1-mavzu: Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy pedagogika fanining amaliy ahamiyati Mashg’ulot rejasi



Yüklə 1,55 Mb.
səhifə29/125
tarix21.04.2022
ölçüsü1,55 Mb.
#85772
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125
1-mavzu Ijtimoiy pedagogika fanning nazariy asoslari. Ijtimoiy

G.Kirshenshteynerning pedagogik nazariyasi maktablarda bolalarning sust qabul qilishidan faol harakatdagi ehtiyojlarini ijodiy amalga oshirishga, ijodga ko’ra isloh qilish g’oyasiga asoslanadi. Kirshenshteyner ijtimoiy pedagogik qarashlarining asosini bolalarni jamiyatda har tomonlama tayyorlash uchun mehnat maktablarini yaratish, hamkorlik malakalarini rivojlantirish, davlat manfaatiga xizmat qiluvchi bolalarning fuqarolik tarbiyasini amalga oshirish kerakligi tashkil etadi.

Jon Dyui pragmatik pedagogika asoschisi hisoblanadi. Uning oliy qadriyatlari amaliy natija, biznesda muvaffaqiyatga erishish hisoblanadi. Bu pedagogning xizmati shundaki, u maktab bilan hayotning aloqasi, ta’limning individuallashuvi kabi ijtimoiy psixologik g’oyalarga murojaat qilganidir.

Hozirgacha turli davlat olimlari o’rtasida ijtimoiy pedagogikaning boshqa pedagogik fanlari orasidagi o’rni borasida – bu mustaqil fan bo’la oladimi yoki faqatgina yosh guruhlarini o’rganish bilan cheklanadigan pedagogikaning bir sohasi bo’lib qolaveradimi, degan masalada bahs-munozara davom etmoqda.

Bu bahslar, yangi fan tushunchasining shakllanmaganligi ijtimoiy pedagogika mohiyatini inkor etuvchi ba’zi pedagoglar nazariyalarida paydo bo’lgan. Masalan G.Noll va G.Boymer (1920-1930 y.) ijtimoiy pedagogikani bolalarga yordam berish va voyaga yetmagan huquqbuzarlarning profilaktikasi deb tushunishgan.

Ijtimoiy pedagogikaning mohiyatini nemis olimi Paul Natori (XX asrning 20- yillari) umuman boshqacha ta’riflagan. U ijtimoiy pedagogika xalqning madaniy va axloqiy darajasini ko’tarish maqsadida jamiyatning barcha tarbiyaviy kuchlarini yaqinlashtirish muammosini tadqiq etadi deb hisoblagan. Bunaqa tushunish yangi davrning buyurtmasiga ko’proq mos kelgan va ijtimoiy pedagogika inson hayoti davomida tarbiyalash haqidagi bilim sohasi ekanligini tasdiqlagan.

XX asrning 60-yillarida ijtimoiy pedagogika huquqbuzarlik sodir etgan bolalarga yordam berish, bolalar uylarida tarbiyaviy ishlarni olib borish, ijtimoiy pedagogik faoliyat olib boruvchi mutaxassislarni tayyorlashni o’z ichiga qamrab oladi. Xususan, XX asrning 70-yillaridan Germaniyada oliy ma’lumotli ijtimoiy pedagoglar tayyorlana boshlandi.

XX asrning ikkinchi yarmiga kelib ijtimoiy pedagogik muammolarning global darajaga yetganiga BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 20.11.1959 yil va 20.11.1989 yilda bola huquqlari deklaratsiyasini qabul qilinganligi guvohlik beradi. Unda alohida e’tibor yetimlarning ijtimoiy himoyasiga, ko’p bolali oilalar, kam ta’minlangan oilalar bolalariga ijtimoiy yordam ko’rsatishga va boshqa bir qator muammolarga qaratilgan.

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogika an’ana va tamoyillarini tiklanishi murakkab sharoitlarda amalga oshmoqda. Davlat ta’lim standartlarini va darsliklarni yaratish, mutaxassislar tayyorlash, o’quv rejalari va dasturlarni tuzishda mavjud tajriba va chet el mutaxassislari bilan yaqin hamkorlik asosida bo’lish kerak. CHunki Germaniya, Angliya, AQSHlarda boy ijtimoiy pedagogik tajriba mavjud2.


Yüklə 1,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə