1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va


Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish



Yüklə 484,9 Kb.
səhifə28/82
tarix23.12.2023
ölçüsü484,9 Kb.
#155808
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82
1-mavzu. Iqtisodiy tahlilning shakllanishi va

Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdorlardan foydalanish

Iqtisodiy tahlilda xususiydan umumiyga, tasodifdan qonuniyatga o‘tishda mutlaq, nisbiy ko‘rsatkichlar bilan birgalikda o‘rtacha miqdorlar asosida voqeliklarni o‘rganish ham muhim rol o‘ynaydi. Chunki ushbu usulda bir xil turdagi yalpi, ya’ni ko‘p sonli iqtisodiy voqeliklar matematik hisob-kitoblar bilan yagona o‘rtacha miqdorga keltiriladi. Bu jarayonda bir turdagi yalpi voqeliklarning o‘ziga xos xususiyati hamda jihatlariga jiddiy e’tibor qaratiladi. Chunki voqeliklarning har tomondan bir xil bo‘lishi bu borada kelib chiqishi mumkin bo‘lgan tasodifiy holatlarning oldini oladi. Natijada, o‘rtacha miqdorlarning aniqligi yanada oshadi. O‘rtacha miqdorlarni keltirib chiqarishda zaruriyat yoki talabga ko‘ra turli xil hisob-kitob shakllari – o‘rtacha arifmetik, o‘rtacha kvadratik, o‘rtacha xronologik, o‘rtacha geometrik va shu kabilardan foydalaniladi. Bir turdagi ko‘p sonli voqealarning o‘rtacha miqdori va ularning o‘zgarishini bilish o‘rganilayotgan iqtisodiy jarayonlar rivojlanishining umumiy yo‘nalishi hamda qonuniyligini aniqlashda muhim ahamiyatga ega.

Iqtisodiy tahlilda turli o‘rtacha miqdorlar qo‘llaniladi. Ular quyidagilardir

(3.16-jadval):



3.16-jadval

Iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan o‘rtacha miqdorlar


O‘rtacha arfimetik (Oddiy)




X = X1 + X2 + ... + Xn = SX
N N

X voqeliklar bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi. Misol uchun, ishchilar- ning (N) o‘rtacha ish haqini (X) topish.


O‘rtacha arfimetik (Tortilgan)






X = X1F1 + X2F2 + ... + XnFn = SXF F1 + F2 + ... + Fn SF

X1 voqelik bir necha marta (F1) takrorlansa, ular o‘zaro ko‘p marta qo‘shib hisoblanmay, takrorlanish miqdoriga X1F1 ko‘paytirilib topiladi. Natijani esa takrorlanishlar (∑F) soniga bo‘linadi. Misol uchun, 20 kishining (F1) har biri 50 kg dan paxta (X1) terdi, 40 kishi (F2) esa 60 kg dan paxta (X2) terdi. Har bir kishi o‘rtacha qancha paxta terganligi aniqlanadi.


O‘rtacha xronologik




X = ( 1 x1 + x2 + ..... + 1 xN ) / (N - 1) 2 2

Voqeliklarni sodir bo‘lish intervallari bir xil bo‘lganligi inobatga olinib, muayyan davrdagi o‘rtacha aniqlanadi. Misol uchun, ombordagi mahsulotlarning oy oxiriga yoki boshiga qoldiqlarini o‘rtacha miqdorlari topiladi.


O‘rtacha geometrik






X = N X1 * X2 * ... * Xn

Voqeliklar o‘zgarishi koeffitsiyentlarda aniqlanib, koeffitsiyentlar asosida o‘rtacha miqdor topiladi. Misol uchun, baho o‘zgarishlarining o‘rtacha o‘zgarishi aniqlanadi.


O‘rtacha kvadratik


SX 2


X =
N

Oddiy arfimetik o‘rtachani yanada aniqlikda hisoblab topish uchun zarur.


Iqtisodiy tahlilda o‘rtacha miqdordan foydalanishda ommaviy ma’lumotlarga asoslangan holda hodisalarning umumlashma tavsifini berishini hisobga olish lozim. Ularning kuchi ham, nuqsoni ham shunda. Ko‘pincha yomon bo‘lmagan umumiy o‘rtacha ko‘rsatkichlar ichida yomon ishlovchi brigada, sex va boshqa xo‘jalik bo‘linmalari natijalari yashirin bo‘ladi. O‘rtacha olingan ma’lumotlarda korxonaning alohida segmentlari yutuqlari ham ko‘rinmaydi. Shuning uchun tahlilda ularni o‘rtacha guruh, ayrim hollarda esa individual ko‘rsatkichlar bilan to‘ldirib, o‘rtacha miqdor mazmunini yoritish zarur.




Yüklə 484,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   82




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə