1-mavzu: Inklyuziv ta’lim predmeti, obekti,tamoillari,maqsadi va vazifalari. Reja: Inklyuziv ta’lim kursiga kirish. «Inklyuziv ta’lim»



Yüklə 4,94 Mb.
səhifə17/75
tarix19.12.2023
ölçüsü4,94 Mb.
#151179
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75
Inklyuziv majmua

Meystriling - bu shunday strategiyaki, unda nogiron bo­lalar o’z tengdoshlari bilan bayramlarda, turli xil darsdan tashqari vaqtlarda muloqot qiladilar, ayrim bolalar ommaviy maktablarning sinflariga ta’lim olish maqsadida emas, balki o’z tengdoshlari bilan ijtimoiy munosabatlarga kirishish imkoni­yatlarini kengaytirish maqsadida kiritiladi.

Integratsiya - bu ruhiy va jismoniy nuqsonga ega bo’lgan bolalar ehtiyojlariga ko’ra ta’lim jarayonini amalga oshirish; ular nogiron bolalar uchun moslashtirilmagan maktablarga boradilar, lekin maktabga borish majburiy emas, bu ularning hoxish-istaklaridan kelib chiqadi.
Inklyuziv ta’lim bu yangi atama, ya’ni maktablarda tubdan islohotlar o’tkazish va o’quvchilarning ehtiyojlarini qondiradigan o’quv binolarini qayta rejalashtirish demakdir.
Yuqoridagi yondashuvlar bir qancha nazariy yo’nalishlarga asoslanadi:

  • ijtimoiy oddiylik nazariyasi;

  • inson huquqlari, insonning rivojlanishiga nisbatan ij­timoiy tuzum nazariyasi;

  • strukturalizm;

  • ijtimoiy tanqid.

-Agar nogiron o’quvchilarning ta’lim tizimi nazariyasi haqida gapiradigan bo’lsaq u holda U. Bronfenbrennerning ishlarini yodga olish lozim. Bu olimning fikricha, inson rivojlanish jarayonida, ya’ni ulg’ayotgan, o’sayotgan individ atrof-olamni keng, differentsiyalashgan va adekvat holda anglay boshlaydi. Bunday bo’lishining sababi vaqt o’tishi bilan bolalar o’zlarining ijtimoiy-iqtisodiy muhitlarini o’zgartirib, harakat va muloqotga katta qiziqish bilan qaraydilar. SHuning uchun ham o’quvchilarning xulq-atvorlarini nazorat qilish emas, balki ularda o’z-o’zini boshqarish malakalarini rivojlantirish kerak. Yana bir shunga o’xshash kontseptsiya Brim kontseptsiyasidir. U 1975 yil­da yuqoridagi fikrni davom ettirdi, ya’ni uning ta’kidlashicha, xap bir insonning o’z ta’lim dasturi, qonun-qoidalari bor. SHu­ning uchun ham biror bir guruhning faoliyatida, ularning qonun - qoidalarini o’rganmay turib, ishtirok eta olmaymiz. SHuningdek o’quvchilar (bu yaxshimi, yomonmi) maktab qonun-qoidalarini o’zlashtirib olishlari, o’qituvchilar esa ularga o’quv muassasining ijtimoiy va tashkiliy tizimini mukammal o’rgatishlari kerak.
Tarbiyachi va o’qituvchilar internat muhitini «uy muhitiga» aylantirishga qanchalik harakat qilishmasin, ular bari bir uy va oilalarning o’rnini bosa olmaydilar. Bu o’quvchilarni maktabdan keyingi mustaqil hayotida ijtimoiy muhitga o’rganish jarayoniga kirishishlariga keng imkoniyat bermaydi. SHuning uchun ham maxsus maktab nogiron o’quvchilar uchun muammo hisoblanadi. Maxsus ta’lim sharoitida biz o’quvchilarni maktabga moslashtirish, maktab qonun-qoidalariga bo’ysunishga o’rgatish muammolari bilan to’qnashamiz. SHuning uchun ham o’quvchilarda o’z-o’zini boshqarish va mustaqil xulosalar chiqarish malakalarini shakllantirish lozim. Bunday malakalar ularga jamiyatda, katta hayotga qadam qo’yganlarida kerak bo’ladi.
AQSHda 1875 yildan 1914 yilgacha majburiy maktab ta’limi joriy qilingan edi. SHunga muvofiq ravishda aqli zaif hisoblangan va tarbiyasi og’ir, eshitishda muammosi bor, jismoniy nogironlar uchun maxsus sinflar tashkil qilingan edi. Bu vaqtda Milliy ta’lim assotsiatsiyasi maxsus ta’lim Departamentini tashkil qildi. Aqliy qobiliyatni tekshirishga mo’ljallangai testlar, psixologik nazariyalar rivojlandi, mshchi kuchi ko’paya boshladi. Bu omillar maktab tizimiga ta’sir qila boshladi, ya’ni o’quvchilar orasidagi individual farqlarni aniqlash va ularni o’lchash tamoyillari paydo bo’ldi.
XX asrning 60-70 yillarida nogiron o’quvchilarning omadsizligida maktabni aybdor hisoblab, maktablarga qarshi norozi ovozlar kuchaydi. Djeyn Merserning 1971 yil tadqiqotlarida ta’kidlanishicha, har bir ijtimoiy tizim insonga yangi tushunchalarni beradi, shuning uchun nogironlik ijtimoiy kelishuvlarning mahsuli hisoblanadi.
1962 yilda Reynholds va I. Denoning takliflari asosida «servislar kaskadi» degan tushuncha joriy qilindi. Bu shunday modelki, uning asosida kasalxonada yoki uy sharoitida, maxsus maktab yoki maxsus sinflarda bilim olayotgan nogiron o’quvchilarning, shuningdek umumta’lim maktablardagi o’quvchilarning hoxish-istaklarini inobatga olgan holda turli Qo’shimcha xizmatlar ko’rsatilishi ko’zda tutiladi.
1977 yildagi «Hamma nogiron bolalar uchun ta’lim tizimi haqida»gi Qonun da qo’shimcha xizmatlar turi ko’rsatilgan bo’lib, bu xizmatlar o’quvchilarni maxsus ta’lim olishlariga yordam beradi. Bunday xizmatlarga quyidagilar kiritilgan: transport, logoped, audologiya, psixologiya, fizioterapiya, tibbiy xizmat, maktab shifokori yoki hamshirasi, ijtimoiy xodim, psixologlarning maslahat berishi kiritildi .
1990 yillarda AKSHda barcha nogiron bolalar uchun ta’lim haqidagi qonun ishlab chiqildi. Uning tamoyillari bilan individuallashtirilgan ta’lim, shu bilan birga nogironlar ta’limi haqidagi qonun ham ishlab chiqildi.

Yüklə 4,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   75




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə