1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə92/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

3. Me'yordan og‘ish nazariyalari. Odob-axloq me’yorlari va ulardan chekinish yoki og’ish hollari borasidagi to’plangan bilimlar ularning sabablarini belgilovchi faktorlar mavjud ekanligidan dalolat beradi. Bu faktorlarni uchta guruhga ajratish mumkin: biogen, sotsiogen va psixogen.

Insonlarning hayotdagi har qanday «og’ish» hollari ularning potentsial imkoniyatlarining cheklanishiga, tashqi muhit bilan muloqotga kirishishida o’zi-o’zig salbiy ta’sirini ko’rsatadi. Insonda ro’y beradigan bunday holatlarni sotsiologiya, psixologiya, ijtimoiy pedagogika, tibbiyot kabi ko’plab fan sohalari o’zlarining spetsifik xususiyatlaridan kelib chiqib o’rganadi, bu borada o’z nazariyalarini boyitib boradi. Masalan, tibbiyot fani me’yorlardan chekinish holatini bolalarning patologik sog’ligining buzilishi bilan bog’liq deb baholaydi.

XIX —XX asrlarda chet mamlakatlarda imkoniyatlari cheklangan insonlarning tibbiy modeli hukmronlik qildi. Bu model imkoniyatlari cheklangan insonlarga hech bo’lmaganda elementar ijtimoiy faoliyat yuritishlarini nazarda tutdi. Bunday insonlar ma’lum tayyorgarlikdan o’tib, o’zlari uchun o’zlari harakat qilishar va bu bilan ular kimgadir ortiqcha yuk bo’lmasligi mumkin edi.

So’ngra chekinish holatiga tushgan insonlarga nogiron (kuchsiz, ojiz) sifatida qarash vujudga keldi. Bu nazariyaga ko’ra imkoniyatlari cheklangan insonlar mutloq sog’lom insonlar nazorati ostida bo’ldi. Bunday insonlarga yordam berish tashkil etildi va bu tibbiyot modeli davlatning ijtimoiy siyosatiga o’z ta’sirini o’tkazdi.

XX asrning 60-yillariga kelib imkoniyatlari cheklangan insonlarga yordam berishning tibbiy modeli o’rniga ijtimoiy model vujudga keldi va uning rivojlanishi psixotahlilga suyandi. Bu modelga ko’ra imkoniyatlari cheklangan insonlar assotsiatsiyalarga birlashib, o’z haq-huquqlarini talab etishdi va bu talab o’z sog’liklarini tiklashdan ko’ra, jamiyat a’zolari bilan o’zaro munosabatni yaxshilashga nisbatan bo’ldi.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə