijtimoiy munosabatlar tizimida o’zini tutishiga oid tavsiflar topa olamiz. A.S. Makarenko (1888-1939) «Bolalar tarbiyasi to’g’risida lektsiyalar», «Ota-onalar kitobi», «Pedagogik poema» va «Minoralardagi bayroqlar» kabi asarlarida o’zining boy ta’lim-tarbiyaviy tajribasini yoritgan. Mazkur asarlarda pedagog shaxs tarbiyasi muammolarini, shaxs va jamoa munosabatlarini,
tarbiyasi og’ir o’smirlarning ijtimoiylashuvi masalalarini talqin qilgan.

A.S. Makarenko tomonidan tuzilgan mehnat koloniyasida bolalarning ijtimoiy foydali unumli mehnati, eng qudratli tarbiyaviy kuch ekanini isbotladi.

Uchinchi bosqich — XX asrning boshidagi ijtimoiy pedagogikaning mustaqil fan sifatida rivojlanish davri. Bu davrni ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishidagi tekis yoki oson davr
deb aytib bo’lmaydi.

Hozirgi kungacha turli davr olimlari ijtimoiy pedagogika fanining boshqa pedagogik fikrlar orasida qanday o’rin tutishi haqida tortishuvlar mavjud: u fan hisoblanadimi yoki amaliy


faoliyatning sohasimi; ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlar orasida qanday munosabatlar bor va boshqalar. Ko’pchilik davlatlarda «Pedagogika» va «Ijtimoiy pedagogika» termini umuman
ishlatilmaydi. Masalash AQSH o’quv yurtlarida pedagogika o’rnida talabalar «Ta’lim falsafasi»ni o’rganadilar, Belgiyada «Ortopedagogika» terminidan foydalaniladi, u «Maxsus pedagogika» va ijtimoiy pedagogika tushunchalariga yaqin.

Rossiyada ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishi fan sohasi sifatida ham va professional amaliy faoliyat sohasi sifatida ham, o’quv fani sifatida ham o’z xususiyatlariga ega.

Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarning rivojlanish tarixi bir-biriga juda yaqin. Birinchi navbatda ularning madaniy tarixiy an’analari, alohida g’amxo’rlik va e’tiborni talab qiluvchi
odamlarga munosabatlari ularni birlashtiradi.

«Mehribonlik», «Xayriya», «Yordam ko’rsatish» va boshqa tushunchalardan ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda keng foydalanish bejiz emas. Insonning hayoti davomida yuzaga


keladigan muammolar har bir odamda uchraydi. Ular psixologik, tibbiy, huquqiy, moddiy va boshqa xususiyatli bo’lishi mumkin. Ular insonga bog’liq bo’lmagan tashqi omillar (ekologik, ijtimoiy, millatlararo va boshqalar) yoki ichki shaxslararo (jismoniy yoki psixik rivojlanishida sog’ligi yaxshi emasligi) bilan bog’liq bo’lishi mumkin. Shunday qilib ijtimoiy ishlar ob’ekti
ijtimoiy hayot davomida yordamga muhtoj bo’lgan inson hisoblanadi deb aytishimiz mumkin, ya’ni inson yoshidan qat’i nazar ijtimoiy ob’ektdir. Ijtimoiy pedagogika esa uning ijtimoiylashishi — individning ijtimoiy sub’ektga aylanishi jarayonida yordam ko’rsatilishi kerak bo’lgan bola bilan shug’ullanadi, ya’ni bola shakllanayotgan, rivojlanayotgan shaxs. Bu obektivlarni taqqoslash ana shu ikki fanni nimalar yaqinlashtirishini (ijtimoiy hayot davomida yordam ko’rsatish) va ob’ektning farq qilishini (katta odam va bola) yaqqol ko’rinadi. Shunday qilib, turli mamlakatlarda tarixiy va madaniy an’analari jamiyatning rivojlanish darajasiga, pedagogika va ijtimoiy pedagogikaning rivojlanishiga qarab terminalogiyalarida birlashtiruvchi narsalar ham bor. Umumiyligi shundan iboratki, har qanday jamiyat ham «doimiy muammolarni» bolalarning rivojlanishi, tarbiyasi va ta’limini, ayniqsa ruhiy kamchiliklari va defekti bo’lgan bolalarning muammolarini har doim hal etib kelgan, hal etmoqda va hal etadi.

Ijtimoiy pedagogikaga xarakterli bo’lgan muammoga izlanish bizda xuddi chet eldagi kabi XX asrning 70- yillarida yuzaga keldi. Bu ta’lim tizimini tuzishiga bog’liq holda namoyon bo’ldi. Bizda bu qiziqish muammoga bog’liq, metodik tavsiyalarning yuzaga


kelishida kuzatiladi.

Chet elda ijtimoiy pedagogikaning nazariy muammolarini ishlab chiqish XX asrning 50-60 yillarida Germaniyada yuzaga keldi, lekin Evropa, Germaniya va AQSHda XIX asrdan boshlab Davlat institutlari tomonidan tashkil etilgan, ijtimoiy faoliyat termini ostidagi faoliyat tarqala bordi. Mazkur faoliyat asosida ijtimoiy tarbiyani amalga oshirish sharoiti, uning mazmuni, metodikasining mohiyati yoritiladi. Bu o’quv kursi insonlarni ijtimoiy tarbiyalash, ijtimoiylashtirish muammosining tavsifi bilan tugatiladi3.




Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə